Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Nigohlarda
Bilasanmi, Mariya, insonlar uch sababga koʻra bir-biriga qarindoshdirlar: –Odam Ato va Momo Havo avlodlari boʻlgani uchun; –bitta otaning farzandi boʻlgani uchun; –bitta dinga mansub boʻlgani uchun. Bismillah deb boshladik, yangi romanni) 🍀 @nigohlarda
Oʻzim hali yosh boʻla turib gʻamgin insonlarning qaygʻusini his etishni xohlamasdim. Lekin boshqalarga yaxshilik qiladigan buvimdan - oyimning onasidan beixtiyor oʻrnak olganman, shekilli. Dardli koʻringan insonlarning qaygʻularini his etaman va ularning gʻamlarini tarqatishga harakat qilaman.

©Mariya
Dunyoda jannatiy hayotdan bir chimdim bor.
Nima ekan? –Ilm majlisi

@nigohlarda
"Allohim oʻzgartira olmaydigan narsalarni qabul qilishim uchun sabr...oʻzgartira oladigan narsalarni oʻzgartirishim uchun jasorat...farqni anglash uchun aql ber..."

✨
Juda ko‘p odamlar kasalliklar sababligina emas, o‘zlarini aslidagidan ko‘ra ulug‘roq ko‘rsatish degan dardi bedavodan halokat topadilar.

Oshqozon miyadan aqlliroq. Chunki u qayt qilishni biladi. Miya esa har qanday holatda chiqindini qabul qilishi mumkin.

Muhabbat bu - oʻzingni boshqa odamda yoʻqotishdir.

Ideal ayol deganda men hamisha ziyolilik darajasini birinchi o‘ringa qo‘yganman. Aqliy salohiyatini ham, albatta. Umuman, ideal bosqichma-bosqich, uzoq va ko‘p sonli kuzatishlar asosida shakllanadi.


© Chingiz Aytmatov @nigohlarda
Nigohlarda
Yonida bir doʻsti, ishida bir unumi, boshida bir himoyasi, saʼylarida parvozi boʻlmagan musulmon, avvalo, oʻz qalbiga nazar solsin, soʻng amallariga boqsin. Albatta, nuqsonni topadi. Yo qalbida Allohga toʻla taslim emas, yo amallarida ixlossizlik borligini…
Biz hech qachon nafs ofatidan omonda emasmiz. Biz hech qachon shayton qutqusidan qutula olmasmiz.Qalbimizni, nafsimizni har kuni, har lahza nazorat etishga majburmiz. Agar zarracha faxr, zarracha kibr sezsang, uni o'ldir. Aytayotgan so'zlaring, qilayotgan amallaring o'zingni tanitish, o'zingni oliy qilish uchun ekan, Allohga istig'for ayt, kechirim so'ra. Aks holda, sening butun umr qilgan xayr ishlaring oxiratda hech qanday yordam bermaydi.

© Akrom Malik
📚Halqa @nigohlarda
"Pulni ota topsa, ovqatni ona pishirsa, dasturxonni qiz yoysa, nonni novvoydan oʻgʻil olib kelsa, shu oila huzur-halovatli oiladir."

©Doktor Ihsan Shenojak hafizahulloh
–Eng avvalo, nima qilishimni maslahat berasiz?
–Har bir koʻrgan xatolaringga qarab turib odamlarni tanqid qilma. Erta yotib, erta turishni odat qilib ol. Har kuni fiqh bilimi ol hamda bittadan qissa oʻqishga harakat qil. Qurʼon tilovat qilishni oʻrganguningcha, har kuni Qurʼonning bir nechta sahifasini oʻqishga harakat qil. Insonlarga yaxshi bilganlaringni oʻrgat. Bilmaganlaringni oʻrgatishga urinma. Agar bilmagang narsangni soʻrab qolishsa: "Bilmayman", - deyishdan tortinma.
©Mariya

Yozuvchi Omina opaning asarlari kutilmagan yakunlar bilan biz kitobxonlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Mariya, sendan koʻp bilmaganlarimni oʻrgandim, seni sogʻinaman..☘
Baʼzan qazoi-qadardan pushaymon bir holatga kelamiz! Qismatning buyuk Yozuvchisi esa yana tabassum qiladi: "Oʻzingga aqalli nima kerak ekanligini bilmaysan, bandam! Bu yozugʻni oʻng oʻqisang-da, ters oʻqisang-da, oxir oqibat xotimamga koʻnasan!"

Kimningdir taʼsirida oʻzgaramiz, soʻng boshqalar bizdan rang olib, ular ham oʻzgaradi!

Kelgan va ketganlarning bu kelish-ketishida aslida nima hikmat borligini kechikib tushunamiz! Hammasi ajib!

#UmmuZaynabummu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Agar inson hayotning mohiyatini anglaganida unda baxtni roʻyobga chiqaradigan koʻplab sabablarni topgan, dunyo hayotini jannatga aylantirgan, oxirat dunyosiga bormay turib, jannatni koʻrgan boʻlar edi."

© Doktor Hasson Shamsiy

Qishlogʻimizdan "fresh" tong sizlar uchun, bonusiga mutolaadan bir yaxshi iqtibos)
Eng koʻp tong otishini sogʻinsam kerak... 🌤
​Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Duolarning eng yaxshisi arafa kunidagisidir. Men va mendan oldingi payg'ambarlar aytgan narsalarning eng yaxshisi:

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

"La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay`in qodiyr"dir".

Arafa va Qurbon hayiti muborak! 🥳

Manfaatli ilm, ruhiy barkamollik va juda koʻp kitoblar, yangidan yangi bilimlar tilayman!)

