Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Uch narsa birodaring koʻnglida senga muhabbatni mustahkamlaydi. Salomni sen boshlashing, oʻtirishlarda joy berishing va unga yoqadigan ismlar bilan chaqirishing.

–Umar ibn Hattob
"Ona madrasadir. Agar uni munosib tayyorlay olsang, qoni toza xalqni tarbiyalaysan!"

– Ahmad Shavqiy
#kayfiyat

Dunyodan uzoq bir joy topsang,
kerakli kitobni olsang-da, ketsang...
"Ochiq, sodda, to‘g‘ri odamlar bilan gaplashish juda qiyin. Ular hammani o‘zlaridek gumon qilishadi".

"Shamol ortidan yugurib" kitobidan)
Hozirgina oʻqishni boshladim shu asarni. Kitoblogerlar bu asar haqida "yigʻlab oʻqidim" , "meni yigʻlatgan asar" deb yozishgan ekan.
Oʻzimga ham koʻz yoshli mutolaa :)

Rasm manbasi 📸
​​Bismillahir rohmanir rohiym!

Bir oyda sakkizta kitob oʻqib tugatildi. Yana boshqa toʻrt kitob mutolaasi davom etmoqda. (chakkimas)

Yanvar oyi men uchun barakali boʻldi, alhamdulillah. ☘
Hozirgi post shu oyda oʻqigan kitoblarim haqida.

⭐️ "Peshonamdagi nur" asari bilan boshlagandim, yangi milodiy yilni. Tavsiya bilan oʻqiganman.
Oʻlimni eslash haqida ajoyib qissa.

⭐️ "Iymon" kitobi – hazratning kitoblarini oʻqish uchun tuzilgan roʻyhatning birinchi qismidan joy olgan, dastlabki diniy bilimlarni oʻrganish uchun sodda uslubda yozilgan. Iymonni mustahkamlash uchun kitob.

⭐️ "Johiliston kelini" asarini achinish hissi bilan oʻqidim, ancha vaqtgacha asar qahramoni hayolimdan chiqmay yurdi. Bu asar uchun taʼrif keltira olmadim(

⭐️ "Olim, odam va olam" kitobi. Ajoyib! Kanalga eng koʻp shu kitobdan iqtiboslar joyladim. Ikki martalab tavsiya qila olaman.

⭐️ "Hasan Basriy" rahmatullohi alayh hayotlari yoritilgan kitob. Yil topilmasi desam hech adashmayman. Kitobda hech bir jumla sizni befarq qoldirmaydi. Har qatoridan nimanidir oʻrganasiz, shu sababdan asar hajmi kichik. Dunyoni tebratgan buyuklar turkumidan joy olgan boshqa kitoblarini ham oʻqib chiqaman deb oʻzimga soʻz berdim.

⭐️ "Halol luqma" asarni oʻqib, undagi qahramonning halolligi va har bir ishidan halollikni qidirishi sizni hayron qoldiradi. Hayotda bunday insonlarni judayam kam uchratgansiz, yoki umuman uchratmagansiz.

⭐️ "Imomning maniken qizi" bu asarga ortiqcha taʼrif shart emas. Koʻpchiligingiz oʻqib chiqqaningizga aminman.

⭐️ "Shamol ortidan yugurib" ...
Ushbu asar orqali afgʻon yozuvchisi Xolid Husayniyni kashf qildim, boshqa asarlarini ham oʻqib chiqish istagi yoʻq emas.

Odatda bunday oy sarhisobi uchun hafsala qilmasdim. Endi yil davomida shunday qilmoqchiman. Motivatsiyaaa! 🤩

Xoʻsh kitobsevar auditoriyam, sizlar qanday kitoblar oʻqidingiz bu oyda?
Qaysilarini tavsiya qilasizlar bizga?)

#oysarhisobi 31.01.2021!
#📚🗓
Bu mening yanvar oyi uchun booklistim, yaʼni oʻqigan kitoblarimning roʻyhati. Sizlar ham bemalol foydalanishingiz mumkin)
"Bizlarga xatolarimizni aytgan kishiga Allohning marhamati boʻlsin!"

–Umar roziyallohu anhu )
​​Haqiqiy yaxshi doʻst ixtiyor qilgilki,
To u birla neʼmatlarga, jannati na'imga yetgaysan!

Alhamdulillah!
Mehribon, ilmli, soliha, goʻzal xulqli doʻstlar bilan siylayotgan Allohga hamdlar boʻlsin!
Tashakkur hadyangiz uchun, ilinganingiz uchun.

Bu oddiy kitob emas, Navoiydan meni qidirib kelgan kitob. Eʼtiqod va amalda barcha zamon ayollari uchun oʻrnak boʻluvchi tabarruk onalarimiz haqida yozilgan kitob! 🌷
Shodligim soʻzlarga sigʻmaydi)
Alloh rozi boʻlsin!
Arablar shunday deyishadi:
"Maqsad va davomli boʻlish seni doim oldinga chorlaydi".
رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا
17:24
"Ey, Robbim! ular (ota-onam) meni kichikligimda rahm bilan tarbiya qilganlaridek ularga rahm qil".
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ahli ayollari" kitobiga taqriz)
✨ 07.02.2021

https://telegra.ph/Rosululloh-sollallohu-alayhi-vasallam-ahli-ayollari-kitobiga-review-02-07
Inson oʻzini oʻzi kabi qabul qiladigan joyga tegishli ekanligini his qiladi. Oʻz fikrlari va his-tuygʻularidan uyalmaydigan, oʻzini erkin, xavfsiz his qiladigan yerni kutadi.

Balki mening joyim ayni damda sen toʻplayotgan kutubxonangdadir*)
#mutolaa

"Goʻzallik", "yaltirash"
"Hamma kitoblarni oʻqiyverish yaramaydi, dilda tugʻilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina oʻqish kerak".

–Tolstoy
Yaxshi yashashning eng yaxshi usuli- ijtimoiy tarmoqlardan nafaqaga chiqish.

K. Demushkina )
Baxt sizda nima borligiga emas, sizning unga boʻlgan munosabatingizga bogʻliq. 🎈
Yigʻi paytida ham kulishni oʻrgan,
Mayli, seni gʻamdan "oʻlmadi" desin.

Kimgadir tasalli berishni oʻrgan,
"Bu tabib hech kasal boʻlmadi!" desin.

Soʻlish paytida ham gullashni oʻrgan,
"Gʻunchalari ayoz koʻrmadi!" desin.

Yiqilganni mudom qoʻllashni oʻrgan,
"Yuzga boqqulik hol qolmadi!" desin.

Uyalsin, uyalsin... Qilganlaridan,
Seni mudom yerda hor koʻrganlaridan.

Sabring omon boʻlsin, soʻylama ohing,
Alloh oʻzi boʻlsin sening panohing!

Xullas, ashnaqa)
Chiroyli sheʼr ekan.
Yoqdi menga.
اُطْلُبُوا الْعِلْمَ مِنَ الْمَهْدِ إِلَى اللَّحْدِ

Ilmdan oʻzga najot yoʻq va boʻlmagay!
Yetishishga umiding uzgan narsaga nisbatan ozodsan. Umidvor boʻlganingning qulisan.

(©) Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh.

Tamom!)