Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​​Bismillahir rohmanir rohiym!

Shak-shubhasiz, Qurʼoni karim moʻjizalarga boy kitobdir. Inson aqlini lol qoldiradigan darajadagi baʼzi bir xabarlar mavjudki, ushbu oyatlarni eshitgan kishilar "Albatta, bu mubolagʻadir", deyishlari ehtimoldan xoli emas. Keling, bugun Qurʼon oyatlarida kelgan daryo, dengiz va ummonlardagi moʻjizalar haqida oʻrganamiz.

Hayot va oʻsish uchun zarur boʻlgan barcha kimyoviy oʻzgarishlar albatta, suvsiz boʻlmaydi. Suv hayotning davom etishi, barcha koinot va nabototning yashashi uchun asosiy narsadir. Yer yuzasining toʻrtdan uch qismi suv bilan qoplangan. Suvning xususiyatlaridan biri yer yuzidagi haroratning bir xil saqlanib turishini taʼminlashdir. Agar shunday boʻlmaganda, yer yuzida hayot boʻlishi gumon edi. Suvning xususiyatlari juda koʻp, ularning har biri Alloh taolo suvni Oʻzining maxluqlariga zarur narsa qilib yaratganligiga dalildir. Shuning uchun ham Alloh taolo Qurʼoni Karimda suv, daryo, dengiz va ummonlarni tez-tez zikr qilgan.

Alloh taolo Furqon surasida shunday marhamat qiladi:
"U, ikki dengizni–bunisi chuchuk-shirin, unisi shoʻr-achchiq qilib oqizib qoʻygan va oralariga koʻrinmas toʻsiq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir. 53
Ushbu oyati karimada koʻpchiligimiz eʼtibor bermaydigan bir ilmiy haqiqat haqida soʻz ketmoqda. U ham boʻlsa, chuchuk suvlar bilan shoʻr suvlarning aralashmasligidir. Alloh taolo yer kurrasida suvni, ular ichida esa shoʻr suvni koʻpaytirib qoʻygan. Barcha ummonlar va dengizlar suvini shoʻr, daryolar suvini esa chuchuk qilib qoʻygan.

Daryolar oqib borib, suvini dengizlarga, ummonlarga quyadi. Ammo bu bilan dengizlarning suvi chuchuk boʻlib qolmaydi, daryolarning suvi shoʻr boʻlib qolmaydi. Zotan, daryolarning suvi ham dengiz va ummonlardan bug'lanib koʻtarilgan suvdan iborat. Ushbu holat Allohning qudrati cheksizliging dalolati emasmi? Koʻpgina ilmiy nashrlarning yozishlaricha, daryo va dengizlarning qushilish joylarida ilmiy tekshirish oʻtkazgan ajnabiy olimlar ushbu haqiqatning bundan bir ming toʻrt yuz yil avval Qurʼonda zikr etilganini bilgalaridan soʻng qoyil qolishgan.Ular ushbu hodisadan Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanligini anglab yetganlar va iymon keltirib, musulmon boʻlganlar.

Suv muzlaganda zichligi kamayib, hajmi katta boʻladigan yagona moddadir. Bu xususiyatning suvda yashaydigan hayvonlar uchun ahamiyati katta. Shu xususiyat sababidan sovuq qattiq boʻlganida muz suvning ustiga koʻtariladi. Muz suv hayvonlari uchun zaruriy narsadir. Past darajali haroratda suv oʻziga kislorodni koʻp miqdorda tortadi. Muzlagan suvdan esa harorat chiqib, daryo va dengizlarda yashovchi suv hayvonlarining hayotini saqlashda gʻoyat qoʻl keladi.

Qurʼonning hikmatini qarangki, ozgina soʻzlar bilan yer yuzidagi hayotning cheksiz sirlarini bayon qiladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Iymon" va "Qurʼon va sunnatdagi ilmiy moʻjizalar" kitoblari asosida yozildi.

@nigohlarda
– Sizni taʼsirlantirgan nima edi?
– Qurʼon oʻqigan kishi shuni anglaydiki, Alloh u bilan "gaplashmoqda". Har bir oyat "SMS" edi goʻyo. Ichimga bir buyuk qoʻrquv kirdi. Katta-katta gunohlar qilgandim. Qurʼon gunohlarimni oldimga yoyib qoʻydi. Faqat Alloh gunohlarni afv qiladi degan oyatlarni oʻqiganimda tinchlanardim...

