Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
"Bir "namozxonlar"ga vayl boʻlsinki.
Ular namozlarini unutuvchilardir."
(107-4,5)

#eslatma @nigohlarda
​​​​Insonlar voqealarga koʻra qayta oʻzgaradimi yo hodisotlar insonlarga koʻra voqe boʻladimi?!

Bir odamga bila turib aldanish , uning ortidan koʻr-koʻrona ergashish, xudbinlik, har narsadan ideallikni qidirish, loqaydlik, diktatorga boʻyin egish, oʻta mayda his-tuygʻularga asr boʻlish bularning barchasi soʻngida halokatga, jannatday orolning nobud boʻlishiga olib keldi, nihoyat.

Shunda, boʻyin eggan inson ahilroqmi yoki boʻysunmas chagʻalaylar aqlliroqmi?
Asarda ikki qahramon eʼtiborimni tortdi. Biri haqiqatgoʻy va yakkalanib qolishdan qoʻrqmaydigan – yozuvchi, yana biri esa baqqolning koʻzi ojiz oʻgʻli. Soqov bolakay chagʻalaylar kabi yengilmas, tabiatan jasur. Uning yovuzlik ustidan kurashuvchi magʻrur qalbi bor...

Asarni oʻqib koʻrgan bir kitobxonning fikriga men ham qoʻshilaman:
"Insoniyatning qanchalar sofdil ekanligini bilmoqchi boʻlsangiz shu kitobni oʻqing, insoniyatning naqadar jirkanch ekanligini bilmoqchi boʻlsangiz shu asarni oʻqing".

"Biz insonlar butun borliq haqida tafakkur qilamiz, qarorlar chiqaramiz, biroq olamning biz haqimizda nimalar oʻylashiga sirayam qiziqmaymiz..."

#bookreview @nigohlarda
"Bir kuni qozi uyiga mehmon chaqirdi. Mehmonlar kelgach, uy sohibi Muborakni chaqirib uzum olib kelishini buyurdi. Olib kelgan uzumlari nordon ekan. Unga yana olib kelish buyurildi. Bu hol toʻrt marta takrorlandi.

Toqati toq boʻlgan qozi:
–Nega har safar nordon uzum olib kelasan, taxirligidan ishtaha boʻgʻildiku. Sen qaysi shirin, qaysi nordon ekanini bilmaysanmi? - deya jahl aralash savol berdi.
–Yoʻq, - dedi u muloyimlik bilan. –Siz meni bogʻga qorovullik qilishni va parvarishlashni buyursangiz, yeyish haqida gapirmagansiz, - dedi hijolat boʻlib.
–Yo qudratingdan, bir marta tatib koʻrmadingmi?
–Yoʻq, hojam."

#kitobdan @nigohlarda
Oʻqi!
Oʻzingni malol va charchoqlarga toʻla bir xil hayotda yashashga mahkum qilma. Oʻqi, kitobdan kitobga koʻch. Bir hikoyadan boshqasiga oʻt. Barcha oʻqigan hikoyalaring tafsilotlari ila yasha. Uning qahramoni yangligʻ hikoya tubiga shoʻngʻi. Ana shunda zamiringda oldingidan afzal shaxs paydo boʻlganini koʻrasan!

@nigohlarda
- Sening bu kitob oʻqishing, koʻtarib yurishing, ularni erinmay suratga olishing tugamaydimi?
- Tugamaydi.
- Hechmi?
- Hech...
- Niyating kotiba boʻlishmi?
- Yoʻq.
- Unda qanday?
- Inson boʻlish... Hayotni eng chiroyli ranglarda yashash, his qilish...

Oʻxshatma) 🍂 @nigohlarda
Nabiyyimiz, habibimiz, Allohning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallam afandimiz: "Moʻminning ikkinchi kuni birinchi kuniga oʻxshamas", - deb marhamat etmishlar.

