Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Kuz desa xayolimga kitoblarni chiroyli manzara suratga tushirish kelarkan oʻtgan kuz faslidan buyon.

Bu yil ham chiroyli kadrlar olish nasib qilsin(faqat rasmga olishmas, oʻsha kitoblarni oʻqib-oʻrganish ham)

Rasmlar oʻtgan mavsumdagi eng sevimlilari men uchun 🧡📸

@nigohlarda
Har kuni oʻqing!
Uygʻongandagi aqlingiz bilan uxlamang.

–Mubashshir Ahmad

@nigohlarda
Balki bir kitobning ayni sahifalarida yigʻlagandirmiz..

Bu - xabarimiz boʻlmagan holda taqdirning eng goʻzal hadyasi boʻla oladi.

Eng koʻp bir-birimizga yarashdik)
@Siddiiqa oʻzimday kitobsevarim 💐
​Muslima ayolning asl vazifasi onalikdir. 10 ta universitetni tamomlagan boʻlsa ham, asl vazifasi onalik boʻlib qolaveradi. Shuningdek, asl vazifasi onalik degani, uyga mahkum boʻlib qolishini anglatmaydi.

"Oila axloqi" kitobidan)

@nigohlarda
@bookuzbekistan ' ga rahmat, yangi nashr qilingan kitoblardan yuborishibdi, oʻqiymiz navbatma-navbat hali bularni)

Yangi kitoblar bilan hayot g-goʻzal 🎉

@nigohlarda
Oʻtayotgan kun, otayotgan tong, botayotgan quyosh - umr mazmunining eng goʻzal tasviri. Ularga boqib, hayotni va yashash falsafasini anglaysan kishi.

Aslida, umrning har lahzasi goʻzal. Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak. Qizigʻi shundaki, inson dunyodan oʻtgach, shifokor, xodim, muxbir... kim boʻlib yashashidan qatʼiy nazar, narigi dunyoda barchasi bir xil savollarga javob berishi uchun ter toʻkadi:
- Robbing kim?
- Hayotingni qanday oʻtkazding?
- Zakot berdingmi?
- Halol rizq topdingmi?
- Bolalaringga yaxshi tarbiya berdingmi?
- Ilmingga qay darajada amal qilding?

Odatda, "Nima uchun ishlaymiz?" deya berilgan savolga "Nonim butun boʻlishi uchun", deb javob qilishadi. Lekin inson bundan koʻprogʻiga umidvorki,faqat roʻzgʻori but boʻlishi bilan cheklanmayapti.

"Yosh qizning kundaligi" kitobidan)

@nigohlarda
​​Shanba, yakshanba kunlari ja yaxshi kunlarda men uchun. Dam olish kunlari boʻlgani uchunmas. Uzoqda oʻqiydiganlar hali sababini yozmasimdan tushunishgan boʻlishsa kerak. Ota-ona bagʻrida yashash eng, eng halovatlisi🤍

Onam: "Anjonda rosa gazli suvlar ichib yurgandirsan hoynahoy, bizga gazli ichimliklar zarari haqida oʻqib beravermasdan, oʻzing ham amal qilgin, ichmagin deb qoʻyadilar havotir olib, kelishingga uzum - anordan kompot qildik deb tursalar ukam buyoqda multifrut opa deb qoʻyadi".

... bu kunlarni hech nimaga alishmayman!
Rasm shu mehrli shanba kunlarini eslatib turadi.

Yangi kitoblar uchun esa, @bookuz_andijon ga tashakkur)

Qissadan hissa shuki, gazli ichimliklar ichmang, yoki kamaytiring (:

@nigohlarda
​​"Hayotdan butunlay umidini uzgan kamina uchun boradigan birgina joy qolgan edi. Men oʻsha tomon yoʻl oldim. Dunyoning burchagi, kimsasiz orol emasdi bu makon. Oʻsha maʼvo - qalbim edi. Chunki Alloh shu yerdaligini tushunib yetgandim".

Kitob nomi ham, uning muqovasi ham mutolaagacha sizni chalgʻitishi mumkin. Muallif :"Kundaligimdagi qaydlar qalbim tarjimonidir" deya taʼriflaydi kitobini.

