MATH MENTOR | DAVRBEK
2.06K subscribers
452 photos
53 videos
164 files
257 links
Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik, MOCKlar, yozma ishlar va olimpiada masalalari.

Ta’lim haqidagi shaxsiy fikrlar va o‘quvchilar uchun amaliy maslahatlar.

Muallif: Oltiboyev Davrbek
Murojaat: @mathmentor_1
Download Telegram
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol!

🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar siz 2$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni ikki baravar ortadi. Agar siz 1000 ball to‘plasangiz, mashina sovg‘a beradi. Agar natija 1000 dan katta bo‘lsa, barcha ochkolar 0 ga aylanadi". Vasya eng kamida necha dollar sarflab sovg‘a yutishi mumkin?

❗️ Izohi bilan birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natgan o‘quvchi 10 ming so‘m💲 yutib oladi!

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang, halol bo‘lmaydi..


✍️ Izohlarda yozinglar javobingizni👇

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👌9🤔4
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
🤔 Hali hech kim to‘g‘ri javob topmabdi! Yana biroz harakat qilinglar, javoblarni o'chirmang va tahrirlamang..

❗️ Yuqori sinflar o‘zi uchun yechib ko‘rsin bu savolni, mukofotni 3-6 sinflarga beramiz. Yuqori sinflar uchun hali alohida savollar bor..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍6🐳2
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
✅ To‘g‘ri javob: 2️⃣3️⃣ 💵

🔹 Ushbu masalani teskari usuldan foydalanib yechish kerak. Ya'ni, 2 ga bo'lish(>) va 1 ni ayirish(>) orqali 1000 dan 0 gacha ketma-ketlik tuzib olamiz.

1000>500>250>125>124>62>31>30>15>14>7>6>3>2>1>0

Bu yerda 8 ta > (2$) va 7 ta > (1$) bor. Demak, 8∙2$+7∙1$=23$ sarflaydi.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechimlar bor. G‘olibga aloqaga chiqamiz..

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥6👏3👌2
MATH MENTOR | DAVRBEK
🎁 3-4-5-6 sinf o‘quvchilari uchun yutuqli mantiqiy savol! 🔹 Vasya o‘yin mashinasiga yaqinlashdi, uning ekranida 0 raqami yondi. O‘yin qoidalari: "Ekranda ballar soni ko‘rsatiladi. Agar siz 1$ (dollar)lik tanga tashlasangiz, ballar soni 1 ga ortadi. Agar…
Mukofot yetkazildi✅

🥇 G’olib 5-sinf o’quvchisi Farhodov Tohirjon👏

⏰ Bugun ham soat 20:00 da yutuqli savol o’ynaymiz, tayyor turing..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏3🐳2😢1
Forwarded from KHISO olimpiada
KHISO oʻquv markazidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mlik olimpiada!


Endi bilimingiz orqali naqd pul va eng kuchli o‘quv markazlardan birida ta'lim olish uchun vaucher yutib olishingiz mumkin!

🌟 Oʻquv markazimiz oʻquvchilaridan bu yil Prezident maktablariga 6 ta, Muhammad Al Xorazmiy IT maktabiga 5 ta, Mirzo Ulugʻbek tayanch maktabiga 2 ta va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 dan ortigʻi kirishga muvaffaq boʻldi.


🚀 Yangi iqtidorlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahridagi 3-4 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mni tashkil etuvchi olimpiadani e'lon qilmoqchimiz!

🏆 Olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: ➡️ HAVOLA

❗️ Olimpiadada ishtirok etish bepul, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 21-dekabr kuni soat 20:00 gacha!

📍 LOKATSIYA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5
⏰ Bugun soat 20:00 da navbatdagi yutuqli savol e'lon qilinadi, tayyor turing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😎6🔥1🤝1
MATH MENTOR | DAVRBEK
⏰ Bugun soat 20:00 da navbatdagi yutuqli savol e'lon qilinadi, tayyor turing!
⏰ 10 daqiqa vaqt qoldi! Savol barcha uchun va mukofot 10 ming so‘m💵
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5
🤔 YUTUQLI SAVOL

❓Ota o‘g‘liga aytdi:

- Bugun ikkalamizning ham tug‘ilgan kunimiz, sen mendan roppa-rosa 2 barobar yosh bo‘lib qolding.
- Ha shunday. Bu mening umrimda sakkizinchi marta sizdan bir necha marotaba kichik bo‘lishim.

Savol: Otasi 75 yoshdan katta bo‘lmasa, o‘g‘li necha yoshda?

❗️ Izoh: O‘g‘li "sizdan bir necha marotaba kichik bo'lishim" deganida: butun son marta kichik (ru: целое число раз, eng: a whole number of times younger) bo'lishini nazarda tutyapti, balki 2 marta, balki 3 marta va hakazo..

