Потребитель Бухара🇺🇿
48.2K subscribers
69.5K photos
12.9K videos
155 files
15.1K links
Рекламы и обращения
@Uzpotrebiteladmin
@tahririyati
@Bukharapotrebadmin
☝️ Единственное Сообщество Потребителей в Бухаре. Для грамотных потребителей, будь в курсе новостей и событий. Первый народный !
Группа @potrebitelbukhara_official
Download Telegram
Потребитель Бухара🇺🇿
Канчалик тугри бу нарса, синф ва коридорни ремонти учун пул териш? 4 синфни тугатадиганлардан сураш. #ПотребительСообщает 👇Первый информационный в Бухаре @potrebitel_bukhara
#ОфициальныйКомментарий
#Потребителям
#Решениепроблемыапрель2023
В продолжении темы

⚡️RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  Buxoro shahridagi 15-IDUMda maktab korridorlari va sinf xonalarini ta’mirlash uchun ota-onalardan mablag‘ yig‘ilayotgani bilan bog‘liq xabar tarqaldi.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida  Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida ushbu maktab ma’muriyati tomonidan maktabni ta’mirlash uchun o‘qituvchilarga hech qanday topshiriq berilmaganligi, taklif ota-onalar tashabbusi bilan sinfdagi o‘quvchilarning ota-onalar telegram guruhi orqali tarqatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuni alohida eslatib o‘tmoqchimizki, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Har bir maktab yil davomida tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag‘ oladi. Maktab o‘qituvchilari va rahbarlariga maktab ta’miri uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlangan, qonunchilikda ruxsat etilgan homiylik yordamlari bundan mustasno. Shuningdek, o‘qituvchi va ta’lim tizimida faoliyat olib borayotganlardan maktab ta’miri uchun, tadbirlar o‘tkazish yoki boshqa bahonalar bilan pul to‘plash, yoki ish haqlaridan mablag‘ ushlab qolinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati


👇Первый информационный в Бухаре
@potrebitel_bukhara
#ОфициальныйКомментарий
#Потребителям
#Решениепроблемыапрель2023
В продолжении темы
#RasmiyMunosabat

💬“Потребитель Бухара плюс” ijtimoiy kanali orqali, shahrimizning A. Somiy koʻchasining 9-10-uylari orasida joylashgan quduqning ustki qismi yoʻqligi sababli aholiga noqulayliklar tugʻdirayotgani toʻgʻrisida yo‘llangan murojaat, “Buxoro suv taʼminoti” MCHJ Buxoro shahar boʻlimi tomonidan o‘rganilganda, quduqning ustki qismi quduqning ichiga tushib qolganligi aniqlanib, hozirda qopqoq joyiga oʻrnatilib, muammo ijobiy hal etilganini maʼlum qilamiz.

Shu oʻrinda, yuqoridagi kabi holatlarga beeʼtibor boʻlmasdan, oʻz hissasini qoʻshayotgan fuqarolarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

☎️1255 | (65) 221 17 27 | (65) 228 04 62

«Buxoro suv taʼminoti» MCHJ axborot xizmati



👇Первый информационный в Бухаре
@potrebitel_bukhara