Kechinmanavisligim sababli miriqib oʻqibman kitobni. "Kundalik" olam ajoyibotlarga toʻla ekanligini yodimga soldi, undagi baʼzi mulohazalar qachonlardir mening ham koʻnglimdan kechganini, lekin ularga loqaydlik qilganimni eslatdi.

Siz va men oddiy deb hisoblagan narsalarimizda haqiqiy baxt borligini eslatdi.
Oʻzim ham yana kundalik qaydlar yozishim kerakligi haqida oʻylab qoldim... Muallif kaminani ham ruhlantirib yubordi-da)

Kundalikdan olingan umumiy xulosa esa: "Insonning boshidan kechirgani emas, balki uning qanday xulosa chiqargani, bu voqealardan yaxshi-yomonini ajrata olgani muhimroq, inson boshiga tushgan tashvishlardan xulosa chiqarib, hayot mazmunini anglashga intilsa adashmaydi. Boshingizga qanday kun tushsa, albatta, buning yo mukofoti, yo ajri bor. Bu bajargan amallaringizga bogʻliq. Men shuni tushundim."

@nigohlarda
"... shuni unutmaki, ilm va texnologiyada rivojlanish insoniylik, axloq va tamaddunda ham rivojlanish degani emas. Agar shunday boʻlganida dunyoning eng rivojlangan davlatlari sifatida tan olingan joylarda jinoyatchilik va oʻz joniga qasd qilish koʻrsatkichlari aqlga sigʻmaydigan darajada yuqori boʻlmasdi. Bilim va texnologik ustunlikka tayangan tamaddunlar balki jamiyatlarni boy qilgandir, ammo baxtli qilolmadi."

"Izlash" dan
@nigohlarda
Nigohlarda
"... shuni unutmaki, ilm va texnologiyada rivojlanish insoniylik, axloq va tamaddunda ham rivojlanish degani emas. Agar shunday boʻlganida dunyoning eng rivojlangan davlatlari sifatida tan olingan joylarda jinoyatchilik va oʻz joniga qasd qilish koʻrsatkichlari…
"Yoshlik tomiri aqldan koʻra koʻproq hissiyotga quloq soladi. His va havas esa koʻrdir, natijani oldindan koʻrolmaydi."

Bizlar faqatgina aqldan iborat boʻlgan mavjudotlar emasmiz. Baʼzan insonda hissiyotlar shunchalar joʻshib ketadiki, oʻsha hislarni bostira olish uchun xayrli, goʻzal ilmlarga ehtiyoj sezamiz. Agar inson oxiratini oʻylaydigan ilmga ega boʻlmasa, hoyu havaslariga beriladi, aldanadi va notoʻgʻri qarorlar bilan hayotini barbod qilishi mumkin.

#kitobdan @nigohlarda
​​Kitob haqida jimjimador soʻzlar yozmoqchi emasman. Shunchaki oʻqimoqchi boʻlgan asarlaringiz roʻyhatiga qoʻshib qoʻyishingizni istagan boʻlardim.

.. qadarimizda ne boʻlsa, bari xayrlidir, goʻzaldir!)

@nigohlarda
🍂🍀
Yaproqlari oyat o‘qigan bog‘lar...
Tabiat tilida ilohiy suhbat...

–Behzod Fazliddin

@nigohlarda
💙 Beykoz, Istanbul

Menga va sizlarga Turkiyadan salomlar)

Abror Siddiqga teşekkür ederim, çok memnun oldum (:

@nigohlarda
"Qachon biror muammoga duch kelsa, darrov kitoblarga yopishadi, u boshi berk deb oʻylagan koʻchalarda mana shu kitoblar unga yoʻl koʻrsatadi."
#kitobdan

Oʻzingni topgan jumlalar bir umr senga qadrli boʻlib qoladi shunaqa.

@nigohlarda
Nigohlarda
​Muslima ayolning asl vazifasi onalikdir. 10 ta universitetni tamomlagan boʻlsa ham, asl vazifasi onalik boʻlib qolaveradi. Shuningdek, asl vazifasi onalik degani, uyga mahkum boʻlib qolishini anglatmaydi. "Oila axloqi" kitobidan) @nigohlarda
Dunyoda jannat bormi?

Ikki olam sarvari sollallohu alayhi vasallam sinovli va azob-uqubatlarga toʻla boʻlgan dunyo hayoti haqida shunday deganlar: "Dunyo moʻmin uchun zindondir".

