Aqlimning bir burchagida Namiq Kamolning bir bayti chaqmoqdek chaqnadi:
"Falak har bir jafosin yigʻib keltirsin,
Bosh tortsam benomusman, millatimga xizmatdan..."
Shu ikki satrga ishonish, baytdan jasorat olish va umid qilish qanchalik alamli ekanini bilsangiz edi. Yana ichimda tobora kengayib boruvchi bo'shliq paydo boʻldi.
Oldimizda esa sarhadsiz choʻlu biyobonlar, shoʻrtuproqda qad rostlagan xurmo daraxtlari va bu zamin-choʻllar, qumlar ustida ming-minglab qalbi pok, azmu qarorli, shijoatli, iymonli Mehmetchik...(turk askarining xalq tilida erkalatib aytilishi)
Har kun kichrayib borayotgan Vatan tuproqlari...
#asardan @nigohlarda

"Bugun kitob o'qigan odam kechagi odam emas!"
(Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh)
Oʻz ona tilimizda diniy bilimlarni bemalol oʻqib-oʻrganishimizda hazratning xizmatlari juda yuksakdir. Hazratni Alloh rahmatiga olsin. Firdavs jannatlaridan joy bersin!
@nigohlarda

Bugʻdoyzorlarga bir boq, boshoqlarga koʻzing tushadi. Tik turganlarining ichi boʻsh, sen toʻlasiga nazar qil. Toʻla boshoqlar doim yerga bosh egib, ona zaminga taʼzim qiladilar. Men ham xuddi shunday, sening xayolingdan qalbi toʻlgan nargizlar kabi bosh egaman...
#asardan @nigohlarda
#asardan @nigohlarda
57-Polk Falastin (Ismoil Bilgin)
Polk soʻzi oʻzi qanday maʼno anglatadi?
–Polk soʻzi qadimiy slavyancha, qurolli kuchlar tarkibidagi qoʻshin turlaridan biri. Polkning oʻqchilar, piyoda/otliq askarlari, tank, aviatsiya, artilleriya, raketa kabi turlari boʻladi. Polk shaklidagi harbiy birlik X asrlarda vujudga kelgan va turli armiyamarda har xil nomlar bilan ataladi.
(Ensiklopediya maʼlumotlariga koʻra)
Kitobda 57-Polk askarlarining 1917-18 yillardagi inglizlarga qarshi kurash davri voqealari polk zobiti Ahmad Muzaffar tilidan hikoya qilinadi.
Asosiy janglar choʻlu biyobonlarda kechganligi uchun polk askarlari ogʻir sinovli kunlarni boshdan kechirishadi. Suvsizlik, qum boʻronlari, chigirtkalar hujumi polk askarlariga jismonan zarar bersa, har qadamda yelkadosh doʻstlaridan ajrab qolayotganligi, har qadamda shahid boʻlayotgan jangchilar, har namozlari janoza namoziga aylanayotgani ularni ruhiy toliqtirar edi...
Meni eng taʼsirlantirgan joyi qum boʻroni boʻlayotgan vaqtda bir askar oʻzini himoyaga olish oʻrniga sanjoqni(Falastin bayrogʻi) mahkam tutib, oʻzini koʻprik tirgagiga bogʻlab, oʻshani quchogʻlagancha hammayogʻi changga belansada, yuz-koʻzlari shamolda uchib kelayotgan qirrali toshlardan qonab ketsada himoya qilgani boʻldi. Zobitning "Sanjoqni oʻrab olmabsan-da?", savoliga juda goʻzal javob qaytaradi: "- Uni yopinib olsam, shamolda yirtilishi mumkin edi, tosh parchalari teshib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun yigʻishtirib, qoʻynimga solib oldim. Koʻksim unga qalqon boʻldi, chunki buni qoʻriqlash uchun jonimizni tikkanmiz. Bu yerda mening hayotim muhim emas, bayrogʻimizga ziyon yetmasligi ahamiyatliroq.." .
Ismi bilan zikr qilingan har bir askarga havas qilgudek harakter bergan ekan yozuvchi. Masalan meni eng yodimda qolganlaridan oʻnboshi Vali, Gavur Ahmad, Abdulvahob, Kamol, suv tashuvchi Umar Soqilar boʻldi.
Tabiiy ofatlar ham juda ishonarli tasvirlangan. Oqdengizdan oqayotgan siroko(garmsel) shamoli inson asab tizimlariga kuchli taʼsir oʻtkazib, odamni janjallashgisi kelaveradigan qilib qoʻyarkan. Tasavvur qiling, hamma asabiylashgan, askarlar bir-biri bilan jiqqa musht boʻlgan...
Jabhalarda, talatoʻp janglarda jon olib, jon beruvchi askarlar... Vataniga oshiq bulbullar... Oʻlimiga ham sevinch ichra yurib boruvchi yoʻlovchilar...
Xullasi kalom, asarda ana shunday quloq eshitmagan sinovlarni boshidan kechirgan 57-Polkning chanqoq askarlari haqida hikoya qilinadi. Ular jangda gʻolib boʻlishdimi yoki aksincha asarni oʻqib koʻrib, bilib olasiz.
Ahmad Muzaffarning unashtirilgan qizi Gulniholga yozgan maktublari asarga oʻzgacha ishqiy, faylasufona ruh bergan. Samimiy, dildan chiqqan maktublar...
Xulosa qilib aytganda, kitob menga maʼqul keldi. Anchadan buyon badiiy asarlarga murojaat qilmay qoʻygandim. Badiiy asarlarga qiziqishimni qaytargani uchun yozuvchidan minnatdorman!
Osmon naqadar bepoyon, son-sanoqsiz yulduzlarga toʻla. Yer yuzi-chi? U ham keng. Negadir insonlar shuncha joy boʻla turib, urush qiladi, talashib-tortishadi. Rostdan ham, insonning dushmani insonmi?(asardan)
#bookreview @nigohlarda

🌷Sen oʻz axloqing bilan boʻstonlardan-da goʻzal boʻla olursan.
–Doktor Oiz Qarniy
Ummatning qizlariga goʻzal tavsiya)
Ibrohim Ibn Adham rohimahulloh aytadilar: "Kim odamlarga mablagʻi, ovqati va ichimligi bilan koʻmak bera olmasa, tabassumi, ochiq chehrasi va goʻzal xulqi bilan yordam bersin.

Qoqilma!
Qoqilganingda oilangdan boshqasi sening qoʻlingdan tutmaydi.
📚 Islom qiziga Ihsan Shenojak

Tasallini "Ey oʻz jonlariga jabr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid boʻlmang!.." oyatidan izla!
📚 "Islom qiziga" Ihsan Shenojak
@nigohlarda
📚 "Islom qiziga" Ihsan Shenojak
@nigohlarda
Forwarded from Моё)
Ўқиш тартиби.pdf
3.6 MB
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblarining oʻqilish tartibi.