Ey, birov ekmagan erka daraxtlar,
Ey, oʻzi koʻkargan gullar, maysalar. Hali tushunchamga kirmagan baxtga,
Tegishli koʻngilda nedir...
Qaysidir...
Oliy ibodatda tentiragan nur,
Eng yaqin, eng yiroq yulduzim bu Ishq. Tirnoqdan tashqari olamni ham koʻr,
Ey koʻzimga tushgan dumaloq boʻshliq! Qachon berkinadi havolangan gʻash,
Qachon muhabbatga arziyman, men ham?! Qachongacha changim, ming rangga talash, Qachon yuragimdan unar hur chaman?!
Ey!
Minnatsiz oʻsgan daraxtlar!
Gullar!
Ey, javob kutmagan goʻzal savollar! Ey, mening ongimdan oliy gulxatlar,
Keyin nima boʻlar?
Mening davomim?!
📝 Nafisa Omon
@nigohlarda

Olam ichra vujud,
Vujud ichra koʻngil,
Koʻngil ichra xotira,
Xotira ichra hech narsa qolmadi,
Uch kunda kuz keldi,
Dunyo qaridi...
–Iqbol Mirzo
@nigohlarda
Vujud ichra koʻngil,
Koʻngil ichra xotira,
Xotira ichra hech narsa qolmadi,
Uch kunda kuz keldi,
Dunyo qaridi...
–Iqbol Mirzo
@nigohlarda
Yoshlikdan eng inja orzuyim bor. Ustozlik! Boshimdagi mato sabab haligacha nasib etmadi. Har gal maktab oʻquvchilarini koʻrib qolsam, qalbim oʻksiydi. Hali hayot oldinda-ku muallimlikdan ham zerikadigan kunlaring boʻladi deb oʻzimni chalgʻitaman, ovunaman oʻz daldalarimga) Aslida shu mavzuda bir nimalar yozgim keladi, iyson boʻlmasin deya qoʻrqaman, chekinaman.
Ammo lekin, bugun bir singlim sabab Alloh ustoz soʻziga loyiq koʻribdi, hamd! His qilganlarimni original qilib yozolmadim... Oʻzi qoidasida shunaqa boʻladi-ku a?!
Rahmat, koʻp rahmat! ❤️

"Inson oliy darajadagi rohatni qiziqarli sarguzashtga, gʻalaba va yaratuvchanlikka boʻlgan kuchli ishtiyoqda topadi."
Antuan de Sent Ekzyuperi
@nigohlarda
Antuan de Sent Ekzyuperi
@nigohlarda
-Sening sayyorangda, -dedi kichkina shahzoda, -odamlar bir chamanzorda besh mingta gul oʻstirar ekanu izlaganini topa olmas ekan...
-Topolmaydi, -deb maʼqulladim.
-Xolbuki, ular izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin.
"Afsuski, koʻzlar basir. Koʻngil koʻzi bilan qidirmoq lozim."
Kichkina shahzoda

"Sen yolgʻiz emassan, yolgʻiz emassan", deya qoʻl choʻzaveradi oʻqilmagan buyuk kitoblar.
Behzod Fazliddin
@nigohlarda
Behzod Fazliddin
@nigohlarda