Moʻminning qalqoni mufassal roʻza kitobi )
#Tavsiyu_tavsiyu 📚
Moʻmin bandalarning gunoh va xatolariga qalqon qilib roʻzani Islom farz ibodatlari qatoriga qoʻshgan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin.
Ummatlariga cheksiz muhabbat va shafqat koʻrsatib, roʻza tutishni barcha sir-asrorlari bilan oʻrgatib ketgan habib Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu salomlar boʻlsin.
Har yili Ramazoni sharif kirib kelishi bilan bu muborak oyning fazlidan bahramand boʻlib qolish uchun roʻza ibodati va uning ahkomlarini teranroq anglab yetishga harakat qilib qolamiz, maʼlumotlar qidirishga tushib qolamiz. Lekin bu borada yetarli maʼlumotlar jamlangan kitoblarni olib oʻqish hammaga ham nasib etavermaydi, chunki ona tilimizda bunday kitoblar juda kam, borlarini ham topishda ham koʻpda hafsalamiz yetmay qoladi. Shu maʼnoda "Moʻminning qalqoni mufassal roʻza kitobi" bu boradagi mavjud boʻshliqni toʻldiradi.
–Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Kitob haqida batafsil quyidagi havolada:
https://telegra.ph/Mufassal-ro%CA%BBza-kitobi-04-25
@nigohlarda

Telegraph
Mufassal roʻza kitobi
Bismillahir rohmanir rohiym! Ramazon oyi roʻzasining farzligi haqida yetarli maʼlumot olmaguncha kishi tutayotgan roʻzasining ahamiyatini anglab yeta olmaydi. Kitobda ana shu mavzuda soʻz yuritiladi. Roʻza ibodati haqida Qurʼoni Karim oyatlari, Paygʻambarimiz…
Muborak Ramazon oyida kanal aʼzolari yordamida hayriya, ehson qilsak qoʻllab- quvvatlaysizmi?
Anonymous Poll
55%
Albatta, qodir qilganicha...
45%
Duo qilamiz, hech boʻlmasa...
لَا تَيْأَسْ هُنَالِكَ الكَثِيرُ مِنَ الأَيَّامِ
الجميلةِ الَّتِي تَنْتَظِرُكَ وَ لَمَ تَعِشْهَا بَعْدُ".
"Noumid bo'lma, seni kutayotgan, hali sen umuman yashab ko'rmagan go'zal kunlar bor".
Yaʼni oʻsha goʻzal kunlarda hozirgidan-da koʻp kitoblar boʻladi)
#baynayadayk 📚

Ehtimol, dunyoni goʻzallikdan oldin halollik qutqarar...
Oʻqiyotgan kitobimda halollik mavzusida hadislar bor ekan. Oʻylab qoldim halollik haqida qanday kitob oʻqigandim deb, kitobjavonimga yuzlandim. Turk yozuvchisi Rauf Jilasun muallifligida "Halol luqma" kitobini topdim. Yanvar oyida oʻqib, asar haqida yozmagan ekanman.
Toʻgʻri yashash nima degani oʻzi? Inson qanday qilib pok yashashi, halol luqma topib, hayot kechirishi mumkin? Bu kabi savollarga odam bolasi dunyo yaralganidan beri javob qidirib keladi. Halol va toʻgʻri yashashga intilish inson fitratiga taalluqli oliy tuygʻu. Asar bosh qahramoni ikkiyuzlamachi va nopok, qingʻirlikni kasb qilgan va mol-dunyoga mubtalo boʻlgan kishilar orasida halol rizq topish ilinjida ruhan qiynalib yashaydi. Halollik va toʻgʻrilikni shunchaki bir balandparvoz soʻz deb biladigan jamiyatda toʻgʻri yashashga uringan qahramon hayoti sizlarni ham befarq qoldirmaydi.
Senga osiy boʻladigan eng kichik gunohdan ham Oʻzingni asra!
Inson oʻz xatolarini anglab yetishi - eng katta neʼmatlardan biri.
Alloh hamma yerda.
Lekin bizga eng yaqin boʻlgan joyi bu - qalbimiz.
Eʼtirof etaman, islomchalik mantiq oʻlchovlariga mos keladigan boshqa bir eʼtiqodga duch kelmadim.
Halol insonning dili, yoʻli toʻgʻri, darajasi ulugʻ.

