MATH MENTOR | DAVRBEK
2.07K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
MATH MENTOR | DAVRBEK
❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 1-qism 1️⃣ Avvalo, bir narsani to‘g‘ri tushunib olaylik: Al-Beruniy maktabiga kira olmaganingiz — TOP universitetlarga boradigan yo‘lingiz yopildi degani emas! Al-Beruniy maktabi katta imkoniyat, lekin yagona…
❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 2-qism

1️⃣ 10-sinfni kuchli portfolio quradigan yil qilinglar.

9-sinfda kelajakdagi yo‘nalishingizni aniqlagan bo‘lsangiz, 10-sinfda shu yo‘nalish bo‘yicha jiddiy va ko‘rinadigan natija qilishga harakat qilinglar.

IELTS va SAT olishni ham ortiqcha cho‘zib yubormanglar. Kerakli natijani olgandan keyin, vaqtingizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarga sarflanglar.

2️⃣ Portfolio — 20–30 ta sertifikat yig‘ish degani emas.

Man 10-sinf uchun mana shu formulani tavsiya qilaman:

1 ta aniq yo‘nalish + 1–2 ta jiddiy natija + 1 ta uzoq muddatli loyiha yoki research + real foyda


Masalan, matematikasi kuchli o‘quvchi:

— jiddiy olimpiadalarda qatnashishi;
— matematika yoki statistika bo‘yicha research qilishi;
— Python, GeoGebra yoki Desmos yordamida model va dastur yaratishi;
— maktabda matematika klubi ochishi;
— kichik sinflarga bepul va muntazam dars berishi;
— sifatli masalalar va yechimlar bazasini yaratishi mumkin.

3️⃣ Research va volontyorlik ham kuchli portfolioning bir qismi bo‘lishi mumkin.

Research — oddiy referat emas. Aniq savol yoki muammoni tanlab, ma’lumot yig‘ish, tahlil qilish va o‘z xulosangizni maqola, hisobot yoki loyiha ko‘rinishida chiqarish kerak. Imkon bo‘lsa, ustoz yoki mutaxassis bilan ishlanglar, lekin ishda aynan sizning hissangiz aniq ko‘rinsin.


Volontyorlik ham bir kunlik tadbir yoki sertifikat uchun emas, davomiy va real foyda beradigan bo‘lsin.

Masalan:
“8 oy davomida 25 nafar o‘quvchiga bepul matematika darsi o‘tdim, ulardan 10 nafari olimpiadaning keyingi bosqichiga o‘tdi.”


Volontyorlikni o‘z yo‘nalishingiz bilan bog‘lasangiz yanada kuchli bo‘ladi.

Muhimi — nima qilganingiz va qanday natija chiqarganingiz.

4️⃣ Qilgan ishingizning natijasi ko‘rinsin (isboti bo‘lsin).

Har bir faoliyat bo‘yicha quyidagilarni saqlab, yig‘ib boringlar:

— qancha vaqt davom ettirdingiz;
— aynan qanday vazifa bajardingiz;
— nechta odamga foyda berdi;
— qanday natija chiqdi;
— rasm, video, havola, maqola, sertifikatlar.

Application vaqtida “qatnashdim” degan gapdan ko‘ra, “mana shu ishni boshladim, mana buncha davom ettirdim va mana bu natijani chiqardim” degan isbot kuchliroq bo‘ladi.

☝️ Faqat portfolio qilaman deb maktab baholarini tushirib yubormanglar. Kuchli faoliyat bilan birga yaxshi akademik natija ham bo‘lishi kerak.

❗️ 10-sinf oxiriga kelib:
“Men mana shu yo‘nalishda mana bunday real ish qildim va mana bu natijaga erishdim”

deb aniq ayta olishingiz kerak.

Keyingi postda 11-sinfdagi application jarayoni: universitet tanlash, essay, tavsiyanoma va grant hujjatlarini qachondan boshlash kerakligi haqida yozaman 🔥

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16❤8⚡2👏2
MATH MENTOR | DAVRBEK
❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 2-qism 1️⃣ 10-sinfni kuchli portfolio quradigan yil qilinglar. 9-sinfda kelajakdagi yo‘nalishingizni aniqlagan bo‘lsangiz, 10-sinfda shu yo‘nalish bo‘yicha jiddiy va ko‘rinadigan natija qilishga harakat qilinglar.…
❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 3-qism

1️⃣ 11-sinf — universitetlarga hujjat topshiriladigan yil.

