Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Shunaqa doskaga yozish niyatim bor meniyam 🫠
Golden books'ga rahmat!

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
أنا لا أعيش ، أنا أحارب !

Men yashamayapman, men kurashyapman!

@nigohlarda
Tagiga chizgan kitoblarimni boshqasiga berishdan bosh tortaman. Goʻyo yaralarimni aytib berayotgandek, goʻyoki, "qara mening bu yaralarim ogʻriydi" deyotgandek...

#TurgutUyar @nigohlarda
​​"Poklik iymonning yarmidir".(hadis)

Islomda poklik, tozalikning oʻrni juda katta ahamiyatga ega. Umuman sarishtalik insonning ruhiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Sir emaski, ozodalikda fayz barokat bor. Biz musulmonlar uchun bular yangilik emas. Shunday boʻlsa-da mana bu kitob mening eʼtiborimni tortdi.

Mari Kondo - tartib-intizom boʻyicha butun dunyoga mashhur yapon maslahatchisi va bestseller "Sarishtalik sehri"ning muallifi. Asar tartib haqidagi tasavvurlaringizni butkul oʻzgartirib yuboradi.

Yaponlarda shunday qarash bor ekan: "Uyni tozalash va hojatxonadagi mukammal tozalik omad keltiradi, agar uyingiz tartibsiz boʻlsa, hojatxonani sayqallashdan natija yoʻq."

"Xonadagi tartibsizlik - boshdagi tartibsizlik", - deydi, Mari.
Chindan xona toza va tartibli boʻlsa, oʻzimizni tinglashimizga imkoniyat ortadi. Yanada muhim muammolar bilan shugʻullanishga yoʻl ochiladi. Uyimizni tartibga keltirish orqali aslida nima bilan mashgʻul boʻlishni istayotganimizni aniqlab olamiz.(Kuni shunchaki uy yumushlari bilan oʻtib ketadigan bekalar uchun ayni haq gap).

Yozuvchi tozalashdagi muvaffaqiyatning sirlaridan biri: hamma joyni chaqqonlik bilan tozalash va keraksiz buyumlardan butunlay xalos boʻlishda deya koʻp-koʻp taʼkidlaydi. Yana sirlari, usullari haqida oʻqib koʻrib oʻrganib olishingiz mumkin.

Kitobni faqat ayol-qizlarga emas, umuman hayotini tartibga keltirmoqchi boʻlgan barchaga maslahat beraman.
Tozalashni Kon Mari uslubi bilan qaytadan oʻrganing, keraksiz buyumlar bilan oʻzingizni jismoniy va ruhiy jihatdan ortiqcha narsalarga koʻmib tashlamang. Soatga titroq nigoh bilan boqishga barham bering.

"Qachondir" soʻzi "hech qachonni" anglatishini unutmang!
Sarishtalik sizni hech qachon tark etmasin! (Sarishtalikni hech qachon tark etmang!) 😉

#bookreview
@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bolalar - so'zsiz OSHIQLAR!
Savolsiz OSHIQLAR!

Hayrati tugamaydi.
Hisob - kitobsiz,
Savol - javobsiz
Davom etaveradi...
Hayratda..."

Yoqimli kutish, happy Sunday 🥰

#DeeHanim @nigohlarda
"Men dunyo tarixini oʻqib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari toʻplagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning(alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori boʻlishiga qaramay, Hazrati Muhammad soʻnggi pogʻonasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yoʻqki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa oʻta olmaydi".

Gyote, nemis shoiri

@nigohlarda
أحياناً تكون السعاده في ترك الأشياء أكتر من الحصول عليها

"Baʼzan tark qilgan ishlaring ularga ega bo'lishdan koʻra koʻproq baxt keltiradi."

Yoz fasliga barcha-barchaaa anglashlar uchun rahmat deyman!
#SalomKuz🍁

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqi!
Oʻqimoq bir qiz bolaning oʻzi uchun qila oladigan eng katta yaxshiligidir!

@nigohlarda
Bizni qay shamollar etdi yuzma-yuz,
Qaysi sukutlar-la qildik ahd-paymon,
Rost bo'lsa, osmondan umidingni uz -
Lek yerda yashash ham bo'lmaydi oson!

Endi, o'zingniki emassan, essiz,
Sochdan tirnoq qadar ishqqa tovunsan.
"Yomonsiz", - deb yaxshi ko'rasan, so'zsiz,
She'rimni o'qiysan, meni sog'insang.

