Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Koʻzdan oqqan yoshlaringga havaslarim kelar manim...
Qalbi qattiqlar yigʻlamas!
Diydasi qattiqlar anglamas!

@nigohlarda @kitob_book
Eng sharafli qalb - Alloh taolo fahm nuri bilan yoritgan, munavvar etgan, Alloh zikri bilan tirik qalbdir.

Ibodatlar ichida qalb oʻylarini isloh qilmoqlikdan koʻra manfaatliroq ibodat yoʻqdir.

#kitobdan @nigohlarda
​​Va nihoyat "Ishqqa yengilmayman" kitobi haqida)

Asuman(bosh qahramon qiz), mitti koʻzlaringdan oqqan yoshlaringga havaslarim kelar mening, boshqalarda topilmas kuchli eʼtiqodingga havaslarim kelar mening, fidokorona harakatlaringga havaslarim kelar mening!..

Kitob mavzusi oʻzbek oʻquvchilariga notanish boʻlmagan, bir xudosizning hidoyatga yetishishi va unga qoʻshimcha ravishda ana shu eʼtiqodsiz oʻsmirning bir muslimaga "ishq" nomi ostida tuzoq qoʻyishi, satridan, dinidan voz kechishi uchun qilgan say-harakatlari haqida. Qiziq yigit qoʻygan tuzoqqa kim tushadi?
Yakunda esa kim nimadan voz kechadi, kim nimaga erishadi?

Asarni oʻqigan oʻquvchi nafaqat badiiy estetik zavq oladi, balki Islomga oid baʼzi bilimlarni ham oʻrganib oladi. Shaxsan oʻzim oʻrganganim: "Dunyodagi birinchi hamshira musulmon - Rufayda Bint Saʼd ismli sahoba ayol boʻlganligi, unga hamshiralikni otasi umri davomida oʻrgatib kelganligi, u nafaqat birinchi hamshira balki Haybarda ilk kasalxona ochgan ayol ekanligini bilib oldim. Faxrlanib ketdim ham.

Rufaydaning qoʻllarida bugungi zamonaviy tibbiyotning qurollari va sharoitlari boʻlmagan. Ammo u oʻz davrining sharoitidan kelib chiqib muolajalar qilgan, kasbini yaxshi biladigan ,100/100 hamshira boʻlgan ekan. Endi ilk hamshira deyilsa, gʻarb va fransuz ayoli emas, Rufaydani eslayman!)

Umuman olganda, bir marta boʻlsa ham oʻqib koʻrishlik kitob qiziqqanlar uchun.

Asardan olingan xulosa: "Insonlarni shayton har qanday shaklda alday oladi!"

#bookreview @nigohlarda
​​Omina Shenlikoʻgʻli asarlarini tarjima qilayotgan tarjimonlar, asar imlosida ishlayotgan musahhihlar, kitob dizayni ustida ter toʻkayotgan dizaynerlar va nihoyat kitobni nashrdan chiqarayotgan nashriyotlar agar shu ketish boʻlsa Omina opaning oʻzbek kitobxonlari orasidagi mavqeyini tushirib yuborasizlar. Bizga har tomonlama yetuk, haqiqatda oʻrnak boʻla oladigan asarlar kerak!

Imloviy xatolarni koʻrib asabiylashib ketganimizdan asar gʻoyasi unutiladigan darajada zulm qilmang!
Bizdan oʻz biznesingiz rivoji yoʻlida foydalanmang!!!
Biz bunga loyiq emasmiz))

Hurmatli oʻquvchi, siz ham oʻz fikringizni bildiring!

@nigohlarda
Ibrohim Adham dedi:
"Dunyoni yamadik, yirtib olib dinimizdan,
Din ham ketdi, dunyo ham ketdi qoʻlimizdan.

#tasavvuf @nigohlarda
​​Qancha oʻqish emas, qanday oʻqish muhim. Toʻgʻri yoʻlni topish dunyo kitoblarining barini oʻqib chiqishda, deb oʻylasang, xato qilasan. Qurʼonning qayeriga qarama, Alloh taolo insonni "eshituvchi va koʻruvchi" qilib yaratgani haqida xabar qiladi. Yaʼni "eshitish" "koʻrish"dan oldinga qoʻyiladi. Chunki paygʻambarlar daʼvatini qabul qilishda eng faol aʼzo quloq boʻlgan, koʻz emas.

Ustozim aytgan edilar: "Aql haqni botil, botilni esa haq ekaniga dalil topib bera oladi, agar u buzilsa".

#kitobdan @nigohlarda
Valentin Borisovning: "Baxt - bu bir stakan suv, lekin daryo boʻyida emas, sahroda", degan gapi kishini oʻylashga undaydi. Demak, hozir hammamiz Islom "idish"idan boshqa "idish"larda suv qolmagan "sahro"damiz!

#kitobdanparcha @nigohlarda
"Yoʻqotganlarim va topganlarim" deya nom berdim suratga)
Sizningcha nega?

#yoöqotdimdeböylaganlarim @nigohlarda
​​Doʻstlik - ikkita, uchta, toʻrtta... tananing bir butunga aylanishi, agar sening uchta doʻsting boʻlsa, demak ikkita emas, sakkizta oyogʻing bor boʻlishidir!

Doʻstlik - u qiynalgan kunni "Mahzunlik kuni" sifatida qalb tarixingga muhrlashingdir!

Doʻstlik - sirlar ochiladigan kunda bir-biridan qochmaydigan boʻlib bu hayotda yashash demakdir!

Doʻstlik - bugun shu yerda yigʻilgan beshta doʻst sonining ertaga jannatda toʻrtta yoki uchta boʻlib qolmasligidir!

