Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
​​Kun boʻyi roʻza tutdingiz

Kechasi qoim boʻldingiz

Qur’onni xatm qildingiz

Allohni zikr qildingiz

Zakot va sadaqalar berdingiz

Insonlarning hojatini chiqardingiz

Turli savobli amallarni qilaman deb oʻzingizni qiynadingiz

Soʻngra bir kishi kelib barcha savobingizni egallab oldi

Ramazonda GʻIYBAT qilishning qisqa ta’rifi ana shu!

Abdulqodir Polvonov

@nigohlarda
​​UMR–RAMAZON

Muqaddas oy ichra toʻlgʻonar kecha,
Xayoliy xitobga yoʻgʻrilar bir hol:
"Sergʻalva umringni toʻliqligicha
Ramazon oyiga aylantirib ol!"


Mushkul bir yumushdan qaynaydi tomring,
Yashamoq ne lazzat shundoq tilaksiz:
"Agar ramazonga aylansa umring,
Vafoting hayitga aylanar shaksiz!"


Xayrulla Hamidov

@nigohlarda
🦊🥀

– Вы красивые, но пустые. Ради вас не захочется умереть.

— Sizlar chiroylisizlar, ammo dilingiz bo‘m-bo‘sh. Sizlarni deb odamning qurbon bo‘lgisi kelmaydi.

@nigohlarda
Ortiq hech bir narsa kitoblarda oʻqiganimdek boʻlmas ekan, yon-atrofimda koʻrgan-kechirganlarimdek boʻlgandan koʻra boʻlmagani yaxshi edi, deb oʻylayapman. Achchiq tajriba oʻrniga bir umr boqiy qoluvchi yap-yangi ishq-muhabbat umidi ila yoʻlda davom etish yanada mantiqliroq va insoniyroq boʻlib koʻrinyapti menga.

@nigohlarda
Hayrat toʻla nigohlar) 🐌

@nigohlarda
"Oʻzing oʻqiyotgan kitob qahramoni bilan doʻstlashmoqdir baxt."
Siz qaysi kitob qahramoni bilan doʻst boʻlgansiz?

@nigohlarda
Mejik sitydan yuborishdi) 💙🥲

@nigohlarda @Siddiiqa
Begonamiz dunyoga mutlaq,
Bizni kitob "buzdi", birodar ...

– Behzod Fazliddin

@nigohlarda
Koʻpincha soʻrab qolishadi dinimizni qanday kitoblardan oʻrganishni boshlasam boʻladi kabi. Maqola ayni shunday savollarga muxtasar javob. Tavsiya!

https://hilolnashr.uz/index.php?route=extension/d_blog_module/post&post_id=3

@nigohlarda
Bugun instagram storyga oʻrdak bolalari ishtirokida video qoʻygandim yaxshi koʻrganimdan. Keyin esa mana shunaqa smslar yomgʻiri boʻldi. Kamina xursand 🐣

@nigohlarda
"Laylatul Qadr ming oydin yaxshiroqdir.Unda farishtalar va Ruh Robbilari izni bilan barcha ishlar uchun tushadir."(97:3,4)

Ibodatlaringiz qabul boʻlsin!

@nigohlarda
​​Eslolmadim, oxirgi marta qachon bu qadar kitobdagi bir qizchaning quvonchi sabab kunlab quvonib yurganimni...
Rayhon uchun chindan xursand boʻlib ketdim, umid kapalaklari qayta ucha boshladi atrofimda, xayollarimda.

Umuman turk kitoblaridan koʻnglim soviy boshlagandi. Hikmat Anil Oʻztekin bunga yoʻl qoʻymadi. Kechinmalari, iqrorlari, rivoyatlari maftun qildi. Rom etdi. Tabiat tasvirlari ifoda etilgan jumlalar Istanbul va Koʻnyo koʻchalarida sayohat qildirdi.

Anʼanaviy insonlar oqimidan yiroq qahramonlarning barchasiga mehrim tushdi. Chizib-chizib oʻqidim)

"Dunyo shunday ajib, boʻlmaydi deganlaringning hammasi boʻladi. Yiqilmayman deysan yiqilasan. Hayron boʻlmayman deysan, hayron qolasan. Eng qizigʻi, shudirki, oʻldim deysan, ammo hali yashaysan.."

@nigohlarda
👒..
Inson yolgʻizlikni ham sevishi kerak. Shu bilan birga mahzunlikni ham. Ikkisini ham yonma-yon qoʻyib totib koʻrishi zarur. Sokin saharlarda yoqasidan tutsin uni va ichida bor oʻy-firklarini sugʻurib chiqarsin tashqariga. Insonlar bilan gaplasha olmadi deya hafa boʻlmasdan, oʻzi bilan gaplashdim uzundan-uzoq jumlalar tuzgancha.

@nigohlarda