Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Mashaa Alloh )
Goʻzal maskan ekan 💚

@nigohlarda
"Ba'zi ayollar
Chiroyli soʻzlashni biladi.
Baʼzilari chiroyli yozishni,
Chiroyli kiyinishni,
Turli - turli isteʼdodlari bordir.

Ammo eng goʻzal ayol
Oʻzini,
Haddini
Va odobini bilganidir..."🌷


– Orhan Osmanoğlu

Manba 🌷

@nigohlarda
Allohning goʻzal yaratiqlaridan, subhanalloh )
Shunday, tikonning ham gullashi bor bizda.
🌵🌝

@nigohlarda
ИСЛОМ АҚИДАСИ (2017-2018, охиргиси).pdf
1.7 MB
"Islom aqidasi" kitobi
Sahifalar soni: 176 bet
Muallif: Ziyovuddin Rahim

Shu ondan boshlab tanlovga start berildi, barchangizga omad.
Halol raqobatchilik tilaymiz!
Alloh barchamizga xayrli va manfaatli qilsin!


@nigohlarda
Chiroyli duo ila Allohga topshir, natijani ko'r!
Shubhalanma. )

@nigohlarda
وَلَوْ أَنَّمَا فِي الْأَرْضِ مِن شَجَرَةٍ أَقْلَامٌ وَالْبَحْرُ يَمُدُّهُ مِن بَعْدِهِ سَبْعَةُ أَبْحُرٍ مَّا نَفِدَتْ كَلِمَاتُ اللَّهِ إِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Agar yer yuzidagi daraxtning barchasi qalamlar boʻlib, dengiz–uning ortida yetti dengiz madad berib turib–(siyoh) boʻlsa ham, Allohning kalimalari bitmas. Albatta, Alloh Aziyz va Hakiymdir.

Luqmon surasi, 27-oyat

@nigohlarda
Bu Ummatning qizi. Nuriddin Yildiz (1).pdf
791 KB
Juda koʻp soʻrab yozishdi, ana oʻqinglar endi. 1 soatga qolmay oʻqisa boʻladi. Yoqimli ishtaha (mutolaa)

Manba

@nigohlarda
Roziyallohu anho soʻzi "Alloh undan rozi boʻlsin", degan maʼnoni bildiradi. Ayollarga nisbatan ishlatiladi. Erkaklarga nisbatan ishlatilganda "roziyallohu anhu", deyiladi. Ikki kishiga nisbatan "roziyallohu anhumo", undan koʻpiga "roziyallohu anhum", deb ishlatiladi. Bu jumlalar sahobalar ( Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan koʻrishgan, suhbatda boʻlgan musulmonlar) ning nomi zikr qilinganda ishlatiladi.

Maʼlumot uchun, sizlarga ham qiziq deb oʻyladim.

@nigohlarda
Barchamiz bizni tanimaganlar nazdida oddiy odamlarmiz.
Hasad qiluvchilar nazarida magʻrur koʻrinamiz, bizni tushunadigan uchun esa ajoyib odammiz. Sevganlarimiz nazarida eng yaxshi, yoqtirmaydiganlar nazdida yomonmiz.

Har kimning oʻz nuqtai nazari bor. Boshqalar oldida yaxshi koʻrinishga urinib, oʻzingizni charchatmang.

Allohning Sizdan rozi boʻlishi yetarli. Odamlarni rozi qilish yetib boʻlmas orzu, Allohning roziligi esa tark etib boʻlmaydigan maqsaddir.
Bas, yetib boʻlmaydiganni tark qilib, tark qilinmaydiganga yetishing.

– Aliy Tantoviy rahimahulloh

Bugun uchun eng yaxshisi)

@nigohlarda
​Xadiyja onamiz shaxsiyatlarining asoslari quyidagilardir:

Odob, sadoqat, fidokorlik va vafo.

–Muhammad Amin Yildirim, “Hazrati Xadiyja” kitobidan

Abdulloh Rahim tarjimasi )

@nigohlarda
يَا أَيَّتُهَا النَّفْسُ الْمُطْمَئِنَّةُ ارْجِعِي إِلَى رَبِّكِ رَاضِيَةً مَرْضِيَّةً

Ey, xotirjam nafs!

Robbingga sen Undan, U sendan rozi boʻlgan holda qayt!

Fajr surasi, 27-28 oyat.

@nigohlarda
Forwarded from KitobistoN
Гўзал юзлардан хайратга тушмай қўйганман.
Мени гўзал хулқларгина маҳв этади.

©️
Hamon shu fikrdamiz :) 😇
​Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi:
"Kuchli moʻmin Alloh uchun zaif moʻmindan yaxshiroq, sevimliroqdir. Ikkovida ham yaxshilik bor. (Shunday ekan,)
oʻzingga foydali narsalarga tashna boʻl, Allohdan yordam soʻra, ojiz qolma! Agar senga biron (kor-hol)
yetsa, “Agar unday qilganimda...” dema, balki “Qodarullohi va maa shaa-a fa-ʼal” (yaʼni, Allohning taqdiri ekan.
U Zot nimani istasa, oʻshani qiladi) deb ayt. Zero, “agar” (soʻzi) shayton amalini ochib
beradi”.

@nigohlarda
Oʻtib ketgan vaqt emas, u umrdir!

@nigohlarda
🎭

Этот мир полон красивыми людьми, но эти люди не полны красивыми сердцами.

Bu dunyo goʻzal odamlarga toʻla, lekin bu odamlar goʻzal qalblarga toʻla emas.

#erkin_tarjima

@nigohlarda
“Oʻqish meni boshqacha hayotga olib kirdi. Himmatim oliy boʻldi, nafsim oʻsdi, buyuk ishlarni maqsad qiladigan boʻldim, men tengi yoshlar qiziqadigan arzimas ishlardan yuqorida turadigan boʻldim!”

– Ayman Attum

@nigohlarda
"Odam oʻziga yaqin kishisining qilcha oʻzgarishini ham darrov sezadi."

©Oʻqiyotgan kitobimdan

@nigohlarda