Курсы валют
1.65K subscribers
780 photos
15 videos
4 files
46 links
📈 Курсы валют

❗️Диккат: Реклама пуллик ва каналлар билан реклама алмашинилмайди! 🚫

📢 Реклама учун: @uzdollarbot га мурожаат килинг

🌐 Компютерда обунасиз кузатиш: https://t.me/s/kursdollar
Download Telegram
Эркин валюта сиёсатига ўтишда вужудга келиши мумкин бўлган салбий таъсирлар қандай юмшатилади? @kursdollar - Valyuta yangiliklari
Курсы валют
Эркин валюта сиёсатига ўтишда вужудга келиши мумкин бўлган салбий таъсирлар қандай юмшатилади? @kursdollar - Valyuta yangiliklari
Марказий банк томонидан валюта курсининг эркинлаштирилиши натижасида тижорат банклари кредит портфелининг хорижий валютадаги қисми бўйича вужудга келиши мумкин бўлган ўзгаришлар ва уларнинг салбий оқибатларини бартараф этиш юзасидан амалга оширилиши лозим бўлган ишлар таҳлил этилди.

Марказий банк валюта сиёсатини либераллаштириш натижасида вужудга келиши мумкин бўлган салбий таъсирларни юмшатиш мақсадида тижорат банклари Бошқарувларига:

• хорижий валютада кредит олган ҳар бир мижоз билан биргаликда ушбу кредитларни қайтариш имкониятларини ўрганиб чиқиш;

• ўрганиш натижасида мижознинг пул оқими амалдаги кредит шартномаси бўйича ўз мажбуриятини амалга оширишга етмаган тақдирда, мижоз билан биргаликда, ойлик тўловни 2017 йилнинг сентябрь ойига қадар амалга оширилган тўлов миқдоридан камайтирмаган ҳолда, асосий қарзни қайтариш миқдорини кейинги муддатларга ўтказиш орқали камайтириш ёки кредитни қайтариш муддатини узайтириш юзасидан кредит шартномасига тегишли ўзгартиришлар киритиш масаласини кўриб чиқишни тавсия қилди.
- - -
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoni banklariga dollar sotishni to'xtatmoqda @kursdollar
Курсы валют
Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoni banklariga dollar sotishni to'xtatmoqda @kursdollar
Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoni hududiy hukumatini bu muxtoriyatning yetakchi 4 bankiga dollar sotishni to'xtatishidan ogoh qildi. Bu haqda bankdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Bundan tashqari, Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoniga barcha xorijiy valyuta o'tkazilishini to'xtatadi.

Avvalroq Iroq vakillar kengashi (parlament) kurd hududi bilan barcha moliyaviy operatsiyalarning muzlatib qo'ylishiga ovoz berishgani ma`lum qilingandi. Bundan tashqari, markaziy bankka bevosita muxtoriyatdagi hamda u yerda filiallariga ega bo'lgan bank tuzilmalariga valyuta sotish taqiqlab qo'yilgan.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
MXX butun O'zbekiston bo'ylab valyutafurushlarni qo'lga olishda davom etmoqda @kursdollar
Курсы валют
MXX butun O'zbekiston bo'ylab valyutafurushlarni qo'lga olishda davom etmoqda @kursdollar
O'zbekistonda aholi va ishbilarmon doiralarni valyuta mablag'larini erkin tarzda sotish vositalari bilan ta`minlashga yo'naltirilgan valyuta siyosatini liberallashtirish ishlari davom etmoqda.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 sentabrdagi "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha dastlabki chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori valyutani tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha harakatlarida muhim yo'nalish hisoblanadi.

Ayni paytda butun mamlakat bo'ylab valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni oshib bormoqda. Bu yerda istagan kishi oddiy jarayondan o'tib, valyuta vositalarini erkin almashtirish imkoniga ega.

Davlat tomonidan shunday sharoitlar yaratilishiga qaramay, mamlakatda noqonuniy yo'llar bilan pul ishlashga urinayotgan odamlar ham talaygina. Valyuta bilan noqonuniy savdo qiluvchilar nafaqat mamlakatning moliyaviy qonun-qoidalarini buzmoqda, balki ko'p holatlarda soxta valyutalarni o'tkazib, mijozlarni aldashmoqda.

Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari Toshkent shahri bo'ylab "qora bozor" bilan kurash doirasida Bosh prokuratura qoshidagi departament hamda IIBB bilan hamkorlikda yirik valyutafurushni qo'lga olish bo'yicha maxsus operatsiya o'tkazishdi. Natijada 36 yoshli Dilmurod Azizov tomonidan 97,8 million so'mga 12 ming AQSh dollarini noqonuniy sotishga bo'lgan urinishning oldi olindi. Qonunga xilof bitim Yakkasaroy tumanida Birinchi notarial idora yonida amalga oshirilayotgan bo'lgan.