Lekin tayyorgarlikni 11-sinf boshlangandan keyin emas, 10-sinfning oxiri va yozidan boshlash kerak.

➡️ AQSh universitetlari uchun umumiy ariza topshirish tizimi odatda 1-avgustdan ochiladi. Erta topshirish muddatlari ko‘pincha noyabr boshida, oddiy topshirish muddatlari esa yanvar boshida bo‘ladi.

➡️ Angliyada jarayon yanada ertaroq boshlanadi: Oxford va Cambridge kabi universitetlarga hujjatlar odatda 15-oktabrgacha topshiriladi. Aniq sanalarni esa har yili universitetlarning rasmiy saytlaridan tekshirib borish kerak.

2️⃣ Universitetni faqat nomi yoki reytingiga qarab tanlamanglar.

10-sinf oxiriga kelib quyidagilar aniq bo‘lishi kerak:

— qaysi davlatda o‘qimoqchisiz;
— qaysi yo‘nalishga topshirasiz;
— universitet sizning maktab hujjatingizni qabul qiladimi;
— IELTS, SAT yoki boshqa qanday talablar bor;
— grant va moliyaviy yordam beradimi.

Faqat 3–4 ta mashhur universitetga yopishib qolmasdan, ro‘yxatni juda kuchli, real va kirish imkoniyati nisbatan yuqoriroq universitetlardan tuzgan ma’qul.

3️⃣ 11-sinfda chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni hozirdan hal qilinglar.

Ko‘pchilik 11-sinfga kelib bir paytning o‘zida IELTS/SAT topshirish, universitet qidirish, essay yozish, tavsiyanoma va grant hujjatlarini tayyorlashga tushadi. Natijada vaqt qisib, hamma ish shoshma-shosharlik bilan bajariladi.

Shuning uchun 10-sinf oxirigacha:

— IELTS va SAT natijangiz hamda amal qilish muddatini tekshirib qo‘yinglar;
— yo‘nalishingiz va taxminiy universitetlar ro‘yxatini aniqlanglar;
— loyiha, olimpiada va boshqa yutuqlaringizni tartibli saqlab boringlar;
— sizni yaxshi biladigan ustozlar bilan yaxshi akademik aloqa o‘rnatinglar;
— grant kerak bo‘lsa, oilangiz bilan moliyaviy imkoniyat va kerakli hujjatlarni oldindan muhokama qilinglar.

Xullas, 10-sinf yoziga kelib akademik natijalar, portfolio va asosiy yo‘nalish deyarli tayyor bo‘lishi kerak.

💜 Qisqacha:

1. 9-sinf — poydevor va yo‘nalish.
2. 10-sinf — portfolio va real natija.
3. 11-sinf — universitet tanlash, essay, tavsiyanoma, grant va application.

❗️ Al-Beruniy maktabiga kira olmaganingiz yo‘l tugadi degani emas.

Shunchaki endi o‘z yo‘lingizni o‘zingiz aniq reja bilan qurishingiz kerak🔥

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26⚡5❤5
MATH MENTOR | DAVRBEK
❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 3-qism 1️⃣ 11-sinf — universitetlarga hujjat topshiriladigan yil. Lekin tayyorgarlikni 11-sinf boshlangandan keyin emas, 10-sinfning oxiri va yozidan boshlash kerak. ➡️ AQSh universitetlari uchun umumiy ariza…
❗️ Xulosa qilib aytganda...

O‘quvchilar, yuqoridagi postlarda sizlarga bitta narsani tushuntirishga harakat qildim: hali hech narsa tugagani yo‘q va kelajagingiz o‘z qo‘lingizda.

💜 TOP universitetlarga kirish yo‘lini bilganimcha sodda qilib tushuntirdim. Menimcha, endi ko‘z oldingizda hech bo‘lmasa aniq bir yo‘nalish paydo bo‘ldi.

