KHISO KHOREZM
2.32K subscribers
292 photos
280 videos
237 files
745 links
KHISO olimpiada maktabining Xorazm boʻyicha rasmiy telegram kanali.

Admin: @khiso_admin
Download Telegram
KHISO KHOREZM
6-oktabr XORAZM (1-11).pdf
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmlik oʻquvchilar yakshanba kuni bilimlar jangida bellashishdi!


6-oktabr kuni 1-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiadada jami 350 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 33 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi 12-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yilida har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va "YOZGI MAKTAB-2025" ga yo‘llanma oladi.

Umumiy natijalar bilan ushbu ➡️ havola ⬅️ orqali tanishishingiz mumkin!

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍941
TAQDIRLASH (5-6-7-8).pdf
74.2 KB
🏆5-6-7-8 sinf o‘quvchilar ertaga soat 12:00 da "Hokim olimpiadasi" doirasida taqdirlanadi!


🚀 19-iyul kuni oʻtkazilgan norasmiy final olimpiadasi, 8-sentabr, 22-sentabr va 6-oktabr kunlari o‘tkazilgan olimpiadalarda gʻolib bo‘lgan 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari 12-oktabr kuni soat 12:00 da Qo‘shko‘pir tuman 4-IDUM da "Hokim olimpiadasi"ning 10-turi doirasida taqdirlanishadi.

G‘oliblar medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.

❗️ 6-oktabrda g‘olib bo‘lgan 1-4 va 9-11 sinf o‘quvchilari esa ertaga (12-oktabr kuni) soat 15:00 da Xorazm IT PARK binosida taqdirlanadi. Bu haqida keyingi postda o‘qing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
KHISO KHOREZM
Xorazmlik oʻquvchilar yakshanba kuni bilimlar jangida bellashishdi! 6-oktabr kuni 1-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiadada jami 350 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. 🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 33 nafar o‘quvchi…
TAQDIRLASH (1-2-3-4-9-10-11).pdf
78.6 KB
🏆 Taqdirlash marosimi ertaga soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi!


🚀 6-oktabr kuni o‘tkazilgan olimpiadada gʻolib bo‘lgan 1-4 va 9-11 sinf o‘quvchilari 12-oktabr kuni soat 15:00 da Xorazm IT PARK binosida taqdirlanishadi.

G‘oliblar medal va diplomlar bilan, ustozlari esa tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

❗️ 19-iyul kuni oʻtkazilgan norasmiy final olimpiadasi, 8-sentabr, 22-sentabr va 6-oktabr kunlari o‘tkazilgan olimpiadalarda gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar ertaga o‘tkaziladigan "Hokim olimpiadasi" da taqdirlanishadi. (oldingi postga qarang)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
Forwarded from Jaloliddin Yusubov
#Olimpiada

📘 Joriy yilning 6-oktabr kuni Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi tomonidan 1-11 sinflar o’rtasida matematika fanidan oflayn olimpiada tashkil etildi. Unda 350 nafar o’quvchi ishtirok etdi.

📕 12-oktabr kuni Xorazm IT parkida mazkur olimpiadada g’olib bo’lgan 33 nafar o’quvchilarni taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.

📗 Mazkur olimpiadaning taqdirlash tadbirida falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Jaloliddin Yusubov ishtirok etdi va o’quvchilarga falsafa va matematikaning o’zaro bog’liqlik tomonlarini izohlab berishga harakat qildik.

🤝 Taklif qilganligi uchun ukamiz va shogirdimiz, mazkur olimpiadalarning tashkilotchisi Sardor Barazboyevga minnatdorchilik bildiraman.

📲 @Jaloliddin_Y_K
👏8👍2🥰1
📸 Taqdirlash marosimidan barcha rasmlar facebook sahifamizga joylandi!

Batafsil: https://www.facebook.com/share/p/xRLG6AtQSMua7BFa/?mibextid=WC7FNe
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga Xorazmda iqtidorli o‘quvchilar uchun navbatdagi #KHISO_OLIMPIADA si o‘tkaziladi!


📆 Yakshanba 20-oktabr kuni soat 9:30 da Urganch shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘quv yilidagi navbatdagi oflayn olimpiada o‘tkaziladi!

📌 1-2-3-4 sinf o‘quvchilari uchun "Mantiqiy matematika" yo‘nalishida, 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari uchun "Hokim olimpiadasi" standartidagi "MATEMATIKA+KOMBINATORIKA" yo‘nalishida va 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika olimpiadasi standartidagi topshiriqlar beriladi.

Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

🏅 G‘oliblar medallar diplomlar bilan taqdirlanadi.

✍️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH: ➡️ HAVOLA

📍 Olimpiada Urganch shahridagi 6-son maktabda o‘tkaziladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 16:00 da yakunlanadi!

🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing.

🇺🇿 ning Xorazmdagi rasmiy kanali: 👉 @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🏆4🤩31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Olimpiada g‘oliblari medallar bilan taqdirlandi!

