MATH MENTOR | DAVRBEK
2.06K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
MATH MENTOR | DAVRBEK
#alberuniy #matematika ⚡️ Matematika fanidan yozma ish savollari! ✍️ Yechimlaringizni izohlarda qoldiring. Eng yaxshi yechimlarni kanalda e’lon qilamiz😊 🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo’lganlarga yuborib qo’ying! 👉 @math_mentor
Fizika yozma ish tahlili @math_mentor.pdf
853 KB
✔️ Yozma ishning tahlil fayli va videosi tayyor!

👉 Tahlil videosi 👈

❗️ Matematika va fizika fanlaridan 2-bosqich imtihon formatidagi savollarni batafsil tahlil qildik.

Agar ayrim joylari tushunarsiz bo‘lsa — bu tabiiy: demak, hali mustahkamlash kerak bo‘lgan mavzular bor!


🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo‘lgan tanishlaringizga ham ulashib qo‘ying!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤3👍2
MATH MENTOR | DAVRBEK
Matematika yozma ish tahlili @math_mentor.pdf
Assalomu alaykum, xayrli kun 👋

Kecha tahlildan so‘ng kurslarimiz haqida gaplashgandik. Qolganlarga ham qisqacha va aniq qilib e’lon qilib qo‘yay:

🟢 Maxsus guruh — kuchli 7-sinflar va 8-sinflar uchun
🟢 MOCK testlar guruhi — xohlovchilar uchun (8-sinf darajasida)
🟢 2-Yoshlar guruhi — 5 (kuchli) – 6 – 7-sinflar uchun

Har bir guruh bo‘yicha batafsil ma’lumotni pastda alohida e’lon qilaman.

Ustozim aytganlaridek: matematiklar ko‘p gapirmaydi — aniq va lo‘nda gapiradi😊

Shu sababli uzun reklama qilmayman: hammangiz bizni taniysiz. Joylar ham deyarli to‘lib bo‘lgan.

Boshlagan ishlarimiz xayrli, samarali va natijali bo‘lsin!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤3👏1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Assalomu alaykum, xayrli kun 👋 Kecha tahlildan so‘ng kurslarimiz haqida gaplashgandik. Qolganlarga ham qisqacha va aniq qilib e’lon qilib qo‘yay: 🟢 Maxsus guruh — kuchli 7-sinflar va 8-sinflar uchun 🟢 MOCK testlar guruhi — xohlovchilar uchun (8-sinf darajasida)…
Al-Beruniy Maxsus guruh 2-mavsum kurs.pdf
298.2 KB
⚡️ Maxsus Matematika+Fizika guruhi rejasi!

❗️ Barcha savollarga javob faylda berilgan. Quyida muhimlarini keltirib o‘tamiz👇

1) Kurs kimlar uchun?

• 8-sinf o‘quvchilari (bazasi bor, shu yil imtihon topshiradiganlar)
• kuchli 7-sinf o‘quvchilari (bazasi bor, tez tempga chiday oladiganlar, suhbatdan o‘tgan)

2) Dars jadvali (doimiy)

• Dushanba: Matematika (jonli)
• Seshanba: Matematikadan turli, qiyin, yangi testlar beriladi
• Chorshanba: Fizika (jonli)
• Payshanba: Seshanba kungi test tahlili beriladi
• Juma: Matematika (jonli)
• Shanba: Fizika (jonli)

Eslatma: Kurs boshida Seshanba kuni faqat matematika testi bo‘ladi. Fizika mavzulari yetarli darajada o‘tilgach, keyinroq fizika testlari ham qo‘shiladi.

3) Maqsadimizning oyma-oy qisqa ko‘rinishi:

• Fevral–Mart: matematika qolgan mavzularini yopish + har hafta matematika test va tahlil. Fizikada 7–8 sinf asosiy mavzulari ketma-ket o‘tiladi.
• Aprel: matematika mavzulari tugaydi, test va yozma masalalar ko‘payadi; fizikada bazaviy mavzular yakuniga yaqinlashiladi.
• May–Iyun: haqiqiy imtihon rejimi: testlar ko‘payadi va murakkablashadi, tahlil chuqurlashadi, yozma ishga ko‘proq e’tibor beriladi.

