MATH MENTOR | DAVRBEK
2.06K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
🤔 Hali hech kim to‘g‘ri javob topmabdi! Yana biroz harakat qilinglar, javoblarni o'chirmang va tahrirlamang..

❗️ Yuqori sinflar o‘zi uchun yechib ko‘rsin bu savolni, mukofotni 3-6 sinflarga beramiz. Yuqori sinflar uchun hali alohida savollar bor..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6🐳2
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
✅ To‘g‘ri javob: 2️⃣3️⃣ 💵

🔹 Ushbu masalani teskari usuldan foydalanib yechish kerak. Ya'ni, 2 ga bo'lish(>) va 1 ni ayirish(>) orqali 1000 dan 0 gacha ketma-ketlik tuzib olamiz.

1000>500>250>125>124>62>31>30>15>14>7>6>3>2>1>0

Bu yerda 8 ta > (2$) va 7 ta > (1$) bor. Demak, 8∙2$+7∙1$=23$ sarflaydi.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechimlar bor. G‘olibga aloqaga chiqamiz..

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6👏3👌2
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
Mukofot yetkazildi✅

🥇 G’olib 5-sinf o’quvchisi Farhodov Tohirjon👏

⏰ Bugun ham soat 20:00 da yutuqli savol o’ynaymiz, tayyor turing..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏3🐳2😢1
Forwarded from KHISO olimpiada
KHISO oʻquv markazidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mlik olimpiada!


Endi bilimingiz orqali naqd pul va eng kuchli o‘quv markazlardan birida ta'lim olish uchun vaucher yutib olishingiz mumkin!

🌟 Oʻquv markazimiz oʻquvchilaridan bu yil Prezident maktablariga 6 ta, Muhammad Al Xorazmiy IT maktabiga 5 ta, Mirzo Ulugʻbek tayanch maktabiga 2 ta va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 dan ortigʻi kirishga muvaffaq boʻldi.


🚀 Yangi iqtidorlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahridagi 3-4 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mni tashkil etuvchi olimpiadani e'lon qilmoqchimiz!

🏆 Olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: ➡️ HAVOLA

❗️ Olimpiadada ishtirok etish bepul, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 21-dekabr kuni soat 20:00 gacha!

📍 LOKATSIYA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5
⏰ Bugun soat 20:00 da navbatdagi yutuqli savol e'lon qilinadi, tayyor turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😎6🔥1🤝1
MATH MENTOR | DAVRBEK
⏰ Bugun soat 20:00 da navbatdagi yutuqli savol e'lon qilinadi, tayyor turing!
⏰ 10 daqiqa vaqt qoldi! Savol barcha uchun va mukofot 10 ming so‘m💵
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5
🤔 YUTUQLI SAVOL

❓Ota o‘g‘liga aytdi:

- Bugun ikkalamizning ham tug‘ilgan kunimiz, sen mendan roppa-rosa 2 barobar yosh bo‘lib qolding.
- Ha shunday. Bu mening umrimda sakkizinchi marta sizdan bir necha marotaba kichik bo‘lishim.

Savol: Otasi 75 yoshdan katta bo‘lmasa, o‘g‘li necha yoshda?

❗️ Izoh: O‘g‘li "sizdan bir necha marotaba kichik bo'lishim" deganida: butun son marta kichik (ru: целое число раз, eng: a whole number of times younger) bo'lishini nazarda tutyapti, balki 2 marta, balki 3 marta va hakazo..

🎁 Mukofot birinchi to‘liq to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang, halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤔3🤷‍♂1💯1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL ❓Ota o‘g‘liga aytdi: - Bugun ikkalamizning ham tug‘ilgan kunimiz, sen mendan roppa-rosa 2 barobar yosh bo‘lib qolding. - Ha shunday. Bu mening umrimda sakkizinchi marta sizdan bir necha marotaba kichik bo‘lishim. Savol: Otasi 75 yoshdan…
✅ To‘g‘ri javob: 30 yoki 24 yoshda;

🔹 Aytaylik farzandi tug‘ilganida otasi N yoshda bo‘lsin. U holda, farzandi k yoshda bo‘lganida, otasi N+k yoshga kiradi. N+k soni k soniga bo‘linishi kerak, bu esa N soni k soniga bo‘linishi kerak degani. U holda biz, aynan 8 ta bo‘luvchiga ega N sonini qidirishimiz kerak. Bunda, 2N<75 ya'ni N<37 ekanini inobatga olish kerak. 37 dan oshmaydigan va aynan 8 ta natural bo‘luvchiga ega sonlarni topish qiyin emas, ular 24 va 30. Demak, farzandi 30 yoki 24 yoshda bo'lishi mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechimlar bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏2
Mukofot yetkazildi✅

🥇 G’olibamiz qolganlarga nisbatan tezroq va izohlangan yechim egasi 7-sinf o’quvchisi O‘ktamboyeva Zarina👏

⏰ Bugun ham soat 20:00 da yutuqli savol o’ynaymiz, tayyor turing..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3🏆1
⏰ Eslatma: Xudo xohlasa bugun yana soat 20:00 da mukofotli savol qilamiz.

