Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Mana bu tarjima meni anchagina asabiylashtirdi.

Tarjima yaxshi qovushmagani kamdek, tahrirchi ham yaxshi ishlamagan. Geografik nomlar oyog’i osmonda bo’lib yotibdi. Yaponcha atamalarning keltirilishiga esa chidab bo’lmaydi. Na izohlangan va na tarjimon qo’shimcha qilgan.

Shunday qilib, o’zbek kitobxonlarining kuni mana shunday *san’at asarlariga qolgan!

Actually, the book is not bad, I would recommend you have to read it in English :)


@nigohlarda
Dam olish kuni uchun.
“Beauty and the Beast” 🥀men hech ham ko’rib zerikmaydigan film.

@nigohlarda
•
Books aren’t made of pages and words. They’re made of hopes, dreams and possibilities.

Nega avvalroq o’qimaganman? Axir yo’limdan juda ko’p chiqqan kitobku. Yangisi, oʻqib tugatsam yozaman.

@nigohlarda
Bugun biz @siddiiqa bilan.
Alloh ilm yo’lida oxirigacha birga qilsin, amiyn.

@nigohlarda
Bir qadam qoʻyib katta narsalar kutamiz. Lekin natija yoʻq, biz esa norozimiz.

Bu dunyoning oʻz qonunlari bor. Ulardan biri vaqt. Ko’chat bir kunda daraxt boʻlmaydi. Bola bir kunda tug’ilib, katta boʻlib qolmaydi. Bir kunda ilmli, bir kunda boy boʻlib qolmaysiz.

Toʻgʻri yoʻnalishdagi kichik-kichik davomiy qadamlar katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Ming chaqirimlik yoʻl ham birinchi qadamdan boshlanadi!

@nigohlarda
​​“Morrining seshanba darslari”

“Oʻqituvchi abadiyatga ta’sir koʻrsata oladi, uning ta’siri qayerda tugashini hech qachon bilib bo’lmaydi”.(Genri Adams)

Kitob nomiga duch kelganimda ilmiy mavzuda deb tasavvur qilgandim, aksi boʻlib chiqdi. Oʻlimdan barchamiz qoʻrqishimizga qaramasdan koʻp narsalarni keyinga surib yashaymiz. Hayotni, tirikligimizni, mana shu koinotning bir zarrasi ekanligimizni bilish kifoya qilmay qolgan.

Biz oʻzimizni baxtli his qilishimiz uchun hamisha nimadir kerak. Boylik, mansab, qanaqadir yutuqlar, diplomlar… Baxt mezonimiz cheksiz.

Morri aytganidek, moddiyatga haddan ortiq mukkasidan ketganmiz, lekin moddiyat barcha ehtiyojlarimizni qoniqtira olmaydi. Jamiyat tuzib bergan qadriyatlar bilan yashashga majbur emasmiz.

Morri kim?
Yaxshi ota, yaxshi er, yaxshi qoʻshni, yaxshi ustoz. Uning kitoblarga boʻlgan ishtiyoqini yuqtirib olmaslikning iloji yoʻq. Oxirgi nafasigacha hayotdan nimanidir oʻrganish va oʻrgatish ilinjida yashagan bir professor.

Morri mutolaa davomida menga ham ustozlik qildi. U kabi soʻnggi nafasgacha oʻzimni tarbiyalashni maqsad qildim.
Qachonlardir murabbiy Morri haqida yana oʻqisam kerak. Kitob yoqdi, bemalol tavsiya qila olaman.

@nigohlarda
Booktrovert - someone who prefers the company of fictional characters to that of real people.

Oʻqigan kitoblaridagi qahramonlarini haqiqiy hayotdagi insonlardan ko’ra yaxshi koʻruvchi kitobxon turi.

Introvert + booktrovert = me:)

@nigohlarda
Har bir insonning fikr va qarashlari oʻzining oʻlchoviga yarasha boʻladi. Odamlarga ularning oʻzlari haqida aytgan fikrlariga qarab baho bermang. Boshqalar haqida nima deyapti, shunga qarang!