"Baxtsizlik" (ash-shida), undan hosil boʻlgan soʻzlar Qurʼonda 102 marta tilga olingan.
"Sabr", uning hosilalari ham 102 marta takrorlangan. Demak boshga qancha qiyinchilik tushsa, shuncha sabr qilish kerak.
P.s: eng sevgan suratim) 💙

"–Bilasanmi... baʼzan yuraging nimadandir gʻussaga toʻlib ketganda, botayotgan quyoshga termulib oʻtirsang bormi..."
"Kichkina shahzoda" 📚
@nigohlarda
"Kichkina shahzoda" 📚
@nigohlarda
لأني عرفت أن الناس كالكُتب فلم تَعُد تغريني العناوين قبل أن أُقلب الصفحات ولم أعد أعقد آمالاً على أحد فأنا صديق نفسي وعكازه
Men yaxshiman, chunki odamlar kitoblarga o'xshashligini bildim, sahifalarni varaqlashdan oldin endi men sarlavhalarga aldanmayman, hech kimga umid bogʻlamayman, bas mening doʻstim nafsim va uning tayog‘idir.
http://Instagram.com/nigohlarda_kitob

انا بخير لأني أنهيت عهد الفواصل و بتُ أضع نهاية لكل شيء واستعضت عن تلك الفواصل بالنقاط
بت أُخرج الأشخاص من حياتي دونما عتب وأُنهي المسائل التي ترهقني دون مبرر أو سبب
Men yaxshiman, chunki vergullar davrini tugatib, barcha narsaga nuqta qo'yaman.
Bu vergullarni nuqtalar bilan almashtiraman.
Men odamlarni hayotimdan tanbeh bermasdan chiqarib tashladim va meni qiynayotgan masalalarni asossiz va sababsiz tugatdim.

"Kuchli boʻlish bugunning ishini bugun qilib, ertaga qoldirmaslikdir."
–Hazrati Umar roziyallohu anhu
@nigohlarda
–Hazrati Umar roziyallohu anhu
@nigohlarda
Quyoshni sevgan odam, qaysi daqiqalarda chiqishini ham biladi:)
Günaydın ✨
Bugun maksimal darajada postlar boʻladi( mart va aprel oylari uchun sarhisob, hazrati Umar roziyallohu anhu kitobiga review) nasib qilsa.
Toʻlqinlarimizdan uzoqlashmang deb qoʻyisharmidi**)
Suvratlar 4:53, 5:18 (Namangan vaqti bilan)