– Islomning qaysi jihatini sevdingiz?
– Musulmonlarning birodarlik tushunchasini sevaman. Birodarlik bogʻi qarindoshlikdan ham ustundir. 💙

#foydaliiqtibos @nigohlarda
–Insonlar odatda, Yevropaga ketishni orzu qilishadi, yashash sharoitlari yaxshi deya, ammo sen Sharqqa kelibsan, buning sababi nimada?
–Toʻgʻri, Yevropa moddiy jihatdan boy. Ammo boylik faqat pul bilan oʻlchanmaydi. Haqiqiy boylik iymonda, qashshoqlik esa Yaratganni tanimaslikdadir. Yevropa bu mavzuda juda kambagʻal. Sharq xalqi kinolarda koʻrganidek Yevropani yaltiroq tasavvur qiladi. Bu - xato.

Rasmlar muallifi - ukam, model - kamina 🤓

#foydaliiqtibos @nigohlarda
​​Jannatga taklifnoma Adam Uzkusa

Kitobni deyarli yoʻllarda oʻqidim, Namangandan Andijonga ketishda, Andijondan Namanganga qaytishda. Hajmi kichkinagina 120-sahifa. Muayyan voqealar rivoji asosida yozilmagan.

Dunyoning turli burchaklarida yashayotgan odamlar va ularning Islom bilan yuzlashuviga qadar boʻlgan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi. Islomga kirishiga kim/nima sabab boʻlgan kabi savollarga javob berilgan hikoya qahramonlari tomonidan. Mavzu oʻzbek kitobxonlari uchun yangilik, albatta. Ammo badiiy estetika tuymadi kamina. Tarjimalarda ham, uslubiyat tomondan ham kamchiliklar yoʻq emas.

Kitob yakunidagi muallif Adam Uzkusa haqida berilgan qisqagina maʼlumotlarga tayangan holda kitobni yozuvchi emas, jurnalist yozganligini hisobga olib, umumiy "yaxshi" bahosini bersa boʻladi.

Bir musulmon uchun boshqa din vakilining Islomni qabul qilishini xoh kitobda oʻqish, xoh televizor orqali koʻrish, xoh oddiygina eshitish juda yoqimli jarayon. Kitobdagi bir bob qahramonining hidoyat topishi meni juda taʼsirlantirdi. Angliyalik mashhur ayol jurnalist Afgʻonistonda tolibonlar qoʻliga asir tushib qoladi. Butun dunyo OAVlarida oʻn bir kun mobaynida bu voqea peshtoqlardan tushmaydi. Barcha xabarlar jurnalistning iskanjada qolganligi, unga nisbatan tajovuz qilinganligi haqida yoziladi. Ammo, u ozod boʻlganidan keyin OAVlariga oʻzini Islomni qabul qilganini aytadi. Sizningcha bunga qanday sabab boʻlgan boʻlishi mumkin?

Kitobda yuqoridagi voqeaga oʻxshash oʻn sakkizta hikoyalar yozilgan. Kitobni oʻqirkanman himmatim oshdi, kimningdir hidoyatiga sababchi boʻlish istagi xayolimdan ketmay qoldi...
Axir Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam: "Sen sababli bir kishining hidoyat topishi sen uchun qizil tuyalardan-da yaxshiroqdir"- deganlar.

#bookreview @nigohlarda
Bugun ✨

@nigohlarda
​​Inson oʻziga qilganin qilolmas hech bir foniy,
Bu laʼnati hirsni na rashk kini, na sharob, na koʻhnori berolmas.
Inson oʻziga qilganin poʻrtana, togʻ-u tosh qilolmas,
Inson oʻziga qilganin qilolmas hech bir foniy.
Tutmasa haqiqiy qoʻlni oʻz-oʻzini bir bosh qilolmas,
Inson oʻziga qilganin bir sarxush qilolmas, ayyosh qilolmas,
Qabriston oʻgʻrisi nabbosh qilolmas!..

@nigohlarda
"Kengligi osmonlaru Yerga teng, taqvodorlar uchun hozirlab qoʻyilgan jannat sari shoshilingiz!"

(Oli Imron surasi, 133-oyat)

#mutolaada💚 @nigohlarda
Stendal aytganidek, "Yaxshi kitob bu mening hayotimdagi muhim bir hodisa."
Muhim hodisalar esa hayotda muhim rol oʻynaydi. Jannat vasfini oʻqib bir soʻz bilan aytganda, "maza qildim")

@nigohlarda
​​"Biz bu dunyoni yaxshi koʻramiz, chunki u dunyoni(yaʼni jannatni) mana shu dunyoda topamiz".
–Hazrati Ali roziyallohu anhu


"Jannat vasfi" risolasi Imom Qurtubiy rohimahullohning "At-tazkiratu fiy ahvalil mavta va umuril axiro" (Jon berish holatlari va oxirat ishlaridan eslatma) kitobidan bir bobdir. Kitobda jannat tasviri, undagi Alloh taoloning behisob neʼmatlari, jannat haqidagi oyatlarning batafsil tafsirlari, sahih-hasan hadislar, sahobai kiromlar va boshqa ulugʻlarning vasflarini bayon qilingan.

