Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Nigohlarda
Do‘stimga maktub.pdf
Mana buni ulashish, ilinish desa boʻladi 🎉

@nigohlarda
Koʻpchiligimiz asabiylashganimizda sayr qilish va musiqa tinglashni yordam beradi, deb oʻylaymiz. Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi. Ayniqsa, Qurʼon oʻqiyotganda insonning pulsi moʻtadillashib, yurak bir maromda ura boshlaydi.

Mutolaaning shifobaxsh xususiyati)
@nigohlarda
Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayh ish koʻpligidan sal horgʻin koʻringanlarida yaqinlaridan biri achinib: "Bu ishingizni ertaga qoldira qoling", debdi. Shunda u zot: "Bir kunning ishi ogʻir kelmoqda-ku, ikki kunning ishi toʻplanib qolsa, qanday bajaraman", deb javob bergan ekan.

Vaqtimizni barokatli qilish maqsadida yana shu kitob mutolaasiga kirishamiz)

@nigohlarda
اَلْيَوَاقِيتُ تُوجَدُ بِالْمَوَاقِيتِ
وَالْمَوَاقِيتُ لاَ تُوجَدُ بِالْيَوَاقِيتِ

Yoqutlar topilar vaqtlar bilan
Vaqtlar topilmas yoqutlar bilan.

@nigohlarda ⏳
Bir kitobni óqish bilanoq tandirdan chiqqan nondek pishib, yetilib qolaman deb óylama. Bunday tushuncha seni kitob óqishdan sovutib qóyadi. Kitob oziqa moddasiga óxshaydi; hujayraga kirib, miyaga joylashadi. Sen buni doim ham sezmasliging mumkin. Yillar davomida u amaliyotda ózini namoyon qiladi.

Mutolaa sabr-toqat masalasi ekanini bilishing kerak. Madaniyating va ótmishingdan bexabar kishidan kitob borasida tavsiya olma. Kitobni xuddi dori kabi qabul qil. Foyda beradi deb turganingda, aksincha, seni zaharlashi mumkin. Bu borada juda ehtiyot boʻlishing kerak.

–Nuriddin Yildiz
#buümmetinkızı @nigohlarda
Sevikli nigohlarda sahifasining kitobsevar oilasi kim qanday kitob mutolaasi bilan band? Rasmli javob beringlar va kitobdan sizga yoqqan bir iqtibosni yozib qoldiringlar #lutfan🤓.
Aniqlaymiz eng koʻp qaysi kitob varaqlanmoqda ekan.

Men hozirgina mana shu kitobni yakunladim)

@nigohlarda
Yilning unutilmas hadyasi boʻldi, Alhamdulillah! Yetkazganiga!)
Jonday aziz singlimga qancha rahmat aytsam kamdek, quvonchim cheksiz 💚

@nigohlarda
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilgan zotlar uchun (daraxtlar) ostida anhorlar oqib turadigan jannat bordir. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir(buyuk saodatdir).
85:11

For those who believe and do righteous deeds, will be Gardens. Beneath which Rivers flow: that is the great Triumph.
85:11

Al-Buruj ✨💙

#oyatvaqti @nigohlarda
​​Sollallohu alayhi vasallam – Alloh Oʻz Paygʻambarini (farishtalarni huzurida) maqtasin va salom yuborsin!

Alayhissalom – Unga salom boʻlsin!

Roziyallohu anho – Alloh u ayoldan rozi boʻlsin!

Roziyallohu anhu – Alloh u kishidan rozi boʻlsin!

Roziyallohu anhum – Alloh ulardan rozi boʻlsin!

Roziyallohu anhumo – Alloh u ikkisidan rozi boʻlsin!

Yuqoridagi jumlalar sahobalar (Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan koʻrishgan, suhbatda boʻlgan musulmonlar)ning nomlari zikr qilinganda ishlatiladi.

@nigohlarda
Hayotingni oʻzgartirgay bir odam va bir Kalom, oʻshal inson Sen oʻzingsan, endi Soʻzni top, tamom...

@nigohlarda
​​"Bu ummatning qizi"🌷

Insoniyat uchun berilgan eng xayrli ummatning bu qizlari Odam farzandlari uchun mavjud eng oliy qadriyatdir. Ularning mavjudligi insoniyatning kafolatlanganini bildiradi. Ha, ular koʻp emas. Chunki javohir ham koʻp boʻlmaydi. Oz boʻlsalar ham asldirlar!

Turkiyalik ijodkor Nuriddin Yildiz qalamiga mansub "Bu ummatning qizi" asari bilan dastlab oʻtgan milodiy yilda tanishgandim. Kitobdagi iqtiboslar internet sahifalarida allaqachon mashhur boʻlib ulgurgan edi. Kitobning bir qismi elektron shaklda baʼzi kitobxonlar qoʻliga yetib borgan, xususan kamina katta qiziqish bilan kitobni elektron shaklini kitobcha qilib chiqarib olgan, va "Ummatning qizi" nomini oʻzimga taxallus qilib olgan edim. Shuning uchun bu gal kitobni oʻqib chiqish koʻp vaqtimni olmadi.

-Yozuvchi kitobni ummatning qizlariga va suyukli qiziga atab yozgan. Yaʼni sizga, menga, bizga! Xullas, kimki oʻzini ummatning qizi deya hisoblasa, ana shularning barcha-barchasiga.

Asardan koʻzlangan maqsad qanday?
Bu ummatning qizlariga:
• Islomda qanday oʻrin tutishlarini;
• Saodat asri xonimlaridan har jabhada oʻrnak olishlarini;
• Bugungi kun xastaligi boʻlmish, dunyoviylashishga qarshi qanday kurash olib borish kerakligini;
• Kasbi orqali qay tarzda ulkan ajr-savoblarga erisha olish mumkinligi;
• Mahramiyat masalalarini bir qator eslatib oʻtish, taʼkidlash!
(Sanasam koʻp, davomli)

Va yana xuddi bizning yurtdagi "Zikr ahlidan soʻrang" loyihasiga oʻxshash dastur orqali eng nozik mavzularda berilgan savollarga yozuvchining javoblari ham kiritilgan.

Manfaatli eslatishlarga boy boʻlgan ajoyib kitob, tavsiya qila olaman!

"Nima uchun firʼavnning saroyidan Osiyo chiqdi-yu, Kaʼbani tavof qilayotgan bu ummat qizlaridan olimalar chiqmasin?"
(Kitobdan iqtibos)

@nigohlarda
"Butun kuch qop-qorongʻi uyda qora mushukni tutishga safarbar etiladi-yu, biroq oʻsha uyda mushukning oʻzi boʻlmaydi - u allaqachon juftakni rostlagan boʻladi".

"Qatlnoma" asarini oʻqir ekanman, "Oʻtkan kunlar" filmini qayta tomosha qilishga ehtiyoj sezyapman.

@nigohlarda
Bu Ummatning qizi. Nuriddin Yildiz (1).pdf
791 KB
Juda koʻp soʻrab yozishdi, ana oʻqinglar endi. 1 soatga qolmay oʻqisa boʻladi. Yoqimli ishtaha (mutolaa) 🌷

@nigohlarda
Bugun haqida qisqacha)
Gaz yorugʻligida mutolaa qilish 💡

@nigohlarda
🌱 Sizlarga bahor kayfiyati va mitti Zezening bolalarcha iqrorini yozib qoldiraman:

"Men odamlarni ko'p o'ldiraman. Shunchaki, ularni unutib, yaxshi ko'rishdan to'xtayman va ular shu ko'yi o'lib ketaveradi..."

#şekerportakali #zeze🍊
@nigohlarda