Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Nima boʻlgan taqdirda ham, kitob oʻqish - dunyodagi eng rohatli mashgʻulot boʻlib qolaveradi.

@nigohlarda
May. One book. Thousand feelings. 🍒
Book: “Reclaim your heart”

@nigohlarda
Eng yaxshi koʻrganlarim.

@nigohlarda
May oyida kaminaga, darsdan tashqari vaqtlarimda hamrohlik qilgan kitoblar bilan tanishing.

Oʻylab qarasam bular orasida birorta badiiy kitob yo’q ekan, bu yaxshimas. Yangi oyda biror klassik asar(jahon adabiyotidan) oʻqishni rejaladim.

“Diqqat” men uchun yangilik bo’ldi. Internet bilan bogʻliq har narsa inovatsion va zarur deb qabul qilinayotgan davrda qay usullar yordamida keraksiz axborotlardan “parhez” qilish, tezkor elektron xatlar va ijtimoiy tarmoqlardan cheklanish orqali teranlikka oz bo’lsada yaqinlashish haqida insaydlar oldim. Kitobda oʻqiganlarimni yaxshiroq amalda qo’llay olishim uchun qayta o’qimoqchiman konspektlashtirib.

Inglizchalari esa iyunda ham sherik bo’lishsa kerak. Sekin oʻqiyapman, sababi hali ‘advance dajarada emasman :)

“Aslingizdek boʻlishga tayyormisiz?” ni tavsiya qilaman. Har kitobda uchrayveradigan jumlalar kamligi bilan e’tiborimni tortgani uchun.

@nigohlarda
Kun fotolari.
Otamdan qolgan dalalar…

@nigohlarda
Menimcha yozning uch oyini to’liq dam olib oʻtkazib yuborish axmoqona qaror bo’ladi.

Yangi odatlarni shakllantirish va shaxsiy rivojlanish uchun eng munosib vaqt. Internet to’lib yotibdi resurlarga, izlagan imkon topar. Biror bir tilni oʻrganib qo’yish hech zarar qilmaydi. Aksincha sizning “chang bosib qolgan” orzularingizni uyg’otib yuborishi mumkin. Kaminadayam xuddi shunday.

Bo’lmadi deganda, yil bo’yi to’plab yurgan kitoblaringizni yotvolib oʻqishingiz uchun imkoniyat. Yoki ta’tilda ko’raman deb yurgan filmlaringiz bordir? Jichcha motivatsiya)

Bahonada yangi kitobchamni maqtanib oldim.

@nigohlarda
Mana bu tarjima meni anchagina asabiylashtirdi.

Tarjima yaxshi qovushmagani kamdek, tahrirchi ham yaxshi ishlamagan. Geografik nomlar oyog’i osmonda bo’lib yotibdi. Yaponcha atamalarning keltirilishiga esa chidab bo’lmaydi. Na izohlangan va na tarjimon qo’shimcha qilgan.

Shunday qilib, o’zbek kitobxonlarining kuni mana shunday *san’at asarlariga qolgan!

Actually, the book is not bad, I would recommend you have to read it in English :)


@nigohlarda
Dam olish kuni uchun.
“Beauty and the Beast” 🥀men hech ham ko’rib zerikmaydigan film.

@nigohlarda
•
Books aren’t made of pages and words. They’re made of hopes, dreams and possibilities.

Nega avvalroq o’qimaganman? Axir yo’limdan juda ko’p chiqqan kitobku. Yangisi, oʻqib tugatsam yozaman.

@nigohlarda
Bugun biz @siddiiqa bilan.
Alloh ilm yo’lida oxirigacha birga qilsin, amiyn.

@nigohlarda
Bir qadam qoʻyib katta narsalar kutamiz. Lekin natija yoʻq, biz esa norozimiz.

Bu dunyoning oʻz qonunlari bor. Ulardan biri vaqt. Ko’chat bir kunda daraxt boʻlmaydi. Bola bir kunda tug’ilib, katta boʻlib qolmaydi. Bir kunda ilmli, bir kunda boy boʻlib qolmaysiz.

Toʻgʻri yoʻnalishdagi kichik-kichik davomiy qadamlar katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Ming chaqirimlik yoʻl ham birinchi qadamdan boshlanadi!

@nigohlarda
​​“Morrining seshanba darslari”

“Oʻqituvchi abadiyatga ta’sir koʻrsata oladi, uning ta’siri qayerda tugashini hech qachon bilib bo’lmaydi”.(Genri Adams)

Kitob nomiga duch kelganimda ilmiy mavzuda deb tasavvur qilgandim, aksi boʻlib chiqdi. Oʻlimdan barchamiz qoʻrqishimizga qaramasdan koʻp narsalarni keyinga surib yashaymiz. Hayotni, tirikligimizni, mana shu koinotning bir zarrasi ekanligimizni bilish kifoya qilmay qolgan.

Biz oʻzimizni baxtli his qilishimiz uchun hamisha nimadir kerak. Boylik, mansab, qanaqadir yutuqlar, diplomlar… Baxt mezonimiz cheksiz.

Morri aytganidek, moddiyatga haddan ortiq mukkasidan ketganmiz, lekin moddiyat barcha ehtiyojlarimizni qoniqtira olmaydi. Jamiyat tuzib bergan qadriyatlar bilan yashashga majbur emasmiz.

Morri kim?
Yaxshi ota, yaxshi er, yaxshi qoʻshni, yaxshi ustoz. Uning kitoblarga boʻlgan ishtiyoqini yuqtirib olmaslikning iloji yoʻq. Oxirgi nafasigacha hayotdan nimanidir oʻrganish va oʻrgatish ilinjida yashagan bir professor.

Morri mutolaa davomida menga ham ustozlik qildi. U kabi soʻnggi nafasgacha oʻzimni tarbiyalashni maqsad qildim.
Qachonlardir murabbiy Morri haqida yana oʻqisam kerak. Kitob yoqdi, bemalol tavsiya qila olaman.

@nigohlarda
Booktrovert - someone who prefers the company of fictional characters to that of real people.

Oʻqigan kitoblaridagi qahramonlarini haqiqiy hayotdagi insonlardan ko’ra yaxshi koʻruvchi kitobxon turi.

Introvert + booktrovert = me:)

@nigohlarda
Har bir insonning fikr va qarashlari oʻzining oʻlchoviga yarasha boʻladi. Odamlarga ularning oʻzlari haqida aytgan fikrlariga qarab baho bermang. Boshqalar haqida nima deyapti, shunga qarang!

Mastura boʻlmaganlarga qozining koʻzi bilan qarasangiz, “naqadar ochiq-sochiq kiyinadigan, insonlarni fitnaga soluvchi, modaga mukkasidan ketgan qiz ekan”, deysiz. Agar unga da’vatchining koʻzi ila boqsangiz, “yuzini hijob bilan berkitganida yanada goʻzal boʻlar edi”, der edingiz. Uning holatini oʻz muammoyingizga aylantirasiz. Shirin gapirasiz, yumshoq muomalar qilasiz, yengil nasihat qilasiz.

Hech qanday maqtov va tavsiyalarga muhtojligi yoʻq kitob. Tarbiyalanishimiz va yumshashimiz uchun muborak siyratni qalb ila oʻqishimiz lozim!

@nigohlarda