Mastura boʻlmaganlarga qozining koʻzi bilan qarasangiz, “naqadar ochiq-sochiq kiyinadigan, insonlarni fitnaga soluvchi, modaga mukkasidan ketgan qiz ekan”, deysiz. Agar unga da’vatchining koʻzi ila boqsangiz, “yuzini hijob bilan berkitganida yanada goʻzal boʻlar edi”, der edingiz. Uning holatini oʻz muammoyingizga aylantirasiz. Shirin gapirasiz, yumshoq muomalar qilasiz, yengil nasihat qilasiz.

Hech qanday maqtov va tavsiyalarga muhtojligi yoʻq kitob. Tarbiyalanishimiz va yumshashimiz uchun muborak siyratni qalb ila oʻqishimiz lozim!

@nigohlarda
​​🎧 Oxirgi eshitgan eng yaxshi podcastlarimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

“Ayol kishi pul topishi kerakmi?” Ko’rgan suhbatlarim ichida eng qizg’ini. Ustoz Hasanxon Yahyo ishtiroklarida. Qizlarga ham yigitlarga ham birday manfaatli bo’lishiga ishonaman.

Ko’rish uchun:
https://youtu.be/z9vZuMPX88U

“Baraka va rizq sirlari”
Odinaxon Muhammad Sodiq, Shohida Ibragimova, Amira Rashidova, Azizaxon Toshxo’jayevalar ishtirokida. Juda samimiy suhbat, zamonamiz ayollarining bugungi kundagi eng og’riqli nuqtalari haqida. Hasadning baraka va rizqga qanday aloqadorligi bor, oilada baraka ma’suliyati faqat ayollar uchunmi shu kabi savollarga sabab, yechim, tavsiya.

Ko’rish uchun:
https://youtu.be/6kuzTwCXXFM

“Shakar ommaviy narkotik”
Shakar organizmga qanaqa ta’sir ko’rsatadi, oʻzi inson shakarsiz yashay oladimi shu va shu kabi savollarga javob topasiz. Bu videodan keyin balki siz ham shakardan voz kecharsiz.

Ko’rish uchun:
https://youtu.be/WKlA5As-rrs

Sharing is caring. 💫

@nigohlarda
To’xtash, sekinlashish, tanaffus olish - yangidan kuch yig’ish degani. Oʻzingizni ayblamang, oʻzingizni boshqalar bilan solishtirmang.

Instagramdagi qisqa video roliklar bizni biror bir maqsadga erishish istagimizni yana-da tezlashtirib yuboryapti. Aslida koʻringanidek oson ham, qiyin ham emas. Bugun nimadir oʻxshamasa ertaga oʻxshar yoki undan keyingi kun. Good things take time :)

Toʻgʻri ba’zida boshqalar bizdan oʻtib ketayotgandek yoki ortda qolayotgandek tuyuladi. Hech kimdan oldinda ham, orqada ham emasmiz. Alloh biz uchun belgilab qo’ygan vaqtda amal qilyapmiz. Uning huzurida hamma narsa mutlaq xayrli oʻlchov bilan!
Eng munosib vaqtdamiz.

@nigohlarda
“Inson uchun irodani toblashning eng yaxshi yoʻli oʻzi uchun qiyin boʻlgan ishni har kuni qilishdir”.

-Gassion

@nigohlarda
airy morning)
Suratlar oʻzimday tabiatni, yashillikni sevuvchilarga ataladi.

@nigohlarda
32. Eng yaxshi hamsuhbat Kitobdir!
Saodatning sabablari 2022
Nigohlarda oilasining har bir a’zosi eshitishi shart)
Ulashing! 📚

@nigohlarda
Multfilmlar bizda bor, ammo unutib yuborgan tuyg’ularimizni eslatib turadi.

Tomosha qilish uchun link)😇

@nigohlarda