➡️ Bu uddalab bo‘lmaydigan ish emas. Hozirgi kunda juda ko‘p o‘zbekistonlik o‘quvchilar kuchli universitetlarga kiryapti. Bir necha yil oldin “voooy, daxshat”dek ko‘ringan narsa, sekin-sekin odatiy holga aylanib boryapti))

💜 Shuning uchun hozir harakatni boshlanglar. Yuqorida yozganlarim to‘liq yo‘l xaritasi bo‘lmasligi mumkin, lekin izlanishni boshlasangiz, qolganini yo‘l davomida o‘rganib borasizlar.

➡️ Portfolio, research, grant va application bo‘yicha yordam beradigan jamoalar ham ko‘p. Pulliklari ham bor, beminnat yordam beradiganlari ham.

💜 Lekin bu albatta kimdandir pullik yordam olishingiz kerak degani emas. O‘zingiz ham bemalol qila olasizlar. Muhimi — to‘g‘ri reja, to‘g‘ri yo‘nalish, yaxshi ustozlar va kerakli insonlarni uchratish. Avvalo o‘zingiz izlanib, imkoniyatlaringizni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganinglar.

❗️ Faqat bitta narsani unutmanglar: hech qachon natija yoki faoliyatingizni soxtalashtirmanglar.

➡️ Fundamentni hozirdan to‘g‘ri qursangiz, keyin ancha oson bo‘ladi.

☝️ Agar kimdadir qo‘shimcha fikr, tajriba yoki foydali tavsiya bo‘lsa, bemalol yozib qoldiringlar.

➡️ Gapning indallosi, Al-Beruniy maktabiga kira olmagan o‘quvchilarimizni shunchaki tashlab qo‘ygim kelmadi. Yuqoridagi 3 ta post — aynan sizlarga maslahatlarim!

Kayfiyatni tushirmanglar, oldinda hali juda ko‘p imkoniyat bor. Balki bir necha yildan keyin shu postlarni kulib eslarsizlar 😄

Agar shu yergacha o‘qigan bo‘lsangiz va shuncha yozganlarim foydali bo‘lgan bo‘lsa, reaksiya va fikrlaringizni ayamanglar 😊

Thank you for your attention!

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥46❤9⚡8👍3🤩1
Forwarded from Sh.A.R
Assalomu alaykum Davrbek. Meni oʻgʻlim sizni kurslaringizda oʻqimagan boʻlsada, (imtixonga 2 kun qolganda testlar kanalizga qoʻshilgan boʻlsa-da) lekin fidoiy, mehnatsevar, jonkuyar, oʻquvchilari un togʻdek suyanch, ishonch bera oladigan ustoz ekanligingizni korib hayron qoldim toʻgʻrisi👍😍. Xozirgi kunda sizdek vijdonli, halol ustozni topish qiyin meni nazarimda. Meni oʻgʻlim Al Beruniy 2 bosqich imtixonida 66 ball yigʻdi, lekin Mirzo Ulugʻbek maktabida oʻqiganligi un bu maktabga qabul qilinmadi🙈. Lekin meni oʻgʻlim 7 sinfda IELTS imtihonidan 7 ballni, 8 sinfda SAT imtixonidan 1380 ballni qoʻlga kiritgan. Davlatimiz rahbari UZBdagi barcha ingliz tili va matematika yoʻnalishida boʻlgan universitetlarga SAT bali 1200 yuqori boʻlgan abiturientlarni qoʻshimcha grant asosida qabul qilinishiga imkon bergan bir vaqtda, meni oʻgʻlimni 8 sinfdaligadayoq 1380 bali bo'la turib ushbu maktabga qabul qilinmasligi ham tasodif emas deb oʻylayman. Meni oʻgʻlim Al Beruniy maktabida oʻqiy olmasada lekin men ishonamanki, kelajakda InshaAlloh Google, Microsoft kabi kompaniyalarni boshqaruvchisiga aylanadi🤲 . Va men bir ona sifatida va'da beramanki oʻgʻlim kelajakda yurtimiz rivoji uchun va yurtimizda sizdek ustozlarni butun xalq e'zozlab, ardoqlab, hurmat qilishiga o'z hissalarini qo'shadi Inshaalloh 🤲. Sizga kattakon rahmat, bergan motivatsiyalariz un😊.
Oʻgʻlim kabi ushbu maktabga qabul qilinmagan bolalar sizlar hech ham hafa boʻlmanglar, sizlar birlashib bir guruh ochib, matem, fizika, ingliz tili bilimlaringizni boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy imkoniyati yoʻq boʻlgan bolalar un bir loyiha tayyorlab, online taʼlim beringlar va ular eng yaxshi maktablarga sizlardan olgan bepul bilimlari asosida qabul qilinsala sizlar un bundan katta yutuq boʻlmaydi. Sizlarga tajriba boladi, portfolio boladi va eng asosiysi savob boladi.
Al Beruniy maktabiga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar sizlardan iltimos, sizlar juda qattiq oʻqinglar, o'sha yerdagi bilimlarni, tajribalarni mukammal egallab kanikul vaqtlarida vaqt, imkon topib bizni farzandlarimiz BN boʻlishib turinglar iltimos. Barchangizga omad tilayman😊 !
🔥42❤8👏6💯3👍2🤔1
MATH MENTOR | DAVRBEK
❗️ Al-Beruniy maktabiga kirgan o‘quvchilarga Avvalo, hammangizni yana bir bor tabriklayman. Hozir biroz yaxshilab dam olib olinglar, bunga haqqingiz bor 😊 Lekin “Al-Beruniy maktabiga kirdim, bo‘ldi” deb xotirjam bo‘lib qolmanglar. Menimcha, Al-Beruniy maktabiga…
Kelinglar, endi men ham Al-Beruniy maktabiga kirgan o‘quvchilarimizni natijalarini ulashib qo‘yay 😊

