Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Haftiyagim, lolam va limon sharbatim = mening ideal kunim)
Alhamdulillah🌷

@nigohlarda
Qancha ulgʻaysam, odamlar nima deyishiga shunchalik kam eʼtibor beryapman. Buning oʻrniga ular nima qilishini kuzatyapman.. Shunaqa gaplar)

@nigohlarda
​​"Yashash...
Tabiatning eng kichik titrogʻini sezib, hayotning tekis mantiq bilan oqib ketishini tomosha qilib yashash...

Yashash...

Hammadan koʻproq, kuchliroq yashaganini - bir lahzasi umrga tatigulik hayot jo qilganini bilib yashash...

Yashash

Va bilxossa bularni ayta oladigan bir kishining borligini oʻylab, uni kutib yashash..."

Sabahattin Ali

@nigohlarda
🌊

Bir kun sizlarga dengiz boʻyida turib quyosh chiqishi va botishi muhrlangan suratlar yuboraman.

Bir kun sizlarga dengiz boʻyida turib kitoblarim(iz)ni suratini yuboraman.

Bir kun sizlarga dengiz boʻyida turib oʻsha dam qalbimdan ne hislar oʻtayotganini yozaman.

Bir kun dengiz boʻyida turib bugungi kunlarni eslab, tabassum qilib qoʻyaman.

Bir kun.. bir kun.. bir kun!

@nigohlarda
Kitob oʻqish mana shuning uchun goʻzaldir: Sendan asrlar oldin yashagan bir inson, sening ham ichingni kemirgan, koʻpincha ifodalay olmagan tuygʻularingni ta’rif qilgan bir yerlarda. Borligingdan xabari boʻlmagan insonning, sening oʻrningga gʻam qilganini koʻrish insonni rohatlantiradi.Anglaysan yolgʻiz emasligingni.

Hikmat Anil Oʻztekin

@nigohlarda
​​"Baqirmaydigan onalar" Xadicha Kubro Tongar

Men nomiga juda qiziqqan va oʻqib boʻlganimdan soʻng haqiqatda menga bilim boʻlgan bir kitob boʻldi. Nomiyam, muqovasiyam shunchaki goʻzal, yoqimli.

Kitobni Xadicha Kubro 3 boʻlimga ajratib, oʻz fikrlarini tartibli va bir-biriga uzviy bogʻliq holatda yetkaza olgan:

1. Oʻzi nega baqiramiz?
2. Baqirmaslik uchun bir daqiqa
3. Baqirmasdan bola tarbiya qilish yoʻllari

Birinchi qismida ota va ona nima sababdan farzandiga baqiradi, bolaga yoshlikdan qattiq gapirib tarbiya berilsa, ulgʻayganda qiyin boʻlmaydi qoidasiga nima uchun barcha otalar ham onalar ham yopishib olishgan, boladagi salbiy harakatlarni qabul qila olmaslik, kim xoʻjayin ekanligini koʻrsatib qoʻyish, hokazolar haqida gap boradi.

Ikkinchi qismda esa ona farzandni toʻgʻri tarbiya qila olish uchun avvalo oʻzi ruhan va jismonan yetuk, oʻzini shaxs sifatida taniydigan, turmush oʻrtogʻi bilan munosabatida muammo boʻlmagan holatda boʻlishi, tarbiya qilayotgan bolaga yosh bola deb emas rivojlanayotgan shaxs sifatida murojaat qilishi kabi mavzular bilan yozuvchi oʻz tajribalarini ulashadi.

Baqirmasdan bola tarbiya qilish yoʻllari boʻlimidan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bola tarbiyasida barchaga oʻrnak boʻluvchi usullari, saodat asirdan hikoya qilinuvchi hadislar va rivoyatlar joy olgan.

Kitobdan olingan umumiy xulosam shundan iboratki: hech kimga baqirib qilingan murojaat yoqmaydi, jumladan jajjilarga ham. Baqirish ona bola oʻrtasidagi mehr-muhabbat kanaliga tiqilib qolgan tiqin kabidir. Onalar baqirgani sayin bola uni boricha qabul qilishmayotganini his qiladi.

Koʻpchiligimizning kattalarga xos munosabatlarimuz juda hurmatli, chidamli, jahlni nazorat qila oladigan darajada boʻladi. Ammo bolaga kelganda esa mutlaqo teskarisi afsuski.

Tarbiya inson hayotida oʻta muhimdir. Ona noshud boʻlsa, bola har joyda oʻz oʻrnini topa olmaydi.Onaning ichi qanchalik sevgi, baxt, huzur va nafas bilan toʻla boʻlsa, farzand ham shunchalar baxtli, huzurmi va sevgiga toʻla boʻladi.

Hurmatli onalar, oʻzingizni va farzandingizni bosimli intizom bilan qiynamang! Hayot bir tekisda, uylaringiz hamisha ozoda, farzandingiz soʻzsiz gapingizga kiradigan(qoʻrqqanidan) boʻlganidan koʻra har qanday holatda oʻz fikrini, munosabatini sizga yetkaza oladigan darajada erkin oʻsishiga yordam bering!