Naqadar goʻzal soʻz! Na-da goʻzal, Buyuk Soʻz! Iymon egalarining yoʻlini quyosh yangligʻ porlatib, yoritib, charogʻon aylayajak Soʻz! Zotan, moʻmin har bir kun bir xayr faoliyatdadir. Har bir kun oʻzi uchun, dini uchun, ummat uchun, oxirati uchun bir xizmat oʻtayajak. Bir yangi ilmu hikmat oʻrganajak. Bir on zikr holi boʻlmagan qalbning naqadar yuksalishini idrok eta bilurmisiz? Qurʼon tadabburi ila moʻmin naqadar balandlarga parvoz etajagini bilurmisiz?

Moʻmin hargiz dangasa boʻlmas. Moʻmin hargiz tanbal boʻlmas! U hamisha shijoat ustida, hamisha gʻayrat va jasorat ustidadir.

"Halqa" 📚 @nigohlarda
Bilaman, sening qalbingni ming turfa dardlarga nisbatan hadiklar oʻrab olgan.
Hayoting bir maromda davom etsa-da, nimadir kam, qalbingda boʻshliq, kemtik bir joy bor. Baʼzan shu yer toʻlganday tuyuladi. Ammo bu holat juda oz davom etadi.

Va yana baʼzan atrofdagi barchadan berkinib olging keladi. Olislarga ketging keladi...

Mavsum goʻzalliklari-da, sevgan kitoblaring-da, yorqin tasvirlarga boy suratlar-da, doʻstlar bilan diydoring-da seni quvontirmay qoʻyadi...

Shoshma! Sen bir haqiqatni unutibsan yohud eslamay qoʻyibsan, yoki tan olmayapsan!

"...Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?!" (13:28)

Dardlar ming turfa - shifo esa bir turfa.
Qalbingni qiynama, tashvishlar ummoniga uloqtirma, uni shifosidan ayirma!

@nigohlarda
"Allohim, chimdim ibodatimni togʻ deb koʻrdim. Togʻdek gunohimni bir zarradek bildim. Yoʻlingda mashaqqat chekishdan qochdim, hamisha nafsim uchun omonlik istab, yoʻlingga qurbon boʻlishni oʻylamadim.

Allohim, qalbim toʻla xato, aqlim toʻla xato, yelkamda ogʻir gunohlar. Qalbimni na kibrdan, na kizbdan, na riyodan, na ujbdan xalos eta olmayman. Allohim, oʻzing najot ber!

Iymonimni taqvo ila ziynatla, hayotimni Islom ila nurlantir! Soʻzi goʻzal, amali xunuklardan etma.. Allohim, meni Oʻzing rozi boʻlganingga yoʻlla!"

"Halqa" asaridan parcha. 📚

Sezsangiz, tunda kitoblarning taʼsiri kuchayadi juda)

@nigohlarda
Insan sevilmekten çok anlaşılmayı istiyordu belki de.

Balki inson sevilishdan ham ko’ra tushunishlariga ko’proq muhtojdir.

– Jorj Oruell @nigohlarda
Bir kuni Abdullohdan soʻrashdi.
–Ustoz, siz oʻqish-oʻrganishni qachon toʻxtatasiz?
Abdulloh ularning savoliga shunday javob berdi.
–Hech qachon, chunki ilm oluvchi, oʻrganuvchiga hatto daryodagi baliqlar ham baraka tilaydi, ularni Alloh kechirishini soʻrab duo qiladi. Shunday ekan, oʻquvchilikni tashlab boʻladimi?!

@nigohlarda
- Sening telefoning musulmonmi, musulmon emasmi?
- Iya, telefon ham iymon keltiradimi?
- Albatta, keltiradi. Albatta.

Nuriddin Yildiz @nigohlarda
Kitobdagi insonlarni atrofimdagi insonlardan koʻra koʻproq sevdim...

