Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​أنت جميلة مثل قلبك.

Sen, qalbing kabi go'zalsan.

@nigohlarda
Mo’minning o’limidan so’ng ham (uning foydasiga) yozilib turadigan amallar: tarqatgan ilmi,
qobil farzandi, meros qoldirgan Qur’oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog’lik va
hayotlik paytida qilgan sadaqasidir.

© Rosululloh sollallohu alayhi vasallam.

@nigohlarda
​Ko'p gapiradigan do'st kerak menga!

Allohga (duoda) men haqimda, menga Alloh haqida ko'p gapirsin.

Bu dunyoda hamrohing senga Allohni eslatsin.
Yoki sen kimningdir Allohni eslatguvchi hamrohi bo'l!

@nigohlarda
Meni koʻp xursand qiladi, yaxshi diniy bilimni oshiruvchi kitoblarni botga yuborib, "sizga ilingim keldi, Alloh ilmingizni ziyodasi qilsin", deb xabar qoldirishlari))
Qanchalar oʻzimni yaxshi his qilaman bunday xabarlarni oʻqib...
Demak, kanalni bekordan bekorga yuritmayotgan ekanman 😊
Boringizga shukur, yaxshilar 🕊
@nigohlarda
🍁🥀
Yaxshilikning katta-kichigi bo’lmaydi. Lekin qalbdan chiqqani va chiqmagani bo’ladi.

Insonlarning qalbidan ko’zimizga ko’rinmagan, o’zimiz nazarimizga ilmaydigan harakatlarimiz sabab joy olamiz yoki u qalbdan chiqib ketamiz.

@nigohlarda
​Qidirmaguningcha hech narsani topolmaysan. Biroq doʻst bundan mustasno. Chunki uni topmaguncha qidirmaysan. Insonning talabi topolmagan narsasini kechay-u kunduz izlamak-la vaqt kechirmoqdir. Topilganni yaʼni hosil boʻlganni tilash esa ajablanarli hol. Baʼzi odam buni tasavvur etolmaydi. Chunki insonning talabi hali topmagan yangi narsasiga koʻra boʻladi. Topilgandan keyin ham istamak esa, Haqning talabidir.
Chunki Ulugʻ Alloh har narsani topgandir va hamma narsa Uning qudratida mavjuddir. "Uning ishi faqatgina "Boʻl" demogʻligidir. Bas, u (narsa) boʻlur- vujudga kelur" .

📘 "Ichingdagi ichingdadir" kitobidan

@nigohlarda
•Kimning gapi koʻpaysa xatosi ham koʻpayadi.
–Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

•Gapning ortiqchasida yaxshilik yoʻq.
–Abu Hurayra roziyallohu anhu

@nigohlarda
Aytiladiki, qalb yaxshi gumon qilsa, hayot ham chiroyli boʻladi)
Assalomu alaykum, obunachilar!
Sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman, kanaldagi rasmlarni oʻzingizga oʻzlashtirib boshqa kanallarga ilinib, ular bilan meni oʻrtamda kelishmovchilik keltirib chiqarmang!
Bu holat hech kimga yoqmaydi!
Mualliflik huquqini hurmat qiling, please))
@nigohlarda
Yaxshiyam borsiz, yaxshilar!
​🥀🌱
Bu hayotda oʻzimizni topishimiz uchun boshqalarni yoʻqotishimizga, oʻzimizga kelishimiz uchun boshqalardan ketishimizga toʻgʻri kelishi mumkin.
Gohida mahrumiyat muyassariyatdir!

Abdukarim Mirzayev

@nigohlarda
Kitoblar sotib olinishga emas, koʻproq oʻqilishga muhtoj.




Insonlar ham! 😊

@nigohlarda
Forwarded from Nigohlarda
Koʻrib turganingiz – mening moychechaklarim va mening kitoblarim)
🌼📚💖
@nigohlarda_kitob
01.10.2020
Yaxshi kundan esdalik 🧡 🎡

@nigohlarda
​Goʻzal boʻl, borliqni goʻzal koʻrasan!

✨✨✨✨✨✨

@nigohlarda
​Kenglik boʻlishidan noumidmisan? U holda Alloh, Qadar, degan soʻzlar qayerda qoldi.
Senga yetgan har bir musibat Allohning izni bilan sening gunohlaringga kafforat boʻlar. Hadisda aytilgan: "Parvardigoriga itoat qilgan, besh vaqt namozini kanda qilmagan, nomusini saqlagan ayol jannatga kiradi".

"Eng baxtli ayol" kitobidan 📚

@nigohlarda
​Oʻtayotgan kunimning befoydaligini koʻrishdek iztirob yoʻq. Kichik amal bilan togʻ kabi gʻurur sezishdek fojia mavjud emas.
Aldanishlar iskanjasida rostlik sari qadam bosa olmay singranishdek achchiq bir dardga uchradim.
Haqiqatning hammasi asri risolatda edi. Haqiqatning hammasi Allohning habibi, xalili sollallohu alayhi va sallamda edi.
Odamlarga ehtiyoj sezmaganing bilan ularning qalblarini ogʻritmaslik uchun muloqot etasan. Ularning qalblarini asrashning yagona boisi — Allohning zikri, iymonning joyi qalb boʻlganidadir.


”Jahlimiz koʻptin koʻpu, ilm oz...” (Alisher Navoiy rahmatullohi alayh)

Akrom MALIK

@nigohlarda