Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Qohiradagi xalqaro kitoblar yarmarkasiga yana borgim kelyapti.
–Oldin ham borganmisiz?
–Yoʻq, oldin ham borgim kelgan :)


@nigohlarda
Eng yaxshimizning ham qaysidir insonning hikoyasida yomon izimiz bor.
Umr yoʻllarida yurarkansiz, orqaga bir bor qarab qoʻying. Gunoh hech birimizni chetlab oʻtmaydi.

Mukammallik - bu asr insonlariniki emas.
@nigohlarda
Quvonganimdan gapni nimadan boshlasam ekan deb biroz oʻyga tolibman)
Moʻjazgina bir sahifada Ziyovuddin Rahim ustozning "Islom aqidasi" kitoblari boʻyicha tanlov boʻlib oʻtdi, kamina ana shu tanlovda Allohning fazli bilan gʻoliblardan biriga aylandi. Alhamdulillah!)
Yuborilgan hadyalar 1 kundayoq yetib keldi. (bu men shu kungacha koʻrgan eng tez pochta xizmati edi)
Hadya uchun tanlangan kitoblar, oʻrami, hammasi juda did bilan. Alohida eʼtibor qaratilgani sizlarga ham sezilgandir. Shunaqa har bir ishga oʻzgacha yondashuvchi insonlarga hurmatim baland.

@jjumla kanaliga minnatdorchilik bildiraman, Alloh sizlarni mukofotlasin ✨💜

Dekabr oyida aynan oʻsha kitob boʻyicha biz ham tanlov qilgandik, koʻp xayrli ishlarga sabab boʻlgandi, alhamdulillah. Oradan shuncha kunlar oʻtib, shu kitob bilan bogʻliq yana bir quvonchli hodisani kutmagandim.
Yana shunday xayrli ishlarga sababchilardan qilsin, Robbim!)

Va bu post kecha shu vaqtda yozilishi kerak edi, nasibasi shu kun shu soatda ekan. @nigohlarda
​​🍂
Umringni bogʻida yoz oʻtib borar,
Koʻnglingning bogʻida aylanadi kuz.

–Usmon Azim
@nigohlarda
Zikrulloh bilan band boʻlish ruhni juda ham kuchli qiladi. Buning natijasida nafs orzulariga yetisholmagani bois, ruhga taslim boʻlishdan boshqa chorasi qolmaydi. Shu tariqa nafsning panjasidan xolos boʻlinadi. Insonning komilligiga eng katta toʻsiq boʻlgan nafs shu tarzda isloh qilinadi.

📚 "Nafs nimadir" @nigohlarda
Agar biz atrofda sodir boʻlayotganlardan yetarli xulosa chiqara olsak, soniyasiga ulgʻaya olamiz. Soniya sayin esimiz kiradi.
Ahamiyatlisi toʻgʻri xulosaga kechikmaslikda!

Kun xulosasi) @nigohlarda
Ayol kishini baland poshnadan-da balandroq koʻrsatadigan narsalar bor. Shulardan biri - ilm.
Ilmdan boshqasi ayolni soliha qila olmaydi.

@nigohlarda
Oʻqi!
Oʻzingni malol va charchoqlarga toʻla bir xil hayotda yashashga mahkum qilma. Oʻqi, kitobdan kitobga koʻch. Bir hikoyadan boshqasiga oʻt. Barcha oʻqigan hikoyalaring tafsilotlari ila yasha. Uning qahramoni yangligʻ hikoya tubiga shoʻngʻi. Ana shunda zamiringda oldingidan afzal shaxs paydo boʻlganini koʻrasan!

@nigohlarda
Masalan, men baxtni sotib ololmayman, ammo mazali choy damlayman, sevimli kitobimni olaman, dunyo shovqinini oʻchirib, oʻzimga tasalli bera olaman)
Umuman olganda, yakshanba - baxt!

@nigohlarda 🍋
Davomi: "Ichsang choy bor, oʻqisang kitob bor, sevsang men bor)"
Rasm terapiya buyogʻi. 📸

#yaxshikayfiyatuchun @nigohlarda
Diqqat, diqqat Stokgolmdan(Shvetsiya) gapiramiz.

Chiroyli dunyoqarashga ega insonlar bilan doʻstligimizga sababchi boʻlayotgan kitoblardan minnatdorman)
💙📚

www.instagram.com/nigohlarda_kitob
Her insanın kıymeti
ahlakının guzelliği kadardır

Ценность каждого человека столько же, сколько красота его нравственности.

Har insonning qiymati axloqining goʻzalligi qadardir.

#tarjima @nigohlarda