Iymon keltirgan va eʼtiqodi mustahkam moʻmin hayoti davomida turli xil sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan jannatga yetishish yoʻllarini qidiradi, ana shu yoʻldan yurishga bor kuchi bilan harakat qiladi.
Ammo, soʻzimiz va hayotimizning yagona yoʻlboshchisi boʻlgan Rasulimiz yana bir boshqa hadislarida moʻminning zindoni boʻlgan bu dunyoning baʼzi yer va makonlarida jannat hidini sezish mumkinligi haqida xushxabar berganlar.

Paygʻambarimizning muborak soʻzlari shuni anglatadiki: "Kaʼbatulloh, Hajar-ul Asvad, Arofat, Muzdalifa, Ravzai Mutohhara va Uhud jannat iforini his qilish mumkin boʻlgan joylardir. Va yana soliha ayol, solih farzandlar, solih va sodiq doʻstlar ayni jannat xushxabarlaridir."

"Oila axloqi" kitobidan.

#erkintarjima @nigohlarda
Hech bir kitobni oʻqiyolmay qolgandim oxirgi paytlar. Shu kitob orqali tushunarsiz holatdan chiqib oldim.

Kitob nomidan maʼlum, ichida nima yoritilganligi. Xitoy iskanjasi, kommunizm iskanjasi, dinsizlik iskanjasi... Adiba uslubi maʼqul keladi menga har gal asarlarini oʻqiganimda.

Yaxshi kitobakan, #советую)

Tagiga chizib oʻqigan jumlalarimdan birini yozib qoldiraman:
"Narigi dunyoda foyda bermaydigan bir kalima bor: "Koshki...!"

@nigohlarda
​​Sezyapsiz, sezyapman kanal oldingidek ruhda emas. Buni sabablari bor tabiiyki)

Toʻlib-toshib yozadigan, kitoblar tavsiya qiladigan, yangi olgan suratlarimni sizlar bilan tezroq boʻlishish kayfiyatida yuradigan kunlarimni oʻzim ham qoʻmsab, xoʻrsinib qoʻyaman bir-bir. Va albatta hamma ishda hikmat bor deb oʻzimni ovutaman ham)

Nigohlarda auditoriyasi mening oilamdek boʻlib qolgan-da (siz mubolagʻaga yoʻysangiz ham shunday).

🧡 Oʻz qobigʻiga oʻralib qolish mavsumini yopiq deb eʼlon qilgan holda, sizlarning fikrlaringizni oʻqishni istayapman ayni dam.

Xoʻsh nega hali hamon men bilansiz?
Qachondan buyon kuzatasiz sahifani?
Va qanday maqsad bogʻlab turadi sizni biz bilan?

Eng hayajonli savol:
Alloh nasib qilgan, oldinda kutib turayotgan kunlarda nimalarni kutyapsiz sahifada?

Befarq qoldirmang, sizning fikringiz, har bir izoh kaminada ijobiy natijalar, yangi kitob tavsiyalari, book reviewlar, yoqimli kuz tasvirlari tushirilgan suratlar uchun turtki boʻlishi mumkin :) Biiznillah!

@nigohlarda
Har yili mamlakatda minglab talabalar oʻqish pulini toʻlay olmagani uchun institutlardan haydaladi.

Har yili yana oʻng minglab talabalar faqatgina otasining pullari boʻlgani uchungina oʻqishga kiradi va diplom oladi.

Har yili yuz minglab otalar bolasini oʻqitish uchun qullikka rozi boʻladi.

Har yili yana shuncha otalar bolasi uchun pora oladi, davlat sirlaridan koʻra hozir azizroq boʻlgan boyligini talon-taroj qiladi.

Har yili minglab oʻqituvchilar bir tiyinga qimmat ilmiy ishlarini yoqlaydi va shu ilmni talabalarga pullaydi.

Har yili qanchadan-qancha qizlar faqat oʻqish puli uchun oʻzini sotadi.

Har yili minglab onalar bolasini oʻqitish uchun oʻz jigarini davolatishdan voz kechadi.

Har yili necha yosh oʻqishga pul topish uchun Vatandan chiqib ketadi.

Har yili... har yili shu ahvol yangi boʻladi. Yasharadi, tozalanadi va takrorlanadi.

"Qoʻrqma" 📖

@nigohlarda