Sizlarga yana bir kuchli istak bilan tavsiya qilmoqchi boʻlgan kitobim : "Doʻstimga maktub", muallifi Shamsuddin Sadruddin.
Kichik hajmli risola, ayni milodiy 2022-yilda bitilgan. Kitobchani elektron shaklda oʻqib koʻrib, ukam ham oʻqishi kerak degan xulosaga keldim va qogʻoz holatida chiqarib oldim.

Nomidan maʼlum kitob maktublardan iborat. Yozilganlar nafaqat maktub, balki moʻmin birodarlarga eslatish, ilinish, oʻz bilganlarini baham koʻrish. "Dinda chinakam yasha, yuzasida suzib yurma!", "Koʻp kitob emas, toʻgʻri kitob oʻqi!", "Odamlar emas, odamlarning Robbi huzurida yaxshi nom bilan tanil!" nomli maktublar menga judayam maʼqul keldi. Nazarimda kitobni oʻqib koʻrgan hech bir oʻquvchi sarflagan vaqtiga afsuslanmaydi. Qiymatli, ikki dunyoda manfaatli maslahatlarga ega boʻladi.

Eng asosiysi kitobcha elektron shaklda mavjud, istagan odam oʻqishi, yaqin doʻstlariga ham ilinishi mumkin.

"Ularni bitta qabrga qoʻyinglar. Chunki ular dunyoda yaqin doʻst edilar."
(Kitobdan iqtibos✨)

#tavsiya @nigohlarda
Do‘stimga maktub.pdf
1.5 MB
Yaqin doʻstlaringizga-da ilining)

@nigohlarda
Forwarded from Siddiqa Hasan
​‼️Diqqat

🤗 Qashqadaryo ayol-qizlariga murojaat!

🥰 Siz:

— Qashqadaryo vohasida istiqomat qilasiz;
— Kitob o'qishga qiziqasiz;
— Ko'p kitob o'qib o'zingizni rivojlantirishni xohlaysiz;
— O'zingizni isloh qilish uchun birinchi qadamni qo'ymoqchisiz;
— Atrofingizda kitobxon dugonalar ko'paytirmoqchisiz;
— O'zligingizni anglab biz bilan birga barchasini boshidan boshlamoqchimisiz?

🥳 Unda biz sizni o'z safimizga taklif etamiz.

😌 Sharti atigi bitta:
— Jamoaga nega qo'shilmoqchi ekanligingizni qisqa, lo'nda jumlalar bilan ifoda etasiz, tamom!

🤓 Nega aynan Qashqadaryo?!

🙂Bu savolga o'z to'liq fikrlarimni yig'ilganimizda hammangiz bilan bo'lishaman, inshaalloh.

😊 Asosiysi esa, o'zim tug'ilgan maskanimda kitobga rag'batni oshirish, millat onalarining qo'liga kitob tutqazishga hissa qo'shish, ummat qizlarini kitob atrofiga yig'ish.

🤗 Jamoamizga qo'shilish uchun
@Siddiqaga_maktub_bot manzilimizga murojaat qiling

🧕🏻 Ayol qo'liga kitob olyaptimi, demak, hali uyg'onishga, yuksalishga umid bor!

😊 O'z sahifalari borlar postni ulashib berishingizni juda xohlardim. Sahifasi yo'qlar ham o'z tanishlaringizga yuboring, jamiyat rivojiga oz bo'lsada hissa qo'shing!

❗️Darvoqe, jamoa faqat (!) ayol-qizlar va faqat Qashqadaryo ahli uchun! Yosh chegaralanmagan!


P/s: Bu online loyiha. Sizda Telegram ilovasi bormi, demak, bizning jamoaga qoʻshila olasiz!)

❗️Loyihamiz mutlaqo bepul!

@Siddiiqa
Bizdan xavf va umid o‘rtasida turish talab etiladi. Vaziyat taqozosiga ko‘ra goh g‘am chekamiz, goh quvonamiz. Sahifalar topshirilgunga qadar umid uzilmaydi, xotirjam ham bo‘linmaydi!

@nigohlarda 🌷
أنْتَ قُمْتَ بِمَا عَلَيْكَ اُتْرُكِ البَاقِي عَلَى اللَّهِ

Siz o'z vazifangizni bajardingiz, qolganini Allohga topshiring!


@nigohlarda
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon?!

Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.

Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.

© Umar Xayyom

@nigohlarda ⏳
Nigohlarda
Do‘stimga maktub.pdf
Mana buni ulashish, ilinish desa boʻladi 🎉

@nigohlarda
Koʻpchiligimiz asabiylashganimizda sayr qilish va musiqa tinglashni yordam beradi, deb oʻylaymiz. Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi. Ayniqsa, Qurʼon oʻqiyotganda insonning pulsi moʻtadillashib, yurak bir maromda ura boshlaydi.

Mutolaaning shifobaxsh xususiyati)
@nigohlarda
Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayh ish koʻpligidan sal horgʻin koʻringanlarida yaqinlaridan biri achinib: "Bu ishingizni ertaga qoldira qoling", debdi. Shunda u zot: "Bir kunning ishi ogʻir kelmoqda-ku, ikki kunning ishi toʻplanib qolsa, qanday bajaraman", deb javob bergan ekan.

Vaqtimizni barokatli qilish maqsadida yana shu kitob mutolaasiga kirishamiz)

@nigohlarda
اَلْيَوَاقِيتُ تُوجَدُ بِالْمَوَاقِيتِ
وَالْمَوَاقِيتُ لاَ تُوجَدُ بِالْيَوَاقِيتِ

Yoqutlar topilar vaqtlar bilan
Vaqtlar topilmas yoqutlar bilan.

@nigohlarda ⏳