Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
@akademnashr dan shu kitoblarni yuborishipti.
2-jildlik Behbudiyning tanlangan asarlari shu semestr uchun juda kerak kitoblar edi)
Yetkazganiga shukr.
Kitoblarning dizayni va sifati aʼlo darajada, sevimli kitoblarim qatoridan joy oladi endi.
Rahmat eʼtibor uchun, Akademnashr!

@nigohlarda
​Ichimizda shayton yo’q.
Ichimizda ojizlik bor, dangasalik bor. Irodasizlik, bilimsizlik va bularning barchasidan ham qo’rqinchli bo’lgan bir narsa – haqiqatlarni ko’rishdan qochish moyilligi bor.

Sabohiddin Ali )

@nigohlarda
​Mahzunlik maktabga o‘xshaydi...
Zerikarli va odamni charchatadigan. Lekin ta’lim olmoq uchun eng munosib joy.

Quvonch qahvaxonaga o‘xshaydi...
Yupatuvchi va yengil.
Lekin senga hech narsani ta’lim bermaydi.

#eslatma
Postlar uchun izoh qoldirish funksiyasini yoqib qoʻydik, iltimos shaxsiy savollar yozmanglar baraka topgurlar. Yozilayotganlar boʻyicha esa bemalol fikrlaringizni yozib qoldiravering :)

@nigohlarda
Bir kuni hamma sizni qabrga qoʻyib ketadi. Lekin ibodat degan doʻst bor u siz bilan qabrda ham birga boʻladi.

Shu kechalardan unumli foydalanib qolish kerak) Bugun 25-kecha!

@nigohlarda
"Men bir she’rga yig‘laydigan,
Bir gul xursand qiladigan - insonlardanman.."

(©) Huzayfa Mujohid

Chiroyli gapakan)

@nigohlarda
Ayollar orasida ham orzu-umidlari, maqsad va tuygʻulari, faoliyatlarini Alloh rizosi uchun qiladigan, irodasini hislari qarshisiga qudratli bir qoʻmondon kabi chiqara oladiganlar bor. Goʻyo tasodifan yovvoyi oʻtlar iskanjasida qolgan noyob bogʻ guli kabi.

@nigohlarda
وَالْأَرْضَ مَدَدْنَاهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ شَيْءٍ مَوْزُونٍ

"Biz yerni yoyib, ustiga baland togʻlarni tashlab qoʻydik va unda oʻlchangan turli narsalarni oʻstirib qoʻydik."(15-19)

@nigohlarda
Bir qarasam, do'st-u yordan ko'nglim to'qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo'qday...

(©) Abdulla Oripov

#mood
@nigohlarda
Bir Qarasam...

Bir qarasam, doʻstu yordan koʻnglim toʻqday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yoʻqday.

Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.

Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.

Bir qarasam, murodimga yetgandayman,
Bir qarasam, koʻzim ochiq ketgandayman.

Bir qarasam, shon-shuhratga yoʻgʻrilganman,
Bir qarasam, endigina tugʻilganman.

1998 yil, avgust

Sheʼrni toʻliq soʻraganlar uchun)

@nigohlarda
Qanday kitoblar oʻqiyapmiz, nimalarni oʻrganyapmiz ahli nigohlarda ?)
Rasmli javob beringlar) 📚📸
Hammaaaangiz))
@nigohlarda
Kitobjavoningdagi hali bir varoq ham oʻqilmagan kitoblaringga rahm qil va tezroq ularga vaqt ajrat)
Hadeb yangi tarjima kitoblarga moʻltirab qarayvermasdan :)

#Oʻzimganasihat
Faqat menda emas lekin bu holat...

@nigohlarda
​​"Hilol eBook" dasturidan roʻyxatdan oʻting va 27 ta bepul kitob va audio kitoblarga ega boʻling!

1. "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam"
2. "Ochiq xat"
3. "Iymon kitobi"
4. "Din – nasihatdir kitobi"
5. "Sogʻlom bola"
6. "Islomga bagʻishlangan umr"
7. "Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad Sodiq"
8 "Open letter"
9. "Umrning bir lahzasi"
10. "Zikr va duolar kitobi"
11. "Dildagi gaplar"
12. "Qadam"
13. "Odam Ato va Momo Havo. Qobil va Hobil"
14. "Hazrati Nuhning kemasi va toʻfon hodisasi"
15. "Hud paygʻambar va Eram shahri hikoyasi. Solih alayhissalomning tuyasi"
16. "Ibrohim Allohni izlamoqda. Hazrati Ismoilning najot topishi"
17. "Shaytonvachchaning nayranglari. 1-kitob"
18. "Iyman, Islam, Kurʼan"
19. "Raznoglasiya: prichinы i resheniya"
20. "Otkrыtoye poslaniye"
21. "Iymon" (audio)
22. "Ruhiy tarbiya" 1-juz. Poklanish (audio)
23. "Ruhiy tarbiya" 2-juz. Tiklanish (audio)
24. "Ruhiy tarbiya" 3-juz. Xulqlanish (audio)
25. "Qurʼoni Karim tilovati" toʻliq xatm (audio)
26. "Osonlashtirilgan tajvid qoidalari" (audio)
27. "Hikmatli dunyo" 1-disk (audio)

"Tafsiri Hilol"dasturida suralarning maʼnolar tarjimasi audiosini ham bepul tinglashingiz mumkin!

Hilol eBookni yuklab olish uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.ebook

Tafsiri Hilol ilovasini yuklab olish uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.tafsir

@nigohlarda
Forwarded from 𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧SCAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi 10 kunlikda kuzatganlarim, toʻplaganlarim)
Goʻzal edi. Juda. 🤍

@nigohlarda