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanining Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari tomonidan yana bir reyd amalga oshirilgan. U yerda Shovot tumanida yashovchi Safarboy Nurjonov 46,8 million so'mga 5800 dollarni noqonuniy xarid qilayotgan vaqtida qo'lga olingan. Shuningdek, tintuv davomida Nurjonovdan 850 dollar, 56 ming qozoq tengesi, 1500 rubl va 53 ming so'm ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilgan.

Bosh prokuratura qoshidagi departament D.Azizov va S.Nurjonovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo'yicha ish qo'zg'atgan.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
“Qora bozor” ustomonlari fosh etilmoqda @kursdollar
Курсы валют
“Qora bozor” ustomonlari fosh etilmoqda @kursdollar
Qarshi shahridagi “Buyum bozori” oldidan o'tgan yo'l chetida qo'lida taxlam-taxlam pul ushlab o'tirgan yigitlar o'tganga ham, qaytganga ham bitta gapni takrorlab turishardi: “Dollar bormi, dollar olamiz!”

“Huquq” gazetasining yozishicha, F.Nekboyev (ism-familiyalar o'zgartirilgan) va uning sherigi O.Fayziyev ham pul to'la sumkasini ko'tarib, hali u odamning, hali bu odamning qarshisiga chiqib, dollar so'rashdan charchashmasdi. Shu payt ular “hamkasb”lari yonidan umidsiz qaytgan ayolni payqab qolishdi.

- Dollar bormi, opa? – dedi F.Nekboyev ayolga. – Bo'lsa ayting, boshqalardan qimmatroqqa olamiz. Agar sotib olsangiz, sizga arzonroqqa beramiz.

Ayol qiziqsinib, ularning ko'nglidagini bilgisi keldi. Bunga javoban O.Fayziyev narxni aytdi.

- Menga ko'proq kerak edi. 10 ming AQSh dollari. Qanchadan sotasizlar?

- Opa, yigitning so'zi bitta bo'ladi. Aytdim-ku, boshqalardan arzonroqqa sotaman, kelishsam bo'lgani...

Ayol savdoga rozi bo'ldi. Pul sanalayotgan paytda ish teskari tomonga burilib ketdi. Ular qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan mashg'ul bo'lishayotganda ashyoviy dalillar bilan qo'lga tushishdi. Shu kuni ularning yonida 4210 AQSh dollari va 35500 Rossiya rubli borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Xuddi shu hududda o'tkazilgan yana bir tadbirda fuqaro U.Ma`rufov qonunga xilof ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib, jami 15 ming Rossiya rublini sotayotganligi aniqlandi. Uning yonida bo'lgan 35 ming Rossiya rubli va 5 million 400 ming so'm pul ham tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Qarshi shahridagi G'uzor ko'chasida o'tkazilgan tadbirda ham valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda sotish bilan bog'liq holatlarga chek qo'yildi. Tadbir davomida G'afur G'ulom nomidagi MFYda yashovchi fuqaro S.To'rayev va Alisher Navoiy nomidagi MFYda yashovchi fuqaro Z.Jo'rayev fuqaro S.O'tkirovadan jami 3000 AQSh dollarini 22 million 740 ming so'mga sotib olishayotganda jinoyat ustida qo'lga tushishdi va ushbu pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, Z.Jo'rayevning sumkasida bo'lgan 26 AQSh dollari va 3 million so'm pul ham ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi. Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, huquqbuzarlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi @kursdollar
Курсы валют
Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi @kursdollar
O'zbekistonda valyuta siyosatini erkinlashtirish, aholi va biznes vakillaridan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini takomillashtirish, ayirboshlash punktlari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu yo'nalishda yana bir qadam tashlanadi - fuqarolarga naqd xorijiy valyutani sotish yo'lga qo'yiladi.

Shu bilan birga, chet el pul mablag'larini noqonuniy sotish bilan shug'ullanuvchi «valyutafurushlar», ushbu o'tish davri mobaynida mamlakatning moliyaviy tizimiga alohida xavf tug'diradi. Ular nafaqat iqtisodiyotning yashirin sektori rivojlanishiga hissa qo'shadilar, balki mamlakat fuqarolarini ochiqchasiga aldashadi, ularni «talashadi» yoki soxta dollarlarni taklif etishadi. Butun mamlakatda bunday huquqbuzarliklar bilan kurashish uchun Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning maxsus tezkor guruhlari tuzildi, ular qora bozorni yo'q qilishga qaratilgan reydlarni o'tkazishda davom etmoqda.

