Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
#shunchaki
Aslida "Men" deganlari siniq ko'ngil emasmi?!
Ba'zi muhimlardan, shunchakilarning tasallisi ko'proq!
Ilmning samarasi goʻzal xulqdir! 🌷
Iztiroblardan yiqilib tushmaslik uchun ba'zan oxiri yaxshilik bilan ("murod-maqsadiga yetishipti") tugaydigan ertaklarni oʻqib turish kerak) 🥀
@nigohlarda
💖✨
Bilmayman:
Qaysi yer...
Qaysi qalb...
Men uchun yaxshi?!
Lek komil
Ishonchim,
Robbim
Qilgan ixtiyor
Men uchun yaxshi!

Topshirdim
barcha ish-
tashvishim
jilovin
Senga yo Hannon!
Bu foniy
dunyoda
Sen joriy
etgan qadar–
Men uchun yaxshi!

@nigohlarda
Nigohlarda pinned Deleted message
Nigohlarda pinned Deleted message
Nigohlarda pinned Deleted message
•••
Baribir, sen hali yashamogʻing shart,
Oʻzing bemor boʻlding, oʻzing boʻl hakim.
Ogʻriqlar muborak, qutlugʻ boʻlsin dard,
Assalomu alaykum, yuragim!
©
@nigohlarda
•••
Uyqu oldidan yoqimli gaplar 🥰

"Kitob oʻqiyotgan qizni koʻrib qolsangiz, qoʻyib yubormang. Yarim kechasi oʻqigan romanidan taʼsirlanib yigʻlab oʻtirganini koʻrsangiz, issiq choy damlab bering va bagʻringizga bosib yupating. Shunda u doim sizning yoningizga qaytadi. Romanlarning qahramonlari haqiqiy ekanini toʻlib-toshib gapiradi... Kitob oʻqiyotgan qizni qoʻyib yubormang. Aksincha,muhabbatiga sazovor boʻling. Tasavvuringizdagidan yuz chandon yorqinroq hayotni sizga taqdim etajak bu qizning muhabbatiga albatta sazovor boʻling. Qalbingizda, atrofda tinchlik boʻlishini istasangiz, kitob oʻqiyotgan qizni qoʻyib yubormang"
© Robert Pattinson
@nigohlarda
Nigohlarda pinned Deleted message
#juma_mutolaasidan
•••
— Har dushmanlikning sababi, agar hasaddan boshqa narsa bo‘lsa, undoq dushmanlik
do‘stlikka aylanishi mumkindur. Ammo hasaddin chiqqan dushmanlik bo‘lsa, buning
do‘st bo‘lishi mumkin emasdur.
© Alixontoʻra Sogʻuniy
📚"Tarixi Muhammadiy"

@nigohlarda
•••
"Oʻzingiz bilan taqqoslashingiz kerak boʻlgan yagona inson, bu - oʻtmishdagi siz. Undan zoʻr boʻlishingiz kerak boʻlgan yagona inson esa, bu - hozirgi siz", - deydi Zigmund Freyd

@nigohlarda
•••
©Baxtiniso
Men ne deyin?


Ko‘zlarimni yumib oldim.
bu dunyoning
hasrat to‘la ko‘zlariga qaramayman,
hayrat to‘la ko‘zlariga qaramayman,
haybat to‘la ko‘zlariga qaramayman.

Jim ketaman.
jimlik to‘lgan tomchi bo‘lib,
jondan qochib, o‘z joniga soqchi bo‘lib,
bu dunyoga... dilga kelgan sovchi bo‘lib
jim ketaman.

O, azizim!
senga yana xatlarim bor,
ahdlarim bor,
dardlarim bor,
baxtlarim bor.
hisobimda...
senga yetmas vaqtlarim bor,
O, azizim!

Bu gul umrim, gul hayotim, gul yuragim
ne-ne gulgun she’rlarimni xazon etmish.
yana O‘zi qaddimni bir osmon etmish.
yana O‘zi... mushkullarni oson etmish.

@nigohlarda
✨🌷
Biror narsa goʻzal boʻlishi uchun mukammal va benuqson boʻlishi shart emas!

@nigohlarda
–Nigohlarim juda olis manzillarga qadalgan...
Hamon kutaman...
Kutaveraman...

@nigohlarda
•••
Qisqa oʻy - fikrlar

Agar xohishlaringni bajara olmasang, uslublaringni o‘zgartir, xohishlaringni emas.
Daraxtlar ham barglarini o‘zgartiradilar, ildizlarini emas" - deydi Adham Sharqoviy

@nigohlarda
​Boʻldi, yigʻlamayman, boʻldi kulmayman,
Yuragingni ortiq etmayman bezor.
Oʻzimdan boshqani hafa qilmayman,
Oʻzimdan oʻzgaga bermayman ozor.

Kimlarning koʻngliga qarab kun koʻrdim,
Yalinib bormayman Baxtning yoniga.
Kulib baxtsizlarga xalaqit berdim,
Yigʻlab baxtlilarning tegdim joniga.
©Behzod Fazliddin

@nigohlarda