Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Yarim oy bu yerga nimadir qoralash uchun fursat topilmadi. Oʻtgan vaqt haqida suratlar soʻzlasin. Nihoyat ingliz tilidan daraja olish ham nasib qildi. Instagramdagi faoliyatim tiklanyapti astalik bilan.

Hozir bir maqsadga erishib bo’lgandan keyingi "toʻxtalib qolish" bosqichidaman. Shu mavzuga oid bir maqolada yozilishicha bu normal holat ekan. Boshdan kechirayotganlarim inson psixologiyasiga bo’lgan qiziqishimni oshiryapti.

Yana jismoniy faolligimni oshirish uchun ham harakat qilyapman. Bu meni tez-tez yoʻqlab turuvchi stress uchun qalqonlik qiladi. Suratlarda bizning oppog’oy bilan ham tanishishingiz mumkin.

"Turkiston qayg’usi" boshlab tugata olmayotgan kitoblarim qatorida, dunyoda sodir bo’layotganlar sabab. Yengilroq kitob tanladim, oldingidek oʻzbek tilida faol mutolaamni yo’lga qo’yish uchun. Hozircha shular :)

@nigohlarda
Qishning qahratonidan qo’rqmayotgan siren. Kamera ortida kamina - hayrat nigohlari bilan. 💜

@nigohlarda
“Insonni tishlaydigan kitoblar bor. Oʻqiyotgan narsalaring boshingga bir musht tushirib, seni uyg’otmayotgan boʻlsa, foydasizdir”,- deydi Frans Kafka.

Marziya Saydam yil oxirida tasodifiy kashf etgan adibam bo’ldi. “Suv hidi” meni “tishlay oldi”. Har bir maqolaning tub mohiyatiga yeta olishga ulgura olmagan bir holatimda keyingisida nima haqida so’z ochilganligi borasidagi istagim kitobni yakunlatdi.

Kitob haqidagi fikrlarim chalkashroq, kitoblardan musht yeb turish aslida juda yaxshi narsa. O’qib ko’ring va men kabi o’ylarga tolib qoling.

@nigohlarda
Yaltirashni xohlaysan lekin
nega ishqalanishga chidab bermaysan?!
-Rumiy

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kulfat shundaki:
“Musulmonlar oʻzining dini, oʻzining manbasi qolib boshqa tomondan najot qidirib yuribdi. Oʻzining qasri qolib, birovning kulbasidan boshpana so’rayapti.”
(Hasanxon Yahyo Abdulmajid)

Toʻliq suhbat uchun havola.

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham osmonni rasmga olib yuradigan qizlardanmisiz? 🤭

@nigohlarda
… uch yarim kunlik umrimizni oʻzimizga zahar qilmaslik uchun na oʻtmishdagi hayotimizga va na qoʻldan chiqargan fursatlarimizga, na kelajakdagi orzularga quloq solmay, bugungi kunimizni qadrlab yashashimiz kerak.

Hayotda hech narsa bizning orzumizga tobe emas. Garchi, bu bir falokat, lekin yaratilish bizga bu falokatni yengillatadigan bir vosita ham bergan, ya’ni atrofni ibrat koʻzi bilan tomosha qilish qobiliyatini.

"Ichimizdagi shayton"

@nigohlarda
Dekabr oyida oʻqigan kitoblarim. Ochig’i review yozishdan ancha chiqib qolgan koʻrinaman.

Sababi esa doimiy yozib turmaganim. Jimgina oʻqib yurish qulayroqdek nazarimda. Ammo 2024-yilda book reviewlar ko’p boʻlishiga va’da beraman.

Rasmdagi kitoblardan qay biri haqida yozishimni xohlaysiz? @nigohlardabot ga yozishingiz mumkin.

@nigohlarda
Orzuyimdagi kitobjavon kitoblari bilan. Ayniqsa soya bilan perfect)

@nigohlarda
​​Eng koʻp soʻralgan kitoblardan biri “Fantom ogʻrigʻi” haqida:

Kitob yozuvchining kichik maqola va postlarining jamlanmasi. Bundan oldin “Suv hidi” kitobini oʻqigandim, ikkisi ham bir yoʻnalishdagi kitoblar.