❗️ Bu safar 1-4 sinflar uchun alohida savol, kattalar uchun alohida savol qilamiz, tayyorlaning...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥6👏2
🤔 YUTUQLI SAVOL

❗️ Faqat 1-4 sinflar uchun, kattalar qatnashmasin!

❓ Rasmda Boburning planshetining ekrani ko‘rsatilgan, qulflangan holda. Bobur planshetiga 4 xonali parol qo‘ydi. Bu jaroyonni uning xakker o‘rtog‘i Afruzbek kuzatib turdi. Lekin Afruzbek parolni aniq ko‘ra olmadi, faqat barmoq harakatlarini ko‘rdi: parolning ikkinchi raqami birinchi raqamdan pastda va chaproqda, uchinchi raqam ikkinchi raqamdan aniq yuqorida (chap yoki o‘ngda emas), oxirgi to‘rtinchi raqam uchinchi raqamdan pastda va o‘ngroqda.

Savol: Agar parolning birinchi raqami 3 bo‘lsa, Afruzbek Boburning planshetini aniq ochishi uchun jami nechta urunish amalga oshirishi kerak?

🎁 Mukofot birinchi to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang! Ota-ona, aka, opa, ustoz yechib bermasin halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3🤔1
🤔 YUTUQLI SAVOL (barcha uchun)

❓ Zoirbek eski kompyuteridagi "Sapyor" o‘yinini o‘ynamoqda: kvadrat shaklidagi katakchali jadvalning qaysi kataklarida mina(bomba) borligini aniqlashi kerak.

-Bunda u qaysi katakchada mina bo‘lmasa, o‘sha katakchaga qo‘shni (yon tomonlaridagi yoki burchaklaridagi) minali(minasi bor) katakchalar sonini yozib qo‘yadi.

-Birinchi bosqichda Zoirbekka 5x5 shaklida katakchali jadval to‘ldirilgan holda bir necha soniyaga ko‘rsatildi. Zoirbek esa jadvalning aniq 3 ta katakchasida 8 raqami bor ekanligini eslab qoldi, ammo aynan qayerda ekanini bilmaydi.

Savol: Bu shartlarni qanoatlantiradigan minalar joylashuvi jami nechta?

P.s: yuqorida sapyor o‘yini eslatuvchi rasm qoldiraman, bu rasmning masalaga umuman aloqasi yo‘q, shunchaki o‘yin qanday ekanini eslash uchun..


🎁 Mukofot birinchi to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang! Ota-ona, aka, opa, ustoz yechib bermasin halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🤔2
Assalomu alaykum barchaga👋

Kechagi yutuqli savollarning yechimlarini g‘oliblarni e'lon qilamiz..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2❤1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL ❗️ Faqat 1-4 sinflar uchun, kattalar qatnashmasin! ❓ Rasmda Boburning planshetining ekrani ko‘rsatilgan, qulflangan holda. Bobur planshetiga 4 xonali parol qo‘ydi. Bu jaroyonni uning xakker o‘rtog‘i Afruzbek kuzatib turdi. Lekin Afruzbek…
✅ To‘g‘ri javob: 21 ta urunish;

🔹 Yechimni rasmdan o‘rganib olishingiz mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechim bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting! G‘olibni tez orada e'lon qilamiz..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏2🔥1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL (barcha uchun) ❓ Zoirbek eski kompyuteridagi "Sapyor" o‘yinini o‘ynamoqda: kvadrat shaklidagi katakchali jadvalning qaysi kataklarida mina(bomba) borligini aniqlashi kerak. -Bunda u qaysi katakchada mina bo‘lmasa, o‘sha katakchaga qo‘shni…
✅ To‘g‘ri javob: 124 xil usulda joylashtirish mumkin;

🔹 Yechimni rasmdan o‘rganib olishingiz mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechim bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting! G‘olibni tez orada e'lon qilamiz..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👌4🔥3❤1👏1
Bugun hisob boʻyicha 2024-yil tugab, 2025-yilga oʻtadi.

2025 sonining matematik tomondan chiroyli xossalari bor. Shunday ekan ilm-fan uchun, ayniqsa matematiklar uchun zafarli yil boʻlsin.


Quyida ba’zi xossalarini yozaman:

▪️ (1+2+…+9)^2=2025

▪️ (20+25)^2=2025 (bundan keyingisi 1000 yildan keyin keladi)

▪️ 1^3+2^3+…+9^3=2025

▪️ 45^2=2025 (toʻla kvadrat)

▪️403+404+405+406+407=2025 (ketma-ket kelgan sonlar
yigʻindisi sifatida ifodalanadigan - polit son)

▪️ Ikkita toʻla kvadrat yigʻindisi koʻrinishida yagona usulda ifodalanadi: 27^2+36^2=2025


Siz yana qanday xossalarini bilasiz?

