Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Yilning unutilmas hadyasi boʻldi, Alhamdulillah! Yetkazganiga!)
Jonday aziz singlimga qancha rahmat aytsam kamdek, quvonchim cheksiz 💚

@nigohlarda
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilgan zotlar uchun (daraxtlar) ostida anhorlar oqib turadigan jannat bordir. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir(buyuk saodatdir).
85:11

For those who believe and do righteous deeds, will be Gardens. Beneath which Rivers flow: that is the great Triumph.
85:11

Al-Buruj ✨💙

#oyatvaqti @nigohlarda
​​Sollallohu alayhi vasallam – Alloh Oʻz Paygʻambarini (farishtalarni huzurida) maqtasin va salom yuborsin!

Alayhissalom – Unga salom boʻlsin!

Roziyallohu anho – Alloh u ayoldan rozi boʻlsin!

Roziyallohu anhu – Alloh u kishidan rozi boʻlsin!

Roziyallohu anhum – Alloh ulardan rozi boʻlsin!

Roziyallohu anhumo – Alloh u ikkisidan rozi boʻlsin!

Yuqoridagi jumlalar sahobalar (Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan koʻrishgan, suhbatda boʻlgan musulmonlar)ning nomlari zikr qilinganda ishlatiladi.

@nigohlarda
Hayotingni oʻzgartirgay bir odam va bir Kalom, oʻshal inson Sen oʻzingsan, endi Soʻzni top, tamom...

@nigohlarda
​​"Bu ummatning qizi"🌷

Insoniyat uchun berilgan eng xayrli ummatning bu qizlari Odam farzandlari uchun mavjud eng oliy qadriyatdir. Ularning mavjudligi insoniyatning kafolatlanganini bildiradi. Ha, ular koʻp emas. Chunki javohir ham koʻp boʻlmaydi. Oz boʻlsalar ham asldirlar!

Turkiyalik ijodkor Nuriddin Yildiz qalamiga mansub "Bu ummatning qizi" asari bilan dastlab oʻtgan milodiy yilda tanishgandim. Kitobdagi iqtiboslar internet sahifalarida allaqachon mashhur boʻlib ulgurgan edi. Kitobning bir qismi elektron shaklda baʼzi kitobxonlar qoʻliga yetib borgan, xususan kamina katta qiziqish bilan kitobni elektron shaklini kitobcha qilib chiqarib olgan, va "Ummatning qizi" nomini oʻzimga taxallus qilib olgan edim. Shuning uchun bu gal kitobni oʻqib chiqish koʻp vaqtimni olmadi.

-Yozuvchi kitobni ummatning qizlariga va suyukli qiziga atab yozgan. Yaʼni sizga, menga, bizga! Xullas, kimki oʻzini ummatning qizi deya hisoblasa, ana shularning barcha-barchasiga.

Asardan koʻzlangan maqsad qanday?
Bu ummatning qizlariga:
• Islomda qanday oʻrin tutishlarini;
• Saodat asri xonimlaridan har jabhada oʻrnak olishlarini;
• Bugungi kun xastaligi boʻlmish, dunyoviylashishga qarshi qanday kurash olib borish kerakligini;
• Kasbi orqali qay tarzda ulkan ajr-savoblarga erisha olish mumkinligi;
• Mahramiyat masalalarini bir qator eslatib oʻtish, taʼkidlash!
(Sanasam koʻp, davomli)

Va yana xuddi bizning yurtdagi "Zikr ahlidan soʻrang" loyihasiga oʻxshash dastur orqali eng nozik mavzularda berilgan savollarga yozuvchining javoblari ham kiritilgan.

Manfaatli eslatishlarga boy boʻlgan ajoyib kitob, tavsiya qila olaman!

"Nima uchun firʼavnning saroyidan Osiyo chiqdi-yu, Kaʼbani tavof qilayotgan bu ummat qizlaridan olimalar chiqmasin?"
(Kitobdan iqtibos)

@nigohlarda
"Butun kuch qop-qorongʻi uyda qora mushukni tutishga safarbar etiladi-yu, biroq oʻsha uyda mushukning oʻzi boʻlmaydi - u allaqachon juftakni rostlagan boʻladi".

"Qatlnoma" asarini oʻqir ekanman, "Oʻtkan kunlar" filmini qayta tomosha qilishga ehtiyoj sezyapman.

@nigohlarda
Bu Ummatning qizi. Nuriddin Yildiz (1).pdf
791 KB
Juda koʻp soʻrab yozishdi, ana oʻqinglar endi. 1 soatga qolmay oʻqisa boʻladi. Yoqimli ishtaha (mutolaa) 🌷

@nigohlarda
Bugun haqida qisqacha)
Gaz yorugʻligida mutolaa qilish 💡

@nigohlarda
🌱 Sizlarga bahor kayfiyati va mitti Zezening bolalarcha iqrorini yozib qoldiraman:

"Men odamlarni ko'p o'ldiraman. Shunchaki, ularni unutib, yaxshi ko'rishdan to'xtayman va ular shu ko'yi o'lib ketaveradi..."