Oʻrganishdan, oʻrgatishdan aslo charchamang!

@nigohlarda
"Inson oʻzini kashf qilishi oson ish emas. Balki u fazoni zabt etishdan ham ogʻirroq kashfiyotdir. Nafsning tubiga mashaqqatli safarni uyushtira bilgan kishilar juda ham ozchilikni tashkil qiladi."

© Doktor Mustafo Mahmud

@nigohlarda
​​– Inson o‘zini tanib, o‘zini yenga olishidan kattaroq ish yo‘q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim.
– Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.

– Xato qilish Odam atodan meros, Shafiqa.
Tavba qilish ham uning sunnati. Robbisining qoshiga siniq qalb ila borish beayblik davosi ila borishdan ko‘ra yaxshiroqdir, inshaАlloh. Nadomat xanjari qalbingga naqadar chuqur botganini Аlloh bilguvchi. Bu jarohat qalbingni Аllohga butkul taslim etsin! Bilurmisan, hidoyat yo‘lini topish unda yurishdan og‘irroq, zotan, shayton hamisha u yo‘ldan ozdirmoq qasdida.
Odamzodning asliyati – Аllohga bo‘lgan komil iymondir.

"Halqa" qissasidan 📚
© Akrom Malik

Shu qissadan eng yaxshi koʻrgan suhbatim mana shu Roziya xonimning Shafiqa aytgan gaplari, qayta-qayta oʻqigim kelaveradi)

Rasmga ham chiroyli olganmana :)

@nigohlarda
Bizda muhabbat doim besh harfa ega:
Alloh kabi, Rasul kabi, Namoz kabi, Qurʼon kabi...

Quyosh kabi) kitob kabi)

Juma muborak boʻlsin ✨ @nigohlarda
Okuduğumuz kitap bir yumruk gibi bizi uyarmıyorsa ne işe yarar?

Oʻqiyotgan kitobimiz bizni bir mushtdek ogohlantirmasa, undan foyda nima?

© Kafka janoblaridan

@nigohlarda ☘
Husni xulq aziyatlarga sabr qilishda, jafolarni koʻtarishda sinaladi. Kim "falonchining xulqi yomon" deb shikoyat qilsa, bu oʻzining xulqi yomonligiga dalolat. Negaki, husni xulq aziyatlarni koʻtarishdir.

–Abu Homid Gʻazzoliy @nigohlarda
"Yilda bir bor sud idorasiga kel! Shunda Alloh taoloning senga bergan goʻzal xulqini anglaysan.

Oyda bir bor kasalxonaga kel! Shunda Alloh taolo bergan sogʻlomlik neʼmatini anglaysan.

Haftada bir bor istirohat bogʻiga kel! Shunda Alloh taolo senga bergan tabiatning goʻzalligidagi neʼmatini anglaysan.

Kunda bir bor kutubxonaga kel! Shunda Alloh taolo senga bergan aql neʼmatini anglaysan.

Har lahzada Parvardigoringga qayt!
Shunda Alloh taolo senga bergan hayot neʼmatini anglaysan."

–Doktor Mustafo Sabo'iy rahmatullohi alayh
"Baxt ulashing" kitobidan @nigohlarda
​​Biz oʻzimizni faqat sirtdan - u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga urinmaymiz.

"Dunyoni tebratgan buyuklar" turkumidan Gʻazolliy haqidagi soni sizni boshlangʻich, umumiy maʼlumotlar bilan tanishtiradi.
Gʻazzoliy yashagan davr, olim boʻlib yetishishi uchun ota-onasi tomonidan qanday saʼyi- harakatlar qilingani, bolaligi, ilm sarhadlarini qanday zabt etganligi, kalom ilmiga munosabati, falsafaning tanqid qilganligi, tasavvufiy hayot, "Ihyo ulumid-din" asarining yozilishi, u haqida ilmiy fikrlar, tanqidlar haqidagi savollarga javob olasiz. Va kitob soʻngida Gʻazzoliy hikmatlaridan, nasihatlaridan bahramand boʻlasiz.

Quyida oʻzimga yoqqan hikmatlaridan sizlarga ilinganlarim:

✨Ilmning avvali - sukut, soʻng eshitish, soʻng amal qilish, soʻng uni tarqatish.

✨Ilmga barcha narsangni bermaguningcha, u senga hech narsani bermaydi.

✨Aytganiga amal qilmagan olim ignaga oʻxshaydi, igna hammani kiyintirib, oʻzi yalangʻoch qoladi.

✨Ilm hayo va kibr orasida yoʻq boʻlib ketadi.

✨Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil boʻlsa, holati oʻzgaradi, holati oʻzgarsa, aʼzolarning amali oʻzgaradi. Demak, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga qaramdir.

#bookreview @nigohlarda 🌱
Bu qanday bedodlik, bu qanday isyon –
Oʻz soyam oʻzimni yutaman, deydi.
Menmas, ichimdagi maxluq, Xudojon,
Dunyoning tagiga yetaman, deydi.

Chiqib ketsa edi shu iblis qondan,
Soʻng topa olmasa manguga izim.
Bir Hayot boshlasam oʻshal hur ondan,
Oʻz oldimda shuvut boʻlmasa yuzim.

Qaytadan tozarsam – sevsam qaytadan,
Chalgʻitmasa mashʼum xayollar bir zum,
Arsh sari zinalar qoʻysam tavbadan,
Saodat asrini eslatsa umrim...


© Behzod Fazliddin @nigohlarda
"Javoblar burnimiz tagida, ammo ularni koʻradigan koʻzlar qayerda?"

© Kitobookniga @nigohlarda