MATH MENTOR | DAVRBEK
2.07K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
Forwarded from .
Ustoz bergan bilimlariz uchun rahmat siz tufayli shu yutuqlarga erishdim.
🔥6
Forwarded from Abdurahmon
Ustoz sizga kattakon rahmat bergan bilimlariz uchun.
🔥11❤3⚡2
Forwarded from Dilfuza Izbayevа
Даврбек сизга катта рахмат, жуда куп маьлумотлар олдик каналингиз ва группангиздан, ишларингизга омад тилаймиз🥳
❤7👍2🤩2
Forwarded from editor
Ustoz bergan bilimlaringiz uchun katta rahmat
🔥11❤4
Forwarded from Farhodjon Isomiddinov🇺🇿
❤5
Forwarded from Farhodjon Isomiddinov🇺🇿
Bergan bilimlarizga rozi buling ustoz
❤11
Forwarded from Shohjahon
Assalomu alaykum ustoz, Al Xorazmiyga kiribman.
Menga bergan bilimingiz, cheksiz sabringiz va doimiy qo'llab-quvvatlaganingiz uchun chin dildan rahmat! Sizday fidoyi ustozim borligidan faxrlanaman. Mehnatingiz rohatini ko'rib yuring! 🙌
❤7👍4🎉2🤔1
Forwarded from Moxirbek
Assalom aleykum ustoz, angrendagi muhandislikga kiribman, 30,8 ball bilan. Bergan bilimlarizga rozi boling. Xudo xoxlasa beruniyga ham kirib ketarmiz
🔥5⚡2
Forwarded from Озода'
Ustoz bergan bilimlaringizga rozi boling, doimo bizni qoʻllab quvvatlaganingiz uchun raxmat, sizning oquvchingiz bolganmdan va szdek bilim berishga chanqoq ustozdan taʼlim olganmdan ham faxralanaman! Raxmat kattakon ustoz!❤️
🤩7🔥5
Forwarded from Яхебек Яхебек
Assalomu alaykum ustoz. Bergan bilimlariz uchun katta rahmat
🆒4👍3❤1🔥1
Forwarded from Muhammadali Alijonov
Assalamu alaykum ustoz muhandislik maktabiga kiribman bergan bilimlarizga rozi buling ustoz katta rahmat sizga hali al beruni ga ham otamz hudo hohlasa
👍5🔥3❤2⚡1🤩1
#apellatsiya_2026

🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI.

🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.

🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤3🤩1
#imtihon_natijalari_2026

🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!

🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi!

✅ Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilindi.

🖱️ Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin:

https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍1
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik…
Xayrli kech, barchaga!

Imtihonlar tugab, biroz dam olyapsizlarmi?

So‘nggi kunlarda ko‘plab o‘quvchi va ota-onalardan bir xil savol kelmoqda:

“Farzandim ixtisoslashtirilgan maktabga ham, yangi tashkil etilgan Muhandislik maktabiga ham o‘qishga kirdi. Qaysi birini tanlaganimiz ma’qul?”


Ma’lumki, Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ularning hududiy filiallari hamda Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Bu savolni ko‘pchilik berayotgani uchun har bir kishiga alohida emas, umumiy tavsiyalarimni post shaklida yozib bermoqchiman.

Ixtisoslashtirilgan maktab va Muhandislik maktabining farqi, qaysi holatda qaysi birini tanlash ma’qul ekanligi haqida qisqa gaplashamiz.

Sizlarga ham qiziqmi? 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍5💯3🆒2❤1👏1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Xayrli kech, barchaga! Imtihonlar tugab, biroz dam olyapsizlarmi? So‘nggi kunlarda ko‘plab o‘quvchi va ota-onalardan bir xil savol kelmoqda: “Farzandim ixtisoslashtirilgan maktabga ham, yangi tashkil etilgan Muhandislik maktabiga ham o‘qishga kirdi. Qaysi…
❗️ Ixtisoslashtirilgan maktabmi yoki yangi Muhandislik maktabimi?

