Nigohlarda
1.39K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
"Hamma narsa oʻtkinchi. Ularga ahamiyat va qiymat beradigan oʻzimiz. Soʻng ana shu xayoliy ahamiyat tufayli ozorlanadigan va azoblanadigan ham oʻzimiz boʻlamiz."

Mustafo Mahmud, “Orzular” kitobidan
“Mahrumlik nima, bilasizmi?

U – ertalab Roziqingiz uchun emas, rizqingiz uchun uygʻonishingiz”.
​​"Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor... "

(©) 🌷

Bahorni qarshi olishdan oldin, oy sarhisobi borligi esimga tushdi. Boshladim)

Bismillahir rohmanir rohiym!

📚 "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli ayollari" – nomli hadya qilingan kitob mutolaasi bilan fevral oyi boshlandi.
Kitob Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollari fazilati, ularning hayot faoliyati haqida hikoya qiladi.
Asar haqida toʻliqroq bu yerda.
Tavsiya – qizlarjonlarga)

📚"Goʻzal oʻrnak" kitobi. Rasulimizning goʻzal xulqlari haqida, oyati karimalar va sahih hadislar bilan sugʻorilgan asar.
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan koʻra xulqi goʻzal biror kishi yoʻqdir".

📚"Dor ostidagi odam" yangi nashrdan chiqqan kitob. Eng tez oʻqigan asarim deb taʼrif bersam ham boʻladi. Asar qahramonlarining hayotidan ibrat olishingizga ishonaman.
Umuman olganda, oʻzbek tiliga tarjima qilingan barcha kitoblarini oʻqishim mobaynida koʻp savollarimga javob topa olyapman, shu adiba ijodidan.

📚"Bir vijdon uygʻonur" – Ahmad Lutfiy Qozonchining goʻzal, ibratli romanlaridan biri. Asarda tasvirlanishicha insonni chigalliklar girdobidan sof eʼtiqodgina olib chiqadi. Kitobda nur va soya kurashi, hakalak otgan nafs bilan sobit qanoat oʻrtasidagi ziddiyat, qabohat va pokiza eʼtiqodning mohiyati yoritib beriladi. Tavsiya)

📚"Sohilsiz dengiz" – Imom Buxoriy rahmatullohi alayh haqlaridagi ishonchli ilmiy manbalar, taniqli Islom ulamolarining asarlariga tayangan holda yozilgan asar. Muallif Ahmad Muhammad Tursun.
(Batafsil yozmoqchiman)

Yuqoridagi barcha kitoblarni hech ikkilanishsiz barcha kitobxonlarga tavsiya qila olaman!
Sizning fevral booklistingizdan qanday asarlar joy oldi?)

Booklist

#oysarhisobi 28.02.2021 ✨
Fasl tanlamaymiz hammasi bahor,
Qovjiraydi faqat yolg'on-yashiqlar,
Biz abadiy nekbin , mangu umidvor,
‌Biz–ko'ngli sovishni bilmas oshiqlar...

Men sevgan satrlar) 💐
Boqdim-ki, nasib emas boʻlsa boʻlmas,
"Xayrlisi" demoqni oʻrgandim!

Oʻrgandim...
#mehr
–Opa, endi meni "akam" deb tanishtiring)
–Nega ?
–Sizdan boʻyim baland-ku
–... 🙄
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh aytadi:

“Qurʼon amal qilinish uchun nozil boʻlgan. Odamlar esa uni qiroat qilishni amal, deb bilyaptilar”.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi
Başımızı alıp gitmeye değil, namazdan sonra uzun uzun dua etmeye ihtiyacımız var..

Boshimizni olib ketmoqqa emas, namozdan soʻng uzun uzun duo qilishga ehtiyojimiz bor...

#erkintarjima
"Baʼzan tortiqlar koʻpayishi uchun orzular kechiktiriladi".

