Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
"Fikrlashga undaydigan asarlar mutolaasida bardavom bo'l. Ummatni guruh yoki toifalarga ajratmaydigan mutafakkirlarning kitoblarini o'qi.
Ma'lum bir mavzuga yo'naltirilgan asarlarni mutolaa qil. Masalan, mavzusi batafsil tushuntirilgan yoki Badr jangi tasvirlangan manbalarni o'qi."

"Bu ummatning qizi" Nuriddin Yildiz

#foydaliiqtibos @nigohlarda
Yanvar oyi unutilmas va barokatli boʻldi, alhamdulillah)
Faqatgina "Tasavvuf" va "Qatlnoma" kitoblarini oʻqib tugatishga ulgurmadim. Xoʻsh siz bu oyda qaysi kitoblarni chala qoldirdingiz?

#suhbatvaqti @nigohlarda
@Zukkokitobxon nashriyoti yuborgan qaynoqqina kitoblar:

"Maqsad"(Uzluksiz ravishda mukammallashish jarayoni) – bu dunyo qanday tuzilganligi va uni qanday yaxshi tomonga oʻzgartirish mumkinligini tushunishga harakat qilayotgan odamlar haqida kitob.

"Mukammal rahbar" – izoh shart emas, nomidan qanday kitob ekanligini aniq koʻrinib turibdi.

"Taqdiringizni boshqaring" – Luiza Hey qalamiga mansub. Bu kitob ulkan rejalari bor insonlar uchun ekan. Bestseller.

"Oʻzingni qadrla" – kitobda oʻzini qadrlashning ellik usuli yozilgan ekan. Qiziq mavzu shaxsan men uchun. Dizayniga gap yoʻq, boʻlarkan-ku)

@nigohlarda - yangi kitoblar 🎉

Zukko kitobxon nashriyotiga minnatdorchilik bildiraman!
"Inson irodasining ham chegarasi bor. Shoir aytganidek, "inson dunyoga faqat irodasini sinash uchun yashamaydi". Qodiriydek matonatli inson ham vaxshiyona (fashistlarcha) qiynoqlaru azoblar natijasida "tayanch nuqtasi"dan - irodasidan mahrum boʻladi, sinadi. Inson tirik jon, issiq jon boʻlsagina - insondir; tirik insonning millionlab hujayrasi ham tirik - u har qanday qiynoqni sezadi, his etadi, qiynaladi va oxiri qiynoqlardan yuragi zada boʻlib qoladi: jilla qursa, osongina oʻlishni istaydi va oʻlganidan keyingina hech qanday azob taʼsir qilmaydi..." 🥀

"Qatlnoma"dan @nigohlarda
Nihoyat bizlarga ham bir vaqtda bir xil kitob oʻqishni Alloh nasib etdi. Oʻziga hamd!) @siddiqaspage hamrohligida suvratdagi kitob mutolaasidamiz. 🍀

Siz ham doʻstlaringiz bilan birgalikda kitob oʻqib turasizmi?

(Mushukcha nigohini aynan nima oʻgʻirlab qoʻydi ekan deb oʻylab qoldim)

@nigohlarda
Kimningdir quvonchiga, kitob oʻqishiga sababchi qilgan Allohga hamd!
Ziyoda qilsin) Juda xursandman! 🌷

@nigohlarda
Senga kitob hadya qilganni unutma.
Kitob o'qib berganni esa aslo unutma!

@nigohlarda
​​Bismillahir rohmanir rohiym!
Moʻminlarning onasi, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning suyukli rafiqalari, ilk iymon keltirgan inson Xadicha roziyallohu anho haqlarida yana bir goʻzal risola oʻqiganimdan bagʻoyat mamnunman, alhamdulillah!
Kitob qisqagina 2-3 soat mobaynida bemalol, qiynalmay mutolaa qilish mumkin. Kitob dizayniga, tanlangan shriftlarga, ranglarga gap yoʻq, kaminaga maʼqul keldi.

Shubhasiz, suyukli paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilaviy muborak hayotlari bizlarga ibrat maktabidir. Shu bilan bir qatorda, u kishining ayollari ham bizlar uchun goʻzal oʻrnak boʻladilar.

Kitob Xadicha roziyallohu anho onamizning bolalik kunlaridan tortib turli xil hayot sinovlari, paygʻambarimizga qanday nikohlanlanishlari, birga yashagan yigirma besh yillik goʻzal turmushlari, tutumlari, xulqlari va eng asosiysi paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yonlarida hamisha tirgak boʻlib turganliklari, xayrli farzandlari, Xadicha roziyallohu anho onamiz bilan bogʻliq oyat va hadislar haqida hikoya qiladi.

Yozilish uslubi juda sodda, ravon. Kitob oʻqishga endi qiziqib kelayotgan opa-singillarimizga tavsiya etiladi. 🌷
Ummat onalari–roziyallohu anhunna haqlarida oʻqib oʻrganish, turmushimizga tatbiq etish ikki dunyoda manfaatli boʻladi, inshaa Alloh!

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga jufti halol boʻlishdek ulkan baxtga muyassar boʻlgan Xadichai Kubro roziyallohu anho onamizni Alloh rahmatlarga koʻmsin.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
–Bani Isroilning eng xayrli ayoli Maryam binti Imron boʻlsa, bu ummatning eng xayrli ayoli Xadicha binti Huvayliddir! - deb marhamat qildilar".

(Hadisdan)

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh!

@nigohlarda
Ahli bayt haqida kitob oʻqish - asri saodatga boʻlgan sogʻinchni alangalatib yuboradi...

@nigohlarda
​​?..