Xabaringiz bor, Xorazm viloyatida olimpiadalarni ommalashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. “Hokim olimpiadasi” va haftalik oflayn olimpiadalar, reyting tizimlari shular jumlasidandir.


🥇 6-oktabr kuni oʻtkazilgan olimpiada gʻoliblari medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Taqdirlash marosimida falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Jaloliddin Yusubov ishtirok etdi.


🏆 Keyingi oflayn olimpiada yakshanba kuni (20-oktabrda) o‘tkaziladi. Batafsil: ➡️ t.me/khiso_khorezm/716

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga minnatdorchilik bildiramiz!

📷 Tadbirdan olingan fotolar facebook sahifamizga joylandi: ➡️ FOTOGALERIYA

Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101😍1🏆1
KHISO KHOREZM
Ertaga Xorazmda iqtidorli o‘quvchilar uchun navbatdagi #KHISO_OLIMPIADA si o‘tkaziladi! 📆 Yakshanba 20-oktabr kuni soat 9:30 da Urganch shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘quv yilidagi navbatdagi oflayn…
20-oktabr XORAZM (1-11).pdf
357.6 KB
Ertangi olimpiada uchun jami 448 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!

📆 Yakshanba 20-oktabr kuni soat 9:30 da Urganch shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun matematika fani bo‘yicha oflayn olimpiada o‘tkaziladi!

📌 1-2-3-4 sinf o‘quvchilari uchun "Mantiqiy matematika" yo‘nalishida, 5-6-7-8 sinf o‘quvchilari uchun "Hokim olimpiadasi" standartidagi "MATEMATIKA+KOMBINATORIKA" yo‘nalishida va 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika olimpiadasi standartidagi topshiriqlar beriladi.

📍 Lokatsiya: ➡️ t.me/khiso_khorezm/37

❗️ BU MUHIM: 3-11 sinf o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart. Ertaga javoblar varaqasiga yozishlari kerak.

🏅 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📍 Olimpiada Urganch shahridagi 6-son maktabda o‘tkaziladi.

🇺🇿 ning Xorazmdagi rasmiy kanali: 👉 @khiso_khorezm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥4
KHISO KHOREZM
Ertaga Xorazmda iqtidorli o‘quvchilar uchun navbatdagi #KHISO_OLIMPIADA si o‘tkaziladi! 📆 Yakshanba 20-oktabr kuni soat 9:30 da Urganch shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘quv yilidagi navbatdagi oflayn…
20-oktabr result (xorazm).pdf
507 KB
📊 Bugungi oflayn olimpiada natijalari va g‘oliblarni e'lon qilamiz!

Bugun 1-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi oflayn olimpiadada jami 301 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari soat 18:00 dan boshlab elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali olishlari mumkin.

🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 36 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi 9-noybar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yilida har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va "YOZGI MAKTAB-2025" ga yo‘llanma oladi.

🔄 NATIJALAR TAHRIRLANDI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍281🔥1😍1
KHISO BOOKS.pdf
5.4 MB
Koʻpchilik kitoblarimiz haqida batafsil ma’lumot soʻragan edi!


Ushbu faylda mavjud bo‘lgan 13 ta kitobimiz haqida batafsil ma'lumot, sahifalaridan namunalar va alohida xarid qilishdagi narxi berilgan.

Kitoblarimizni kombinatsiyalarda (birgalikda) yoki ko‘p sonda xarid qilinsa chegirmalar beriladi. Buning uchun siz fayldan skrinshot qilib qaysi kitoblarni birgalikda xarid qilishingizni @khiso_lc_admin ga yozishingiz zarur!

Kitoblarimiz natija ko‘rsatgan ustozlar tomonidan yozilgan va bu kitoblar orqali o‘quvchilarimiz ham natija ko‘rsatib kelishmoqda!

Darvoqe, Xorazmdagi oflayn olimpiadalarimiz ishtirokchilari har safar istalgan bitta kitobini 50.000 soʻm kam narxida xarid qilishlari mumkin. Masalan 75.000 soʻmlik kitobimizni aynan olimpiada kuni 25.000 soʻmga xarid qila olishadi.
👏10👍1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu safargi KHISO olimpiadasi qanday o‘tdi?


🏆20-oktabr kuni Urganch shahrida 1-11 sinf oʻquvchilari uchun #khiso_olimpiadasi o‘tkazildi va unda 301 nafar iqtidorli oʻquvchilar oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi!

🥇 G‘olib va yuqori natijali jami 36 nafar o‘quvchilar turli medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi 9-noyabr kuni soat 14:30 da XORAZM IT PARK binosida bo‘lib o‘tadi.

🤝 Loyihamizni qoʻllab kelayotgan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Urganch shahar 6-maktab rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

📊 Bizdan uzoqlashmang, ertadan boshlab 4 ta olimpiada bo‘yicha reytinglar e'lon qilina boshlaydi!


🇺🇿 Xorazm boʻyicha maxsus kanalimizga a’zo boʻling: ➡️ @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22