Bu savolga hamma uchun bir xil javob yo‘q. Tanlovni maktabning nomiga yoki hozirgi reklamasiga qarab emas, farzandingizning qiziqishi va aynan o‘sha maktabdagi real sharoitga qarab qilish kerak.

❓ Ixtisoslashtirilgan maktab qanday imkoniyat beradi?


➡️ Ixtisoslashtirilgan maktablarning maqsadi — aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o‘quvchining qobiliyatini rivojlantirish va kuchli akademik bilim berish. Ya’ni bu maktablar faqat bitta kasbga emas, kengroq ilmiy va akademik yo‘nalishga tayyorlaydi.

Bunday maktabni tanlash ma’qul, agar o‘quvchi:

— hali kelajakdagi kasbini aniq tanlamagan bo‘lsa;
— matematika, fizika, IT yoki olimpiadalarga qiziqsa;
— keyinchalik turli universitet va yo‘nalishlar orasidan erkin tanlamoqchi bo‘lsa;
— o‘zi kirgan maktabda kuchli va tajribali ustozlar jamoasi mavjud bo‘lsa.

❓ Muhandislik maktabining farqi nimada?

Muhandislik maktablari ancha aniq va amaliy maqsadga ega: maktab davridan boshlab yangi avlod muhandislarini tayyorlash.

➡️ Rasmiy dasturga ko‘ra, ta’lim 5 yillik STEM modeli asosida tashkil etiladi: dastlabki uch yilda matematika, fizika va xorijiy tilga, keyingi ikki yilda esa boshlang‘ich muhandislik fanlariga katta e’tibor beriladi. 10–11-sinf dasturlari biriktirilgan texnika oliygohining 1-kurs fanlari bilan integratsiya qilinadi va ayrim fanlarni universitet professorlari o‘qitishi belgilangan.

➡️ 11-sinfda ikki oylik ishlab chiqarish amaliyoti ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, SAT’dan kamida 1300 ball yoki tegishli fandan B2 darajadagi davlat sertifikati hamda kerakli akademik natijaga ega bitiruvchilar uchun tegishli muhandislik yo‘nalishida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati belgilangan.

Muhandislik maktabini tanlash ma’qul, agar bola:

— matematika va fizikani chinakamiga yaxshi ko‘rsa;
— mexanika, elektronika, dasturlash, robototexnika yoki loyihalashga qiziqsa;
— kelajakda muhandislik yo‘nalishini tanlash niyati ancha aniq bo‘lsa;
— nazariy bilim bilan birga laboratoriya, loyiha va amaliyot orqali o‘rganishni istasa.

Lekin bu hali tanlovning yarmi. Eng muhim jihatlar haqida keyingi postda yozaman.

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5⚡4🔥3❤2🤩1
MATH MENTOR | DAVRBEK
❗️ Ixtisoslashtirilgan maktabmi yoki yangi Muhandislik maktabimi? Bu savolga hamma uchun bir xil javob yo‘q. Tanlovni maktabning nomiga yoki hozirgi reklamasiga qarab emas, farzandingizning qiziqishi va aynan o‘sha maktabdagi real sharoitga qarab qilish kerak.…
❓ Tanlashdan oldin nimalarni aniqlash kerak?

➡️ Muhandislik maktablari uchun bu — birinchi o‘quv yili. Rasmiy reja bo‘yicha ularning dasturi 2026-yil iyun oyida ishlab chiqilishi, rahbar va boshqaruv xodimlari esa iyul–avgust oylarida saralanishi belgilangan. Ayrim binolarni ta’mirlash va jihozlash ishlari 2026–2028-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Demak, g‘oya va imkoniyatlar juda kuchli. Lekin qog‘ozdagi reja bilan sentabrdagi haqiqiy sharoit har doim ham bir xil bo‘lavermaydi.

