Nigohlarda
1.41K subscribers
1.09K photos
101 videos
15 files
248 links
Download Telegram
Hazrat Navoiy rahmatullohi alayhning “Xamsa”bitishda tutgan yo'li,asosi va maqsadi “Hayrat-ul abror”dostonining kirish qismida XIlI bobda, o'zidan oldingi xamsanavislar - Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy rahmatullohi alayhim vasfida so'z yurita turib aytgan quyidagi baytlarida ham aks etgan:

It kibi chun pastlig'im chog'ladim,
O'zni biyiklar ipiga bog'ladim.
Bo'lsa alar ozimi dashti adam,
Man ham o'lay soya kibi hamqadam.
Kahfi bago ichra alar boʻlsa gum,
Man ham o'lay robi’uhum kalbuhum.


It kabi pastiligimni bilib, o'zimni ulug'lar ipiga bog'ladim. Ular fano -
yo'qlik dashti sari azm qilsalar, men ham ularga soya kabi hamroh boʻlay. Ular baqo g'origa kirib yo'q boʻlsalar, men ularning to'rtinchilari - itlari bo'lay.

Shoir bu yerda Qur'onda zikr qilingan As'hobi Kahf hikoyasiga ishora qilib, o'zining holatini unga tashbeh qilmoqda. Kahf egalari qissasi Sharq adabiyotida keng qo'llanadigan zarbulmasallardan biri hisoblanadi. Unda o'z iymon-e'tiqodini saqlash maqsadida yurtini tark etib, g'orga yashiringan yigitlar va ularning ortidan yurib ulug' martaba topgan, ular bilan birga uch yuz yil uxlab, yana hayotga qaytgan va tarix zarvaraqlarida o'sha ulug' insonlar qatori esga olinadigan bir it haqida soʻz ketadi.

Navoiy mazkur baytlarda oʻzining ma’naviy ustozlari, xamsanavislik asoschilarini oʻsha yigitlarga, oʻzining tutgan oʻrnini esa ularga ergashgan itning holatiga tashbeh qilmoqda. Shu bilan birga, u Qur’onda mazkur qissa haqidagi oyatlardan bir ibora: “robi’uhum kalbuhum”(ularning toʻrtinchilari itlardir) jumlasidan ustalik bilan foydalanib, oʻzining bilmu zakovatini, badiiy mahoratini yana bir bor namoyish etgan.

“Navoiydan chu topgaylar navo” kitobidan. Bugun uchun maxsus.

@nigohlarda
Chet eldagi oʻzbekzabon kitobxonlar uchun oʻzbek tilidagi kitoblar chinakam xazinadir. Zabarjad media nashriyotiga va Baraka book jamoasiga minnatdorchilik bildiraman.

@nigohlarda
“Hayit kelsa, qo’limga guldor qilib xina qo’yaman, hayit kelsa, yangi ko’ylak kiyaman, hayit kelsa, dadamdan xo’rozqand olaman, hayit kelsa, hamma kattalar menga hayitlik beradi, hayit kelsa….Hayitdan kutuvlarim ko’p bo’lardi bolaligimda,tabiiy edi, yoqimli edi hammasi. Bora-bora hayitdan ham hayotdan hech narsa kutmay qo’ydim.

Alloh guldor qilib kaftimga go’zal taqdirimni bitganini, ruhimga muhabbat libosini hadiya qilganini, o’zi kattalik qilib, mening bolaqalbimga behisob-behisob hayitliklar berib qo’yganini his qilgan kunimdan boshlab, har olayotgan nafasim–hayitlik, har yashayotgan lahzam – takrorlanmas ayyomga aylandi.”

Qalbimdagilar ekan)

@nigohlarda
Yomgʻirli kunlarning birida Jane Austen bilan.

@nigohlarda
Ortiq hech bir narsa kitoblarda oʻqiganimdek boʻlmas ekan, yon-atrofimda koʻrgan-kechirganlarimdek boʻlgandan koʻra boʻlmagani yaxshi edi, deb oʻylayapman. Achchiq tajriba oʻrniga bir umr boqiy qoluvchi yap-yangi ishq-muhabbat umidi ila yoʻlda davom etish yanada mantiqliroq va insoniyroq boʻlib koʻrinyapti menga.

@nigohlarda
"-Bilasanmi... baʼzan yuraging nimadandir gʻussaga toʻlib ketganda, botayotgan quyoshga termulib oʻtirsang bormi..."

"Kichkina shahzoda"dan

@nigohlarda
Masalan, oila qurgach oʻzing ham bilmaydigan, yashirin iste’dodlaringni kashf qila boshlaysan. Rasmdagi ichimlikday.

Kech boʻlsa ham, Arafa va Qurbon hayiti bilan tabriklayman. Manfaatli ilm, ruhiy barkamollik, koʻp kitoblar va yangidan-yangi bilimlar tilayman. Oʻrganishdan, oʻrgatishdan aslo charchamang!

@nigohlarda
To’xtash, sekinlashish, tanaffus olish - yangidan kuch yig’ish degani. Oʻzingizni ayblamang, oʻzingizni boshqalar bilan solishtirmang.

Instagramdagi qisqa video roliklar bizni biror bir maqsadga erishish istagimizni yana-da tezlashtirib yuboryapti. Aslida koʻringanidek oson ham, qiyin ham emas. Bugun nimadir oʻxshamasa ertaga oʻxshar yoki undan keyingi kun.

Toʻgʻri ba’zida boshqalar bizdan oʻtib ketayotgandek yoki ortda qolayotgandek tuyuladi. Hech kimdan oldinda ham, orqada ham emasmiz. Alloh biz uchun belgilab qo’ygan vaqtda amal qilyapmiz. Uning huzurida hamma narsa mutlaq xayrli oʻlchov bilan!
Eng munosib vaqtdamiz.

Aytkancha, dengiz taraflardan sizlarga salom!

@nigohlarda