Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​Alloh taolo Zumar surasida marhamat qiladi:

إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ
"Albatta, Alloh yolgʻonchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas" (3-oyat).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Munofiqning belgisi uchta: agar soʻzlasa, yolgʻon soʻzlaydi, vaʼda qilsa bajarmaydi va unga omonat topshirilsa, xiyonat qiladi", - dedilar"
Toʻrtovlari rivoyat qilishgan.

Yangi kitob mutolaasi, xayrli yakshanba! 📚🍂

@nigohlarda
​Insonning qalbini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning ikki barmogʻi orasidadir, deb aytdilar. Qalb soʻzining lugʻaviy maʼnosi ham aylanib, oʻzgarib turuvchi, demakdir. Alloh insonning qalbini ikki barmogʻi orasida aylantirib turadi. Shuning uchun, biz, Allohim, ey qalblarni aylantirib turguvchi Zot, qalbimni diningda sobit et, Allohim, ey qalblarni tasarruf etuvchi Zot, qalbimni toatingda tasarruf ayla, deb duo qilishga buyurildik.
Qalbingga diqqat qil! Agar uni Qurʼonsiz qoldirsang, namozsiz qoldirsang, zikrsiz qoldirsang, u oʻladi.
Oʻladiki, tiriltirish juda mashaqqat!

Akrom Malikning "Halqa" qissasidan 📚

@nigohlarda
​-Tong
-Quyosh
-Nur
-Kitob !) 🪐

@nigohlarda
Uzun va kimsasiz yoʻllarga tez-tez ehtiyoj sezib turaman.
Yoʻllar - oʻzingni anglab olishingga yordam beradi.
#progulka🛴

@nigohlarda
​☕️Her kahve aynı tadı taşımaz...
Nerede içiyorsan, kiminle içiyorsan ona göre değişir.

☕️У каждой чашечки кофе свой особенный вкус, он меняется в зависимости от того, где и с кем ты его пьешь.

☕️Har bir chashka kofening o'ziga xos ta'mi bor, u qayerda va kim bilan ichganingizga qarab o'zgaradi.

Turkchasi koʻproq yoqdi)

@nigohlarda
​(©) Facebookdan olindi.

Sen olisdasan...

Sevgiling senga maktub yoʻlladi. Maktubni qancha muddat ochmay, oʻqimay turaolasan?

Bir umr? Bir yil? Bir oy? Bir hafta? Bir kun?

Hatto bu ham koʻp emasmi?

Sevgilingdan olgan maktubni ochib oʻqimoqlik uchun, shu qadar sabr qilaolmaysan.

Robbimizdan kelgan, sen uchun hayot manhaji boʻlgan, muborak kalom (Qurʼon karim)ni nega bu qadar ochib oʻqimaysan? Mavloyimiz boʻlgan Alloh azza va jalla gʻazab qilmaydimi?

“Qurʼon ila yashamoq” kitobidan.

@nigohlarda
Baʼzan shunday ishlar qilib turaman, *chalgʻish uchun.

#photosbyme📸
@nigohlarda
​***
Oʻzim ulgʻaytirdim – bu dardlar oʻktam,
Toshdan togʻ yaratdim, zarradan otash.
Faqat ogʻir ekan hammasidan ham
Shamollar yurtida sham boʻlib yashash...
© Behzod Fazliddin

Lirik chekinish)

@nigohlarda
Dedi:
-koʻzlaring tubiga choʻkib ketsaydim!

Dedim:
- u yerdan meni qutqar...🥀

#mazmunizlamang
@nigohlarda
​Oʻzingizdagi insonni asrang!

#mood🍋
@nigohlarda
Bir kunda qancha odamga arzimas boʻlsa ham yordam bera olaman - javobi oʻzim bilan ) 😊
Yaqinlaringizni asrang, mehr sovib qolmasin.
​Insonni indamaslikka majburlagan dard qichqirishga majburlagan darddan koʻra ancha ogʻirroqdir.

– Furogʻ Farruxzod

Abdulloh Rahim tarjimasi
🌿 @nigohlarda
​إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

–Baʼzan hech qayerga sigʻmagan koʻngil bir oyatning ichida orom oladi.

@nigohlarda
Agar senga oshiq boʻlsalar, sen yuborgan (.)ga ham termulib quvonaveradilar.


@nigohlarda
– bu dard tilsizdir, hech ovozi yoʻq.

@nigohlarda
​🎭

Kutaveraman –
bumas muammo,
Nolishni bilmaydi hech bir boʻlagim.
Bariga bardoshim yetadi ammo...
Baʼzida, ogʻirlik qilar yuragim.

@nigohlarda
"Menga boʻyindagi brilliantdan koʻra stoldagi atirgul azizroq".

– Emma Goldman

#photobyme
@nigohlarda
​Inson ilmga butun fikri, aqli va jismini ishga solmas ekan, u (ilm)dan biror narsani qoʻlga kirita olmaydi.

@nigohlarda
​Atrofdagilar meni qanoatlantirgunicha ulardan uzoqlashaman va meni toʻydiradigan kitoblarga qaytishga majburman.

©️Sabahattin Ali

Manba
@nigohlarda