Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Avgust uchun tanlagan kitoblarim. “Atom odatlar”ni qayta oʻqimoqchiman.

@nigohlarda
Onam singlim pildirab yurishga tushganidan boshlab uy jihozlari olishni kanda qilmasdi. So'raydigan boʻlsak, "Singlingning sepi uchun", - deb javob berardilar. Ehtimol, barcha onalar shundaydir.

Men esa qizning sepida doimo "dunyoning barcha goʻzalliklari bilan bezatilgan qalb" boʻlishini orzu qilaman.

“Ishqparast” 📚

@nigohlarda
“LYKKE” dan notelarim.
Remember, big things
often have small beginnings.

@nigohlarda
Novda suyanganimizda ogʻirligimizni koʻtara olmay sinib ketsa, bunda tabiat qonunlari aybdor emas. Novda bizni koʻtarish uchun yaratilmagan. Biz faqat Allohga suyanish uchun yaralganmiz.

Baqara surasida aytiladiki:
“Kim shaytondan yuz oʻgirib, Allohga iymon keltirsa, u hech ajrab ketmaydigan halqani ushlabdi. Alloh Eshitguvchi va Bilguvchidir.”

Oyatda biz uchun muhim saboq bor: faqat bir dona sinmaydigan tutgich bor, suyanishimiz mumkin boʻlgan yagona dargoh mavjud. Qadr-qimmatimizni belgilaydigan yagona munosabat, eng yuksak baxt va saodat, xotirjamlik izlashimiz mumkin bo'lgan yagona manba - bu Alloh taoloning huzuri.

Yasmin Mujohid.

@nigohlarda
Yangi kitob. Why we sleep. Foydali joylaridan ulashishim mumkin) 🌚

@nigohlarda
Yoz uchun oxirgi post) 🍨
Stress haqida eng qisqa xulosam: qilishingiz kerak bo’lgan ishlarni bilasiz, yechimdan xabaringiz bor, ammo bajarmaysiz. Bugungi kun odamlarinining stress manbasi mana shu.

@nigohlarda
Dunyo-dunyo kitob oʻqiyman,
Chigallashar tobora umr.

@nigohlarda
“Bugun yakshanbaligi va mening blogim borligi esimga tushib qolganda” , deya nomlanuvchi post. Bilaman mendan boshqa hamma ko’rib bo’ldi bu multfilmni. Hechdan ko’ra kech)

@nigohlarda
Rabiul avval oyidamiz, demakki siyratga oid kitoblarni o’qish maqsadga muvofiq boʻladi.

Oʻzim oʻqiganlarimdan shularni tavsiya qilaman, ayniqsa oxirgi oʻqiganim “Nabaviy tarbiya” juda yoqqan. Shu darajada yoqqanligidan na imloviy xatolariga qaraganman na uslubiy. Yana boshqa siyratga oidlarini ko’z ostimga olib qoʻyganman.

Tarbiyalanishimiz va yumshashimiz uchun muborak siyratni qalb ila oʻqishimiz lozim!

@nigohlarda
“Agar biz dunyoni o'zgartirishni, yoki insoniyatga foydamiz tegishini, yoki hayotda biror maqsadga erishmoqchi bo'lsak, buni yashab turgan xonamizni tozalashdan boshlashimiz zarur. Bu mashg'ulot juda oddiy ko'rinsada, u insonda intizom va qat'iyat shakllanishida katta ahamiyatga ega.

Bu bilan inson tartibga moslashib, o'z atrofini tozalashni o'rganadi. Undan keyin esa miyadagi fikrlarini tartiblashni o'rgana boshlaydi. Ana shu yo'l bilan insonda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur ko'nikmalar rivojlanib boradi.”

Shunga oʻxshash fikrlarni “Sarishtalik sehri”da ham oʻqigandim. Menimcha, yakshanba uchun ajoyib post :)

@nigohlarda