2021-yilning har onidan unumli foydalanib, har oy yakunida sarhisob qilaman oʻqigan kitoblarim boʻyicha deb maqsad qoʻygandim yil boshida.
Mart va aprel oylari uchun sarhisob ozgina kech qoldi.
Bismillahir rohmanir rohiym!
⭐️ "Qaytganimda uyda boʻl" Ozarbayjon yozuvchisi Elchin Safarli qalamiga mansub asar.Oʻzbek kitobxonlari orasida anchagina mashhur boʻlgan, trenddagi kitoblar qatoriga kiradi. Yozuvchining oilasiga yana ham aniqrogʻi oʻz qiziga bagʻishlangan asari. Jumlalari soddagina, oʻz uslubiga ega kitob.
⭐️ "Qoldirma ona" qissasi Andijonlik kitobxonlar uchrashuvida @bookuzbek_andijon hadya qilgandilar :) Asar muallifi Boshqirdistonlik Aygiz Baymuhametov. Yozuvchining oʻzi bolalar uyida tarbiyalangani uchun asar ham avtobiografik ruhda, yetim qolgan bolalarning hayoti haqida. Asar Boshqirdistonning maktab dasturiga kiritilgan ekan. Kitob dizayni menga yoqqan.)
🌟 "Qaynona" muallifini yozmasam ham taniysiz.
Qaynona...
Xayolingizga nimalar kelyapti?)
Afsuski ha, salbiy fikrlar ijobiylaridan ustun kelishi rost. Ammo Ahmad Lutfiy qozonchining qahramoni "boshqa olamdan" kelgan qaynona Munavvarxonimga duch kelasiz. Oʻqiganlar koʻp boʻlsa kerak ortiqcha yozish shart emas. Asar shunchaki shedevr))
#Tavsiyu
🌟 "Baxtli hayot sari" kitobi. Kitob nomidan maʼlum, ichida nimalar bayon qilingani. Ziyovuddin Rahim sodda uslubda yozadilar, ortiqcha bezaklarsiz. Hayot mohiyatini teranroq anglashda, haqiqiy baxtga erishishda koʻmakchi boʻluvchi kitob.
#Tavsiyu
🌟 "Moʻminning qalqoni mufassal roʻza kitobi" roʻzaga oid barcha fiqhiy masalalar yoritilgan. Asar haqida toʻliq bu yerda.
#Tavsiyu
⭐️ "Hazrati Xadicha roziyallohu anho" muallifi turk adibasi Nurdan Damla. 3/2 qismini oʻqidim. Nazarimda badiiylik juda yuqori. Asar oʻqib tugata olmadim. Moʻminlarning onasi boʻlgan Xadicha onamiz haqlarida notoʻgʻri (aniqrogʻi sahih boʻlmagan) tasavvurga ega boʻlib qolishdan choʻchidim.Shunaqa.
🌟 "Ota boʻlish osonmi?" bu yil oʻrganganlarim ichida eng manfaatlisi shu kitob. Asar haqida toʻliq bu yerda.
#Tavsiyu
🌟 "Shamoili Muhammadiya" 1-juz. Buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy rahmatullohi alayh yozganlar. Kitob islom olamida shuhrat qozongan, moʻtabar manba. Kitobda Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning tashqi koʻrinishlari, hislatlari, xulqlari, muomalalari haqida hadislar keltirilgan. Sahobalar sevikli rasulimiz sollallohu alayhi vasallamni shu qadar aniqlik bilan vasf qilishganki, kitobni oʻqiganda xuddi u zotni koʻrgandek boʻlasiz.
Men asarni audio holatda eshitdim, sizlarga ham oʻqishni, ham eshitishni tavsiya qilaman.
Arabchadan Ziyovuddin Rahim tarjimasi.
#Tavsiyu
🌟 "Hazrati Umar roziyallohu anhu" kitobi. Kechagina yakunlagan asarim. Muallifi Ahmad Lutfiy qozonchi hazratlari. Kitob sizni saodat asriga yetaklaydi. Keyingi postda shu asar uchun review.
#Tavsiyu
Oʻqib, falsafasiga yetib bora olmagan asar bilan ham toʻqnash keldim...
Balzak - "Sagʻri teri tilsimi"
Rasmda men bilan 2 oy birga boʻlgan xazinalarim)) 📚
Sizlar ham oʻzingiz oʻqigan xazinalardan tavsiya qilishingiz mumkin!
#oysarhisobi

возвращайся к Аллаху, даже если ты согрешил тысячу раз!
عُد إلى الله ولو أذنبت ألف مرة...
Qisqacha: ming marta xato(gunoh) qilsang ham Allohga qayt!

Atrofingizdan qalbingizda boʻlmagan narsani topa olmaysiz. Butkul yaxshi odamlar yoʻq, xuddi mutlaqo yomon odamlar boʻlmaganidek. Har bir qalbning yaxshi va yomon tomonlari bor. Oʻzingizda qancha muhabbat, goʻzallik, shavqat, mehr-oqibatni kashf qilsangiz, atrofdan ham shunchalik topasiz. Oʻzingizda boʻlmagan tuygʻuni tashqaridan topa olmaysiz. Yomon odam yaxshilikni koʻra olmaydi. Oʻchkoʻzlarga hamma oʻchkoʻz boʻlib tuyuladi, sevayotgan odam uchun dunyo muhabbatga toʻla va aksincha, nafrat bilan yurgan insonlarga dunyo nafratlardan iborat.
Ruhingizni yaxshi xislatlar bilan toʻldiring, shunda atrofingizdagi dunyo dahshatli boʻlib koʻrinmaydi.
#erkintarjima