4) Kurs narxi:
- Matematika: 300 000 so‘m
- Fizika: 200 000 so‘m
- Jami: 500 000 so‘m/oy

MAXSUS TAKLIF:
- 15-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tganlar uchun jami: 400 000 so‘m/oy
- Bu narx barcha keyingi oylar uchun ham saqlanadi!
- To‘lov oy boshida amalga oshiriladi, eng kech muddat: har oyning 10-sanasigacha;

5) Chegirma (IELTS):

• IELTS ≥ 6.0 (Writing ≥ 5.5) → 10% chegirma
• IELTS ≥ 7.0 (Writing ≥ 6.0) → 20% chegirma

Chegirma uchun IELTS sertifikati imtihon kuni amal qilishi shart! Shu sababli IELTS sertifikati 2024-yil 1-avgustdan keyin olingan bo‘lishi kerak. (Sertifikat tekshiriladi)

6) To‘lovni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?

• Karta raqami: 5614 6812 0895 3137
• Karta egasi: Davrbek Oltiboyev

To‘lovni kartaga amalga oshirgandan so‘ng: to‘lov cheki, ism–familiya, sinf, maktab turi: oddiy / ixtisos, viloyat, telefon raqamingizni @mathmentor_1 ga yozib qoldiring!

• Joylar soni cheklangan! (hozirgacha kurs yozilganlardan tashqari, 10 ta joy qoldi!).
• 7-sinf o‘quvchilari suhbat bilan olinadi. 0 dan boshlaydigan 8-sinflarga tavsiya qilinmaydi!


Kurs kechadan boshlangan, bugun fizikaning 1-darsi! Kecha kursga yozilganlarga bugun dars vaqtigacha javob beriladi!


👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤3🤩1😎1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Photo
Al-Beruniy maktabi imtihonlariga fizika fanidan tayyorlov darslarimiz ko’taranki kayfiyatda boshlandi😊

👉 @math_mentor
🔥16👍4❤1💯1
⁉️ NEGA TEST NATIJALARI KUTILGANDAGIDEK CHIQMAYDI?

➖ Ko‘pchilik tayyorlov kurslariga boradi, mavzularni o‘rganadi. Lekin imtihon formatida test yechganda natijasi past chiqadi yoki “arzimas” xatolar qiladi.

Nega? Keling, asosiy sabablarni ko‘rib chiqaylik.

✔️ ASOSIY SABABLAR:

❌ Mavzu chala o‘zlashtirilgan — nozik joylar bor, ba'zi mavzularni to‘liq bilmaydi;

❌ Tajriba yetishmaydi — masalani ko‘rganda qaysi yo‘l bilan yechishni tez tanlay olmaydi;

❌ Vaqt nazorati yo‘q — qiyin misolga tiqilib qolib, boshqa savollarga vaqt qolmaydi;

❌ Oson usul topilmaydi — har bir masalani “uzun yo‘l” bilan yechadi;

❌ Strategiya noto‘g‘ri — testni qanday tartibda yechish, qayerdan boshlash rejasi yo‘q;

🚀 NATIJANI KO‘TARISH UCHUN 5 QADAM:

1) MOCK testlarni muntazam yeching - imtihon sharoitini yarating: vaqt belgilang, to‘liq konsentratsiya, chalg‘imasdan;

2) Qiyinroq testlarni tanlang -oson testlar bilan o‘zingizni aldaysiz. Qiyin savollar bilan mashq qilsangiz, yaxshi o‘sasiz;

3) Xatolarni TO‘G‘RI tahlil qiling - “Ha, shoshilibman” yoki “Ha, tushundim” deb qo‘yish — tahlil emas!

To‘g‘ri tahlil:

- Nega xato qildim?
- Bilimim yetishmadimi?
- Shartni noto‘g‘ri o‘qidimmi?
- Vaqtni noto‘g‘ri taqsimladimmi?
- Usul tanlay olmadimmi?
- Qaysi mavzu bilan bog‘liq?
- Keyingi safar buni qanday oldini olaman?

kabi savollarga javob bering va keyingi safargacha buning ustida ishlang!

4) “Oson usul”ni o‘rganing - qaysi savolni qiyin yo‘l bilan yechgan bo‘lsangiz, keyin uning eng qisqa va oson usulini qidiring. Nostandart masalalarga “idea topish”ni alohida mashq qiling;

5) Jarayonni takrorlang: MOCK → Tahlil → Xatolar ustida ishlash → Yana MOCK

❗️Bu sikl qancha ko‘p takrorlansa, siz shuncha:

✅ tajribali bo‘lasiz,
✅ xatolaringiz kamayadi,
✅ masalani ko‘rish bilan yechim g‘oyasi kela boshlaydi.