#şekerportakali #zeze🍊
@nigohlarda
"Bizning uyda faqat qahr va koʻzyoshi tabiiy boʻlishi mumkin.

Nima boʻlgan taqdirda ham, menga bir narsa yetishmayotgandek tuyulaveradi. Meni oʻzimga keltiradigan, odamlarga odamlarning yaxshi ekanligiga ishontiruvchi qandaydir omilning yetishmasligi meni qogʻoz yuziga chizilgan ingichka chiziqdek oʻchirib borardi. Faqat kimdir qoldiqlarimni puflab, qogʻoz yuzini tozalashi va qaytadan yozib ketishi kerak edi, xolos."

#Zeze🍊 @nigohlarda
​​"Azizim, Poʻrtaxol" asari haqida

Eng avvalo, poʻrtaxol soʻzining maʼnosi haqida kitob tarjimoni Mirzohid Muzaffarning izohini yozishni lozim deb hisoblayman.

"Po'rtaxol kelib chiqishi arabcha so'z bo'lib, apelsin degan ma'noni bildiradi. Vll asrda O'rta Osiyoni fath qilgan arablar o'zlari bilan Ispaniya, aniqrog'i Andalus qirolligi va Arab yarim orolidan turli mevalar ham keltirishardi. Apelsin ham shu mevalar ichida bo'lib, u dastlab Janubiy Yevropada joylashgan Portugaliya davlatida yetishgan. Po'rtaxol esa o'z o'rnida Portugal mevasi degan ma'noni bildiradi va u o'zbek tilida mavjud so'z. Men tarjima qilish jarayonida aynan po'rtaxol so'zini tanladim, chunki maqsadim o'quvchiga yoqadigangina emas, balki unga o'z ona tilini ham o'rgatuvchi nimadir berish edi. Sizga faqat siz bilgan va tushungan narsalarni taqdim qiluvchi san'at san'at emas, balki sanoatdir."

Shu kunga qadar oʻqigan kitoblarimning hech birida mitti Zeze singari mehrga tashna bir bolakayni uchratmagandim. Va yaqin orada tugab qolmasin deya atayin sekin mutolaa qilgan biror kitobni-da eslay olmadim.

Romanda Braziliya qishloqlarining birida qashshoqlikdan yillar davomida aziyat chekib kelayotgan Vaskonseloslar oilasi haqida soʻz boradi. Bosh qahramon Zeze esa - jussasidan gʻussasi katta "odam"cha. Tasavvur qilyapsizmi, hattoki uning boʻyi sinf doskasining yarmichalik ham emas. Kichik boʻlishiga qaramay, har kim uning shoʻxliklaridan bezor, arzimagan xatolari uchun doʻpposlanadi... hatto padari , jonday aziz jigarlari tomonidan...

Ammo kunlarning birida, taqdir Zezega qilgan shoʻxliklari uchun hech jazolamaydigan, kaltaklamaydigan, xursand boʻlishi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni muhayyo qiluvchi doʻst inom etadi. Doʻsti Portuga bilan eng totli kunlarni boshdan oʻtkazadi. Haqiqiy mehrni ana shu inson bilan his qildi nazarimda.

Kitobni siz ham koʻz yoshlari bilan yopishingizga ishonaman. Zezega mehringiz tushib qolishiga esa ikki karra ishonchim komil. Bolalar uchun yozilgan kattalar kitobini oʻqib koʻrishingiz kerak, albatta!

"... chunki mehrsiz hayot, sen aytgandek maʼnosizligini tushundim..."
(asardan iqtibos 🍊)

#bookreview @nigohlarda
"–Qizim kitob sotasanmi ?
–A yoʻq :)
–Unda shuuuncha kitobni qayerdan olib kelyapsan?
–Hammasi oʻzimniki uyimga olib kelyapman."
(yoʻldagi suhbatdan)

Toʻgʻri bugun ogʻir kun boʻldi, ammo mana bu kitob javonimni boyituvchi xazinalarim charchoqlarni unuttirib yubordi)) 🎉

@nigohlarda
Suvratlar bugunimizdan)

Anavi ijod namunasi bilan kitobimni bezab qoʻygan odamchaga dil izhorlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin?) 🐣

#birozyaxshikayfiyatuchun @nigohlarda
"Fikrlashga undaydigan asarlar mutolaasida bardavom bo'l. Ummatni guruh yoki toifalarga ajratmaydigan mutafakkirlarning kitoblarini o'qi.
Ma'lum bir mavzuga yo'naltirilgan asarlarni mutolaa qil. Masalan, mavzusi batafsil tushuntirilgan yoki Badr jangi tasvirlangan manbalarni o'qi."

"Bu ummatning qizi" Nuriddin Yildiz

#foydaliiqtibos @nigohlarda
Yanvar oyi unutilmas va barokatli boʻldi, alhamdulillah)
Faqatgina "Tasavvuf" va "Qatlnoma" kitoblarini oʻqib tugatishga ulgurmadim. Xoʻsh siz bu oyda qaysi kitoblarni chala qoldirdingiz?

#suhbatvaqti @nigohlarda