Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Aytilganlarimizdan aytilmaganlarimiz bisyor...
Boshimizga tushganidan tushmaganlari ko‘p...
Birga his etganlarimizdan etmaganlarimiz ko‘p...
Allohim davomimizni go‘zal etsin...

@nigohlarda
–❤️
Nimadir bor dil tomonda,
sen-u meni bog‘lab turgan —
o'limdan ham qaytmaslikka
undab turgan,
chog‘lab turgan —
ermak qilib bu dunyoda,
ko'ksimizdan urgan — mergan
ko'zimizdan terib shoda,
tig‘day o'tkir bir yo'l bergan.
tutashtirmay ilkimizni,
boshimizni urgan toshga
nimadir bor ikkimizni
azoblovchi —
ishqdan boshqa.

©

@nigohlarda
Nigohlarda pinned Deleted message
Yana chegaradan chiqib ketibman...
Tilingiz achishar kuygan qo’l kabi,
Jilmayib turardi mening chehramda
Mangu qovjiragan haqiqat labi.

Deysiz: “Haddingni bil, har so’z xavflidir”, -
Faqat shu sizdagi bor bunyodkorlik,
Menga chegarani buzmoq zavqlidir,
Sizga esa zavqli ehtiyotkorlik.

@nigohlarda
Nigohlarda pinned Deleted message
Osima,
Sen haqsan,
Men tugab botdim,
Bu qissa so'nggida shudir qasida.
Go'zal borlig'imni maydalab sotdim,
Yo'g'imni qaytardim
O'z egasiga...

© Abduvali Qutbiddin

Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!

@nigohlarda
Nigohlarda pinned Deleted message
Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya.
Ammo qumning toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi.
Do‘stlik ham shunga o‘xshaydi.

©O‘tkir Hoshimov
@nigohlarda
•••
Mendan ketolmaysan, hatto, bir qadam,
Ammo, paydoligim ichra yo'qdaysan.
O'xshashlik haqida shudir xulosam:
O'xshamagan sayin menga o'xshaysan.

© Nodira Nazar

@nigohlarda
«Yozuvchining hech kimga nasib etmaydigan baxti bor. Bu – bir varaq oq qog‘ozga dardini to‘kib solish baxtidir!»

© O‘tkir Hoshimov

@nigohlarda
•••
"Mukammal matn deganlari , aslida , yo'q narsa. Xuddi butkul umidsizlik bo'lmaganidek".

"Shamol qo'shig'ini tingla"
Xaruki Murakami


@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

#Happy_weekend
•
Uzoq kutilgan hafta oxiri)
Dam olish kuni barchada tur xil o'tadi, kimdir kutubxonaga boradi , kimdir to'ygunicha uxlaydi , yana kimdir to'planib qolgan ishlarini yakunlaydi va yana aylanishga ham borishadi.
Bu kunda nima istasangiz ana shu ish bilan mashg'ul bo'ling ,masalan men kabi)
Sevimli filmim tomoshasi bilan bandman – "Beauty and the Beast" !!!
(Takror-takror ko'rishga arziydi 🥀)
Siz-chi dam olish kunini qanday o'tkazyabsiz ?!
📩
@nigohlarda_our_bot

P/S: "Yoshlar" telekanalidan berishyapti.
@nigohlarda
Nigoh...

Lablar jim tursa ham so'zlovchi bu nigohdir... Ichki tuyg'ular ham ko'zlarimizda aks atadi. Niqobi kuchli bo'lganlargina ko'pincha bu hodisalarni boshqara oladilar. Misol uchun "Men seni sevaman" deb tilda aytish mutlaqo shart emas. Shunchaki shu so'zlarni kimga qarata aytmoqchi bo'lsangiz o'sha insonga nigohingizni qarating, uning ko'zlariga boqing. Agar qalbingizda rostan ham sevgi bo'lsa, shu hislar ko'zlaringizda aks etadi.)
Yolg'onni ham rostni ham ko'z qarashlardan o'qib olish mumkin.
Unutmang, nigohlarda butun bir borliq yashirin...✨

@nigohlarda
#umid
Allaqachon to'zib ketardim, balki
Va yo g'amlar meni etardi ado.
Kimningdir ko'nglini olgandirmanki,
Yuragimni asrab kelyapti xudo.

O'zi yaqin oldi, meni o'ziga
Kunda quyosh bo'lib, yo'qlab turibdi.
Men aytgan toza bir so'z evaziga
Qilday hayotimni saqlab turibdi.

Behzod Fazliddin

@nigohlarda
Shunchaki erkimga erk berib qo‘ydim.
Yo‘qotganim o‘zim, topganim o‘zim.
Ichimda koinot sahniday kenglik,
Unga sig‘mayapti birgina to‘zim.

Tag‘in sukunatga berilar oro,
Kimsasiz kimsaga aylanaman yo.
Ruhimning makoni yolg‘izlik aro
Yo‘qotilgan o‘zim, topilgan o‘zim.

Yo‘llarga ibtido yakun yasagan,
Lek shu ibtidoning yo‘llari uzun.
Bilmam,
yana kimni qidirmoqdaman,
Yo‘qotilgan o‘zim, topilgan o‘zim.

Yo‘qotilgan o‘zim...

Hilola Jo‘raqulova


@nigohlarda
Nigohlarda pinned Deleted message
Nigohlarda pinned Deleted message
Nigohlarda pinned Deleted message
Nigohlarda pinned Deleted message
–Avaylashni bilgan yo'qotish ko'chasidan o'tmaydi...!)

(bugun uchun eng yaxshi jumla)