☝️ Eslab qoling: bir marta to‘g‘ri tahlil qilingan xato — 10 ta shunchaki yechilgan testdan ko‘proq foyda beradi!


🔥 Foydali bo‘lgan bo‘lsa reaksiya bosib ketish esdan chiqmasin😊

👉
@math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥10❤5
MATH MENTOR | DAVRBEK
MOCK → Tahlil → Xatolar ustida ishlash
Hammasi tayyor 👨‍💻

⚡️ Al-Beruniy maktabiga tayyorlanayotganlar uchun eng kerakli va eng foydali loyihamiz tayyor!

100 ta 🔥 e’lon qilamiz — GO🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥93🎉3⚡2🤩2❤1
MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «⁉️ NEGA TEST NATIJALARI KUTILGANDAGIDEK CHIQMAYDI? ➖ Ko‘pchilik tayyorlov kurslariga boradi, mavzularni o‘rganadi. Lekin imtihon formatida test yechganda natijasi past chiqadi yoki “arzimas” xatolar qiladi. Nega? Keling, asosiy sabablarni ko‘rib chiqaylik.…»
MATH MENTOR | DAVRBEK
Hammasi tayyor 👨‍💻 ⚡️ Al-Beruniy maktabiga tayyorlanayotganlar uchun eng kerakli va eng foydali loyihamiz tayyor! 100 ta 🔥 e’lon qilamiz — GO🚀
Assalomu alaykum, barchaga👋

— Sizlar uchun hali hech qayerda bo‘lmagan, barcha uchun juda kerakli MOCK testlar kanalini e’lon qilamiz🔥

Batafsil keyingi postda👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍3
⚡️ «Al-Beruniy maktabi — MOCK testlar» kanalini qarshi oling!

💡
Imtihon vaqtigacha eng sara testlar orqali bilimingizni sinab borishni va 2-bosqichga moslashishni xohlaysizmi?

✅ Kanalda har hafta:

• 2 ta Full MOCK test — Ingliz (25) + Matematika (20) + Fizika (15) — imtihon formatida;
• 1 ta maxsus kun — qiyin testlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari (hozircha matematika, maydan fizika qo‘shiladi)

▶️ Tizim qanday ishlaydi?

• Testlar belgilangan vaqtda tashlanadi, siz imtihon formatida yechasiz;
• Javoblarni tekshiruv botiga yuborib, darhol natijangizni bilasiz;
• Har bir mockdan keyin kalitlar, umumiy natijalar va video tahlil beriladi - xatolaringiz ustida ishlaysiz;

⏩ Natijada:

✔️ Imtihon formatiga to‘liq moslashasiz;
✔️ Bilimingizni real baholaysiz va taqqoslaysiz;
✔️ 2-bosqich yozma ishiga ham tayyorlanib borasiz;

❗️ Imtihon bo‘yicha yangiliklar chiqsa, testlar ham shunga mos yangilanadi.


🎯 Maqsadimiz: imtihon formatiga moslashish, bilimni kuchaytirish va natijani oshirish!

💳 Obuna narxi (bir martalik to‘lov):

• 20-fevralgacha - 499 ming (800 ming)
• IELTS ≥6.0 (Writing ≥5.5) → 20%
• IELTS ≥7.0 (Writing ≥6.0) → 30%

📩 Murojaat: @mathmentor_1

🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo‘lgan tanishlaringizga ham ulashib qo‘ying!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7⚡4❤2👏2🎉2🤩2👍1🐳1
MATH MENTOR | DAVRBEK
⚡️ «Al-Beruniy maktabi — MOCK testlar» kanalini qarshi oling! 💡 Imtihon vaqtigacha eng sara testlar orqali bilimingizni sinab borishni va 2-bosqichga moslashishni xohlaysizmi? ✅ Kanalda har hafta: • 2 ta Full MOCK test — Ingliz (25) + Matematika (20) +…
❓ Al-Beruniy maktabi imtihon formatida bepul MOCK test yechamizmi?

⚫️ English + Math + Physics = 102 ball

🤩 G’oliblarga MOCK testlar kanaliga qo’shimcha chegirma ham beramiz!