–Adham Sharqoviy
Umar ibn Abdulaziz :

"Jim turgan holingizda odamlarni Allohga chaqiring", dedilar.
–Qanday qilib?
–Axloqingiz bilan.
__
Chuqur bir nafas oling va kitoblaringizni oling-da istagan joyingizga keting!..
"Agar biror kishi daryo sohiliga yoʻlovchilar dam olganda otlarini bogʻlab qoʻyish uchun bir qoziq qoqib qoʻysa, Alloh taolo shu sababli unga savob beradi. Undan keyin yana bir kishi kelib odamlar surinib yiqilmasinlar deya shu qoziqni sugʻurib tashlasa, unga ham xuddi shunday savob beriladi.
Niyatning ahamiyati muhimdir".

#mutolaa
SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF HAZRATLARINING NASHR QILINGAN ASARLARINI O‘QISH TARTIBI

BIRINCHI BOSQICH

1. Iymon
2. Sof tabiat dini (Sayyid Mubashshir Taroziydan tarjima)
3. Amallar niyatga bog‘liqdir («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
4. Mo‘minning meroji – mufassal namoz kitobi (kiril va lotin alifbolarida)
5. Mo‘minning qalqoni – mufassal ro‘za kitobi
6. Mo‘minning najoti – mufassal zakot kitobi
7. Mo‘minning umr safari - mufassal haj kitobi
8. Yolg‘on
9. Ijtimoiy odoblar
10. Baxtiyor oila
11. Isrof
12. Sunniy aqiydalar
13. Ixtiloflar: sabablar, yechimlar
14. Vasatiya – hayot yo‘li
15. Tasavvuf haqida tasavvur
16. Samarqandning sara ulamolari
17. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 1-qism

IKKINCHI BOSQICH

18. Mukammal saodat yo‘li
19. Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar
20. Kifoya (1, 2, 3-juz)
23. Yaxshilik va silai rahm (1, 2-juz)
25. Bozor va unga bog‘liq masalalar
26. Qarz va unga bog'liq masalalar
27. Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlar haqiqati
28. Din nasihatdir («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
29. Ochiq xat
30. Ruhiy tarbiya (1, 2, 3-juz)
33. «Hadis va Hayot» turkumi (1‒10-juzlar)
43. Zuhd va hayo («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
44. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 2-qism

UCHINCHI BOSQICH

45. Qur’on ilmlari
46. Tafsiri Hilol (1, 2, 3, 4, 5, 6-juz)
52. Hadis va Hayot silsilasi (11‒20-juzlar)
62. Odoblar xazinasi («Adabul mufrad»: 1, 2, 3, 4-juzlar).
66. Mazhablar – birlik ramzi
67. Sog‘lom bola
68. Hidoyat imomi (Imom Abu Mansur Moturidiy)
69. Halol ochiq oydindir, harom ochiq oydindir («Islomning madori bo‘lgan hadislar» rukni)
70. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 3-4-qism

TO‘RTINCHI BOSQICH

72. Aqidatut-Tahoviya sharhining talxiysi
73. Tafsiri Hilol (4, 5, 6-juzlar)
76. Mustalahul hadis
77. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (tarjima)
78. Hadis va Hayot silsilasi (21-30 hamda 34, 35, 36, 37-juzlar)
92. Xislatli hikmatlar sharhi (Ibn Atoulloh Sakandariyning "Hikamul-Atoiyya" kitoblariga tarjima va sharh; 1, 2, 3, 4, 5-juz)
97. Fiqhiy yo‘nalish va kitoblar
98. Usulul fiqh
99. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 5-6-qism

ERKIN MAVZULAR

101. Keksalarni e’zozlash
102. Mazhabsizlik – Islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’atdir (Muhammad Sayyid Ramazon Butiydan tarjima)
103. Zikr ahlidan so‘rang (turkumi) 5-qism
108. Qur’on Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi
109. Oltin silsila («Sahihul Buxoriy» 8 juz)
117. Islom tarixi 1-2-qism
119. Faqih imomlar ixtilofida Hadisi sharifning o'rni (Shayx Muhammad Avvomadan tarjima)
120. Saraxs ahli so'ragan masalalar (Muhammad Hakim Termiziydan tarjima)
121. Naqshbandiya
122. Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar
123. Olam va Odam, Din va Ilm

Manba: Islom.uz , @javharuz )
Yuqoridagi postdan keyin "shu roʻyhatdagi kitoblarning elektron shakli sizda boʻlsa tashlab bering" maʼnosida botga xabarlar kelyapti.

