Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​​"Azizim, Poʻrtaxol" asari haqida

Eng avvalo, poʻrtaxol soʻzining maʼnosi haqida kitob tarjimoni Mirzohid Muzaffarning izohini yozishni lozim deb hisoblayman.

"Po'rtaxol kelib chiqishi arabcha so'z bo'lib, apelsin degan ma'noni bildiradi. Vll asrda O'rta Osiyoni fath qilgan arablar o'zlari bilan Ispaniya, aniqrog'i Andalus qirolligi va Arab yarim orolidan turli mevalar ham keltirishardi. Apelsin ham shu mevalar ichida bo'lib, u dastlab Janubiy Yevropada joylashgan Portugaliya davlatida yetishgan. Po'rtaxol esa o'z o'rnida Portugal mevasi degan ma'noni bildiradi va u o'zbek tilida mavjud so'z. Men tarjima qilish jarayonida aynan po'rtaxol so'zini tanladim, chunki maqsadim o'quvchiga yoqadigangina emas, balki unga o'z ona tilini ham o'rgatuvchi nimadir berish edi. Sizga faqat siz bilgan va tushungan narsalarni taqdim qiluvchi san'at san'at emas, balki sanoatdir."

Shu kunga qadar oʻqigan kitoblarimning hech birida mitti Zeze singari mehrga tashna bir bolakayni uchratmagandim. Va yaqin orada tugab qolmasin deya atayin sekin mutolaa qilgan biror kitobni-da eslay olmadim.

Romanda Braziliya qishloqlarining birida qashshoqlikdan yillar davomida aziyat chekib kelayotgan Vaskonseloslar oilasi haqida soʻz boradi. Bosh qahramon Zeze esa - jussasidan gʻussasi katta "odam"cha. Tasavvur qilyapsizmi, hattoki uning boʻyi sinf doskasining yarmichalik ham emas. Kichik boʻlishiga qaramay, har kim uning shoʻxliklaridan bezor, arzimagan xatolari uchun doʻpposlanadi... hatto padari , jonday aziz jigarlari tomonidan...

Ammo kunlarning birida, taqdir Zezega qilgan shoʻxliklari uchun hech jazolamaydigan, kaltaklamaydigan, xursand boʻlishi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni muhayyo qiluvchi doʻst inom etadi. Doʻsti Portuga bilan eng totli kunlarni boshdan oʻtkazadi. Haqiqiy mehrni ana shu inson bilan his qildi nazarimda.

Kitobni siz ham koʻz yoshlari bilan yopishingizga ishonaman. Zezega mehringiz tushib qolishiga esa ikki karra ishonchim komil. Bolalar uchun yozilgan kattalar kitobini oʻqib koʻrishingiz kerak, albatta!

"... chunki mehrsiz hayot, sen aytgandek maʼnosizligini tushundim..."
(asardan iqtibos 🍊)

#bookreview @nigohlarda
"–Qizim kitob sotasanmi ?
–A yoʻq :)
–Unda shuuuncha kitobni qayerdan olib kelyapsan?
–Hammasi oʻzimniki uyimga olib kelyapman."
(yoʻldagi suhbatdan)

Toʻgʻri bugun ogʻir kun boʻldi, ammo mana bu kitob javonimni boyituvchi xazinalarim charchoqlarni unuttirib yubordi)) 🎉

@nigohlarda
Suvratlar bugunimizdan)

Anavi ijod namunasi bilan kitobimni bezab qoʻygan odamchaga dil izhorlaringizni yozib qoldirishingiz mumkin?) 🐣

#birozyaxshikayfiyatuchun @nigohlarda
"Fikrlashga undaydigan asarlar mutolaasida bardavom bo'l. Ummatni guruh yoki toifalarga ajratmaydigan mutafakkirlarning kitoblarini o'qi.
Ma'lum bir mavzuga yo'naltirilgan asarlarni mutolaa qil. Masalan, mavzusi batafsil tushuntirilgan yoki Badr jangi tasvirlangan manbalarni o'qi."

"Bu ummatning qizi" Nuriddin Yildiz

#foydaliiqtibos @nigohlarda
Yanvar oyi unutilmas va barokatli boʻldi, alhamdulillah)
Faqatgina "Tasavvuf" va "Qatlnoma" kitoblarini oʻqib tugatishga ulgurmadim. Xoʻsh siz bu oyda qaysi kitoblarni chala qoldirdingiz?

#suhbatvaqti @nigohlarda
@Zukkokitobxon nashriyoti yuborgan qaynoqqina kitoblar:

"Maqsad"(Uzluksiz ravishda mukammallashish jarayoni) – bu dunyo qanday tuzilganligi va uni qanday yaxshi tomonga oʻzgartirish mumkinligini tushunishga harakat qilayotgan odamlar haqida kitob.

"Mukammal rahbar" – izoh shart emas, nomidan qanday kitob ekanligini aniq koʻrinib turibdi.

"Taqdiringizni boshqaring" – Luiza Hey qalamiga mansub. Bu kitob ulkan rejalari bor insonlar uchun ekan. Bestseller.

