Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha instagram sahifamga shu videoni joylagandim. Bir qiz shunday komentariya qoldirgan:
“Kitobdagi ozgina narx ko'tarilishi sizni o'ylantiradi lekin kiyimga kelsak eng zori va chiroylisini qimmat bo'lsa ham olishni hohlaymiz kiyimga mehr
qoyganchalik kitobga ham mehr qo'ysak shu biz un yuksalish manimcha”

500 dan ortiq kitobim bor, kiyimlarim eng ko’pi bilan 5-6 xil. Menimcha bunday izohlarni deyarli kitob sotib olmaydiganlar yozishadi. Bu hisni faqatgina doimiy kitob sotib oluvchilargina tuyishadi. Oʻzi doimiy kitob olib oʻqimaydi lekin qancha bo’lsayam kitoblar shu narxga arziydi deb yuraveradi.

Hozirda ziyoli qatlam va faol kitobxon boʻlish uchun choʻntak ham baquvvat boʻlishi kerak.
Sizningchachi?

@nigohlarda
Kitob oʻqish mana shuning uchun goʻzaldir: Sendan asrlar oldin yashagan bir inson, sening ichingni-da kemirgan, koʻpincha ifodalay olmagan tuygʻularingni ta’rif qilgan bir yerlarda.

Borligingdan xabari boʻlmagan insonning, sening oʻrningga gʻam qilganini koʻrish insonni rohatlantiradi. Anglaysan yolgʻiz emasligingni.


@nigohlarda
Kitobparastlik, kitobxoʻrlik va kitobxonlik

Kitobparastlar oʻzlarini ma’rifatli qilib ko’rsatish uchungina kitob yig’adilar. Yiqqanlari xashaki narsami, durdona asarmi - ularga farqi yoʻq, jildli kitoblar terilib tursa bas.

Kitobxoʻrlar qoʻllariga nima tushsa oʻqiyveradilar.

Kitobxonlar esa izlab, saralab, mohiyatini anglashga astoydil intilib oʻqiydilar. Va dunyoni jaholatdan, tanazzuldan va boshqa turli ofatlardan asrab qoladilar.

- Temirpoʻlat Tillayev

Kitobxonlardan boʻlaylik!


@nigohlarda
​​Titroq novdalarda uyg’onar hayot,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashil tuyg’ulardan chayqalasan shod,
Fevral o’tib borar, yaqinlashar mart.

Musaffo ruhingni alqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to’ldirar eng go’zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo’llaring.

Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday go’zal.
Ikki fasl sening ko’nglingga qarar,
Ko’nglingni avaylab qisqarar fevral.

Uning himmati keng toki sen borsan,
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga.
Kundan kun go’zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.

Havasim sengadir, shodlik ortmoqda,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o’tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.

29.02.2024

@nigohlarda
Fevral oyi Forrest Gamp bilan yakunlangandi. Yozda filmini ko’rganimda yaxshi taassurotlar olgandim. Odatdagidek, film va kitob oʻrtasida farqlar talaygina.
Forrestning bir gapi juda yoqdi: “I’m not a smart man but I know what love is”.

Qolgan ikki kitoblar esa jarayonda, ya’ni oʻqilmoqda.

@nigohlarda
«Ehtimol, yovvoyiligim va odamoviligimning sababi kitoblarda tanishgan va oʻzimga oʻxshagan insonlarni atrofimdan topa olmaganimdir… »

Eng yaxshi koʻrgan asarimdan)

@nigohlarda
Kecha biz mana shu kutubxonaga tashrif buyurdik. Orzularimdan biri edi bu yer. 🤩💫

📍Starfield library in Suwon, South Korea

@nigohlarda