@nigohlarda
Bir necha kitoblar oʻqib tugatilgan;
Oʻqilgan kitoblar suratga ham tushirilgan;
Qolganlar ham oʻqishi kerak deb hisoblagan iqtiboslarni tagiga chizilgan;
Erinchoqlikka nimalar kirsa shularni bari qilingan :)

Va sen kutgan motiv 🥲
Toʻlqinlarimizdan uzoqlashmang, yaxshi-yaxshi kitobchalar haqida post bor oldinda)
​​Kitob nomi "Iqror"

Xoʻsh kim nimaga iqror boʻladi kitobda?
"Zulmatdan nurga" deyilgan kitob sarlavhasida, bu jarayon osonmi?
Ana shu ikki savol kitob reklamasini koʻrganimda paydo boʻlgandi.

Asar gʻoyasi sizga, menga notanish boʻlmagan mavzu. Buni yozuvchi quyidagi jumlalar bilan izohlashga harakat qilgan.
"Oʻxshash mavzular tez-tez takrorlanishining ikki asosiy sababi bor, birinchidan, voqealar hayotdan olingan va qanday yuz bergan boʻlsa, shunday bayon etilgan. Ikkinchidan, ushbu voqea-hodisalar insonlar, ayniqsa, yoshlarning axloqiy qadriyatlarini mustahkamlashga, oʻquvchining oʻzi bilan yuzlashishga vasila boʻladi. Shuning uchun ham bunday hayotiy mavzular atayin tanlab olinadi."

Mehmet Yildizning "Izlash"ida ham, hozirgi "Iqror"da ham asar qahramonlarining hidoyat topishiga ularning muallimlari sababchi boʻlishadi. Ikki asar qahramonlari ham aynan Mehmet ismli oʻspirin yigitlar edi.

"Iqror" kitobining oʻquvchiga yetkazmoqchi boʻlgan asosiy maqsadlaridan biri quyidagi jumlalarda aksini topadi:
"Eʼtiqodi nuragan, imondan uzoqlashgan, jamiyat uchun zararli holga kelib qolgan kimsani isloh qilish uchun uni qoʻrqitish, doʻpposlash, hatto qamash orqali undagi bu muammoni aslo hal qilib boʻlmaydi. Sabr bilan tarbiyalash orqali uni zararli odatlardan xalos etish mumkin. Bu usul, bu yoʻl uzun, ammo uzoq muddatlidir."

Bu degani - muallimlar bizlarga katta masʼuliyat yuklatilgan degani)
Asar haqida umumiy xulosalarim esa ijobiy. Qiziqqanlar oʻqib koʻrishini tavsiya qilaman.

@nigohlarda
–Inson, avvalo, oʻzini tanishi va oʻzini bir kitob misoli oʻqiy olishi kerak. Oʻzini oʻqiy olmagan kishi butun koinotning eng nozik sirlarini bilsa ham, baribir johilligicha qolaveradi.

"Iqror", Xolid Ertugʻrul 📖

@nigohlarda
"Kuzning soʻngi kuni,
Oxirgi visol?
Ertadan sogʻinchlar fasli boshlanar.
Bizku yigʻlamaymiz, faqat sovuqdan,
Yanoqlar qizarib, koʻzlar yoshlanar."

📚🍂
Shunday qilib, kuzda siz oʻqigan eng yaxshi kitob? @nigohlardabot
Kitoblardan boshingni koʻtarma, dunyo yomon joy!

@nigohlarda
... huvillagan xonalar yutaman deydi. Kitob javonimdagi qadrli kitoblarim hamroh. Birini olib oʻqiyman, hayotdan uzoqlashaman. Xayollar olamida bir dam yashab, kuch olaman. Baʼzan Anna Karenina, baʼzan Onegin bilan yolgʻiz qolgim keladi. Ammo... ammo Alsgeymer yonimdan jilmaydi, u oʻzgalarni yonimga yoʻlatmaydi. Men uni deb sevgan insonlarimdan ayrildim. U mendan quvonchlarni tortib oldi. U meni yolgʻizlik oʻlkasining tutquni qildi.

"Men, dadam va Alsgeymer" hikoyasidan)

@nigohlarda
Insonlar hadisni qoʻlga kiritishdan xushnud boʻldilar, ammo u bilan amal qilishni tark etdilar.

"Iqtizoul ilmul amal", Xotib al-Bagʻdodiy

@nigohlarda