Risoladan jannat ahlining bu dunyodagi sifatlari qanday, jannatlarning bir-biridan afzalligi bormi, uning neʼmatlari qanday, jannat ahliga nimalar tayyorlab qoʻyilgan, jannatiylar nima kiyadilar, nima tanovvul qiladilar, necha yoshda boʻladilar, jannatga ilk kiruvchilar kimlar, uning darajalari qanaqa, jannatga ekin, daraxt ekish qanday boʻladi kabi goʻzal savollarga qalbni hayajonga solib yuboruvchi javoblarni olasiz, inshaa Alloh!

Jannat vasfini oʻqir ekanman, qalbimda ajoyib hislar, unga nisbatan sogʻinch paydo boʻldi. Umidim kuchaydi. Shavqim toshdi.

Ammo bir narsani unutmaslik kerak.
Alloh taolo insonni yer yuziga inson sifatida yuborgan ekan, oʻz vazifasini uddalaganlar uchungina jannat hozirlab qoʻyilgan. Jannatni har qancha sogʻinmaylik, shuning oʻzi u yerga kirish uchun kifoya qilmaydi. Uning mahri bu dunyodir. Uning qiymati shu dunyoda toʻlanadi.

Ibn Vahb Ibn Zayddan rivoyat qiladi:
"Alloh taolo jannat ahlini bu dunyoda qoʻrquvchi, mahzun, koʻp yigʻlaydigan, mushfiq, shuning oqibatida oxiratda neʼmatlangan va shod boʻladilar", deb vasf etgan.


Kitob Alloh taoloning jannatiga oshiq har bir moʻmin va moʻminalar uchun qimmatli manba boʻlishiga ishonaman. Alloh bizni adl jannatlariga loyiq qilsin, amiyn!

@nigohlarda
​​Savol: –Ustoz, shu kunlarda shirk va munofiqlik juda keng yoyildi. Toʻgʻri maʼlumot olish uchun qaysi kitoblarni oʻqishimiz, qaysilaridan uzoq turishimiz kerak?

Javob: – Shunday bir oʻlchovni qoʻllashingiz mumkin: bir asarning yozilish muddati sizga yaqin boʻlgani sari, uning zarar berish ehtimoli ham ortadi. Ammo bu eski boʻlgan hamma narsaning xatosiz boʻlishi va yangi boʻlgan har narsada albatta xato boʻlishini bildirmaydi. Bizning oʻqiydigan asarlarimiz quyidagi oʻlchovlarga mos kelishi kerak:

✨Haddan oshiradigan boʻlmasligi, insonlarni kufrga olib boradigan emas, ularni najot topishlari uchun yordamchi boʻladigan holda yozilgan boʻlishi kerak.

✨Qurʼon va sunnat hukmlari ustun qoʻyilishi shart. Ulardan ustoz, shayx va olimlar fikri ustun qoʻyilmasligi kerak.

✨Mavzu biz tushunadigan darajada yozilgan boʻlishi lozim. Ulamolar uchun moʻljallab yozilgan kitoblarni oʻqish, qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarishi mumkin.

✨Unda butun ummatga moʻljallangan mavzular boʻlishi kerak. Mahalliy va segmentga tegishli boʻlgan masalalar ustun boʻlmasligi kerak.

✨Bu oxiratni eslatib, ibodat, zikr, tafakkurga ragʻbatlantirishi kerak.

Allohdan bizni oʻqishimizga va oʻqiganlarimizga amal qilishimizga imkon berishini soʻraymiz.

"Mahram javoblar" Nuriddin Yildiz

#foydaliiqtibos @nigohlarda
​​Savol: – Siz bizga Islomda yaxshi munosabatda boʻlish odoblari haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi? Bu borada farzandlarimizni qanday tarbiyalashimiz kerak?

