Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Yoshlikdan eng inja orzuyim bor. Ustozlik! Boshimdagi mato sabab haligacha nasib etmadi. Har gal maktab oʻquvchilarini koʻrib qolsam, qalbim oʻksiydi. Hali hayot oldinda-ku muallimlikdan ham zerikadigan kunlaring boʻladi deb oʻzimni chalgʻitaman, ovunaman oʻz daldalarimga) Aslida shu mavzuda bir nimalar yozgim keladi, iyson boʻlmasin deya qoʻrqaman, chekinaman.

Ammo lekin, bugun bir singlim sabab Alloh ustoz soʻziga loyiq koʻribdi, hamd! His qilganlarimni original qilib yozolmadim... Oʻzi qoidasida shunaqa boʻladi-ku a?!

Rahmat, koʻp rahmat! ❤️


@nigohlarda
Pushti bulutlarni orzulagan qiz)

@nigohlarda
Fall in love with you own life!

Oʻz hayotingni sevib qol!

🫰🏻

@nigohlarda
"Inson oliy darajadagi rohatni qiziqarli sarguzashtga, gʻalaba va yaratuvchanlikka boʻlgan kuchli ishtiyoqda topadi."

Antuan de Sent Ekzyuperi

@nigohlarda
Umid qilamanki, sen hech kimga ayta olmayotgan oʻz jangingda gʻalaba qozonasan.

@nigohlarda
My evening routine 🌌

@nigohlarda
-Sening sayyorangda, -dedi kichkina shahzoda, -odamlar bir chamanzorda besh mingta gul oʻstirar ekanu izlaganini topa olmas ekan...
-Topolmaydi, -deb maʼqulladim.
-Xolbuki, ular izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin.

"Afsuski, koʻzlar basir. Koʻngil koʻzi bilan qidirmoq lozim."

Kichkina shahzoda

@nigohlarda
"Sen yolgʻiz emassan, yolgʻiz emassan", deya qoʻl choʻzaveradi oʻqilmagan buyuk kitoblar.

Behzod Fazliddin

@nigohlarda
"Oʻsha paytlari rahmatli onam kutubxonada ishlar edilar. Bir kuni kelib aytadilar: "Bolam, Muhammad Sodiq oshnang har kuni bitta kitob olib oʻqib keladi. Seni majburlasa ham oʻn besh kunda bir kitob oʻqimaysan. U biz oʻyin oʻynaganimizda ham, tanaffusda ham burchakda oʻtirib, qoʻlida kitob bilan mashgʻul boʻlardi".

Shayxning marhum sinfdoshi Durbek Yusufjonov

@nigohlarda
"Sen o‘qib berasan deb olib qo‘ygan kitoblarim bor."
"Siz o‘qib berasiz deya olib qo‘ygan kitoblarim bor."

Shunday qilib ikkisi ham ilmsiz bo‘lib yuripti.


@nigohlarda
Kitob doʻkonlari aro qilgan sayohatim)
Iftahni shiori zoʻr-a?! Yoqadi rosa)

"Ochilmagan kitob foyda bermaydi".

@nigohlarda