Men kabi koʻplarda ham “Fantom ogʻrigʻi” nima oʻzi degan savol paydo boʻlgani aniq. Tibbiyotda chindan shundan termin mavjud( “Фантомная боль”). Bu nima degani? Tanadan kesib tashlangan organ asab tolalarining merosi miyada saqlanib qolishi.

Marziya Saydam adabiyotshunos, adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinovning muxlisi ekanligini, “Jahon adabiyoti” jurnalini aynan shu adibning publisistik maqolalari uchun sotib olib oʻqishini alohida ta’kidlagan. Ozod Sharafiddinov umrining soʻngi yillarida shakar(diabet) kasalligiga chalingan va doktorlar uning bir oyog’ini kesib tashlashga majbur boʻlishgan. U kishi doim doktorlarga kesib tashlangan oyog’ining bosh barmogʻi yoki tovoni ogʻrishidan shikoyat qilgan ekan. Doktorlar ham jiddiy muolaja qilib, ogʻriq uchun dorilar yozishgan.

Marziya Saydam esa oʻzining vatandan ayro yashash, uni hamisha qo’msash og’rig’ini fantom ogʻrigiga tenglashtirgan ushbu maqolasida. Takrorlanmas oʻxshatuv. Yozuvchining turkona ruhi (turk yozuvchilarining uslubiga oʻxshashligi) shundoq sezilib turadi. Bir qissa ming hissa an’anasidan ham foydalanilgan.

“Aslida, kasalliklarning oʻzi vujudimizda, ildizi ruhimizdadir. Buni do’xtirlarning hammasi ham bilavermaydi. Bu meros ogʻrigʻi mening ruhimni qaqshatadi.”
(Yozuvchidan iqtibos)

@nigohlarda
Avtobus derazasidan qarab ketsang uzoq-uzoqlarga,
Masofalar suvratini olib ko'zlarga.
Xususan, oy bulutlar orasiga berkinib tursa…. (Rauf Parfi)

Yoʻllarni yaxshi koʻraman, ular sogʻinganlarimga eltadi.

@nigohlarda
We are readers, of course we’re going to judge a book by its cover.

We are readers, of course we don’t like spoilers.

We are readers, of course the book is better than the movie.

We are readers, of course we fall in love with fictional characters.


We are readers, of course we’re going to be excited about cancelled plans because it means we can stay home to read.

@nigohlarda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha instagram sahifamga shu videoni joylagandim. Bir qiz shunday komentariya qoldirgan:
“Kitobdagi ozgina narx ko'tarilishi sizni o'ylantiradi lekin kiyimga kelsak eng zori va chiroylisini qimmat bo'lsa ham olishni hohlaymiz kiyimga mehr
qoyganchalik kitobga ham mehr qo'ysak shu biz un yuksalish manimcha”

500 dan ortiq kitobim bor, kiyimlarim eng ko’pi bilan 5-6 xil. Menimcha bunday izohlarni deyarli kitob sotib olmaydiganlar yozishadi. Bu hisni faqatgina doimiy kitob sotib oluvchilargina tuyishadi. Oʻzi doimiy kitob olib oʻqimaydi lekin qancha bo’lsayam kitoblar shu narxga arziydi deb yuraveradi.

Hozirda ziyoli qatlam va faol kitobxon boʻlish uchun choʻntak ham baquvvat boʻlishi kerak.
Sizningchachi?

@nigohlarda
Kitob oʻqish mana shuning uchun goʻzaldir: Sendan asrlar oldin yashagan bir inson, sening ichingni-da kemirgan, koʻpincha ifodalay olmagan tuygʻularingni ta’rif qilgan bir yerlarda.

Borligingdan xabari boʻlmagan insonning, sening oʻrningga gʻam qilganini koʻrish insonni rohatlantiradi. Anglaysan yolgʻiz emasligingni.


@nigohlarda