Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​Kundalik yozish– qizlarning ishi. Qizlarda bunaqa "kasal", shoirlar aytmoqchi, "shudring tomchisidek musaffo, qalbiga ilk muhabbat choʻgʻi tushgach" paydo boʻladi. Oʻz xayolida muhabbat deb atalmish qasrni bunyod etadi. Xayoliy Malika, xayoliy Shahzodasiga aytolmagan gaplarini qogʻozga tushiradi...
Yozaveradi... Yozaveradi...

📚Oʻtkir Hoshimov |Tushda kechgan umrlar

@nigohlarda
​Xayrli, mehrli, quyoshli tong!
🌞🪐✨
@nigohlarda
​Tinchgina tong otar , chiqadi quyosh ,
Ko'm-ko'k maysalarda yaltirar shabnam.

Zulfiya Isroilova 🌱🌿


@nigohlarda
​🌿🌿🌿
Gʻamlaringni unut, ishga kirish.
Rahmonga tavakkal qildik. Bizlar zafar tavakkalchilarniki ekanligini bildik.
Donishmandlardan biri aytdi:
Men gapirganimga emas, aksincha koʻp soʻzlaganlarimga nadomat chekaman.
Agar sening oldingga birov meni yomonlab borsa, bu men uchun mening komil insonligimdan dalolatdir.

Shayx Oiz al-Qorniyning "Eng baxtli ayol" kitobidan 📚

@nigohlarda
​Qazoyi Qadarga rozi boʻlish maqomiga kel.
Ana shunda sen orzular togʻi, rizo vodiysi uzra iymon jarchisining xushxabar berib xitob qilayotganini eshitasan:
Sen dunyodagi eng baxtli ayolsan!

Shayx Oiz al-Qorniyning "Eng baxtli ayol" kitobidan 📚

@nigohlarda
Ehtimolki, muhabbat oʻlimning ziddidir. Shuning uchun ham, tugʻilish sinoati qatori u tiriklikning asl kaliti boʻlsa ajab emas.

📚Qiyomat|Chingiz Aytmatov

@nigohlarda
​Axir, xayol degan narsaning oʻzi boshida koʻngil mulkida shunday havolanib paydo boʻladi-yu, soʻng koʻpincha ildiz otmay yaproq yozgani uchun muqarrar talafotga yuz tutadi. Xuddi baʼzi gullar va daraxtlar kabi...
Quruq havoyi xayolning qismati boshqa nima ham boʻlardi. Yaxshilik bilan yomonlik munosabatlarini anglashning achchiq zarurati ana shunday...

📚Qiyomat|Chingiz Aytmatov

P.s kichik tanaffusdan soʻng, mutolaaga qaytdik:)

@nigohlarda
Anavi chap koʻksimizda bir parcha goʻsht bor, ana oʻshani toza tutmoq kerak! Avvalo!
@nigohlarda
•Oʻzingizni boshqalar bilan taqqoslashni toʻxtatganingizda...

•Odamlarga umuman eʼtibor berishni toʻxtatganingizda...

•Boshqalarning foydasiz suhbatini tinglashni toʻxtatganingizdan keyingina hayot yaxshilana boshlaydi!

(Sinab koʻring)
@nigohlarda
​Tafakkur tezligi oldida yorugʻlik tezligi hech narsa, xayol oʻtmishga qarab yoʻl olib yana orqaga qaytib, baxt hamda makon ichida harakat qila oladi, uning sur'ati bilan hech narsa tenglasholmaydi...

Mutolaasi juda choʻzilgan kitobdan:)
@nigohlarda
Ko'zlaring umidvor boqar ziyoda... .

@nigohlarda
​Islom maʼrifat dinidir. Dinimizda ilmga ikki dunyo saodatiga yetaklovchi omil deb qaraladi. Ilmni oʻrganish va talab qilish farz sanaladi. Qolaversa, ilm izlash jasorat, bilmaganlarga oʻrgatish esa sadaqa hisoblanadi.
Qurʼoni Karimning ilk nozil boʻlgan oyati "Iqro!" yaʼni "Oʻqi!" kalimasi bilan boshlangan.
Boshqa suralarda ham bu kabi chorlovlarning koʻplab kelishi Islom dinining ilmu maʼrifatga munosabati qay darajada ekanini anglatadi.

Mutolaadagi kitobdan 📚

@nigohlarda
​Kuz 🍁
Koʻnglim qolmasligi uchun, sendan hech nima kutmayman, lekin xayrli kelishingni sezaman!

Ha aytgancha, ***larni ortda qolgan fasllarda qoldiramiz va ortga qaramaymiz)

@nigohlarda
​–Baxt shunchalar moddiymi?
–Yoʻq, shunchalar oddiy)

Ведь счастье в мелочах. 🤍
@nigohlarda
​•Человек с хорошей книгой в руках никогда не может быть одиноким.

•Qoʻlida yaxshi kitobi boʻlgan odam hech qachon yolgʻiz qolmaydi.

@nigohlarda
Xayrli tong.
Oʻsh, Qirgʻiziston! 💚

@nigohlarda
​•Verily, Allah does not look at your appearance or wealth, but rather he looks at your hearts and actions.

•Darhaqiqat, Alloh sizning tashqi ko'rinishingizga yoki boyligingizga qaramaydi, aksincha u qalbingiz va amallaringizga qaraydi.

@nigohlarda