Qani kimlar tayyor
🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40❤1
MATH MENTOR | DAVRBEK
❓ Al-Beruniy maktabi imtihon formatida bepul MOCK test yechamizmi? ⚫️ English + Math + Physics = 102 ball 🤩 G’oliblarga MOCK testlar kanaliga qo’shimcha chegirma ham beramiz! Qani kimlar tayyor🔥
📣 DIQQAT! DIQQAT!

⚡️ Ertaga Al-Beruniy maktabining yangi imtihon formati bo‘yicha MOCK test yechamiz!

Start ➡️8:00
Finish ➡️20:00

❗️ FAQAT ERTAGA test natijalariga qarab, MOCK testlar kanalimizga va online darslarimizga chegirmalarni beramiz!

⏳ Yechish uchun vaqt yetarli. Hammaga omad!

🚀 Do‘stlaringizni taklif qiling — raqobat kuchli bo’ladi!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10❤3👍3🫡1
Assalomu alaykum, xayrli tong barchaga!

⏰ Bugun Al-Beruniy maktabi Aniq fanlar yo‘nalishi Ingliz tili+Matematika+Fizika fanlaridan MOCK testimiz bor!

Start ➡️8:00
Finish ➡️20:00

🎁 «Al-Beruniy maktabi — MOCK testlar» kanaliga chegirmalar!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9
MATH MENTOR | DAVRBEK
MOCK testlar kanalimizga va online darslarimizga chegirmalar
❗️ Test boshlanishiga 10 daqiqa vaqt qoldi!

✔️ Muhim qoidalar:

1) Kalitlarni bexato kiriting!
2) 2-3 ta akkauntdan javob yubormang!
3) Katta sinf bo'la turib, kichik sinfda qatnashmang!
4) Halol va adolatli bo‘ling, sun'iy yordamlarsiz o‘zingiz bajaring!
5) Qaysi vaqtda boshlasangiz ham 2 soat vaqt ajratib yeching!
5) Hech kim nechta yechganini ko‘ra olmaydi, natijalar 20:00 da chiqadi!

⚡️ Savollar juda ajoyib, tayyorlaning mazza qilib test yechasiz..

🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizni taklif qiling!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👌3❤1
MATH MENTOR | DAVRBEK
MOCK test yechamiz!
Al-Beruniy MOCK #8.pdf
1.3 MB
✅Test ishlanishga tayyor
🗒Test nomi: Al-Beruniy MOCK
🔢Testlar soni: 60 ta
‼️Test kodi: 2
👤Test yaratuvchisi: Math Mentor

English+Math+Physics🔥

Test javoblaringizni quyidagi botga jo‘nating:

👉 @mentortest_bot
👉 @mentortest_bot
👉 @mentortest_bot

📌 Test kodini kiriting va *(yulduzcha) belgisini qo'ying. To'liq 60 ta javobni ham xato qilmasdan kiriting. Namuna:

2*abcdab... (60 ta) yoki
2*1a2b3c4d5a6b... (60 ta)

🚀 Al-Beruniy maktabiga topshirmoqchi bo’lganlarga yuborib qo’ying!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉12🔥3❤1⚡1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Al-Beruniy MOCK #8.pdf
‼️ Testni yechyapsizmi o‘quvchilar?

Agar qatnashmasangiz chegirmalardan quruq qolasiz, boshqa bunaqasi bo‘lmaydi🎁

⏰ Test 20:00 da tugaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12❤4👍2⚡1🎉1🫡1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Al-Beruniy MOCK #8.pdf
🤔 Necha kishi 100% yechgan deb o’ylaysiz?

Raqobat kuchli
🔥

⏰ Test tugashiga 4 soat vaqt qoldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13😎2🤔1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Al-Beruniy MOCK #8.pdf
⏰ Test tugashiga 2 soat vaqt qoldi!

Topolmadingiz: hech kim 100% yechmadi hali
😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MATH MENTOR | DAVRBEK
Al-Beruniy MOCK #8.pdf
🤫 Bir sirni ochay: faqat bugun testda qatnashganlarning barchasi Al-Beruniy maktabi - MOCK testlar kanaliga chegirmaga ega bo‘ladi!

🔥Yuqori natija ko‘rsatganlar esa yanada kattaroq chegirmaga ega bo‘ladi!

⏰ Test tugashiga 1 soat vaqt qoldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9