Kuni kecha MXX va Departament xodimlari Toshkentning Yakkasaroy tumanida yashovchi 38 yoshli Baxtiyor Tojiyevni jinoyat ustida qo'lga olishdi. U uzoq muddat davomida o'z uyida valyutani noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullangan. Ushbu shaxsning yashash joyi tekshirilganda, 110 yevro, 19,1 ming dollar va 268,5 million so'm miqdorida mablag' aniqlandi. Pullar keyinchalik «Ipoteka bank» ATIBga topshirildi.

Bundan tashqari, Xonobod (Andijon viloyati)da o'tkazilgan maxsus amaliyot davomida 27 yoshli Kamoliddin Yunusov va 29 yoshli Azizbek Botirov bir dollar uchun 8150 so'mlik kursda 45,6 million so'mni 5 600 dollarga noqonuniy ravishda almashtirib berish chog'ida qo'lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan ushbu holatlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bo'yicha ishlar qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish bo'yicha qoidalarga o'zgartirishlar kiritildi @kursdollar
Курсы валют
Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish bo'yicha qoidalarga o'zgartirishlar kiritildi @kursdollar
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish Qoidalariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida»gi qarori e`lon qilindi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risida»gi qonuni va O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-son «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qildi:
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005 yil 28 maydagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish Qoidalariga ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritildi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Mazkur qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kirdi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Qoidalarga kiritilayotgan o'zgartirishdan biriga ko'ra, preambula (kirish qismi) va 12-bandda «vakolatli banklar» so'zlari «tijorat banklari» so'zlari bilan almashtirildi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Shuningdek, 1-, 4- va 6-bandning ikkinchi-beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xat boshlaridagi «vakolatli bank» so'zlari «tijorat banki» so'zlari bilan almashtirildi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Xorijiy valyutadagi talablar so'mga qayta hisoblandi @kursdollar
Курсы валют
Xorijiy valyutadagi talablar so'mga qayta hisoblandi @kursdollar
Prezidentning 29.09.2017 yildagi PF–5197-son «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ba`zi hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida»gi Farmoni e`lon qilindi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Eslatib o'tamiz, prezidentning 2.09.2017 yildagi PF–5177-son Farmoniga binoan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar hamda jamiyatlarning ustav kapitallariga minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi. Shuningdek, davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlar faqat so'mda undiriladi (konsullik yig'imlaridan tashqari).

Shu munosabat bilan amaldagi qator hujjatlarga o'zgarishlar kiritildi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Aytish joizki, paxta tolasini qayta ishlovchi barcha tashkilotlar endi uni milliy valyutada xarid qilishadi. Bundan tashqari, TDYuU bakalavriatida tahsil olayotgan xorijliklar kontraktlari so'mda to'lanadi.

Prezidentning 2.12.2016 yildagi PF–4861-son Farmonidan mehmonxona xizmatlari uchun EKVda haq to'lash haqidagi shartlar chiqarib tashlandi. Bundan kelib chiqadiki, mehmonxonalar va boshqa joylashish joylarida xizmatlar uchun to'lov milliy valyutada yoki xalqaro to'lov kartalari vositasida ham qabul qilinadi.

Avval «O'zbekengilsanoat» AJ korxonalariga taqdim etilgan ichki bozorda to'qimachilik yarim tayyor mahsulotlarini EKVga xarid qilish huquqi bekor qilindi. Ammo ularni xarid qilganda QQSning «nol» stavkasi 1.01.2020 yilgacha amal qiladi.