"Oʻzingni qadrla" – kitobda oʻzini qadrlashning ellik usuli yozilgan ekan. Qiziq mavzu shaxsan men uchun. Dizayniga gap yoʻq, boʻlarkan-ku)

@nigohlarda - yangi kitoblar 🎉

Zukko kitobxon nashriyotiga minnatdorchilik bildiraman!
"Inson irodasining ham chegarasi bor. Shoir aytganidek, "inson dunyoga faqat irodasini sinash uchun yashamaydi". Qodiriydek matonatli inson ham vaxshiyona (fashistlarcha) qiynoqlaru azoblar natijasida "tayanch nuqtasi"dan - irodasidan mahrum boʻladi, sinadi. Inson tirik jon, issiq jon boʻlsagina - insondir; tirik insonning millionlab hujayrasi ham tirik - u har qanday qiynoqni sezadi, his etadi, qiynaladi va oxiri qiynoqlardan yuragi zada boʻlib qoladi: jilla qursa, osongina oʻlishni istaydi va oʻlganidan keyingina hech qanday azob taʼsir qilmaydi..." 🥀

"Qatlnoma"dan @nigohlarda
Nihoyat bizlarga ham bir vaqtda bir xil kitob oʻqishni Alloh nasib etdi. Oʻziga hamd!) @siddiqaspage hamrohligida suvratdagi kitob mutolaasidamiz. 🍀

Siz ham doʻstlaringiz bilan birgalikda kitob oʻqib turasizmi?

(Mushukcha nigohini aynan nima oʻgʻirlab qoʻydi ekan deb oʻylab qoldim)

@nigohlarda
Kimningdir quvonchiga, kitob oʻqishiga sababchi qilgan Allohga hamd!
Ziyoda qilsin) Juda xursandman! 🌷

@nigohlarda
Senga kitob hadya qilganni unutma.
Kitob o'qib berganni esa aslo unutma!

@nigohlarda
​​Bismillahir rohmanir rohiym!
Moʻminlarning onasi, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning suyukli rafiqalari, ilk iymon keltirgan inson Xadicha roziyallohu anho haqlarida yana bir goʻzal risola oʻqiganimdan bagʻoyat mamnunman, alhamdulillah!
Kitob qisqagina 2-3 soat mobaynida bemalol, qiynalmay mutolaa qilish mumkin. Kitob dizayniga, tanlangan shriftlarga, ranglarga gap yoʻq, kaminaga maʼqul keldi.

Shubhasiz, suyukli paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilaviy muborak hayotlari bizlarga ibrat maktabidir. Shu bilan bir qatorda, u kishining ayollari ham bizlar uchun goʻzal oʻrnak boʻladilar.

Kitob Xadicha roziyallohu anho onamizning bolalik kunlaridan tortib turli xil hayot sinovlari, paygʻambarimizga qanday nikohlanlanishlari, birga yashagan yigirma besh yillik goʻzal turmushlari, tutumlari, xulqlari va eng asosiysi paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yonlarida hamisha tirgak boʻlib turganliklari, xayrli farzandlari, Xadicha roziyallohu anho onamiz bilan bogʻliq oyat va hadislar haqida hikoya qiladi.

Yozilish uslubi juda sodda, ravon. Kitob oʻqishga endi qiziqib kelayotgan opa-singillarimizga tavsiya etiladi. 🌷
Ummat onalari–roziyallohu anhunna haqlarida oʻqib oʻrganish, turmushimizga tatbiq etish ikki dunyoda manfaatli boʻladi, inshaa Alloh!

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga jufti halol boʻlishdek ulkan baxtga muyassar boʻlgan Xadichai Kubro roziyallohu anho onamizni Alloh rahmatlarga koʻmsin.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
–Bani Isroilning eng xayrli ayoli Maryam binti Imron boʻlsa, bu ummatning eng xayrli ayoli Xadicha binti Huvayliddir! - deb marhamat qildilar".

(Hadisdan)

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh!

@nigohlarda
Ahli bayt haqida kitob oʻqish - asri saodatga boʻlgan sogʻinchni alangalatib yuboradi...

@nigohlarda
​​?..

Yoʻq, hali oldinda vido onlari,
Faqat bir qayrilib ortimga boqdim.
Meni deb yorishdi kimning tonglari,
Kimning qarogʻiga shamchiroq yoqdim?

Yirtib otmaydigan she’rlarim bormi?
Menga qarshi guvoh boʻlmasmi soʻzlar?
Ranjitganim yoʻqmi qishni, bahorni?
Rozi ketdimikan mehmon yoz, kuzlar?

Bir kuni Yuragim tilga kirganda,
Suyganim oʻzimga boʻlmasmi ziyon?
Koʻzlarim barini sotib turganda,
Meni qutqargani kelarmi Iymon?

Qanday boʻlar ekan ishonch mevasi?
Ekkan-tikkanlarim pushmon bermasmi?
Ogʻir botmasmikan qalbim shevasi?
Qattiqroq yoʻtalim isyon emasmi?!

© Behzod Fazliddin @nigohlarda