Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
🌙
Marhabo Ramazon!
Barcha Islom ummatiga muborak boʻlsin!


@nigohlarda
Instagramda 10K boʻlganimiz munosabati bilan Mahin oʻzining bookshopidan original, inglizcha kitob yuboribdi kaminaga. Bu degani boʻldi faqat oʻzbekcha kitoblar oʻqiyvermay, tilni chuqurroq oʻrgan degani. 😌

Thanks a lot ♥️ MAHINCHIK)

@nigohlarda
"... Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamaydi ..." (Baqara surasi, 185-oyat).

Tafsir: Ro‘za mashaqqatdek tuyulsa-da, aslida u "abadiy huzurga"erishishning eng oson yo‘lidir. Alloh taolo Qur’onda yaxshi ishlarni "oson", yomon amallarni esa "qiyin" deb nomlagan. Darhaqiqat, jannatga kirishdan-da oson ish yo‘q! Jahannamga kirishdan-da qiyin ish yo‘q!

@nigohlarda
💜

"Ben bir şiirin ağlattıği, bir gülüm razı ettiği insanlardanım.."

"Men bir she’rga yig‘laydigan,
Bir gul xursand qiladigan - insonlardanman.."

@nigohlarda
To'xtamang, so'rashda davom eting, qattiq turib oling, hech qachon to'xtamang, qalbingizdagini to'kib soching...
Eng yaxshi ibodat bu - duo.
Toʻxtamang!..

@nigohlarda
​​Kun boʻyi roʻza tutdingiz

Kechasi qoim boʻldingiz

Qur’onni xatm qildingiz

Allohni zikr qildingiz

Zakot va sadaqalar berdingiz

Insonlarning hojatini chiqardingiz

Turli savobli amallarni qilaman deb oʻzingizni qiynadingiz

Soʻngra bir kishi kelib barcha savobingizni egallab oldi

Ramazonda GʻIYBAT qilishning qisqa ta’rifi ana shu!

Abdulqodir Polvonov

@nigohlarda
​​UMR–RAMAZON

Muqaddas oy ichra toʻlgʻonar kecha,
Xayoliy xitobga yoʻgʻrilar bir hol:
"Sergʻalva umringni toʻliqligicha
Ramazon oyiga aylantirib ol!"


Mushkul bir yumushdan qaynaydi tomring,
Yashamoq ne lazzat shundoq tilaksiz:
"Agar ramazonga aylansa umring,
Vafoting hayitga aylanar shaksiz!"


Xayrulla Hamidov

@nigohlarda
🦊🥀

– Вы красивые, но пустые. Ради вас не захочется умереть.

— Sizlar chiroylisizlar, ammo dilingiz bo‘m-bo‘sh. Sizlarni deb odamning qurbon bo‘lgisi kelmaydi.

@nigohlarda
Ortiq hech bir narsa kitoblarda oʻqiganimdek boʻlmas ekan, yon-atrofimda koʻrgan-kechirganlarimdek boʻlgandan koʻra boʻlmagani yaxshi edi, deb oʻylayapman. Achchiq tajriba oʻrniga bir umr boqiy qoluvchi yap-yangi ishq-muhabbat umidi ila yoʻlda davom etish yanada mantiqliroq va insoniyroq boʻlib koʻrinyapti menga.

@nigohlarda
Hayrat toʻla nigohlar) 🐌

@nigohlarda
"Oʻzing oʻqiyotgan kitob qahramoni bilan doʻstlashmoqdir baxt."
Siz qaysi kitob qahramoni bilan doʻst boʻlgansiz?

@nigohlarda
Mejik sitydan yuborishdi) 💙🥲

@nigohlarda @Siddiiqa
Begonamiz dunyoga mutlaq,
Bizni kitob "buzdi", birodar ...

– Behzod Fazliddin

@nigohlarda
Koʻpincha soʻrab qolishadi dinimizni qanday kitoblardan oʻrganishni boshlasam boʻladi kabi. Maqola ayni shunday savollarga muxtasar javob. Tavsiya!

https://hilolnashr.uz/index.php?route=extension/d_blog_module/post&post_id=3

@nigohlarda
Bugun instagram storyga oʻrdak bolalari ishtirokida video qoʻygandim yaxshi koʻrganimdan. Keyin esa mana shunaqa smslar yomgʻiri boʻldi. Kamina xursand 🐣

@nigohlarda