Nima dedingizlar, shu bahona Bu yilgi mavsumni ham sarhisob qilib olamiz🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26❤8🆒3👍2👌1
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati
📢 YAKUNIY KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINDI! 2026–2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabulning yakuniy kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi. 📊 Nomzodlar o‘z natijalari bilan quyidagi rasmiy platformalar orqali…
🏆 Al-Beruniy maktabiga tavsiya etilgan o‘quvchilarimiz!

❗️ Bo‘lajak Garvardchilar 2.0 online guruhida tayyorlangan va natijasini bizga yuborgan 10 nafar o‘quvchimiz maktabga tavsiya etildi.

👏 Barchangizni chin dildan tabriklayman!

❗️ Ushbu yo‘lda bolalarni qo‘llab-quvvatlagan ota-onalariga va offline tarzda bilim bergan barcha ustozlariga ham alohida rahmat!

❗️ Yana 3–4 nafar o‘quvchidan ham materiallarimiz foyda bergani haqida xabar berishdi. Ular bilan bevosita ishlamaganimiz uchun natijalarini ro‘yxatga kiritmadim. Foydamiz tekkanining o‘zi xursand qiladi 😊


➡️ Kirganlarga yana bir bor tabrik! Endi bu imkoniyatdan maksimal foydalaninglar🔥

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏23🔥11🏆4👍2❤1🎉1
MATH MENTOR | DAVRBEK
Bu yilgi mavsumni ham sarhisob qilib olamiz
❗️ Bu mavsumda nimalar qildik?

➡️ Avval bitta aniqlik: yuqoridagi natijalar aynan online guruhimizda tayyorlangan o‘quvchilarning natijalari. Man bu yil offline kurs o‘tmadim.

O‘quvchilar boshqa ustozlarda ham parallel tayyorlangan bo‘lishi mumkin - bu hozir odatiy hol.

❗️ Bilasizlar, o‘zim PhD’da o‘qiyman va kunduzgi vaqtimning asosiy qismi ilmiy ishlarim bilan o‘tadi. Online ta’limni tanlaganimning yana bir yaxshi tomoni - viloyatlardagi iqtidorli o‘quvchilarga ham bir xil imkoniyat yaratish bo‘ldi.


Bu yilgi tayyorlovimiz 2 ta mavsumdan iborat bo‘ldi.

1️⃣ 1-mavsum sentabrda boshlandi.

Asosan matematika fundamentini mustahkamlash, 1-bosqich uchun kerakli mavzular, jonli darslar, testlar va tahlillar bilan ishladik.

