Nigohlarda
1.38K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
‏بعض الكلمات تعجبك ليس لجمال المعنى فحسب ، بل لانها تلامس قلبك ومشاعرك .

Ba'zi soʻzlardan nafaqat ma'nosi goʻzalligi uchun, balki ular qalbingizga va hissiyotlaringizga taʼsir qilgani uchun zavqlanasiz.
"Har bir qadar va siqilishning davosi g‘usl, tahorat , xushboʻylik, misvoq va tartibdir.

Sen oʻzingdagi ta‘qib ostidaman degan tuyg‘uni tark et.

Ne‘matdan lazzat ol, zero, ishlarning avvali bo‘lganidek, ularning oxiri ham bordir."

"Eng baxtli ayol" kitobidan) 📚
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

"Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza farz qilindi. Shoyadki, taqvodor boʻlsalaringiz."
(Baqara surasi,183-oyat)

Ramazon oyiga tayyorgarlik koʻrish vaqti keldi. Avvalo, roʻzaga oid hadislarni oʻrganishdan boshlaymiz. Hadislardan namunalar kanalga berib boriladi, Allohning fazli bilan)
عَنْ جُرَيٍّ النَّهْدِيِّ، عَنْ رَجُلٍ مِنْ بَنِي سُلَيْمٍ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «...وَالصَّوْمُ نِصْفُ الصَّبْرِ...» رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ.
Juray an-Nahdiydan, u Banu Sulaymlik bir kishidan rivoyat qiladi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"…Roʻza sabrning yarmidir..." dedilar".

Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.

Sabr esa nafsning eng oliy maqomlaridan, taqvoning asosiy omillardan biridir.
#hadis #ramazon
"Gul tikansiz demoq, haqiqatdan yuz oʻgirmoqdir."

Qolgan gaplarni oʻzingiz oʻqib xulosalang)
#mutolaa
"Inson koʻpincha yaxshilikning qadriga yetolmaydi. Unutadi.
Lekin musibat, esini joyiga tushirib qoʻyadi. Shu jihatdan musibat ragʻbatga loyiqdir!"
#mutolaa
"Xadicha roziyallohu anhoning bir qancha laqablari bor edi. Goʻzal chehrasi tufayli "Jayyida" deyishar, nasl-nasabli, eʼtiborli xonadonga mansub boʻlgani uchun esa "Sayyida"...
Lekin uning eng buyuk kunyasi "Tohira"dir. Ruhga poklik buloqlarini baxsh etgani uchun qoʻyilgan bu nom Xadicha onamizga nihoyatda yarashgan. Har bir soʻzlari va harakatlarida pokizalik mujassam ekanini koʻrganlar hazrati Xadichaga "Tohira" laqabini muvofiq koʻrishgan."

Yangi kitob mutolaasi, oʻqiganlar bormi?) 😊
Asar muallifi Nurdan Damla, turk tilidan Yoʻldosh Eshbek tarjimasi.
"Dod deb yuboradigan darajadagi qaysi kitobni oʻqishni tavsiya qilasiz?" deya savol berilibdi.

"Har kim oʻzining nomai a'molini oʻqisin" degim keladi..

(©) Salim Ayyubiy
Bu dardli dunyoda doʻstlar nechun bor?
Bir-birlariga tasalli boʻlishchun.)

Ruchkada kitobga chizgan men emas, qargʻamang:)
"Sen yolgʻiz emassan, yolgʻiz emassan", deya qoʻl choʻzaveradi oʻqilmagan buyuk kitoblar.

(©) Behzod Fazliddin
Istasangiz siz ham javob bering, marhamat) 📚
Instagram sahifamiz :
Instagram.com/nigohlarda_kitob
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"U zot (odamlar) noumid boʻlganlaridan keyin yomgʻirni nozil qilur va Oʻz rahmatini taratur.
U valiy va maqtalgan zotdir."

Shuuro surasi, 28-oyat
#erkintarjima
"İnsanın o muhteşem yalnızlığının içinde tek bir dostu var: O da Hâlik-ı Hakiki."

"Koʻngil na qahva istar, na qahvaxona, koʻngil diydor istar, qahva bahona," demish shoir. Zamonaviy hayot bizni naqadar yolgʻizlikda qoldirsa ham, inson har zamon doʻstlikka, muhabbatga, tinglamoq va tinglanmoqqa ehtiyoj sezaveradi. Istagimiz, hayot bizni ipsiz bogʻlagan bu muammolardan xalos boʻlish. Aslida, mening texnologiyalarga hech qanday eʼtirozim yoʻq. Zero, bularning barchasi Alloh taoloning "Boʻl" amri bilan vujudga kelgandir. Har qanday texnologik vosita musulmonlar uchun bir sinovdir.
Siz, ushbu sinovdan ularga boʻysunish bilan emas, balki ularni boʻysundirish orqali oʻtishingiz mumkin.

Dünyaya geldim gitmeye 📚)

@nigohlarda
"Doʻstlik bir qalbning rohatidir va eng buyuk doʻst Alloh taolo"dir.

#Dünyayageldimgitmeye 📚)
@nigohlarda
Hayotda har narsaning bir chegarasi bor. Dunyoning ham chegarasi bor. Vujudimiz, hayotimiz, aqlimiz, tuygʻularimizning bir chegarasi bor. Koʻnglimizning bir chegarasi bormi? Sevgimiz, muhabbatimiz, mahzunligimiz, shavqimizning bir chegarasi bormi?

#Dünyayageldimgitmeye 📚)

@nigohlarda
Oʻqiyotgan elektron kitoblarimning baʼzisi shu yerda 📚✨
"Inson mukammal boʻla olmaydi, ammo yanada yaxshi boʻlishga gʻayrat qila oladi."

#Dünyayageldimgitmeye 📚
@nigohlarda
Inson qancha eskirar,
Unga shuncha es kirar.)

@nigohlarda
•••
Men charchab senga suyandim, haqiqat.
Soat bong urmoqda,
Gaplashaylik kel.
Qo'rqma,
O'tib ketdi bir kunlik daxshat.
Bugun, ikkinchi aprel,
Haqiqat.

(©) Usmon Azim
@nigohlarda
Kitob oʻqishdan ham zavqliroq ish bor, kitob sotib olish.
Oʻzingiz uchun boʻlmasa ham yoqimli, juda) 📚✨

Juma muborak boʻlsin!
@nigohlarda