MATH MENTOR | DAVRBEK
2.06K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
Leonard Eyler nomidagi matematika olimpiadasi

Olimpiada 6-8 sinflar uchun!

⏰ Yechim jo'natish vaqti: bugun 12:00 dan 17:00 gacha

📊 Olimpiada haqida, yechimlarni qayerga jo'natish haqida batafsil 👇

https://t.me/iqtidorlaruz/2342
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2
Forwarded from KHISO maktabi (Jamoliddin)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁 "GRANTLAR OLIMPIADASI"da beriladigan sovrinlar


📌 2024-yil 1-dekabr kuni Al-Xorazmiy xalqaro maktabida tahsil olish uchun 100% gacha grantlar va turli xil qimmatbaho sovrinlar taqdim etiladigan "GRANTLAR OLIMPIADASI" o‘tkazilishi haqida xabaringiz bor.

🏆 Olimpiadada g‘oliblar 10 ta planshet, 10 ta smart watch hamda 10 ta quloqchinlar bilan taqdirlanishadi va har bir qatnashchi esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishadi.

⚡️ O‘tkazib yubormang, ishtirok eting, qimmatbaho sovrinlardan birini qo‘lga kiriting va maktabimizning faxrli o‘quvchilaridan biriga aylaning!

📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❔ "Collatz" gipotezasi haqida hech eshitganmisiz?


⁉️ "Gipoteza" o‘zi nima?
Gipoteza- bu ilmiy tadqiqotda muammoni yechish yoki hodisani tushuntirish uchun ilgari suriladigan, hali o‘z tasdig‘ini topmagan, lekin ilmiy asosga ega bo‘lgan taxminiy fikr yoki mulohaza.

📽️ Ushbu videoda "Collatz" gipotezasi haqida qisqacha, tushunarli va batafsil ma'lumot berilgan.

📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3⚡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍35👏10🔥7
Assalomu alaykum barchaga!

Biroz muddat o‘qishlarim, ishlarim tufayli kanalga qaray olmadim(

🤝 Xudo xohlasa blogga qaytaman. Foydali bilimlar, testlar, savollar berib boraman. Sizlar ham faol bo'lib turinglar..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14❤4
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol!

🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar siz 2$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni ikki baravar ortadi. Agar siz 1000 ball to‘plasangiz, mashina sovg‘a beradi. Agar natija 1000 dan katta bo‘lsa, barcha ochkolar 0 ga aylanadi". Vasya eng kamida necha dollar sarflab sovg‘a yutishi mumkin?

❗️ Izohi bilan birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natgan o‘quvchi 10 ming so‘m💲 yutib oladi!

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang, halol bo‘lmaydi..


✍️ Izohlarda yozinglar javobingizni👇

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👌9🤔4
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
🤔 Hali hech kim to‘g‘ri javob topmabdi! Yana biroz harakat qilinglar, javoblarni o'chirmang va tahrirlamang..

❗️ Yuqori sinflar o‘zi uchun yechib ko‘rsin bu savolni, mukofotni 3-6 sinflarga beramiz. Yuqori sinflar uchun hali alohida savollar bor..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6🐳2
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
✅ To‘g‘ri javob: 2️⃣3️⃣ 💵

🔹 Ushbu masalani teskari usuldan foydalanib yechish kerak. Ya'ni, 2 ga bo'lish(>) va 1 ni ayirish(>) orqali 1000 dan 0 gacha ketma-ketlik tuzib olamiz.

1000>500>250>125>124>62>31>30>15>14>7>6>3>2>1>0

Bu yerda 8 ta > (2$) va 7 ta > (1$) bor. Demak, 8∙2$+7∙1$=23$ sarflaydi.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechimlar bor. G‘olibga aloqaga chiqamiz..

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6👏3👌2
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
Mukofot yetkazildi✅

🥇 G’olib 5-sinf o’quvchisi Farhodov Tohirjon👏

⏰ Bugun ham soat 20:00 da yutuqli savol o’ynaymiz, tayyor turing..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏3🐳2😢1
Forwarded from KHISO olimpiada
KHISO oʻquv markazidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mlik olimpiada!


Endi bilimingiz orqali naqd pul va eng kuchli o‘quv markazlardan birida ta'lim olish uchun vaucher yutib olishingiz mumkin!

🌟 Oʻquv markazimiz oʻquvchilaridan bu yil Prezident maktablariga 6 ta, Muhammad Al Xorazmiy IT maktabiga 5 ta, Mirzo Ulugʻbek tayanch maktabiga 2 ta va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 dan ortigʻi kirishga muvaffaq boʻldi.