#bookreview @nigohlarda
​​"Yolgʻizlikda yolgʻiz emasdir inson" deb oʻqigandim allaqayerda)

Ayni shu jumlada yashayapman. Tarki dunyo qilibmas, odamlar bilan, odamlar ichida. Deyarli mart oyi shunday yakunlanyapti. Goʻyoki bir oy ichida oʻzga olam yaratib olib, ichiga kirib olgandekman. Oldingidek doʻstlar bilan suhbatlar qiziqmas. Eng aktual mavzularga ham na ijobiy na salbiy reaksiya bildira olyapman. Ahamiyati bora-bora yoʻqolyapti barini.

Instagramda savol-javob rubrikasi oʻtkazib ham koʻrdim, yuzaki qarayapman. Qiziqmas. Oldinlari berilgan savollarga xursand/xafa boʻlib qoʻyardim oʻzimcha. Hozir bir maromda. Oʻzimga yoqyapti, atrofimdagilarga yoqmasada. Yangi olam, yangi qobiq men uchun. Balki shu holatda oʻzimni yanada yaxshi tanib olarman.

Eng qiziq joyini aytsam, shu oy bir donagina kitob oʻqidim. Baqirmaydigan onalarni, Ruhiy tarbiyani boʻlsa fevraldan buyon oʻqiyapman. Yana kitoblar olamiga tezroq qaytvolishim kerak)

🌝 Bugun tongda quyosh chiqishini tomosha qildim. Sanaga qarasam 31-mart, nimadir esdalik qilishim kerak. Sunrise boʻlaqolsin dedim.

@nigohlarda
​​Ha yana bugun ishdan chiqishimga buvim telefon qilib qoldilar, qizim biz taraflarga bir kel aylanib, olmalarimiz gulladi rasmga olasan deydilar. Qanday xursand boʻlmaydi odam bu gapga. Toʻgʻri ularnikiga bordim, uchib. Olmalar gullapti, mevasi koʻp boʻlarkan nasib qilsa. Gullaridan chiqayotgan iforniiiii) Asalarilarni aytmaysizmi *_*

Sirdosh, dildosh, maslahatdosh buvijonim Ramazonni intiq kutyaptilar. Alloh yana koʻp yillar roʻza tutishlikni buvijonimga nasib qilsin! Amiyn!

@nigohlarda
🌙
Marhabo Ramazon!
Barcha Islom ummatiga muborak boʻlsin!


@nigohlarda
Instagramda 10K boʻlganimiz munosabati bilan Mahin oʻzining bookshopidan original, inglizcha kitob yuboribdi kaminaga. Bu degani boʻldi faqat oʻzbekcha kitoblar oʻqiyvermay, tilni chuqurroq oʻrgan degani. 😌

Thanks a lot ♥️ MAHINCHIK)

@nigohlarda
"... Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamaydi ..." (Baqara surasi, 185-oyat).

Tafsir: Ro‘za mashaqqatdek tuyulsa-da, aslida u "abadiy huzurga"erishishning eng oson yo‘lidir. Alloh taolo Qur’onda yaxshi ishlarni "oson", yomon amallarni esa "qiyin" deb nomlagan. Darhaqiqat, jannatga kirishdan-da oson ish yo‘q! Jahannamga kirishdan-da qiyin ish yo‘q!

@nigohlarda
💜

"Ben bir şiirin ağlattıği, bir gülüm razı ettiği insanlardanım.."

"Men bir she’rga yig‘laydigan,
Bir gul xursand qiladigan - insonlardanman.."

@nigohlarda
To'xtamang, so'rashda davom eting, qattiq turib oling, hech qachon to'xtamang, qalbingizdagini to'kib soching...
Eng yaxshi ibodat bu - duo.
Toʻxtamang!..

@nigohlarda
​​Kun boʻyi roʻza tutdingiz

Kechasi qoim boʻldingiz

Qur’onni xatm qildingiz

Allohni zikr qildingiz

Zakot va sadaqalar berdingiz

Insonlarning hojatini chiqardingiz

Turli savobli amallarni qilaman deb oʻzingizni qiynadingiz

Soʻngra bir kishi kelib barcha savobingizni egallab oldi

Ramazonda GʻIYBAT qilishning qisqa ta’rifi ana shu!

Abdulqodir Polvonov

@nigohlarda
​​UMR–RAMAZON

Muqaddas oy ichra toʻlgʻonar kecha,
Xayoliy xitobga yoʻgʻrilar bir hol:
"Sergʻalva umringni toʻliqligicha
Ramazon oyiga aylantirib ol!"


Mushkul bir yumushdan qaynaydi tomring,
Yashamoq ne lazzat shundoq tilaksiz:
"Agar ramazonga aylansa umring,
Vafoting hayitga aylanar shaksiz!"


Xayrulla Hamidov

@nigohlarda
🦊🥀

– Вы красивые, но пустые. Ради вас не захочется умереть.

— Sizlar chiroylisizlar, ammo dilingiz bo‘m-bo‘sh. Sizlarni deb odamning qurbon bo‘lgisi kelmaydi.

@nigohlarda