Javob:
"Roʻyhatdagi kitoblarning elektron shaklini turli xil kitob topib beruvchi guruhlar yoki boshqa sahifalarda tarqagan pdf shakllaridan foydalanish joiz emas.
Shayx hazratlarining kitoblarini "Hilol eBook" ilovasi orqali sotib olib oʻqishingiz mumkin, agar kitobini sotib olishga imkoniyat boʻlmasa."
Ilovada hamma qulayliklar mavjud, istagan kitobingizni lotin va kirill alifbosida oʻqishingiz mumkin, audio shaklda ham topa olasiz. Harflar hajmini ham oʻzingizga moslab olishingiz mumkin.
Manfaatli tekin kitoblar ham talaygina. Qolgan kitoblar ham qimmat emas.

Bu javobga qoniqmasdan, "kitoblar ilm olish uchun yozilgan", "tekinini olib oʻqiyveraman", "telegram kanallarda tarqab yotipti" deb reja qilayotganlar diqqatiga:
Ilm olish va uning amali uchun har bir luqmaning halol-haromligini ahamiyati borligini esdan chiqarmang. Muallif ruxsatisiz tarqatilgan kitoblardan oʻrganilgan ilmlar sizga singimaydi!

Ha yana, siz allaqachon bazangizga toʻplab qoʻyib, qachondir oʻqiyman hammasini deyotgan boʻlsangiz, oʻsha qachondir hech qachon kelmaydi, yoki ortga surilaveradi.
Undan koʻra, hozir oʻqimoqchi boʻlgan kitobingizni sotib olib oʻqing ilovadan, pulingiz ketgan oʻqiysiz ilojsiz. Kitob siz uchun qiymatli boʻladi. Mazza qilib, koʻngil xotirjam oʻqib-oʻrganasiz.

Quyidagi havolalar orqali, shu elektron kitoblar masalasida zikr ahlidan soʻrang jamoasining javoblarini ham oʻqishingiz mumkin.

https://t.me/savollar_kanal/16138
https://savollar.islom.uz/s/154127
https://t.me/FotihaUz/3166

Bu postdan keyin, Hilol eBook'ni qanday oʻrnatamiz deb soʻrasangiz kerak aa?)

Yuklab olish uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.ebook
Uyquning eng shirin payti saharga toʻgʻri keladi. Bomdod vaqti. Bu vaqt Xoliq oshiqlari uchun bedorlik, gʻofillar uchun gʻaflat paytidir.

#creditstome:)
Mahzunligingiz haqida yozmang!
Uni boshqaga sezdirmang!
Odamlarning nigohi va yo'lovchilarning ko'zidan himoya qiling!

Shunda: "Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O'ziga shikoyat qilaman" (Yusuf surasi, 86- oyat) maqomini his etasiz.

Shikoyatintizni Allohga, ha, yakka Uning O'ziga qiling!

Kun fotosi) 💐
"Musulmon yoshlar Islom haqida faqatgina gapiradigan, yozadigan, chizadigan juftdan koʻra, Islomni oʻz hayotiga tatbiq qiladigan, dini, imoni va diyonati bilan goʻzal boʻlgan soliha juft izlaydi. Mana shunday soliha juftgina dinni hayotiga risoladagidek tatbiq qiladi, uning oʻtirib-turishida, yeb-ichishida, kiyinishida, xullas, hayotining barcha jabhasida dini namoyon boʻladi."

–"Islom degan qizlar" kitobidan 📚
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
"Alloh taolo dedi: "Odam bolasining hamma amali oʻzi uchun, faqat roʻza Men uchundir va uning mukofotini Oʻzim berurman".

(Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.)

Alhamdulillah, keyingi bekat Ramazon! ✨
"Alloh umringni uzun qilaversa-yu, kitob oʻqiyversang".

–Mubashshir Ahmad 📚

Quyosh nuri bilan ajoyib rasmlar chiqadida :)
‏بعض الكلمات تعجبك ليس لجمال المعنى فحسب ، بل لانها تلامس قلبك ومشاعرك .

Ba'zi soʻzlardan nafaqat ma'nosi goʻzalligi uchun, balki ular qalbingizga va hissiyotlaringizga taʼsir qilgani uchun zavqlanasiz.