🚀 Yangi iqtidorlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahridagi 3-4 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mni tashkil etuvchi olimpiadani e'lon qilmoqchimiz!

🏆 Olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: ➡️ HAVOLA

❗️ Olimpiadada ishtirok etish bepul, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 21-dekabr kuni soat 20:00 gacha!

📍 LOKATSIYA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5
⏰ Bugun soat 20:00 da navbatdagi yutuqli savol e'lon qilinadi, tayyor turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😎6🔥1🤝1
MATH MENTOR | DAVRBEK
⏰ Bugun soat 20:00 da navbatdagi yutuqli savol e'lon qilinadi, tayyor turing!
⏰ 10 daqiqa vaqt qoldi! Savol barcha uchun va mukofot 10 ming so‘m💵
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5
🤔 YUTUQLI SAVOL

❓Ota o‘g‘liga aytdi:

- Bugun ikkalamizning ham tug‘ilgan kunimiz, sen mendan roppa-rosa 2 barobar yosh bo‘lib qolding.
- Ha shunday. Bu mening umrimda sakkizinchi marta sizdan bir necha marotaba kichik bo‘lishim.

Savol: Otasi 75 yoshdan katta bo‘lmasa, o‘g‘li necha yoshda?

❗️ Izoh: O‘g‘li "sizdan bir necha marotaba kichik bo'lishim" deganida: butun son marta kichik (ru: целое число раз, eng: a whole number of times younger) bo'lishini nazarda tutyapti, balki 2 marta, balki 3 marta va hakazo..

🎁 Mukofot birinchi to‘liq to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang, halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤔3🤷‍♂1💯1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL ❓Ota o‘g‘liga aytdi: - Bugun ikkalamizning ham tug‘ilgan kunimiz, sen mendan roppa-rosa 2 barobar yosh bo‘lib qolding. - Ha shunday. Bu mening umrimda sakkizinchi marta sizdan bir necha marotaba kichik bo‘lishim. Savol: Otasi 75 yoshdan…
✅ To‘g‘ri javob: 30 yoki 24 yoshda;

🔹 Aytaylik farzandi tug‘ilganida otasi N yoshda bo‘lsin. U holda, farzandi k yoshda bo‘lganida, otasi N+k yoshga kiradi. N+k soni k soniga bo‘linishi kerak, bu esa N soni k soniga bo‘linishi kerak degani. U holda biz, aynan 8 ta bo‘luvchiga ega N sonini qidirishimiz kerak. Bunda, 2N<75 ya'ni N<37 ekanini inobatga olish kerak. 37 dan oshmaydigan va aynan 8 ta natural bo‘luvchiga ega sonlarni topish qiyin emas, ular 24 va 30. Demak, farzandi 30 yoki 24 yoshda bo'lishi mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechimlar bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏2
Mukofot yetkazildi✅

🥇 G’olibamiz qolganlarga nisbatan tezroq va izohlangan yechim egasi 7-sinf o’quvchisi O‘ktamboyeva Zarina👏

⏰ Bugun ham soat 20:00 da yutuqli savol o’ynaymiz, tayyor turing..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3🏆1
⏰ Eslatma: Xudo xohlasa bugun yana soat 20:00 da mukofotli savol qilamiz.

❗️ Bu safar 1-4 sinflar uchun alohida savol, kattalar uchun alohida savol qilamiz, tayyorlaning...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥6👏2
🤔 YUTUQLI SAVOL

❗️ Faqat 1-4 sinflar uchun, kattalar qatnashmasin!

❓ Rasmda Boburning planshetining ekrani ko‘rsatilgan, qulflangan holda. Bobur planshetiga 4 xonali parol qo‘ydi. Bu jaroyonni uning xakker o‘rtog‘i Afruzbek kuzatib turdi. Lekin Afruzbek parolni aniq ko‘ra olmadi, faqat barmoq harakatlarini ko‘rdi: parolning ikkinchi raqami birinchi raqamdan pastda va chaproqda, uchinchi raqam ikkinchi raqamdan aniq yuqorida (chap yoki o‘ngda emas), oxirgi to‘rtinchi raqam uchinchi raqamdan pastda va o‘ngroqda.

Savol: Agar parolning birinchi raqami 3 bo‘lsa, Afruzbek Boburning planshetini aniq ochishi uchun jami nechta urunish amalga oshirishi kerak?

🎁 Mukofot birinchi to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang! Ota-ona, aka, opa, ustoz yechib bermasin halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3🤔1