Nigohlarda
1.4K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Inson qancha til bilmasin, qancha dunyo kezmasin, baribir oʻz ona tiliga muhtojdir.

Robbisiga mana shu ona tili orqali yuzlanadi, qalbining eng tubidan chiqayotgan soʻzlari ham shubhasiz ona tilida bo’ladi. Yig’lasa ham ona tilida, quvonganda ham ona tilida quvonadi. Kimsa bilan baham koʻrilmaydigan hislarining tili ham aynan ona tili bilandir.

Oʻzbekistondaligimda koʻproq chet tillarida yozilgan kitoblar oʻqishga harakat qilardim. Hozir esa oʻzbekcha kitoblarning humori tutadi. Talabaligim yodimga tushadi, “Otamdan qolgan dalalar” yodimga tushadi, “Yulduzli tunlar”, “Tushda kechgan umrlar” yodimga tushadi. Sog’inaman, qoʻmsayman, qayta-qayta varaqlab yana shu asarlarga toʻygim keladi. Inson baribir oʻzligidan kecha olmaydi…

Kamina mana shu post orqali oʻzbek tilidagi kitoblarini qizg’onmay, men bilan baham ko’rayotgan kitobsevar opa-singillarimga rahmat aytib qolaman.

Sezganingizdek, kuchli vatan sog’inchi ila yozilgan post.

@nigohlarda
I hope you win the war you tell no one about.

Umid qilamanki, sen hech kimga ayta olmaydigan oʻz jangingda gʻalaba qozonasan.

#tarjima
@nigohlarda
Dushanba. Yashillik. Qushlar ovozidan mast boʻlayotgan men. 10 ming qadam. 💚

@nigohlarda
Anyone who still reads novels in this world of technology is my friend without introduction.

@nigohlarda