Javob: – Chiroyli muomala haqida bir necha kitoblar yozilgan. Ularning zamonaviy uslubda yozilganlari ham bor. Bu kitoblarning hammasini oʻqish oʻrniga, men ikkita jumla bilan masalani qisqacha bayon eta olaman:
Qarshingizdagiga u siz bilan qanday munosabatda boʻlishini istasangiz, siz ham unga shunday muomalada boʻling. Farzandlaringiz sizning ushbu harakteringizni bilsinlar. Bu juda oddiy va aniq.

Nozik mavzularda va kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turuvchi savollarga javob topishni istasangiz marhamat kitobni oʻqib koʻring. #tasviya_qilaman)

Diniy-maʼrifiy bilimlaringiz yuksaladi, Biiznillah!

@nigohlarda
Nigohlarda
​​Savol: – Siz bizga Islomda yaxshi munosabatda boʻlish odoblari haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi? Bu borada farzandlarimizni qanday tarbiyalashimiz kerak? Javob: – Chiroyli muomala haqida bir necha kitoblar yozilgan. Ularning zamonaviy uslubda yozilganlari…
Asabiylashsam tez oʻqirkanman kitoblarni,bugun oʻzimdagi shu hislatni kashf qildim.
Va bonusiga imtihondan fail boʻlish havas qiladigan darajada emasliginiyam his qildim ikki karra :)
Hammasi yaxshilikka))

@nigohlarda
Mutolaa davomida sizga kitobdan tashqari yana nimalar kerak boʻladi? Choy, qahva, mevalar... degandek) 🫖☕️

#yakshanbasuhbatibizda @nigohlarda
@meningcha
@meningcha
@meningcha
Shaxsan tavsiya qilaman! 💞
​​"–Qani oʻzi?
–Kim?
–Qodiriy qani deyapman, hoʻkiz?
–Yoʻq ekan... topolmadim, - deydi askarboshi gunohkorona ohangda.
–Zudlik bilan olib keling!
–Kecha kechasi... bilmasdan otib qoʻyibmiz.
–Hayriyat, - deydi rais yengil tin olar ekan. Umuman boʻladigan ishning tezroq boʻlgani yaxshi. Boplabsan, azamat! Oliy sud nomidan senga tashakkur eʼlon qilaman!
–Shoʻro Ittifoqiga xizmat qilaman, oʻrtoq hakam!"

Kechagidek yodimda, yettinchi sinfligimda qaysidir adabiyot kechasida shoir Muhammad Yusufning "Yurtim ado boʻlmas armonlaring bor" sheʼridan parcha oʻqiganim:
Alhazar, alhazar ming bor alhazar, ana yurishipti kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir boʻlganlar, mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.

Oʻsha paytda faqatgina xayolimdan sheʼrni ifodali, taʼsirli qilib oʻqish oʻtgan xolos.Qodiriyni sotgan shoirlar kimlar, mehrobdan chiqqan chayonlar kimlar kabi savollar oʻn uch yoshli qizchaga qiziq boʻlmagan ekan...

"Qatlnoma" oʻqidik, achchiq haqiqatga yuzlandik. Hayratda qoldik, tushlarimizgacha mehmon boʻldilar Abdulla Qodiriy. Kitob haqida nimadir qoralash oson boʻlmay qoldi.

Qodiriy oʻzbeklarning milliy iftixori edi, asl farzandi edi, chin eʼtiqod sohibi edi, millat ziyolilarining eng zabardasti edi...
Qodiriyni sotganlar kimlar edi unda???

Qodiriy otildi. Oradan oʻn sakkiz yil oʻtdi va Qodiryni otuvga hukm qilgan oʻsha idora – SSSR Oliy Sudining Harbiy hayʼati... oʻz xatosini tuzatdi – goʻyo ADOLATni tikladi.
Ey inson, toptalgan adolatni, otilgan ADOLATni tiklab boʻladimi?!

Yana nima deyolaman, ey oʻzbeklar "Qatlnoma" ni oʻqing, tarixiy haqiqatni biling. Qonli fojialar takrorlanmasligi uchun, bir yoki oʻnlab ijod yulduzlarini yerga koʻmib, boshqa yulduzlarni ham asoratga soluvchi, odamlarni bir-biriga yov qiluvchi qoʻrquv saltanati qaytib kelmasligi uchun, "Qatlnoma"ning haqiqatlaridan xabardor boʻlishingiz shart!

Yurtim, ado boʻlmas armonlaring bor...

#Mutolaadagi_hamrohim – @Siddiiqa

@nigohlarda
📚🎉🎁
Happy International book giving day!
Xalqaro kitob sovgʻa qilish kuni muborak!

@nigohlarda
Kitobli kun boʻlsa kitobsevarlaring bilan)

@nigohlarda 🍋