Shuning uchun faqat “yangi maktab”, “muhandislik”, “universitet bilan integratsiya” degan chiroyli nomlarga qarab shoshilmanglar.

❗️ Tanlovdan oldin aniq so‘ranglar

Maktab rahbariyatidan quyidagilarni bilib olinglar:

1. Matematika, fizika va ingliz tilidan aynan kimlar dars beradi?
2. Qaysi universitetga biriktirilgan va qanday muhandislik yo‘nalishlari o‘qitiladi?
3. Laboratoriyalar hozirning o‘zida tayyormi yoki hali reja holatidami?
4. Universitet professorlari darsga qanchalik muntazam keladi?
5. Olimpiada, SAT va IELTS tayyorgarligi ham yo‘lga qo‘yiladimi?
6. Yotoqxona, transport, ovqatlanish va kun tartibi qanday?

“Laboratoriyamiz bo‘ladi” degan javobning o‘zi yetmaydi. Qaysi laboratoriya, qachon ishga tushadi, bolalar haftasiga necha soat foydalanadi va qanday loyihalar bajaradi — shuni aniqlashtiringlar.

❗️ Mening shaxsiy tavsiyam

Agar o‘quvchi hali 7–8-sinfda bo‘lsa va kelajakdagi yo‘nalishini aniq tanlamagan bo‘lsa, kuchli va shakllangan ixtisoslashtirilgan maktab xavfsizroq tanlov bo‘lishi mumkin.

Agar bolaning muhandislikka qiziqishi aniq bo‘lsa, yangi maktabdagi ustozlar, laboratoriyalar va hamkor universitet haqiqatan tayyorligi tasdiqlansa, Muhandislik maktabi katta imkoniyat berishi mumkin.

Men maktablarni faqat nomiga qarab tanlamagan bo‘lardim:

Kuchli ustozlari bor ixtisoslashtirilgan maktab — faqat nomi chiroyli, lekin hali tizimi shakllanmagan Muhandislik maktabidan yaxshiroq.


Xuddi shuningdek:

Jamoasi kuchli, laboratoriyasi tayyor va universitet bilan haqiqiy hamkorligi ishlayotgan Muhandislik maktabi — sustroq ixtisoslashtirilgan maktabdan foydaliroq bo‘lishi mumkin.


Eng qisqa xulosa:

Maqsadingiz hali noaniq bo‘lsa — ixtisoslashtirilgan maktab.

Muhandislikka qiziqishingiz aniq va maktab tayyor bo‘lsa — Muhandislik maktabi.

❗️ Maktab nomi emas, ustoz, muhit, dastur va farzandingizga moslik hal qiluvchi omil bo‘lsin!

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥4❤3💯2⚡1
MATH MENTOR | DAVRBEK
❓ Tanlashdan oldin nimalarni aniqlash kerak? ➡️ Muhandislik maktablari uchun bu — birinchi o‘quv yili. Rasmiy reja bo‘yicha ularning dasturi 2026-yil iyun oyida ishlab chiqilishi, rahbar va boshqaruv xodimlari esa iyul–avgust oylarida saralanishi belgilangan.…
Yuqoridagi ma’lumot va tavsiyalar foydali bo‘lgan bo‘lsa, reaksiya bosib, fikringizni izohlarda qoldirib ketinglar 😊

Yana qanday savollar qiynayapti?

Keyingi yil imtihon topshiradiganlar esa dars qilishnini butunlay tashlab qo‘ymanglar. Avgust oyini qattiq tayyorgarlik bilan emas, yengil takrorlash va bilimlarni mustahkamlash bilan o‘tkazinglar. Shunda sentabrdan darslarga qaytish ham ancha oson bo‘ladi.


Aytgancha, avgust uchun sizlarga foydali bir rejam bor. Tez orada batafsil aytaman))
🔥32⚡6❤3🆒3👍1🫡1