2️⃣ Keyin imtihon tartibi va spetsifikatsiya o‘zgargach, fevralda 2-mavsumga start berdik.

Bu safar matematikaning yoniga fizika ham qo‘shildi va fizikani 0 dan boshlab o‘qitdik. Shu bilan birga matematika ham davom etdi, temp yanada oshdi: muntazam qiyin testlar, MOCKlar, tahlillar va asta-sekin yozma ish formatiga mos tayyorgarlikka o‘tdik.

❗️ 2-bosqich yaqinlashgach, o‘quvchilarning yozma ishlarini imtihon formatida tekshirib berdik!

💜 Shu bilan birga, @math_mentor asosiy kanalimizda bepul kontentlar ham to‘xtamadi.

— Al-Beruniy maktabi bo‘yicha yangiliklar;
— Ingliz tili + Matematika + Fizikadan MOCKlar;
— bot orqali tekshiruv, natija va reytinglar;
— testlardan keyin tahlillar berdik;
— yozma ishlar, qo‘llanmalar va imtihon oldi tavsiyalar berildi;

👌 Eng zo‘r tomoni - ko‘p testlarimiz yutuqli va sovrinli bo‘ldi. O‘quvchilar bilimini sinabgina qolmay, o‘zaro sog‘lom raqobat ham qildi🔥

❗️ Yana bir qiziq fakt: mavsum davomida biror joyda umuman pullik reklama bermadik. Shu bilan birga, yopiq guruhlarimizni eng arzon, sifatni tushirmagan holda olib bordik.


➡️ O‘quvchilar asosan testlarimiz, materiallarimiz va tavsiyalar orqali o‘zlari topib kelishdi. Ba’zi paytlarda ustozim Sardor Bozorboyev va Abrorjon Farmonovlar ham o‘z auditoriyalari bilan ulashib yordam berishdi. Ularga ham rahmat!

Xullas, bu jarayonda faqat dars o‘tmadik. Juda ko‘p yaxshi insonlar, ustozlar, ota-onalar va ajoyib o‘quvchilar bilan tanishdik. Man uchun mavsumning eng yaxshi tomonlaridan biri ham shu bo‘ldi 😊


Keyingi postda esa kadr ortida kimlar mehnat qilganini ham aytib o‘taman🤝

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥11⚡2👍2👏1🤩1
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🖌 APELLATSIYA UCHUN ARIZALAR 7–11-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga (2-bosqich) kirish imtihonlari natijalaridan qoniqmagan talabgorlar joriy yilning 7-avgustidan 11-avgustigacha apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat…
Xayrli kun, barchaga👋

❗️ Bugun apellyatsiya berishning oxirgi kuni!

Apellyatsiyaga topshirganlarga telefon orqali ham bog‘lanishayotgan ekan.


❓ Kimlarga xabar keldi? Kimningdir apellyatsiyasi rad qilindimi yoki apellyatsiya berganlarning barchasini Toshkentga chaqirishyaptimi?

P.S. Toshkentga chaqirishning o‘zi ham ancha apellyatsiya berganlarni fikridan qaytaradi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤2🕊1
MATH MENTOR | DAVRBEK
❗️ Bu mavsumda nimalar qildik? ➡️ Avval bitta aniqlik: yuqoridagi natijalar aynan online guruhimizda tayyorlangan o‘quvchilarning natijalari. Man bu yil offline kurs o‘tmadim. O‘quvchilar boshqa ustozlarda ham parallel tayyorlangan bo‘lishi mumkin - bu…
Ustozlarga ham qiyin…

Apellyatsiya bergan bolalar ham o’zimizniki, ular ortda qoldirmoqchi bo’lgan ayrim bolalar ham o’zimizniki..

Ikki eshik o’t orasi😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁30💯8❤4👍3
Assalomu alaykum, xayrli kech👋

Yangi o‘quv yilini ham boshlasak bo‘lar-a?

Lichkamda ham online darslar haqida xabarlar ancha ko‘payib ketdi. Shu sabab yangi guruhlarni shakllantirishdan oldin sizlarning fikringizni bilib olmoqchiman.


Darslarda qatnashish niyati borlar quyidagi qisqa formani to‘ldirib qo‘yinglar👇

🔗 https://forms.gle/sS9dEB2udALN8WSu6

Yaqin kunlarda esa yangiligimizni ham aytamiz, kuzatib boring!