🎁 Mukofot birinchi to‘liq to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang, halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🤔3🤷‍♂1💯1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL ❓Ota o‘g‘liga aytdi: - Bugun ikkalamizning ham tug‘ilgan kunimiz, sen mendan roppa-rosa 2 barobar yosh bo‘lib qolding. - Ha shunday. Bu mening umrimda sakkizinchi marta sizdan bir necha marotaba kichik bo‘lishim. Savol: Otasi 75 yoshdan…
✅ To‘g‘ri javob: 30 yoki 24 yoshda;

🔹 Aytaylik farzandi tug‘ilganida otasi N yoshda bo‘lsin. U holda, farzandi k yoshda bo‘lganida, otasi N+k yoshga kiradi. N+k soni k soniga bo‘linishi kerak, bu esa N soni k soniga bo‘linishi kerak degani. U holda biz, aynan 8 ta bo‘luvchiga ega N sonini qidirishimiz kerak. Bunda, 2N<75 ya'ni N<37 ekanini inobatga olish kerak. 37 dan oshmaydigan va aynan 8 ta natural bo‘luvchiga ega sonlarni topish qiyin emas, ular 24 va 30. Demak, farzandi 30 yoki 24 yoshda bo'lishi mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechimlar bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting!

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏2
Mukofot yetkazildi✅

🥇 G’olibamiz qolganlarga nisbatan tezroq va izohlangan yechim egasi 7-sinf o’quvchisi O‘ktamboyeva Zarina👏

⏰ Bugun ham soat 20:00 da yutuqli savol o’ynaymiz, tayyor turing..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏3🏆1
⏰ Eslatma: Xudo xohlasa bugun yana soat 20:00 da mukofotli savol qilamiz.

❗️ Bu safar 1-4 sinflar uchun alohida savol, kattalar uchun alohida savol qilamiz, tayyorlaning...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥6👏2
🤔 YUTUQLI SAVOL

❗️ Faqat 1-4 sinflar uchun, kattalar qatnashmasin!

❓ Rasmda Boburning planshetining ekrani ko‘rsatilgan, qulflangan holda. Bobur planshetiga 4 xonali parol qo‘ydi. Bu jaroyonni uning xakker o‘rtog‘i Afruzbek kuzatib turdi. Lekin Afruzbek parolni aniq ko‘ra olmadi, faqat barmoq harakatlarini ko‘rdi: parolning ikkinchi raqami birinchi raqamdan pastda va chaproqda, uchinchi raqam ikkinchi raqamdan aniq yuqorida (chap yoki o‘ngda emas), oxirgi to‘rtinchi raqam uchinchi raqamdan pastda va o‘ngroqda.

Savol: Agar parolning birinchi raqami 3 bo‘lsa, Afruzbek Boburning planshetini aniq ochishi uchun jami nechta urunish amalga oshirishi kerak?

🎁 Mukofot birinchi to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang! Ota-ona, aka, opa, ustoz yechib bermasin halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3🤔1
🤔 YUTUQLI SAVOL (barcha uchun)

❓ Zoirbek eski kompyuteridagi "Sapyor" o‘yinini o‘ynamoqda: kvadrat shaklidagi katakchali jadvalning qaysi kataklarida mina(bomba) borligini aniqlashi kerak.

-Bunda u qaysi katakchada mina bo‘lmasa, o‘sha katakchaga qo‘shni (yon tomonlaridagi yoki burchaklaridagi) minali(minasi bor) katakchalar sonini yozib qo‘yadi.

-Birinchi bosqichda Zoirbekka 5x5 shaklida katakchali jadval to‘ldirilgan holda bir necha soniyaga ko‘rsatildi. Zoirbek esa jadvalning aniq 3 ta katakchasida 8 raqami bor ekanligini eslab qoldi, ammo aynan qayerda ekanini bilmaydi.

Savol: Bu shartlarni qanoatlantiradigan minalar joylashuvi jami nechta?

P.s: yuqorida sapyor o‘yini eslatuvchi rasm qoldiraman, bu rasmning masalaga umuman aloqasi yo‘q, shunchaki o‘yin qanday ekanini eslash uchun..


🎁 Mukofot birinchi to‘g‘ri yechimga 10 ming so‘m💵

Qing‘ir yo‘ldan foydalanmang! Ota-ona, aka, opa, ustoz yechib bermasin halol bo‘lmaydi..