Tuzatishlar 30.09.2017 yildan kuchga kirdi.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
МХХ Наманганда валютафурушларга қарши рейдлар ўтказди @kursdollar
Курсы валют
МХХ Наманганда валютафурушларга қарши рейдлар ўтказди @kursdollar
Ўзбекистонда валюта сиёсатини янада такомиллаштириш, валютани аҳоли ва бизнес вакилларига сотишнинг очиқлигини ошириш жараёни давом этмоқда. Бугунги кунда исталган фуқаро ёки тадбиркор уни тижорат банкларининг филиалларида махсус пластик карталарга муаммоларсиз сотиб олиши мумкин. Кейинги босқичда нақд чет эл валютасини сотиш жорий этилади.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Давлатнинг барча саъй-ҳаракатларига қарамай, мамлакатда ноқонуний йўллар билан пул топишга тайёр одамлар учраб турибди. «Валютафурушлар» фаолиятига чек қўйиш, иқтисодиётнинг шаффофлигини таъминлаш учун Миллий хавфсизлик хизмати бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари билан биргаликда хорижий валютанинг ноқонуний айланмаси ва у билан боғлиқ амалиётларга чек қўйиш бўйича самарали чора-тадбирларни амалга оширмоқда.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Куни кеча Миллий хавфсизлик хизматининг Наманган вилояти бўйича Бошқармаси тезкор ходимлари Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент минтақавий бошқармаси ва вилоят ИИБ вакиллари билан биргаликда бир неча валютафурушлар қўлга олинган махсус амалиётни ўтказди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Хусусан, Тўрақўрғон туманида яшовчи 49 ёшли Комилжон Юсупов 8200 сўмлик курс бўйича 4900 АҚШ долларини 40 млн. 180 минг сўмга сотаётган пайтида қўлга олинди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Наманган шаҳрида қўлга олинган 36 ёшли Фахриддин Камолов эса йирик келишувлардан бирини ўтказишга уринган. У 7 минг АҚШ долларини 57,5 миллион сўмга алмаштиришга ҳаракат қилди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Тезкор ходимлар вилоят маъмурий марказида 59 ёшли Жамолиддин Мўйдинов ва 26 ёшли Файзулло Абдуазизовни ҳам жиноят устида қўлга олишди. Улар 8170 сўмлик курсда 6900 АҚШ долларини 56 млн. 373 минг сўмга сотишаётган бўлган. Кўздан кечириш чоғида уларнинг ёнидан яна 17 минг Россия рубли ва 10 минг Қозоғистон тенгеси топилди ҳамда олиб қўйилди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг ҳудудий бошқармаси ушбу ҳолатлар бўйича Жиноят кодексининг 177-моддаси (валюта қимматликларини қонунга хилоф равишда олиш ёки ўтказиш) бўйича жиноят ишлари қўзғатди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Миллий хавфсизлик хизмати вилоятларда валютафурушларни ушлашда давом этмоқда @kursdollar
Курсы валют
Миллий хавфсизлик хизмати вилоятларда валютафурушларни ушлашда давом этмоқда @kursdollar
Миллий хавфсизлик хизмати валюта «қора бозори»га қарши курашни давом эттирмоқда, унинг давомида хорижий пул маблағларининг ноқонуний сотувчиларини аниқлаш бўйича мунтазам рейдлар ўтказилмоқда, банк тизимидаги шубҳали транзакциялар мониторинг қилинмоқда ва аҳоли орасида профилактика ишлари ташкил этилмоқда.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Ушбу саъй-ҳаракатлар катта натижалар бермоқда. Мамлакат бўйлаб ўнлаб валютафурушлар ушланди. «Бозорда пул алмаштириш» тушунчасининг ўзи аста-секин йўқолмоқда. Қонунга риоя қиладиган одамларнинг аксарияти қулай ва хавфсиз шароитда банкларда валютани сотмоқда ҳамда сотиб олмоқда.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Яратилган шароитларга қарамасдан, мамлакатда ҳали ҳам ўз пулларини хавф остига қўядиган ва нафақат мижозларини «талайдиган», балки уларга сохта қоғоз пулларни ўтказишга уриниб кўрадиган валютафурушларга мурожаат қилаётганлар учраб турибди. Куни кеча МХХ тезкор ходимлари Бош прокуратура ҳузуридаги департамент ходимлари билан биргаликда бирданига беш нафар ноқонуний валютафурушни қўлга олдилар.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Хусусан, Наманган вилоятида 30 ёшли Бахтиёр Юсупов ва 44 ёшли Ҳакимжон Сатторовни мижозга 2400 АҚШ долларини 19 млн. 584 минг сўмга сотишга уриниш чоғида ашёвий далил билан ушлаш мақсадида махсус амалиёт ўтказилди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Фарғона вилоятида тезкор ходимлар 37 ёшли Нодир Ўринов ва 26 ёшли Элёр Неъматовнинг фаолиятига 3000 долларни 24 млн. 150 минг сўмга сотиб олиш чоғида чек қўйдилар.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Нукусда махсус тадбирни ўтказиш пайтида 42 ёшли Темирбек Куламетов ашёвий далил билан қўлга олинди, у мижозга 1000 долларни 8,15 млн. сўмга ноқонуний равишда алмаштириб беришга уринган.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari
Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент қўлга олинган шахсларга нисбатан Ўзбекистон ЖКнинг 177-моддаси (валюта қимматликларини қонунга хилоф равишда олиш ёки ўтказиш) бўйича жиноят ишлари қўзғатди.
@kursdollar - Valyuta yangiliklari