Nigohlarda
Atrofingizdan qalbingizda boʻlmagan narsani topa olmaysiz. Butkul yaxshi odamlar yoʻq, xuddi mutlaqo yomon odamlar boʻlmaganidek. Har bir qalbning yaxshi va yomon tomonlari bor. Oʻzingizda qancha muhabbat, goʻzallik, shavqat, mehr-oqibatni kashf qilsangiz…
Ukamni rus tilidagi kitoblarni bemalol oʻqishiga yaxshi maʼnoda hasad qilaman. Shunaqa paytlar tarjimalar qilgim keladi meniyam, oʻxshamasa ham. Lekin shu ozgina mehnat insonni oʻziga ishonchini orttiradi.
Siz qaysi tilga qiziqsangiz, yoki qaysi til oʻrganuvchisi boʻlsangiz oʻzingizga yoqqan jumlalarni tarjima qilib boring, foydasi esa oʻylaganingizdan-da samarali boʻladi)

UMR–RAMAZON
Muqaddas oy ichra toʻlgʻonar kecha,
Xayoliy xitobga yoʻgʻrilar bir hol:
"Sergʻalva umringni toʻliqligicha
Ramazon oyiga aylantirib ol!"
Mushkul bir yumushdan qaynaydi tomring,
Yashamoq ne lazzat shundoq tilaksiz:
"Agar ramazonga aylansa umring,
Vafoting hayitga aylanar shaksiz!"
(©) Xayrulla Hamidov
@nigohlarda
Muqaddas oy ichra toʻlgʻonar kecha,
Xayoliy xitobga yoʻgʻrilar bir hol:
"Sergʻalva umringni toʻliqligicha
Ramazon oyiga aylantirib ol!"
Mushkul bir yumushdan qaynaydi tomring,
Yashamoq ne lazzat shundoq tilaksiz:
"Agar ramazonga aylansa umring,
Vafoting hayitga aylanar shaksiz!"
(©) Xayrulla Hamidov
@nigohlarda
Ramazonning oxirgi o‘n kunligi haqida:
“Ot marraga yaqinlashsa birinchi bo‘lish uchun bor kuchini sarflaydi. Tag‘in ot sendan ko‘ra ziyrak chiqib qolmasin! Albatta, amallar xotimalarga ko‘radir.
Agar kutib olish chiroyli bo‘lmagan bo‘lsa, balki xayrlashuv go‘zal bo‘lar!"
(Ibn Javziy rohimahulloh)
Manba

Akasi borlar akasi haqida, ukasi borlar ukasi haqida yozgisi kelarkan, hammasi mehrdan)
- Opa kitoblarizni rasmga olavermasdan meniyam olingchi biror marta.
- Rasmga tushish yoqmasdiku?
- Oling faqat chiroyli kamerangizda olmang.
- Nega? chiroyli tushasanda:)
-"... Biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik."
Toping qaysi suradan?
- "Tiyn" edimi? Hali u suraga yetib kelmaganding-ku?!
- Oʻziz kanalga yozgansiz esizda yoʻqmi? Oʻshanda menga yoqib qolgandi.
- Opasi jim...
Yana bir suhbatimizda:
- opa Ezop masalalari bormi sizda?
- Masalalarimas, masallari!
- Nima farqi bor deb kulgandi.
Oʻqishdaligimda qoʻngʻiroq qilib, "nima qilyapsizlar?", desam "kanalizni oʻqib oʻtiribmiz", deb kuldirardi 😅
Boʻyi mendan balandligini aytib, aka degizmoqchi boʻlgan ham shu ukam.
Ismingga mos yigit boʻlgin desak, "Hayrat ul abror" ni koʻp oʻqishim kerakmi? deydigan ham shu ukam))
Xullas shunaqa, doim yaxshi kayfiyat ulashadi menga.
Alloh bizni bir yurak ostida yaratgan)
Jigarlarimizni umrlariga, ilmlariga baraka bersin!
Sizlarga ham yaxshi kayfiyat ulashay dedim, opalik mehrim joʻshib ketdi shekilli)

@akademnashr dan shu kitoblarni yuborishipti.
2-jildlik Behbudiyning tanlangan asarlari shu semestr uchun juda kerak kitoblar edi)
Yetkazganiga shukr.
Kitoblarning dizayni va sifati aʼlo darajada, sevimli kitoblarim qatoridan joy oladi endi.
Rahmat eʼtibor uchun, Akademnashr!