Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Turli diyorlarga safar qilish, yer yuzida aylanib sayohatlarga chiqish, turli-tuman bogʻu boʻstonlarni koʻrish, tabiat sahifasiga goʻzal moʻjizalarni yozgan qalam qudratini koʻrmoq uchun koinot kitoblariga nazar tashlamoqlik, qalbni shod qilar, gʻam-qaygʻu bulutlarini ketkazar.

Shayx Oiz Al-Qarniy

💚 1 year ago)

@nigohlarda
Mutolaada 📖

@nigohlarda
​​Sollallohu alayhi vasallam – Alloh Oʻz Paygʻambarini (farishtalarni huzurida) maqtasin va salom yuborsin!

Alayhissalom – Unga salom boʻlsin!

Roziyallohu anho – Alloh u ayoldan rozi boʻlsin! Ayollarga nisbatan ishlatiladi.

Roziyallohu anhu – Alloh u kishidan rozi boʻlsin! Erkaklarga nisbat berilganda foydalaniladi.


Roziyallohu anhumo – Alloh u ikkisidan rozi boʻlsin! Ikki kishiga nisbatan ishlatiladi.

Roziyallohu anhum – Alloh ulardan rozi boʻlsin! Ikki kishidan koʻp boʻlganlarga aytiladi.

Bu jumlalar sahobalar ( Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan koʻrishgan, suhbatda boʻlgan musulmonlar) ning nomi zikr qilinganda ishlatiladi.

@nigohlarda
Hozirgina qoʻlimga mana shu kitobni tutqazishdi. Bilasizmi kitob kimning tahrir ostida chiqqan?) Bizning Siddiqa Hasan!
Muvaffaqiyatlaringiz debochasi boʻlsin, ilohim. Muharrirning oʻziday hayajondaman.

Oʻqiyotgan barcha kitoblarimni bir chetga surib, mana shu asarni oʻqishni istab turibman ayni dam.

@nigohlarda
Oʻqi!
Oʻzingni malol va charchoqlarga toʻla bir xil hayotda yashashga mahkum qilma. Oʻqi, kitobdan kitobga koʻch. Bir hikoyadan boshqasiga oʻt. Barcha oʻqigan hikoyalaring tafsilotlari ila yasha. Uning qahramoni yangligʻ hikoya tubiga shoʻngʻi. Ana shunda zamiringda oldingidan afzal shaxs paydo boʻlganini koʻrasan!

@nigohlarda
Bugun ham bayram, ham imtihonni yaxshi topshirib oldik. Nishonlash kerak edi, buni kitoblar bilan amalga oshirdim. Tanishing mening yangi kitoblarim 🥰

@nigohlarda
Nechun chorlayverar sir toʻla samo?
Balki, kimdir bizga ilhaq koʻkda ham...

@nigohlarda
​​Uch kun kitob oʻqimasang - soʻzing qoʻpollashadi, uch kun yozmasang - qoʻling zaiflashadi. (Xitoy maqoli)

"Kitob haqida kitob" Davronbek Tojialiyev

Mana shu kitob qoʻlimga tushmaganda www.ziyo.com kutubxonasi asoschisini tanimay yuraverardim. Qiziq va biroz kulguli holat shaxsan oʻzim uchun.

Kitob haqida qisqacha maʼlumot bersam. Asosan statistik maʼlumotlarga tayanib yozilgan. Maqolalar/tadqiqotlar/suhbatlar/maʼlumotlar. Globallashuv davrida dunyo boʻyicha kitobxonlar qanaqa kitoblarni koʻproq ustun koʻrmoqda elektron yoki bosma, elektron kitoblar qogʻoz kitoblarni sindir (a)dimi, yoki aks taʼsirmi shular haqida soʻz yuritilgan kitobning dastlabki sahifalarida.

Axborot ummonida choʻkayotgan yoshlar yaʼni biz haqimizda yozilgan maqola kaminaga eng maqbul kelgani boʻldi. Tadqiqotlar jonu dilim. Oʻzbek kitobxonlari orasida eng koʻp kitoblari oʻqilayotgan yozuvchi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ekanligi odamni quvontirdi.

Suhbatlar qismida Davronbek Tojialiyev, Tohir Malik, Anvar Qori Tursunov, Mahmud Hasaniylarning kitob/kitobxonlik borasidagi fikrlari keltirilgan.

Eng qiziqlari esa maʼlumotlar bobida. Barcha davlatlarning eng yaxshi 100 kitobi, XX asrning eng yaxshi 100 kitobi, barcha davrlarning eng yaxshi 200 romani, eng qadimiy kitob, eng katta kitob, eng mashhur kitob qahramoni vahokazo)

Eng oxirida - eng qaymoq joyi :)
Kitoblar haqida aforizmlar, yozuvchilarning iqrorlari, taskin beruvchi soʻzlari oʻrin olgan. Bir soʻz bilan aytganda, qiziqarli kitob ekan.

@nigohlarda
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: "Agar qalblarimiz pok boʻlganda edi, Qurʼon oʻqishdan sira toʻymas edik".

📍 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi

@nigohlarda
كيف اكتب بكائي؟
Koʻz yoshimni qanday yozay?
)
Horgʻinlashdik... ammo sokinlashdik...

@nigohlarda
Baxt haqida kuylarmish tinmay
Baxtsiz qushchalar...

Behzod Fazliddin

@nigohlarda