Yoʻq, hali oldinda vido onlari,
Faqat bir qayrilib ortimga boqdim.
Meni deb yorishdi kimning tonglari,
Kimning qarogʻiga shamchiroq yoqdim?

Yirtib otmaydigan she’rlarim bormi?
Menga qarshi guvoh boʻlmasmi soʻzlar?
Ranjitganim yoʻqmi qishni, bahorni?
Rozi ketdimikan mehmon yoz, kuzlar?

Bir kuni Yuragim tilga kirganda,
Suyganim oʻzimga boʻlmasmi ziyon?
Koʻzlarim barini sotib turganda,
Meni qutqargani kelarmi Iymon?

Qanday boʻlar ekan ishonch mevasi?
Ekkan-tikkanlarim pushmon bermasmi?
Ogʻir botmasmikan qalbim shevasi?
Qattiqroq yoʻtalim isyon emasmi?!

© Behzod Fazliddin @nigohlarda
وأنا أهوى القراءة لأن عندي حياة واحدة ، وحياة واحدة لا تكفيني

عباس محمود العقاد

Men oʻqishni yaxshi koʻraman, chunki bitta hayotim bor va bitta hayot menga yetarli emas.

–Аbbos Mahmud Аqqod @nigohlarda
​​Bismillahir rohmanir rohiym!

Shak-shubhasiz, Qurʼoni karim moʻjizalarga boy kitobdir. Inson aqlini lol qoldiradigan darajadagi baʼzi bir xabarlar mavjudki, ushbu oyatlarni eshitgan kishilar "Albatta, bu mubolagʻadir", deyishlari ehtimoldan xoli emas. Keling, bugun Qurʼon oyatlarida kelgan daryo, dengiz va ummonlardagi moʻjizalar haqida oʻrganamiz.

Hayot va oʻsish uchun zarur boʻlgan barcha kimyoviy oʻzgarishlar albatta, suvsiz boʻlmaydi. Suv hayotning davom etishi, barcha koinot va nabototning yashashi uchun asosiy narsadir. Yer yuzasining toʻrtdan uch qismi suv bilan qoplangan. Suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratning bir xil saqlanib turishini taʼminlashdir. Agar shunday boʻlmaganda, yer yuzida hayot boʻlishi gumon edi. Suvning xususiyatlari juda koʻp, ularning har biri Alloh taolo suvni Oʻzining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir. Shuning uchun ham Alloh taolo Qurʼoni Karimda suv, daryo, dengiz va ummonlarni tez-tez zikr qilgan.

Alloh taolo Furqon surasida shunday marhamat qiladi:
"U, ikki dengizni–bunisi chuchuk-shirin, unisi shoʻr-achchiq qilib oqizib qoʻygan va oralariga koʻrinmas toʻsiq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir. 53
Ushbu oyati karimada koʻpchiligimiz eʼtibor bermaydigan bir ilmiy haqiqat haqida soʻz ketmoqda. U ham boʻlsa, chuchuk suvlar bilan shoʻr suvlarning aralashmasligidir. Alloh taolo yer kurrasida suvni, ular ichida esa shoʻr suvni koʻpaytirib qoʻygan. Barcha ummonlar va dengizlar suvini shoʻr, daryolar suvini esa chuchuk qilib qoʻygan.

Daryolar oqib borib, suvini dengizlarga, ummonlarga quyadi. Ammo bu bilan dengizlarning suvi chuchuk boʻlib qolmaydi, daryolarning suvi shoʻr boʻlib qolmaydi. Zotan, daryolarning suvi ham dengiz va ummonlardan bug'lanib koʻtarilgan suvdan iborat. Ushbu holat Allohning qudrati cheksizliging dalolati emasmi? Koʻpgina ilmiy nashrlarning yozishlaricha, daryo va dengizlarning qushilish joylarida ilmiy tekshirish oʻtkazgan ajnabiy olimlar ushbu haqiqatning bundan bir ming toʻrt yuz yil avval Qurʼonda zikr etilganini bilgalaridan soʻng qoyil qolishgan.Ular ushbu hodisadan Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanligini anglab yetganlar va iymon keltirib, musulmon boʻlganlar.

Suv muzlaganda zichligi kamayib, hajmi katta boʻladigan yagona moddadir. Bu xususiyatning suvda yashaydigan hayvonlar uchun ahamiyati katta. Shu xususiyat sababidan sovuq qattiq boʻlganida muz suvning ustiga koʻtariladi. Muz suv hayvonlari uchun zaruriy narsadir. Past darajali haroratda suv oʻziga kislorodni koʻp miqdorda tortadi. Muzlagan suvdan esa harorat chiqib, daryo va dengizlarda yashovchi suv hayvonlarining hayotini saqlashda gʻoyat qoʻl keladi.

Qurʼonning hikmatini qarangki, ozgina soʻzlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlarini bayon qiladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Iymon" va "Qurʼon va sunnatdagi ilmiy moʻjizalar" kitoblari asosida yozildi.

@nigohlarda
– Sizni taʼsirlantirgan nima edi?
– Qurʼon oʻqigan kishi shuni anglaydiki, Alloh u bilan "gaplashmoqda". Har bir oyat "SMS" edi goʻyo. Ichimga bir buyuk qoʻrquv kirdi. Katta-katta gunohlar qilgandim. Qurʼon gunohlarimni oldimga yoyib qoʻydi. Faqat Alloh gunohlarni afv qiladi degan oyatlarni oʻqiganimda tinchlanardim...

– Islomning qaysi jihatini sevdingiz?
– Musulmonlarning birodarlik tushunchasini sevaman. Birodarlik bogʻi qarindoshlikdan ham ustundir. 💙

#foydaliiqtibos @nigohlarda