Ayro bo'lmoqlikdan ayromiz, shoyad,
Shukrkim, toq dunda toq emasman men,
Sensiz baxtiqaro edim bag'oyat,
Va haliyam baxti oq emasman men!


Hali ulguramiz yonib-kuyishga ,
Bedorlik baxtini ko'ramiz baham!
Haddim yo'q Xudodan ortiq suyishga,
Haqqim yo'q ortiqroq suydirishga ham!

#Rashid Xo'jamov

@nigohlarda
Mana bu kitobni oʻqiyotganimda bugungi holatimizga mos keladigan bir jumlaga koʻzim tushdi: "... gapirganda maʼno-mazmunini hamda qanday oʻrinlarda qoʻllashni bilmagan xorijiy soʻzlar va diniy atamalardan foydalanmaslik kerak."
Ashnaqa)

@nigohlarda
Ertaga shu kitob haqida gaplashamiz, yaʼni kitob bilan sizlarni tanishtiraman.
Hozir esa 'spoki noki' 🫰🏻

@nigohlarda
Baʼzilarimiz sheʼrlarga, qoʻshiqlarga, kitoblarga suyanyapmiz. Nazarimda, endi inson insonga suyanchiq boʻla olmayapti...

#Oʻgʻuz Otay olindi)

@nigohlarda
Har yili mamlakatda minglab talabalar oʻqish pulini toʻlay olmagani uchun institutlardan haydaladi.

Har yili yana oʻng minglab talabalar faqatgina otasining pullari boʻlgani uchungina oʻqishga kiradi va diplom oladi.

Har yili yuz minglab otalar bolasini oʻqitish uchun qullikka rozi boʻladi.

Har yili yana shuncha otalar bolasi uchun pora oladi, davlat sirlaridan koʻra hozir azizroq boʻlgan boyligini talon-taroj qiladi.

Har yili minglab oʻqituvchilar bir tiyinga qimmat ilmiy ishlarini yoqlaydi va shu ilmni talabalarga pullaydi.

Har yili qanchadan-qancha qizlar faqat oʻqish puli uchun oʻzini sotadi.

Har yili minglab onalar bolasini oʻqitish uchun oʻz jigarini davolatishdan voz kechadi.

Har yili necha yosh oʻqishga pul topish uchun Vatandan chiqib ketadi.

Har yili... har yili shu ahvol yangi boʻladi. Yasharadi, tozalanadi va takrorlanadi.

"Qoʻrqma" dan

@nigohlarda
Nigohlarda
Photo
Vaʼdaboz 🫠
Agar ishlaring oʻxshamasa, qoʻlingga kitob ol, u yordam beradi.
☕️ Cappuccino'niyam unutma.

@nigohlarda
​​Odam nimanidir sogʻinib, qoʻmsab qoladiku. Shunaqa holat. Oʻzim uchun tashxis qoʻyib, oldin oʻqigan kitoblarimni sogʻingandirman deb xayol qildim. Kitoblarimga bir qator nazar tashladim. Lekin birortasi "qoʻmsash hissini" uygʻotmadi.

Kitobooknigam'ni bir boshidan sinchiklab oʻqib chiqayotgandim bir necha kundan buyon. Mana senga deb yosh Verterdan iqtibos chiqib qoldi. 2-kursligimda bir kundayoq oʻqib, keyin haftalab taʼsirlanib yurganim esimda. Gyotening tabiat tasviri, Verterning boʻlsa yaratuvchanlik qudrati oldidagi hayrati, inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar haqidagu oʻylari meni eng koʻp taʼsirlanishimga sabab boʻlgan.

Kitob menga talabaligimning eng yaxshi kunlarini eslatadi. Qayta oʻqish uchun Verterjonni tanladim. Koʻramiz bu gal nimalar oʻziga tortarkan asarda.

Haya, oʻsha iqtibosni yozmabman-ku)
"Butun qudratim, butun sevinch va iztiroblarimning manbai yagona faxrim boʻlgan qalbimdan koʻra, odamlar mendagi aql va qobiliyatni koʻproq qadrlaydi. Men bilgan narsani boshqalar har qanday odam ham bila olarku-ya, biroq bunday qalbga ega boʻlolmasligi mumkin".

@nigohlarda