💬Telegram: @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
Forwarded from MATH MENTOR | DAVRBEK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Tadqiqotchilar uchun “Akademik Qori Niyoziy merosi” ilmiy-metodik markazi tomonidan moliyalashtirilgan mukofot jamg‘armasi 106 000 000 so‘m bo‘lgan “Matematika fanining fan (matematikadan tashqari), ishlab chiqarish, texnologiya va tabiat sohalariga tatbiqi” mavzusida loyiha tanlovi o‘tkazildi.

Matematika fanining nazariy va amaliy imkoniyatlarini tabiiy fanlar, muhandislik, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, sanoat, iqtisodiyot, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘llashga qaratilgan innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish.

Tanlovda ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litseylar, texnikomlar va universitetlar o'qituvchilari va o'quvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

📆Tanlovga arizalar 2026 yil 30 sentayabr kuniga qadr adashevjq@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

📝Loyihaning talab va mezonlari bilan quyida tanishishingiz mumkin: Bu yerda


✅ mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5🤔2
MATH MENTOR | DAVRBEK
Assalomu alaykum, xayrli kech👋 Yangi o‘quv yilini ham boshlasak bo‘lar-a? Lichkamda ham online darslar haqida xabarlar ancha ko‘payib ketdi. Shu sabab yangi guruhlarni shakllantirishdan oldin sizlarning fikringizni bilib olmoqchiman. Darslarda qatnashish…
Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga👋

Vanihoyat o’qishlarimni biroz yo’lga qo’yib qaytdim)

Endi yangi mavsumni boshlasak ham bo’ladi👏

Shaxsiyga kelgan xabarlarga ham endi javob beraman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19👍6
MATH MENTOR | DAVRBEK
Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga👋 Vanihoyat o’qishlarimni biroz yo’lga qo’yib qaytdim) Endi yangi mavsumni boshlasak ham bo’ladi👏 Shaxsiyga kelgan xabarlarga ham endi javob beraman
Yangi mavsumni boshlashdan oldin foydali tavsiyalarni ham ulashib olay🙂

Turli yo‘nalishlarda tayyorlov so‘rab yozadiganlar ko‘p. Shu sabab o‘zim biladigan va tavsiya qila oladigan bir nechta yaxshi variantlarni ulashib ketaman👇
🔥5❤3
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov guruhlari ochilmoqda!

📌 KHISO maktabi qoshidagi KHISO o‘quv markazida Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari uchun maxsus tayyorlov guruhlari ochilmoqda.

🇬🇧 Bundan tashqari, KHISO o‘quv markazida ingliz tilidan IELTS va boshqa sertifikatlar uchun ham puxta tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.

👨‍🏫 Darslar ko‘p yillik tajribaga ega va shu paytgacha yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlar tomonidan olib boriladi.

⚡️ Tez kunda KHISO maktabi uchun ham qabul ochiladi!

📌 Manzil: Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti binosi hududida.

LOKATSIYA  ➡️  Oʻquv markaz joylashuvi

✉️ Murojaat uchun: @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
KHISO olimpiada
📚 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov guruhlari ochilmoqda! 📌 KHISO maktabi qoshidagi KHISO o‘quv markazida Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari uchun maxsus tayyorlov guruhlari ochilmoqda.…
1. Offline tayyorgarlik so‘rab yozayotganlar uchun — KHISO o‘quv markazini bemalol tavsiya qilaman!

Bilasizlar, men ham KHISO jamoasidaman. Hozir ilmiy faoliyat bilan band bo‘lganim uchun offline darslar o‘tmayapman.

Dilmurod ustoz bilan ancha yil birga ishlaganmiz — kuchli ustoz, natijalari ham juda yaxshi.

Ayniqsa Al-Beruniy maktabiga tayyorlanadigan o‘quvchilar bilan ham yaxshi ishlaydilar, olimpiadalarda ham faol qatnashib keladilar.

Batafsil👉 https://t.me/khiso/6021

Offline tayyorgarlik izlayotganlar borib, bemalol shug‘ullanishlari mumkin👍
❤8👍3