Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​-Tong
-Quyosh
-Nur
-Kitob !) 🪐

@nigohlarda
Uzun va kimsasiz yoʻllarga tez-tez ehtiyoj sezib turaman.
Yoʻllar - oʻzingni anglab olishingga yordam beradi.
#progulka🛴

@nigohlarda
​☕️Her kahve aynı tadı taşımaz...
Nerede içiyorsan, kiminle içiyorsan ona göre değişir.

☕️У каждой чашечки кофе свой особенный вкус, он меняется в зависимости от того, где и с кем ты его пьешь.

☕️Har bir chashka kofening o'ziga xos ta'mi bor, u qayerda va kim bilan ichganingizga qarab o'zgaradi.

Turkchasi koʻproq yoqdi)

@nigohlarda
​(©) Facebookdan olindi.

Sen olisdasan...

Sevgiling senga maktub yoʻlladi. Maktubni qancha muddat ochmay, oʻqimay turaolasan?

Bir umr? Bir yil? Bir oy? Bir hafta? Bir kun?

Hatto bu ham koʻp emasmi?

Sevgilingdan olgan maktubni ochib oʻqimoqlik uchun, shu qadar sabr qilaolmaysan.

Robbimizdan kelgan, sen uchun hayot manhaji boʻlgan, muborak kalom (Qurʼon karim)ni nega bu qadar ochib oʻqimaysan? Mavloyimiz boʻlgan Alloh azza va jalla gʻazab qilmaydimi?

“Qurʼon ila yashamoq” kitobidan.

@nigohlarda
Baʼzan shunday ishlar qilib turaman, *chalgʻish uchun.

#photosbyme📸
@nigohlarda
​***
Oʻzim ulgʻaytirdim – bu dardlar oʻktam,
Toshdan togʻ yaratdim, zarradan otash.
Faqat ogʻir ekan hammasidan ham
Shamollar yurtida sham boʻlib yashash...
© Behzod Fazliddin

Lirik chekinish)

@nigohlarda
Dedi:
-koʻzlaring tubiga choʻkib ketsaydim!

Dedim:
- u yerdan meni qutqar...🥀

#mazmunizlamang
@nigohlarda
​Oʻzingizdagi insonni asrang!

#mood🍋
@nigohlarda
Bir kunda qancha odamga arzimas boʻlsa ham yordam bera olaman - javobi oʻzim bilan ) 😊
Yaqinlaringizni asrang, mehr sovib qolmasin.
​Insonni indamaslikka majburlagan dard qichqirishga majburlagan darddan koʻra ancha ogʻirroqdir.

– Furogʻ Farruxzod

Abdulloh Rahim tarjimasi
🌿 @nigohlarda
​إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

–Baʼzan hech qayerga sigʻmagan koʻngil bir oyatning ichida orom oladi.

@nigohlarda
Agar senga oshiq boʻlsalar, sen yuborgan (.)ga ham termulib quvonaveradilar.


@nigohlarda
– bu dard tilsizdir, hech ovozi yoʻq.

@nigohlarda
​🎭

Kutaveraman –
bumas muammo,
Nolishni bilmaydi hech bir boʻlagim.
Bariga bardoshim yetadi ammo...
Baʼzida, ogʻirlik qilar yuragim.

@nigohlarda
"Menga boʻyindagi brilliantdan koʻra stoldagi atirgul azizroq".

– Emma Goldman

#photobyme
@nigohlarda
​Inson ilmga butun fikri, aqli va jismini ishga solmas ekan, u (ilm)dan biror narsani qoʻlga kirita olmaydi.

@nigohlarda
​Atrofdagilar meni qanoatlantirgunicha ulardan uzoqlashaman va meni toʻydiradigan kitoblarga qaytishga majburman.

©️Sabahattin Ali

Manba
@nigohlarda
​ "Yulduzli tunlar"ni oʻqiganimdan soʻng tarixiy romanlarga qiziqishim anchagina ortdi. Endi esa, shu asarni oʻqishni boshladim.
Asar Al-Beruniy va Ibn Sino hayoti va faoliyati haqida.
Birgalikda koʻhna dunyoga sayohat qilamiz.
Kitobni birga oʻqimoqchi boʻlgan hamrohim ham bor ) 🌚

@nigohlarda
​•••
Alloh tarafidan mukammal qilib yaratilgan inson faqat tanadan iborat emas. Uning qalbi,
ruhi bor. Gunoh qilganda qalbga qora dogʻ tushadi, maʼsiyat dilni gʻash qiladi, koʻngil oynasini
xiralashtiradi.
Tushkunlik (depressiya) deb atalayotgan zamonaviy kasallik mana shundan kelib
chiqadi.
Lekin koʻp istigʻfor aytadigan banda uchun tushkunlik umuman begona. Chunki moʻmin inson
xatoga yoʻl qoʻysa, oʻsha zahoti Allohga istigʻfor aytadi. Shu bilan qalbi ochiladi, dili charogʻon
boʻladi, koʻnglidagi xijillik ariydi.

–Ziyovuddin Rahim
Istigʻforning 40 xosiyati kitobidan )

@nigohlarda