MATH MENTOR | DAVRBEK
2.06K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕊7❤3
MATH MENTOR | DAVRBEK
3-masala Katakli jadvalga doir kombinatorika
Kombinatorika savol bilan deyarli bir xil savolni ishlagan ekanmiz))

Bo’lajak Garvardchilar guruhida

@math_mentor
🔥10🕊3👍2
📢 Hurmatli ota-onalar va nomzodlar!

📋 Quyidagi jadvallar orqali ertangi imtihon vaqtingizni bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, imtihondan ozod etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar bilan ham tanishishingiz mumkin.

⏰ Muhim: Sizga yuborilgan xatda imtihon vaqti jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan ertaroq belgilangan bo‘lishi mumkin. Iltimos, sizga yuborilgan xatda ko‘rsatilgan vaqtda imtihon markaziga yetib keling.

📌 Bu imtihonga oldindan tayyorlanish va barcha zarur jarayonlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun muhim.

🤝 Hamkorligingiz uchun rahmat!

🍀 Barchangizga omad tilaymiz!

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
Tabiy fan oxirgi ro'yxat.pdf
169.3 KB
❗️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqich INGLIZ TILI imtihoniga boradiganlar va ozod qilinganlar ro'yxati!

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Aniq fan oxirgi ro'yxat.pdf
❗️ Aniqlik kiritib o‘tamiz!

Ruxsatnomadagi vaqt bilan yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan vaqt farq qilgani uchun ko‘pchilik adashyapti.

Hozir telefon orqali aniqlashtirdik: imtihon ruxsatnomada yozilgan vaqtda boshlanadi. Lekin ro‘yxatda ko‘rsatilgan vaqtda (7:00, 10:30 yoki 14:00) imtihon joyida bo‘lishingiz shart — bu ehtiyot chorasi!

Sababi, Britaniya Kengashi imtihon boshlanishiga yarim soat qolganda kechikkanlarni kiritmas ekan. Shuning uchun xatlarda 1,5 soat oldin yetib kelish vaqti ko‘rsatilgan.

Xullas, xatda yozilgan vaqtda o‘sha yerda bo‘linglar. “Baribir kiraman” deb kech bormanglar!

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝14🔥6👍2❤1
MATH MENTOR | DAVRBEK
1-masala Hovuzga doir masala shekilli, 1 ta quvurdan suv kirib, 2 ta quvurdan suv chiqadigan… 2-masala Grafikli chiziqli funksiya 3-masala Katakli jadvalga doir kombinatorika @math_mentor
⚡️ Al-Beruniy maktabiga kirish imtihonining matematika fanidan original yozma ish savollari

📅 23-iyul, 2026-yil

❗️Savollarni tarqatishda, manbani ko‘rsating!

Savollarni yig‘ishda yordam bergan barcha o‘quvchilarga katta rahmat!


💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12💯5❤3👍2😢1🕊1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Photo
Yechimlarini ham qilamizmi🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥35💯5🤷‍♂2🤩2⚡1😢1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Photo
Matematika YECHIMLAR.pdf
878.5 KB
❗️ Matematika yozma ish savollarining to‘liq yechimlari!

Savollar osonroq ko‘ringani bilan, yozma ishda yechimni tushunarli, tartibli va asosli yozish talab qilinadi.

Faylni ko‘rib chiqing. Foydali bo‘lgan bo‘lsa, qilingan mehnat uchun reaksiya va fikringizni qoldirib ketinglar😊

Endi sizlarga bir gap aytaymi?

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍8❤2
MATH MENTOR | DAVRBEK
Matematika YECHIMLAR.pdf
❗️ Shaxsiy fikrim va imtihonni tashkil etuvchilarga taklif!

Bilishimcha, O‘zbekistonda davlat maktablariga o‘quvchilarni yozma yechim asosida qabul qilish ilk bor yo‘lga qo‘yilmoqda. Avvallari bunday format asosan olimpiadalarda uchrar, ularda esa baholash mezonlari va namunaviy yechimlar e’lon qilinardi.

Menimcha, bu imtihonda ham har bir topshiriq uchun aniq baholash mezoni hamda 45 daqiqalik formatga mos namunaviy yechimlar e’lon qilinishi kerak.

Chunki o‘quvchi o‘z ishi qaysi mezon asosida tekshirilganini bilishga haqli. Yozma ishlarni bir kishi emas, bir nechta tekshiruvchi baholaydi. Tabiiyki, ularning fikrlashi va yondashuvi turlicha bo‘lishi mumkin.

Aniq mezon esa baholashning xolis va bir xil bo‘lishiga xizmat qiladi!

Bundan tashqari, natijalar chiqqach, o‘quvchi o‘z ishini baholash mezoni bilan solishtirib, apellyatsiya berish yoki bermaslik haqida asosli qaror qila oladi.

Balki bunday mezonlar tayyorlangandir, ammo hozirgacha e’lon qilingan imtihon tartibida bunga duch kelmadim. Shu sababli baholash mezonlari va namunaviy yechimlar ochiq e’lon qilinishini so‘rab qolamiz.

Shaxsiy fikr — Davrbek Oltiboyev

❓ Sizlar nima deb o‘ylaysizlar?

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯36🔥11👍7❤3
Xayrli tong, barchaga👋

Bugun ingliz tili imtihoniga kiradigan barchaga omad! Xudo madadkor bo’lsin🤲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤40🔥10🤝5👍3
Xayrli kun, barchaga!

Imtihonlar tugab, mazza qilib dam olishni boshladinglarmi?

Qani, bugun agentlik maktablarining imtihon natijalarini ham chiqaramizmi endi? 😄
🫡27👍9❤4👏3🎉3
Natijalar chiqdi🎉
🔥9🎉3🤔2
MATH MENTOR | DAVRBEK
Natijalar chiqdi🎉
#imtihon_natijalari_2026
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

✅ Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinish boshlandi!

Hozircha saytdagi ko'p yuklama sababli ishlamay qolyapti, sekin sekin joyiga tushadi.

👉🏼 https://ariza.piima.uz/cabinet/natijalar

👉🏼 https://my.gov.uz/uz/service/1095

Kim natijasini ko'ra oldi va qanday natija?

❗️ Fikrlar uchun👉 @mathmentor_1

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5❤3⚡3