✍️ Yechimlarni va javoblarni izohda qoldiringlar..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3🤔2
Assalomu alaykum barchaga👋

Kechagi yutuqli savollarning yechimlarini g‘oliblarni e'lon qilamiz..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉2❤1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL ❗️ Faqat 1-4 sinflar uchun, kattalar qatnashmasin! ❓ Rasmda Boburning planshetining ekrani ko‘rsatilgan, qulflangan holda. Bobur planshetiga 4 xonali parol qo‘ydi. Bu jaroyonni uning xakker o‘rtog‘i Afruzbek kuzatib turdi. Lekin Afruzbek…
✅ To‘g‘ri javob: 21 ta urunish;

🔹 Yechimni rasmdan o‘rganib olishingiz mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechim bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting! G‘olibni tez orada e'lon qilamiz..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏2🔥1
MATH MENTOR | DAVRBEK
🤔 YUTUQLI SAVOL (barcha uchun) ❓ Zoirbek eski kompyuteridagi "Sapyor" o‘yinini o‘ynamoqda: kvadrat shaklidagi katakchali jadvalning qaysi kataklarida mina(bomba) borligini aniqlashi kerak. -Bunda u qaysi katakchada mina bo‘lmasa, o‘sha katakchaga qo‘shni…
✅ To‘g‘ri javob: 124 xil usulda joylashtirish mumkin;

🔹 Yechimni rasmdan o‘rganib olishingiz mumkin.

👏 To‘g‘ri va izohlangan yechim bor, harakat qilgan barchaga rahmat!

👌 Yanada qiziqarli savollar oldinda, savol yoqqan bo‘lsa reaksiya bosib keting! G‘olibni tez orada e'lon qilamiz..

👉 @math_mentor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👌4🔥3❤1👏1
Bugun hisob boʻyicha 2024-yil tugab, 2025-yilga oʻtadi.

2025 sonining matematik tomondan chiroyli xossalari bor. Shunday ekan ilm-fan uchun, ayniqsa matematiklar uchun zafarli yil boʻlsin.


Quyida ba’zi xossalarini yozaman:

▪️ (1+2+…+9)^2=2025

▪️ (20+25)^2=2025 (bundan keyingisi 1000 yildan keyin keladi)

▪️ 1^3+2^3+…+9^3=2025

▪️ 45^2=2025 (toʻla kvadrat)

▪️403+404+405+406+407=2025 (ketma-ket kelgan sonlar
yigʻindisi sifatida ifodalanadigan - polit son)

▪️ Ikkita toʻla kvadrat yigʻindisi koʻrinishida yagona usulda ifodalanadi: 27^2+36^2=2025


Siz yana qanday xossalarini bilasiz?

📱 @bazarbaevs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9🔥5👍2🤝1
Forwarded from KHISO olimpiada
Geografiyamiz kengaymoqda: Matematika bo‘yicha #khiso_olimpiadalari endi uchta hududda bir vaqtda o‘tkaziladi!


📆 Olimpiadalarimiz 5-yanvar (yakshanba) kuni bir vaqda Toshkent shahar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida o‘tkaziladi!

📌 Olimpiadada 1-2-3-4-5-6-7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

🏅 G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da (ovqatlanish, yotoq-joy, darslar, sovg‘alar) bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

⏳ Shoshiling, barcha olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish 4-yanvar kuni soat 18:00 da yakunlanadi!

🔠uxoro viloyati uchun: ➡️ BUXORO

🔠oshkent shahar uchun: ➡️ TOSHKENT

🔠orazm viloyati uchun: ➡️ XORAZM

🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1
Forwarded from KHISO maktabi (Jamoliddin)
💛💛💛

⚡️Ta'til kunlarini maroqli o‘tkazing va biz bilan bilimlaringizni oshiring🚀

😊 Maktabimizning eng ilg‘or ustozlaridan biri, ko‘plab xalqaro olimpiadalari g‘olibi Davrbek Oltiboyev tomonidan tayyorlangan foydali va qiziqarli darslardan bahramand bo‘ling!

1. Hisoblashning oson usuli:
📱 Videoni ko‘rish

2. Ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgan taqqoslash:
📱 Videoni ko‘rish

3. Bahs-munozaralarga Sardor Bozorboyev ajoyib javob berdi:
📱 Videoni ko‘rish

4. Soat va minut mili orasidagi burchakni topish:
📱 Videoni ko‘rish

5. Collatz gipotezasi:
📱 Videoni ko‘rish

6. Kasrlarni taqqoslashning ajoyib usuli:
📱 Videoni ko‘rish

7. 99 ga bo‘lgandagi qoldiqni topishning oson usuli:
📱 Videoni ko‘rish

8. 11 ga oson ko‘paytirish usuli:
📱 Videoni ko‘rish

9. Monty Hall problem:
📱 Videoni ko‘rish

10. 2024-yiling maxsus yutuqli savoli:
📱 Videoni ko‘rish

📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13