📱 @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥5👍2🤝1
Forwarded from KHISO olimpiada
Geografiyamiz kengaymoqda: Matematika bo‘yicha #khiso_olimpiadalari endi uchta hududda bir vaqtda o‘tkaziladi!


📆 Olimpiadalarimiz 5-yanvar (yakshanba) kuni bir vaqda Toshkent shahar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida o‘tkaziladi!

📌 Olimpiadada 1-2-3-4-5-6-7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

🏅 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da (ovqatlanish, yotoq-joy, darslar, sovg‘alar) bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

⏳ Shoshiling, barcha olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish 4-yanvar kuni soat 18:00 da yakunlanadi!

🔠uxoro viloyati uchun: ➡️ BUXORO

🔠oshkent shahar uchun: ➡️ TOSHKENT

🔠orazm viloyati uchun: ➡️ XORAZM

🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1
Forwarded from KHISO maktabi (Jamoliddin)
💛💛💛

⚡️Ta'til kunlarini maroqli o‘tkazing va biz bilan bilimlaringizni oshiring🚀

😊 Maktabimizning eng ilg‘or ustozlaridan biri, ko‘plab xalqaro olimpiadalari g‘olibi Davrbek Oltiboyev tomonidan tayyorlangan foydali va qiziqarli darslardan bahramand bo‘ling!

1. Hisoblashning oson usuli:
📱 Videoni ko‘rish

2. Ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgan taqqoslash:
📱 Videoni ko‘rish

3. Bahs-munozaralarga Sardor Bozorboyev ajoyib javob berdi:
📱 Videoni ko‘rish

4. Soat va minut mili orasidagi burchakni topish:
📱 Videoni ko‘rish

5. Collatz gipotezasi:
📱 Videoni ko‘rish

6. Kasrlarni taqqoslashning ajoyib usuli:
📱 Videoni ko‘rish

7. 99 ga bo‘lgandagi qoldiqni topishning oson usuli:
📱 Videoni ko‘rish

8. 11 ga oson ko‘paytirish usuli:
📱 Videoni ko‘rish

9. Monty Hall problem:
📱 Videoni ko‘rish

10. 2024-yiling maxsus yutuqli savoli:
📱 Videoni ko‘rish

📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Forwarded from Karim Raximov
Matematikaga oid kitob yozmoqchi bo'lganlar Latex muhitida ishlashni bilishsa va latexda kitob yozishsa juda chiroyli chiqadi. Umuman olganda matematiklar(ya'ni matematikadan ilmiy ish qiladiganlar) latexni bilishi shart. Misol uchun ChatGPT yoki DeepSeekga murakkab matematik masalalarni latex kodida yozib bersangiz ularni tushunishi oson bo`ladi va javoblari ham yaxshiroq chiqadi. Bizda latex muhitida ishlaydigan ilovalar juda kam, deyarli yo'q ham, ko'pchilik ilovalarda formulalarni rasm qilib tashlaydi va shaxsan menga bu yoqimsiz.

Ajoyib shogirdim Behzod Qurbonboyev latex muhitida ishlaydigan ilovani ishlab chiqibdi:

https://play.google.com/store/apps/details?id=ttt.org.uz

Siz ushbu ilovada maktab testlaridan tortib universitet olimpiadasi savollarigacha topishingiz mumkin. Telegram kanal:

@ttt_org_uz

Ilova ma'lumotlar bilan to'ldirib borilmoqda. Ishonamanki bu ilova yoshlar uchun juda foydali bo'ladi.

@karimraximov
IQMath - 2025 olimpiadasiga START BERILDI

✅ Fan olimpiadalari markazi hamda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) hamkorligida sovrin jamg‘armasi 2 MILLIARD SO‘MLIK IQMath-2025 matematika olimpiadasiga START BERILDI.

🔰Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich: 1-10-aprel kunlari onlayn tarzda (60 daqiqada 30 ta test savoli beriladi Eng yaxshi 500 ishtirokchi finalga yo‘l oladi)

2-bosqich: 18-21-aprel kunlari Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitet binosida (90 daqiqada 5 ta vazifa. G‘oliblar yakuniy reyting natijalariga ko‘ra aniqlanadi)

📆Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 30-mart kuniga qadar davom etadi.

Ro'yxatdan o'tish ⬅️

💠Olimpiadada 10-11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kollej bitiruvchilari, shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

🎁G‘oliblar
🥇1-o‘rin: BYD Electric Car
🥈2-o‘rin: Apple iPad Pro M4
🥉3-o‘rin: Apple iPhone 16 Pro Max sovg‘alari bilan taqdirlanadi,

🌟Sovrinlar jamg‘armasi 2 milliard so‘mni tashkil qiladi.

⭐️Eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa esa mukofot tariqasida yozgi maktab doirasida Angliyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Ikkinchi bosqichda qatnashgan barcha ishtirokchilar, Universitet talabasi bo‘lganda 3 000 000 soʻmlik “UDEA stipendiyasi” sohibiga aylanadi.

Olimpiadada ishtirok etish bepul!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6