Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Dunyodan uzoq bir joy topsang,
kerakli kitobni olsang-da, ketsang...

@nigohlarda
Tasnim kitoblaridan yangilari)

@nigohlarda
Orzular orzuligicha qolib ketmasin..)

@nigohlarda
Olam ichra vujud,
Vujud ichra koʻngil,
Koʻngil ichra xotira,
Xotira ichra hech narsa qolmadi,
Uch kunda kuz keldi,
Dunyo qaridi...

–Iqbol Mirzo

@nigohlarda
Hamd, Oʻziga! ❤️
Yoshlikdan eng inja orzuyim bor. Ustozlik! Boshimdagi mato sabab haligacha nasib etmadi. Har gal maktab oʻquvchilarini koʻrib qolsam, qalbim oʻksiydi. Hali hayot oldinda-ku muallimlikdan ham zerikadigan kunlaring boʻladi deb oʻzimni chalgʻitaman, ovunaman oʻz daldalarimga) Aslida shu mavzuda bir nimalar yozgim keladi, iyson boʻlmasin deya qoʻrqaman, chekinaman.

Ammo lekin, bugun bir singlim sabab Alloh ustoz soʻziga loyiq koʻribdi, hamd! His qilganlarimni original qilib yozolmadim... Oʻzi qoidasida shunaqa boʻladi-ku a?!

Rahmat, koʻp rahmat! ❤️


@nigohlarda
Pushti bulutlarni orzulagan qiz)

@nigohlarda
Fall in love with you own life!

Oʻz hayotingni sevib qol!

🫰🏻

@nigohlarda
"Inson oliy darajadagi rohatni qiziqarli sarguzashtga, gʻalaba va yaratuvchanlikka boʻlgan kuchli ishtiyoqda topadi."

Antuan de Sent Ekzyuperi

@nigohlarda
Umid qilamanki, sen hech kimga ayta olmayotgan oʻz jangingda gʻalaba qozonasan.

@nigohlarda
My evening routine 🌌

@nigohlarda
-Sening sayyorangda, -dedi kichkina shahzoda, -odamlar bir chamanzorda besh mingta gul oʻstirar ekanu izlaganini topa olmas ekan...
-Topolmaydi, -deb maʼqulladim.
-Xolbuki, ular izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin.

"Afsuski, koʻzlar basir. Koʻngil koʻzi bilan qidirmoq lozim."

Kichkina shahzoda

@nigohlarda
"Sen yolgʻiz emassan, yolgʻiz emassan", deya qoʻl choʻzaveradi oʻqilmagan buyuk kitoblar.

Behzod Fazliddin

@nigohlarda