Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Bizni qay shamollar etdi yuzma-yuz,
Qaysi sukutlar-la qildik ahd-paymon,
Rost bo'lsa, osmondan umidingni uz -
Lek yerda yashash ham bo'lmaydi oson!

Endi, o'zingniki emassan, essiz,
Sochdan tirnoq qadar ishqqa tovunsan.
"Yomonsiz", - deb yaxshi ko'rasan, so'zsiz,
She'rimni o'qiysan, meni sog'insang.

Ayro bo'lmoqlikdan ayromiz, shoyad,
Shukrkim, toq dunda toq emasman men,
Sensiz baxtiqaro edim bag'oyat,
Va haliyam baxti oq emasman men!


Hali ulguramiz yonib-kuyishga ,
Bedorlik baxtini ko'ramiz baham!
Haddim yo'q Xudodan ortiq suyishga,
Haqqim yo'q ortiqroq suydirishga ham!

#Rashid Xo'jamov

@nigohlarda
Mana bu kitobni oʻqiyotganimda bugungi holatimizga mos keladigan bir jumlaga koʻzim tushdi: "... gapirganda maʼno-mazmunini hamda qanday oʻrinlarda qoʻllashni bilmagan xorijiy soʻzlar va diniy atamalardan foydalanmaslik kerak."
Ashnaqa)

@nigohlarda
Ertaga shu kitob haqida gaplashamiz, yaʼni kitob bilan sizlarni tanishtiraman.
Hozir esa 'spoki noki' 🫰🏻

@nigohlarda
Baʼzilarimiz sheʼrlarga, qoʻshiqlarga, kitoblarga suyanyapmiz. Nazarimda, endi inson insonga suyanchiq boʻla olmayapti...

#Oʻgʻuz Otay olindi)

@nigohlarda
Har yili mamlakatda minglab talabalar oʻqish pulini toʻlay olmagani uchun institutlardan haydaladi.

Har yili yana oʻng minglab talabalar faqatgina otasining pullari boʻlgani uchungina oʻqishga kiradi va diplom oladi.

Har yili yuz minglab otalar bolasini oʻqitish uchun qullikka rozi boʻladi.

Har yili yana shuncha otalar bolasi uchun pora oladi, davlat sirlaridan koʻra hozir azizroq boʻlgan boyligini talon-taroj qiladi.

Har yili minglab oʻqituvchilar bir tiyinga qimmat ilmiy ishlarini yoqlaydi va shu ilmni talabalarga pullaydi.

Har yili qanchadan-qancha qizlar faqat oʻqish puli uchun oʻzini sotadi.

Har yili minglab onalar bolasini oʻqitish uchun oʻz jigarini davolatishdan voz kechadi.

Har yili necha yosh oʻqishga pul topish uchun Vatandan chiqib ketadi.

Har yili... har yili shu ahvol yangi boʻladi. Yasharadi, tozalanadi va takrorlanadi.

"Qoʻrqma" dan

@nigohlarda
Nigohlarda
Photo
Vaʼdaboz 🫠
Agar ishlaring oʻxshamasa, qoʻlingga kitob ol, u yordam beradi.
☕️ Cappuccino'niyam unutma.

@nigohlarda
​​Odam nimanidir sogʻinib, qoʻmsab qoladiku. Shunaqa holat. Oʻzim uchun tashxis qoʻyib, oldin oʻqigan kitoblarimni sogʻingandirman deb xayol qildim. Kitoblarimga bir qator nazar tashladim. Lekin birortasi "qoʻmsash hissini" uygʻotmadi.

Kitobooknigam'ni bir boshidan sinchiklab oʻqib chiqayotgandim bir necha kundan buyon. Mana senga deb yosh Verterdan iqtibos chiqib qoldi. 2-kursligimda bir kundayoq oʻqib, keyin haftalab taʼsirlanib yurganim esimda. Gyotening tabiat tasviri, Verterning boʻlsa yaratuvchanlik qudrati oldidagi hayrati, inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar haqidagu oʻylari meni eng koʻp taʼsirlanishimga sabab boʻlgan.

Kitob menga talabaligimning eng yaxshi kunlarini eslatadi. Qayta oʻqish uchun Verterjonni tanladim. Koʻramiz bu gal nimalar oʻziga tortarkan asarda.

Haya, oʻsha iqtibosni yozmabman-ku)
"Butun qudratim, butun sevinch va iztiroblarimning manbai yagona faxrim boʻlgan qalbimdan koʻra, odamlar mendagi aql va qobiliyatni koʻproq qadrlaydi. Men bilgan narsani boshqalar har qanday odam ham bila olarku-ya, biroq bunday qalbga ega boʻlolmasligi mumkin".

@nigohlarda
Photo aesthetics in September⁷ 🍂

@nigohlarda
Dars stolimga juda charchagan paytimda bir qarab "sen juda goʻzalsan, xazinalarimni minnatsiz oʻz bagʻringga olgansan", deyman-da. Keyin divanimga qarab seni esa shartsiz yaxshi koʻraman, juda qulaysan deb .... 😁

@nigohlarda
​​Instagramda obunachi yigʻish juda oson, qachonki instagram algoritmini yaxshi oʻrganib olsangiz. Bu yil reels yili instagramda. Topga olib chiqadi. Kim 'oxvat oshirmoqchi boʻlsa blog contentiga mos reels tayyorlab joylasin. 10 kun oldin joylagan reelsjonni 222412 mingta odam koʻrdi, 14600 ta odam mehrli yurakcha qoldirib ketdi va 5048 tasi oʻzi uchun saqlab oldi, 9534 odam esa yaqinlari bilan baham koʻrdi.
"Sharing is caring", deganlaridek. ❤️

Bizda salbiy qarash bor aynan shu tarmoq uchun. Meʼyorni ushlay biladiganlarga faqatgina oʻsishga yordam beradi. Dunyo boʻylab oʻzingiz tanimaydigan insonlarni kashf qilasiz. Hayotiy tajribalarini siz bilan boʻlishadi.

Toʻgʻri virtual olam boshqa real hayot boshqa deyishadi. 100% haq gapni aytishadi. Lekin odam qancha goʻzal, estetik zavq bera oladigan vositalar bilan aloqada boʻlsa oʻz hayotini ham shunga moslashga harakatga tushadi.

Miya charchashi mumkin axborot koʻpligidan va turlichaligidan. Buni yoʻli oson shunchaki sizga foydasi yoʻq contentlarni kuzatmaysiz. Yaʼni unfollov/not interested va hammasi okay) Hozircha fikrlarim shular ekan. Davomiyam boʻlishi mumkin.

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Barcha sirtini goʻzallashtirayotganda
sen qalbingni goʻzallashtir!
Hamma birovning xatosini qidirganda sen oʻz xatolaringni oʻyla."

Instagram sahifaga qoʻyilgan oxirgi reels)

@nigohlarda