Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Duo qiling, yukim doim kitoblar boʻlsin)


@nigohlarda
Kitob nolasi

Sizni charchatadi telefonlar ham,
Oynayi jahonu komputer ichi.
Dardingizga ular boʻlolmas malham,
Bunga temirlarni yetmaydi kuchi...

(©) Xayrulla Hamidov

@nigohlarda
Nigohlarda
Photo
Lahza 💚 🏞
Yakshanbalarni yashkoʻramiz)
Qur'onni yod olishni istaganlarga tavsiya

Miqdorni kamaytir, takrorni koʻpaytir, bardavomlikka rioya qil hamda istigʻfor aytishni koʻpaytir.

@arabicuz
@nigohlarda
"Insonlarning qoʻliga eng koʻp kitob yarashadi."


Me))
@nigohlarda
​​Axloqli inson kamoli uning saodati kafolatini olgan muqaddas diniy taʼlimotlar asosida boʻlishi lozim. Dunyoda tinchlik, omonlik va sulhga erishishning yagona yoʻli ushbudir. "Dindan tashqarida boʻlgan axloq hech qanday yaxshilik bermaydi. Insonni odobli qilish uchun koʻrilgan boshqa choralar befoydadir".

Forsiyzabon shoirlardan biri:
"Odamiylik na jonu, na soqolu, na nutq bilandur.
Toʻtida nutq, echkida soqol, eshakda jondur", degan ekan.

#mutolaa
@nigohlarda
"Qafasda tugʻilgan qushlar uchishni jinoyat deb oʻylashadi."

#tarjima @nigohlarda
​​Har qanday oʻzini ruhiy yetuk hisoblovchilarda ham tushkunlikka tushish holatlari, oʻzidan qoniqmaslik, nimadir kamdek tuyulishi tez-tez uchrab turadi.
Xususan menda ham.
Shunday vaziyatda bir xonaga berkinib olib kitob mutolaasiga shoʻngʻib, kunni ana shunday tarzda oʻtkazishga harakat qilishadi. Oʻtgan kecha ana shunday vaziyat edi. Lekin kitob oʻqiy olmadim, harakat qilsam-da oʻqiy olmadim, xotirjam boʻla olmadim. Shunda boshqa bir usul kutib turgandi meni..) Ajib)

"Kitobjavoningdagi barcha kitoblarni olib, qaytadan joylashtirish, ularni changlardan tozalash, har bir kitobga bogʻliq xotiralarni bir-bir yodga olish.
Hadya qilingan, tanlovlarda yutgan kitoblaringni koʻrib ichiga yozilgan izhorlarni, dastxatlarni oʻqib chiqish, eng sevib oʻqigan asaringdagi tagiga chizib oʻqigan jumlalarga koʻz yugurtirish.."

Bu usul nimalarni hislatadi:

- ana shuncha kitoblaring borligi ozgina boʻlsa ham faxr tuygʻusini uygʻotadi, albatta yaxshi maʼnoda.
- bir vaqtning oʻzida ham iftixor, ham yoqimli xotiralar..
- hali oʻqilmagan kitoblaringni koʻrib, tezroq oʻqib oʻrganishim kerak degan xulosa.
- nahotki shuncha kitoblar egasi men:)) (Hayot goʻzal).
- kitoblarning hidlariii ( soʻzlarga koʻchmaydi bu his).
- anchadan buyon qidirib yurgan xatchoʻping qaysidir kitob ichidan tushib qolishi.
- sifatiga putur yetgan biror kitobingni koʻrib qolib, achinish hissi, endi hech kimga oʻqish uchun kitob bermayman deb qoʻyish.
- oʻzingniki boʻlmagan bir kitobga koʻzing tushib qolishi (bundan oldingi fikringdan uyalib qolishing, qara haliyam egasiga qaytarmagansan, lazyyy)
- baʼzi kitoblarni faqatgina dizayni yoqqani uchun sotib olganing, mazmuni sevib oʻqilgan kitobing esa yupqa muvoqavada(adolatsizlik) qayta nashr qilishsa boshqa dizaynda va qattiq muqovada, yana sotib olardim deb xayol surish.
- juda kam uchrasa-da kitob orasidan pul chiqib qolsa, xazina topgandek quvonib ketish.
- kitobjavon tartibga kelganidan soʻng, tirjayib qayta-qayta suratga tushirish.
- ...

Xullas shunaqa, tartiblanmagan ajoyib hislar. Bugun yakshanba sizda shunday imkoniyat bor,sinab koʻring.

Barchangizga ruhiy barkamollik tilab, kamina kitobsevaringiz 📚♥️

#ruhiyat @nigohlarda
​​"Men sen bilan birga, yangi orzular ila hayot boshlashni xohlayman".

Yangi kitobga qarata aytilyapti..📖

@nigohlarda
​​"Farang va rus donishmandlarining asarlaridan foydalanmoq turkiy yo rusiy va farangiy bilmak ila mumkin boʻlur, na uchunki bugun usmonli, Kafkaz va Qozon turklari zamona ulamosi asarini turkiygʻa tarjima qilib, koʻpayturganlar, yaʼni turkiy bilgan kishi zamonni bilur. Turk tiliga har bir yangi va naflik kitoblar barcha tildan tarjima boʻlgandur. Arab madaniyati yunoniy, Suqrot, Buqrot, Falotunlardan foydalangandek, zamoni hozira madaniyati Tolstuy, Jul Vern, Kepler, Kopernik, Nyutonlardan foydalanur. Maqsaddan uzoq tushdik."

Mahmudxoʻja Behbudiy
"Ikki emas, toʻrt til lozim" (maqola)📚

Davomi bor..
#mutolaa @nigohlarda
Yunus Emro Qolganlarga Salom Bolsin Юнус Эмро Қолганларга Салом…
Bilmagan ne bilsin bizni, bilganlarga salom boʻlsin..

© Yunus Emro serialidan
#lirikchekinish @nigohlarda
​​Biz hali bola(lar)miz..

"Kichkina shahzoda"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Sariq devni minib"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Shirin qovunlar mamlakati"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Alisaning sarguzashtlari"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Vinni Puh va uning sarguzashtlari"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Mushuklar malikasi Minush"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Gulliverning sayohatlari"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

"Mumu"ni oʻqiyapmizmi, biz hali bolamiz!

Daftarlarimizni, dars stollarimizni, xatchoʻplarimizni umuman olganda buyumlarimizni multfilm qahramonlari, bolalarni quvnatuvchi narsalar bezab turayotgan ekan, demak biz hali bolamiz!
Muzqaymoqni, kapalaklarni, osmondagi bulutlarni, koʻrib quvonib ketyapmizmi, biz hali bolamiz!

Jismimiz buni inkor etsa-da, qalban bola(lar)miz!
Istagim, bir umr bola boʻlib qolaylik) 🎊🎈


#bolalarmiz @nigohlarda
​​Bir karra diqqat qilib, mahalla-koʻy va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar koʻpaygan. Biz musulmonmiz. Musulmonlikgʻa ilm lozim, amal lozim. Oʻqimoq kerak. Nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yoʻq ekan, biza yuza bir nafar savodlik yoʻq?
Musulmonlik ilm va adab ila qoim, millat axloq, fazl va hunar ila boqiy qolur.

Mahmudxoʻja Behbudiy
"Millatlar qanday taraqqiy etarlar" maqolasidan.

#mutolaa 📚 @nigohlarda